Bugun 27 may, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

"Al-Hilol"ning navbatdagi katta xaridi, La Ligaga yo‘l olgan rus xavbeki - kechaning eng muhim transfer yangiliklari

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Transferlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

19 avgust kuni futbol olamida chiqqan eng muhim transfer yangiliklari bilan tanishing.

Rossiyalik xavbek "Real Sosyedad" a’zosiga aylandi

Moskvaning "Dinamo" klubi yarim himoyachisi Arsen Zaxaryan faoliyatini "Real Sosyedad"da davom ettiradigan bo‘ldi. 18 avgust kuni rossiyalik futbolchi San-Sebastyanga uchib ketdi va ertasi kuni u tibbiy ko‘rikdan o‘tdi. Shundan so‘ng Arsen yangi klubining uy uchrashuviga tashrif buyurdi va o‘yindan so‘ng kelishuvning rasmiy tasdig‘i paydo bo‘ldi. "Dinamo" 20 yoshli futbolchining transferi uchun 13 million yevro oldi.

Malinovskiy Italiyaga qaytib keldi

Yarim himoyachi Ruslan Malinovskiy o‘tgan mavsumni “Atalanta” safida boshlagan va qishda “Marsel”ga jo‘nab ketgandi. Fransuz klubi ukrainalik futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga oldi. Mavsum oxirida “Marsel” ushbu imkoniyatdan unumli foydalanib, 10 million yevro evaziga futbolchi sotib oldi. Aytgancha, Ruslan provansliklar safida 23ta o‘yinda maydonga tushib, ikkita gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Endi Malinovskiyni Italiyadagi faoliyatining yangi bosqichi kutmoqda. O‘tgan mavsum oxirida A Seriyaga qaytgan "Jenoa" 30 yoshli futbolchini sotib olish imkoniyati bilan ijaraga oldi. Ruslan jahon chempioni qo‘l ostida o‘ynaydi - Alberto Jilardino bu unvonni 2006 yilda qo‘lga kiritgan.

“Al-Ahli” yana bir yangi futbolchini sotib oldi

Himoyachi Merix Demiral "Yuventus" va "Atalanta"dagi faoliyati bilan muxlislarga yaxshi tanish edi va endi u "Al-Ahli" safida paydo bo‘ladi. Saudiya klubi transfer oynasida 11-yangi futbolchini sotib oldi va himoyachi xaridi uchun 18 million yevro ajratdi. Transferdan "Atalanta" aynan yuqorida ko‘rsatilgan mablag‘ni ishlab oldi. Demiral yangi jamoasida Roberto Firmino, Riyad Maxrez, Frank Kessie, Eduar Mendi va Allan Sen-Maksimin kabi futbolchilar bilan birga to‘p tepadi.

"Zenit" Neres uchun "Benfika"ga 30+5 million yevro taklif qildi

Malkom "Zenit"ni tark etganiga ikki yarim hafta bo‘ldi. Peterburgliklar o‘yinchini RPL'da rekord miqdor 60 million yevroga sotdi, ammo ular haligacha unga o‘rinbosar topa olishmadi. Portugaliyaning Record nashri xabariga ko‘ra, "Zenit" David Neres uchun "Benfika"ga 30 million yevro taklif qilgan. Yana 5 million yevro turli bonuslar sifatida to‘lanishi mumkin edi. To‘g‘ri, Portugaliya chempioni rad javobini berdi, ammo "Zenit" taslim bo‘lishni rejalashtirmayapti. Manbaning xabariga ko‘ra, Rossiya klubi yangi taklif tayyorlamoqda. O‘tgan mavsumda braziliyalik futbolchi barcha turnirlarda 48 ta o‘yin o‘tkazib, 12 ta gol urgan va 16 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

"Portu" yarim himoyachisini "An-Nasr"ga 60 million yevroga sotadi

"Portu" yarim himoyachisi Otavio Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tadi. U yerda u Krishtianu Ronaldu bilan bir klubda o‘ynaydi va "Portu" shartnoma bo‘yicha bonuslar bilan birga 60 million yevro ishlab oladi. Shu bilan birga, "An-Nasr" bu summani bir transhda emas, bir nechta (Fabrisio Romano ma’lumoti)da to‘laydi. Tomonlar hujjatlarning barcha nozik tomonlarini tekshirmoqda, shundan so‘ng futbolchi Osiyoga yo‘l oladi va tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Oldinroq 28 yoshli futbolchining maoshi 15 million yevro bo‘lishi xabar qilingandi. O‘tgan mavsumda Otavio 44ta o‘yinda maydonga tushib, 7ta gol urdi va 13ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Azmunga "Milan" qiziqish bildirmoqda

Avvalroq, eronlik hujumchining transferiga "Zenit" klubi qiziqayotgani haqida xabar berilgandi. To‘g‘ri, keyinchalik futbolchining agenti Rossiya chempioni bilan muzokara o‘tkazmaganini aytdi. Endi esa “Milan” Azmunga qiziqayotgani malum bo‘ldi va u Italiyaga ko‘chib o‘tishga qarshi emas. Biroq muzokaralar dastlabki bosqichda, hozircha kelishuv yo‘q. O‘tgan mavsumda 28 yoshli Azmun "Bayer" tarkibida 33ta o‘yin o‘tkazib, gol+pas tizimida 8 (4+4) ochko jamg‘argan.

"Al-Hilol" Mitrovich uchun 50 million yevrodan ko‘proq pul to‘lagan

Saudiya Arabistoni bilan bog‘liq yana bir yangilik. Bu yozda “Al-Hilol” tarkibni kuchaytirish uchun katta mablag‘ sarfladi. Jamoaga Malkom, Neymar, Sergey Milinkovich-Savich, Ruben Nevesh, Kalidu Kulibali va Yassin Bunu ko‘chib o‘tdi. Endi esa bu jamoaga yana bir forvard qo‘shiladi - serbiyalik hujumchi Aleksandr Mitrovich. Romanoning yozishicha, bu kelishuv Saudiya klubiga 50 million yevrodan ko‘proq tushdi. O‘tgan mavsumda Mitrovich 24ta o‘yinda 14ta gol urdi. 28 yoshli futbolchining Saudiyadagi sharoiti juda yaxshi Saudiya Arabistonida unga yiliga 25 million yevro maosh to‘lanadi. Aytgancha, “Fulxem” bu transferni tasdiqladi, biroq ular taklifni istamay qabul qilganliklarini ta’kidladi.

Kiritildi: 10:25, 20.08.2023. O'qildi: 7415 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Angliyalik futbolchi Kevin Kigan jahon chempionatlari o'tkazilgan yilda unda ishtirok etmasdan «Oltin to'p»ni qo'lga kiritgan yagona futbolchi

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик