Bugun 4 iyun, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Sheffild Yunayted» – «Man Siti» bahsidagi qiziqarli raqamlar

Baho:
+ | -
YEVROPA / Klublar / Yangiliklar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

«Manchester Siti» «Bramall Leyn»da «Sheffild Yunayted»ga qarshi bahsda 2:1 hisobida g‘alaba qozondi, biroq buning uchun qattiq ishlashga majbur bo‘ldi. Pep Gvardiola shogirdlari joriy mavsum APLda barcha o‘yinlarda g‘alaba qozongan yagona klub bo‘lib qolmoqda. Quyida bahsga doir ayrim statistikalarni havola etamiz.

«Siti» kecha mehmon jamoasi nomiga loyiq, balki undan ham ortiq o‘yin ko‘rsatdi. To‘p nazorati 80 foizini tashkil etgan bo‘lsa, darvozaga 30 ta zarba yo‘llandi («Sheffild Yunayted»da bu ko‘rsatkich – 6). «Shaharliklar» 3,5 ta kutilgan golni qayd etishdi.

Ammo bu ustunlikka qaramay, «Siti» o‘yindagi 23-zarbasidagina muvaffaqiyatga erishdi. Muxlislar bu uchun bir soatdan ko‘proq vaqt mobaynida kutishga majbur bo‘ldi. Jek Grilish Erling Xolandning golida juda katta ishni bajardi. Umuman, Grilish «Siti»ning chap qanotida doimiy o‘yinchi bo‘lib, oltita imkoniyat yaratdi va «Sheffild Yunayted» jarima maydonida 12 marta to‘pga tegindi.

Bu gol Xolandning o‘yindagi yettinchi zarbasidan so‘ng kiritildi bo‘ldi va u birinchi bo‘limda Xulian Alvares ishlab bergan penaltini golga aylantira olmadi. Xoland zarbani darvoza ustuniga yo‘lladi. Norvegiyalik futbolchi so‘nggi uchta penaltidan ikkitasini xato amalga oshirgan bo‘lsa, «Siti» so‘nggi beshta penaltidan uchtasida adashgan. Bu Gvardiolaning kam sonli kamchiliklaridan biri bo‘lib qolmoqda. Ammo amaldagi chempionlar g‘alaba qozonish yo‘llarini topdilar.

Gvardiola Angliyadagi faoliyati davomida ko‘plab shaxsiy yutuqlarga erishgan va u bu o‘yinda yana bir sovringa erishdi. Bu uning ligadagi 200-g‘alabasi bo‘ldi. Unga bor-yo‘g‘i 269 ta o‘yin kerak bo‘ldi va bu uni Angliyada 200 ta g‘alabaga eng tez erishgan murabbiyga aylantirdi. Bu Joze Mourinyoning hozirgi rekordidan ancha yaxshiroqdir. «Chelsi», «Manchester Yunayted» va «Tottenxem»ning sobiq bosh murabbiyi 326 o‘yin o‘tkazib, Premyer-ligadagi 200-g‘alabasini qayd etgandi. Ushbu mag‘lubiyat «Sheffild Yunayted»ning «Siti»ga qarshi ayanchli rekordini davom ettirmoqda - ular o‘z tarixlarida Premyer-liga o‘yinida «shaharliklar»ni mag‘lub eta olmagan, 11 ta to‘qnashuvning 8 tasida mag‘lub bo‘lgan va 3 tasida durang qayd etilgan.

Bu mag‘lubiyat ularning mavsumdagi ketma-ket uchinchi mag‘lubiyati bo‘ldi va ular ligani uchta mag‘lubiyat bilan boshladilar. Bu uch marta sodir bo‘lmoqda - 1966-67, 1995-96 va 2020-21 yilgi mavsum. Ular Premyer-liganing so‘nggi mavsumida quyi ligaga tushib qolishgan.

«Sheffild Yunayted» - «Manchester Siti» bahsini statistik tahlil qilishingiz uchun ayrim ma’lumotlarni taqdim etamiz.

1) «Man Siti» Pep Gvardiola qo‘l ostida Premyer-liganing 269 o‘yinida 200-g‘alabasini qo‘lga kiritdi - bu bilan Pep Angliya chempionati tarixidagi 200 ta g‘alabaga eng tez erishgan murabbiyga aylandi.

2) «Sheffild Yunayted» 1966-67 va 2020-21 yilgi mavsumdan keyin uchinchi marta mavsumning dastlabki uchta o‘yinida mag‘lub bo‘ldi.

3) «Man Siti» Pep Gvardiolaning birinchi mavsumidan beri ilk bor liganing dastlabki uchta o‘yinida g‘alaba qozondi.

4)«Man Siti» «Sheffild Yunayted»ga qarshi o‘yinda 30 ta zarba yo‘lladi, bu «Vest Xem»ga qarshi o‘yindan beri (2022 yil may oyidan beri) «shaharliklar»ning Premyer-liganing bir o‘yinida eng ko‘p zarba yo‘llagan bahsiga aylandi (31).

5) Erling Xoland birinchi marta Premyer-ligada penaltidan foydalana olmadi, u kecha «Manchester Siti» uchun sakkizinchi penaltini tepdi. Norvegiyalik futbolchi so‘nggi bor 2021 yilning aprel oyida «Union Berlin»ga qarshi o‘yinda 11 metrlik nuqtadan adashgan. Shundan beri u «Borussiya Dortmund»/«Man Siti» safida jami 13 ta penaltini aniq ijro etgan.

6) «Man Siti» futbolchisi Erling Xoland Premyer-ligaga ko‘tarilgan klublarga qarshi sakkizta o‘yinda to‘qqizta gol urgan bo‘lsa, hozirda u musobaqaning o‘zi qarshi bo‘lgan 21 klubidan 18 tasining darvozasini ishg‘ol qildi (86%).

7) «Manchester Siti» hozirda Rodri gol urgan Premyer-ligadagi so‘nggi 15 o‘yinning har birida g‘alaba qozongan. Ispaniyalik futbolchi o‘tgan mavsumda 36 ta o‘yinda ikkita gol urgan edi va  joriy mavsumda u 3 ta o‘yinda shuncha gol urdi (2).

Kiritildi: 11:45, 28.08.2023. O'qildi: 1459 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Xerar Pike “Manchester Yunayted”da dastlab hujumchi sifatida to'p surgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик