"Barselona" va "PSJ" o‘rtasidagi munosabatlar Usmon Dembele transferidan keyin ham yomonlashmadi.
Dembele 50,4 million yevro evaziga "PSJ"ga o‘tdi. Bu "Barselona" vingerining olib qo‘yilgan mablag‘lari yig‘indisi bo‘lib, uning yarmi futbolchi va uning agentiga o‘tishi kerak.
"Barselona" prezidenti Joan Laporta "PSJ"ning Dembeleni qo‘lga kiritish borasidagi harakatlaridan norozi ekani xabar qilingandi. Kataloniya klubi parijliklarga "urush" e’lon qilishga tayyor edi.
Diario Sport nashri xabariga ko‘ra, Joan Laporta va Nosir Al-Xelayfiy o‘rtasidagi kelishmovchiliklarga qaramay, Dembelening transferi klublar o‘rtasidagi munosabatlarga ta’sir qilmagan.
Jumladan, “Barselona” sport direktori Deku va “PSJ”ning futbol masalalari bo‘yicha maslahatchisi Luish Kampush uzoq vaqtdan beri do‘stona munosabatlarni saqlab kelmoqda.
Qolaversa, "Barselona" va "PSJ" o‘zaro farqlardan ko‘ra o‘xshashliklari ko‘proq deb hisoblaydi. Xususan, har ikki klub Lionel Messining ketishi bilan bog‘liq qayta qurish bosqichidan o‘tmoqda.