Bugun 4 iyul, 2025 yil, juma.

  • Superliga
      • 03.07.2025 20:00
      • Sho‘rtan
      • 1:2
      • Qizilqum
      • 04.07.2025 20:00
      • So‘g‘diyona
      • -:-
      • Qo‘qon-1912
      • 04.07.2025 20:00
      • Surxon
      • -:-
      • Buxoro
      • 05.07.2025 20:00
      • Andijon
      • -:-
      • Bunyodkor
      • 05.07.2025 20:00
      • Mash’al
      • -:-
      • OKMK
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 14 32
2 Dinamo 14 28
3 Neftchi 14 27
4 Navbahor 14 26
5 Bunyodkor 14 24
6 OKMK 14 24
7 Paxtakor 14 23
8 Andijon 14 17
9 Surxon 14 17
10 Qizilqum 15 17
11 Mash’al 14 15
12 Xorazm 14 14
13 So‘g‘diyona 14 13
14 Buxoro 14 12
15 Qo‘qon-1912 14 12
16 Sho‘rtan 15 9

O'tgan o'yinlar.

15-тур Sho‘rtan 1-2 Qizilqum

Navbatdagi o'yinlar.

04/07/25 So‘g‘diyona - Qo‘qon-1912
04/07/25 Surxon - Buxoro
05/07/25 Andijon - Bunyodkor
05/07/25 Mash’al - OKMK
06/07/25 Paxtakor - Navbahor
06/07/25 Dinamo - Nasaf
07/07/25 Neftchi - Xorazm

So'rovnoma

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ansu Fatining keyingi manzili, "Manchester Siti" iqtidori "Chelsi"ga o‘tadi — Kechaning eng muhim transfer yangiliklari

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Transferlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

30 avgust kunining eng muhim transfer yangiliklari bir sahifada.

"Barsa" vingeri Premyer-ligaga yo‘l oladi

"Brayton" "Barselona" hujumchisi Ansu Fati uchun ijara shartnomasi ustida ishlamoqda, deydi insayder Fabrisio Romano. "Chaykalar" ispaniyalik futbolchini 2024 yilning iyunigacha ijaraga olmoqchi. Klublar kelishuvni muhokama qilishda davom etmoqda, "Barselona" Angliya jamoasi Fatining to‘liq maoshini o‘z zimmasiga olishini istamoqda. Kataloniyaliklar futbolchi bilan to‘laqonli xayrlashishni istamayapti, shuning uchun ular bunday ssenariyni ko‘rib chiqmayapti. 20 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumda "Barsa" safida barcha turnirlarda 51 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 4 ta golga assistentlik qildi.

"Arsenal" hujumchisini "Monako"ga sotdi

"Arsenal" hujumchisi Folarin Balogun "Monako"ga ko‘chib o‘tdi. AQSH terma jamoasining 22 yoshli futbolchisi bilan 5 yillik shartnoma imzolandi (2028 yilning iyunigacha). Oldinroq Fabrisio Romano "Arsenal" Balogun uchun bonuslar bilan birga 40 million yevro olishini ma’lum qilgandi. Shartnomada, shuningdek, agar hujumchi "Monako"ni tark etsa, London klubi oladigan sotuvning 17,5 foizi haqida band ham mavjud. Balogun o‘tgan mavsumni "Reyms"da ijara asosida o‘tkazdi va u barcha turnirlarda 39 o‘yin o‘tkazib, 22 gol va 3 golga assistentlik qildi.

"Liverpul" yarim himoyasini "Bavariya" futbolchisi bilan kuchaytirmoqchi

Premyer-liganing asosiy insayderlaridan biri Devid Ornshteyn xabariga ko‘ra, "Liverpul" "Bavariya" bilan yarim himoyachi Rayan Gravenberxning transferini muhokama qilmoqda. 21 yoshli niderlandiyalik futbolchi "Enfild"ga o‘tishga qiziqmoqda. Myunxenliklar uning o‘rnini bosuvchi futbolchi ustida ish boshlash uchun imkon qadar tezroq "Liverpul" bilan shartnoma tuzmoqchi. Gravenberx o‘tgan mavsumda Bundesligada "Bavariya" safida 24 ta o‘yinda maydonga tushdi. Futbolchining taxminiy narxi Transfermarkt tomonidan 30 million yevroga baholangan. Jurnalist Kris Baskombning yozishicha, “Liverpul” Gravenberx uchun taxminan 40 million yevro taklif qiladi.

"Bavariya" allaqachon Gravenberx o‘rnina yangi futbolchi topib qo‘ygan

"Bavariya" vaqtni behuda o‘tkazmayapti va ketishi kutilayotgan Gravenberxning o‘rniga yarim himoyachi qidirmoqda. Variantlar orasida Joau Palinya ("Fulxem"), Erik Dayer ("Tottenxem") va Trevo Chaloba ("Chelsi") bor. Myunxenliklar uchun asosiy variant hozir Palinya. Jurnalist Kristian Falkning yozishicha, nemislar 28 yoshli portugaliyalik uchun taxminan 60 million yevro taklif qilishga tayyor. Ushbu kelishuvni yakunlash uchun “Bavariya” Gravenberx bilan tezroq xayrlashmoqchi. Jurnalist Kerri Xouning qayd etishicha, Tomas Tuxel shaxsan Palinya bilan qiziqadi.

