Bugun 24 fevral, 2026 yil, seshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 25 61
2 Real Madrid 25 60
3 Vilyarreal 25 51
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Selta 25 37
7 Espanyol 25 35
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Jirona 25 30
12 Sevilya 25 29
13 Xetafe 25 29
14 Alaves 25 27
15 Rayo Valyekano 24 26
16 Valensiya 25 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 25 24
19 Levante 25 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 2-1 Elche
25-тур Real Sosyedad 3-3 Real Ovyedo
25-тур Betis 1-1 Rayo Valyekano
25-тур Osasuna 2-1 Real Madrid
25-тур Atletiko 4-2 Espanyol
25-тур Xetafe 0-1 Sevilya
25-тур Barselona 3-0 Levante
25-тур Selta 2-0 Malyorka
25-тур Vilyarreal 2-1 Valensiya
25-тур Alaves 2-2 Jirona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Andre Onana nega endi «qizil iblis»ga aylandi?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Transferlar / Rasman tasdiqlangan
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

«MYU» Milanning «Inter» klubi darvozaboni Andre Onanani o‘z tarkibiga qo‘shib olganligini rasman e’lon qildi.

Kamerunlik posbonning «qizil iblislar» bilan hamkorligi 5 yillik muddatga - 2028 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Kelishuvni yana 1 yilga uzaytirish imkoniyati ham ko‘zda tutilgan.

Tomonlar transfer qiymatini oshkor etishmadi, lekin Yevropaning taniqli insayderlaridan biri bo‘lmish Fabrisio Romano 50 mln. yevro va bonuslar ko‘rinishida 5 mln. yevro belgilanganini ma’lum qildi. Nufuzli nashrlardan birida Onana 51}4 mln. yevroga, «Transfermarkt»da 52,5 mln.ga baholangan. Ko‘rinib turibdiki, raqamlar o‘rtasidagi farq katta emas, nima bo‘lganda ham, «Inter»dan «MYU»ga o‘tgan Andre qimmatbaho darvozabonlar o‘rtasida 4-o‘rindan joy oldi. U Janluiji Buffondan sal arzonroq, italiyalik afsona 2001 yilda «Parma»dan «Yuventus»ga yo‘l olganida, yevro muomalaga kiritilgan emasdi.

Yangi jamoaga kelganidan keyin Onana an’anaga binoan «qizil iblislar» haqida ijobiy fikrlar bildirdi: «MYU» safidan joy olish - ulkan sharaf! Bunga erishish uchun men astoydil ter to‘kdim, ko‘plab to‘siqlarni bartaraf etdim. «Old Trafford»da maydonga tushib darvozani qo‘riqlash va jamoam g‘alabasiga hissa qo‘shish men uchun tengi yo‘q tajriba bo‘ladi. Bu men uchun yangi faoliyatning boshlanishi. «MYU» tarixidan ko‘pgina mohir darvozabonlar joy olishgan. Endi men yaqin yillar ichida o‘z tariximni yaratish uchun bor kuch,mahoratimni safarbar etaman».

Shuningdek, kamerunlik futbolchi ijtimoiy tarmoqlar orqali «Inter» muxlislari bilan xayrlashdi: «Hammasi shu qadar murakkab bo‘ladi, deb o‘ylamagandim. Bir yil avval «neradzurri» bo‘lgandim. Klub va shaharning o‘ziga xos ekanligidan xabardor edim. Endi buni tasdiqlay olaman. Ilk kundayoq ahil oilaga kelganimga amin bo‘ldim. «Juzeppe Meassa», «Kurvu Nord» va shahar meni rom etdi. Biroq endi mavjud shart-sharoit taqozosi bilan «MYU»da yangi faoliyatni boshlash payti keldi. To‘g‘ri, sizlarni unuta olmasligim, sog‘inishimni tushunib turibman. Barchangizdan bir umrga minnatdorman. Klubning buyukligi faqat sizlar bilan! Ehtimol, qachondir yana uchrasharmiz, lekin hozir yangi yo‘l, yangi chorlov kutmoqda».

Nima uchun Onana «Inter»ni tark etdi?

Kamerunlik posbon o‘zining xayrlashuv nutqida bu savolga qisman javob qaytardi. Uni hech kim «Inter»dan majburan chetlatgani yo‘q. Lekin futbolda moliyaviy muammoga duch kelgan klubning qaysidir futbolchisi uchun manfaatli taklif kelsa, uni rad etishning iloji bo‘lmaydi. Bir necha yildirki, «Inter» tasarrufini o‘z zimmasiga olgan Xitoy kompaniyasining faoliyatida murakkab davr yuzaga kelgan. Buning oqibatida, kompaniya rahbariga tegishli mahalliy «Szyansu Sunin» jamoasi faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Vaholanki, uni har yil uchun 10 mln. yevro ish haqi oladigan Fabio Kapello boshqarayotgan, tarkibida Ramires va Aleks Teysheyradek braziliyalik afsonalar to‘p surishayotgandi.

2021|22 yillar mavsumi hisobotida «Inter»ning qarzi 140 mln., bir yil avval 245 mln. yevroni tashkil etgan. Shu sababli klub prezidenti Stiven Chjanning umri kreditorlar bilan sudlashishda o‘tayotgandi. Bunday sharoitda Onana uchun taklif etilgan 50 mln. yevro - ayni kerakli pallada malham bo‘ladigan katta mablag‘.

Darvozabon esa YECHLda to‘p suradigan APLning nomdor jamoasiga o‘tdi, maoshi ham ancha yuqori (yiliga 7 mln. yevro, «Inter»da 3,8 mln. edi). Bundan tashqari, o‘z vaqtida uning salohiyatini «Ayaks»da yuzaga chiqargan ustozi Erik ten Xag bilan hamkorlikda ishlaydi.

Onana «MYU»ga nima uchun kerak?

Qisqacha aytganda, Andre - oyoq bilan yaxshi o‘ynaydigan, uzatmalarni amalga oshiradigan eng yaxshi darvozabonlardan biri. Shuningdek, u ustozi ten Xagning uslubi va talablaridan yaxshi xabardor. Qolaversa, uni xarid qilish taklifi aynan murabbiydan chiqqanligi ham bejiz emas. Onana zarbalarni bartaraf etish, kerak bo‘lsa, «to‘qqizlik»ga yo‘llangan to‘plarni qaytarishda ham chakki emas, reaksiyasi a’lo darajada. YECHLda «Barselona» (1:0) va «Portu»ga qarshi uchrashuvlarni «quruq» o‘tkazgani bejiz emas. Qisqasi, agar u saviyasiz darvozabon bo‘lganida, «Inter» nufuzli turnirning finaliga chiqa olmasdi. To‘g‘ri, o‘tgan mavsumda Andre «A» seriyasining eng yaxshi darvozabonlari ro‘yxatida yo‘q edi. Biroq darvoza daxlsizligini ta’minlash faqat darvozabonning vazifasi emasku! Zamonaviy futbolda jamoa saviya­sini avvalo himoya chizig‘i, umuman, barcha o‘yinchilarning ishonchli harakatlari belgilab beradi.

Eng asosiysi, inqirozga yuz tutgan «MYU»ni qisqa vaqt ichida autsayderlar guruhidan yetakchi kvartetga olib chiqqan Erik ten Xag sobiq shogirdining imkoniyatlaridan xabardor va undan qay tariqa foydalanishni yaxshi biladi. Bu borada Onanani zarbalarni qaytarish bobida eng yaxshi darvozabon unvoniga da’vogarlik qila olmaydigan, lekin talab darajasida ishonchli o‘yin namoyish etayotgan Edersonga qiyoslash o‘rinli. Ederson - aynan Xosep Gvardiola uslubiga mukammal darajada mos kelgan darvozabon.

De Xea bilan mojaroli xayrlashuv bo‘lmaganida «MYU» Onanani xarid qilarmidi?

Tez orada britaniyalik kasbdoshlarimiz yordamida kelishuv bilan bog‘liq barcha dalil va sabablardan xabardor bo‘lamiz. Bizning fikrimizcha, niderlandiyalik murabbiy uchun bir oz eskirgan uslubda o‘ynaydigan ispaniyalik posbon o‘rnini to‘ldira oladigan o‘rinbosar kerak edi. De Xeaning ketishi shunchaki, jarayonni tezlashtirib yubordi - jamoa AQSHdagi mavsumoldi safariga uchib ketishidan avval yangi darvozabonga muhtoj bo‘lib qolgandi.

Ravshan IBROHIM tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:51, 13.08.2023. O'qildi: 2061 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.