Bugun 16 fevral, 2026 yil, dushanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 24 60
2 Barselona 23 58
3 Vilyarreal 23 45
4 Atletiko 24 45
5 Betis 23 38
6 Espanyol 24 35
7 Selta 24 34
8 Real Sosyedad 24 31
9 Atletik Bilbao 24 31
10 Osasuna 24 30
11 Xetafe 24 29
12 Sevilya 24 26
13 Alaves 24 26
14 Valensiya 24 26
15 Jirona 23 26
16 Elche 24 25
17 Rayo Valyekano 23 25
18 Malyorka 23 24
19 Levante 23 18
20 Real Ovyedo 23 16

O'tgan o'yinlar.

24-тур Elche 0-0 Osasuna
24-тур Espanyol 0-0 Selta
24-тур Rayo Valyekano 0-0 Atletiko
24-тур Sevilya 0-0 Alaves
24-тур Real Madrid 0-0 Real Sosyedad
24-тур Real Ovyedo 0-0 Atletik Bilbao
24-тур Xetafe 0-0 Vilyarreal
24-тур Levante 0-0 Valensiya

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Hazilga o‘z o‘rnida javob

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Yangiliklar
A A A

«Arsenal»ning braziliyalik hujumchisi Gabriel Jezus va ukrainalik himoyachisi Aleksandr Zinchenko klub televideniyesiga birga intervyu berish chog‘i yo‘q joydan chiroyli hazil uchun mavzu topishdi.

Bunda ikkinchisi klubdoshi hazilidan biroz hayratga tushdi, lekin yakunda «javob» zarbasi yo‘llash imkoniyatini qo‘ldan chiqarmadi.

Futbolchilardan suhbat jarayonida bir-birlariga taalluqli savollarga tezkor javob qaytarish talab etildi. Muayyan pallada ko‘chadan sirena tovushi eshitildi va braziliyalik bunga darhol reaksiya bildirdi: «Qara, bu taksi sen uchun keldi». Jezus shu luqmadan keyin kulib yubordi, Zinchenko ham, faqat biroz hayratlangan holda. Ehtimol, Gabriel «Tez yordam» mashinasi sirenasini nazarda tutib, Aleksandrning tez-tez jarohatlanishiga ishora qilgandir. Har holda, himoyachi mushaklarga bog‘liq muammolar tufayli «Arsenal»ning AQSH bo‘ylab mavsumoldi turnesidan o‘rin olgan biror o‘yinida maydonga tushmadi. Qolaversa, London klubi safiga avvalgi yoz qo‘shilgan Zinchenko shundan buyon 17ta rasmiy o‘yinni o‘tkazib yubordi.

Asosiysi, ukrainalik futbolchi tezda javob hazili uchun imkon topdi. Ya’ni muxbir undan o‘tgan mavsum Jezus darvozasini ishg‘ol qilgan 3ta raqib jamoani sanab berishini so‘ragach, lo‘ndagina javob qaytardi: «Vulverxempton», bori shu...».  U shu tariqa braziliyalik hujumchi London klubidagi debyut mavsumida kutilgan mahsuldorlik ko‘rsatolmaganiga ishora qildi. 

Darvoqe... 

Gabriel Jezusning o‘zi kichik jarrohlik amaliyoti ortidan bir necha hafta chetda qoladigan bo‘ldi. Braziliyalik futbolchi jumladan, 6 avgust kuni Angliya superkubogi uchun «Manchester Siti»ga qarshi kechgan bahsda Mikel Arteta jamoasiga yordam berolmadi. Uning 11 avgust kuni boshlanadigan APL-2023/2024 doirasidagi ilk turlarda ham tomoshabin maqomida qolishi aniq.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 14:34, 14.08.2023. O'qildi: 2353 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Braziliya — futbol bo'yicha barcha JCHlarida ishtirok etgan yagona davlat.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 15
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 11
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Барселона Rafinya 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.