"Chelsi" "Manchester Siti" tarbiyalanuvchisini sotib oladi

Fabrisio Romano "Chelsi" yarim himoyachi Koul Palmerni sotib olish bo‘yicha "Manchester Siti" bilan kelishib olganini aytdi. Unga ko‘ra, londonliklar futbolchi uchun taxminan 46 million yevro to‘laydi. Yana 6 million yevro bonus sifatida taqdim etiladi. Palmer yaqin orada tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. 21 yoshli Koul "shaharliklar" tarbiyalanuvchisi bo‘lib, 2021 yilning iyulidan beri kattalar jamoasida o‘ynamoqda. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra futbolchining taxminiy bahosi 18 mln yevroni tashkil qiladi.

Lukaku rasman Mourinyo jamoasiga o‘tdi

Romelu Lukaku rasman "Roma" futbolchisi hisoblanadi. Italiya klubi va “Chelsi” bir mavsumlik ijara shartnomasi bo‘yicha kelishib oldi. Qiziqarli tafsilot: "Roma" xo‘jayini Den Fridkinning shaxsan o‘zi Rimga ketayotganda hujumchi o‘tirgan samolyotni boshqargan. Lukaku o‘tgan mavsumda "Inter"da ijara asosida o‘ynagandi. U barcha musobaqalarda 37 ta o‘yin o‘tkazib, 14 ta gol va 7 ta golli uzatmani amalga oshirgan. "Chelsi" bilan shartnoma 2026 yilning iyunigacha amal qiladi. Belgiyalik futbolchi "Roma"ga rostdan ham yoqib qolsa, u klubda doimiy qolib ketish imkoniyati bor. To‘g‘ri, hech kim Lukaku ijarasidan keyin sotib olish huquqi haqida xabar bermagan.

"Siti" De Bryuynega o‘rinbosar topdi

"Manchester Siti" "Vulverxempton" bilan Mateus Nunes transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi, deya xabar beradi Fabrisio Romano. Tomonlar yakuniy tafsilotlarni muhokama qilishni yakunlaydilar. Tez orada o‘tish rasman e’lon qilinadi. 2022 yilning avgustida Nunes "Sporting"dan 45 million yevro evaziga "Vulverxempton"ga o‘tdi. O‘tgan mavsumda portugaliyalik barcha turnirlarda 37 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Nunes "Siti"da jiddiy jarohat olgan Kevin De Bryuyne o‘rnini egallaydi. Belgiyalik futbolchi yil oxirigacha safdan chiqdi.

Jahon chempioni "Inter" safini to‘ldirdi

Himoyachi Benjamin Pavar rasman “Inter” futbolchisiga aylandi, deya xabar beradi klub rasmiy sayti. Fabrisio Romanoning fikricha, transfer narxi 30 million yevro va bonuslar sifatida 2 million yevro bo‘ladi. Tomonlar 2028 yilning iyuniga qadar shartnoma tuzdilar. Pavar 2019 yilning yozidan beri "Bavariya"da harakat qilayotgan edi. U myunxenliklar safida jami 163 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urgan va 12 ta golli uzatmani amalga oshirgan. "Bavariya" bilan Benjamin 2019/20 yilgi Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi, 2020 yilda UYEFA Superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqdi, shuningdek, to‘rt marta Germaniya chempioni bo‘ldi.

"Barselona" Langledan qutuladimi?

Fabrisio Romano Here We Go podkastida Kleman Langlening "Aston Villa"ga transferi haqida ma’lumot beradi. Qayd etilishicha, fransiyalik futbolchi ingliz klubiga ijara asosida yo‘l olgan. Shartnoma sotib olish imkoniyatini o‘z ichiga olmaydi. Birmingemliklar Langlega maoshining 75 foizini to‘laydi. "Barsa"ga fransuz himoyachisi kerak emas, shuning uchun uni mamnuniyat bilan qo‘yib yuborishdi.

Kolo-Muani "PSJ"ga o‘tishni istayotganini ochiq aytdi

Frankfurtning “Ayntraxt” klubi hujumchisi Randal Kolo-Muani “PSJ”ga o‘tishga umid qilayotganini aytdi. Frankfurt sport direktori Markus Kroshening aytishicha, futbolchi Parij klubiga o‘tmoqchi bo‘lgani sababli jamoa bilan mashg‘ulotlardan bosh tortgan. Transfermarkt Kolo-Muanini 80 mln yevroga baholamoqda. Fabrisio Romanoning xabar berishicha, "PSJ" yana bir boshqa xarid bo‘yicha kelishib olgan. 45 million yevro + 5 million evro evaziga hujumchi Bredli Barkola "Lion"dan sotib olinadi. Futbolchi 31 avgustga belgilangan tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun allaqachon Fransiyaga uchib ketgan. Kelishuvning asosiy tashabbuskori "PSJ" futbol maslahatchisi Luish Kampush edi.

Kiritildi: 10:04, 31.08.2023. O'qildi: 3604 marta. Fikrlar: 5 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Zlatan Ibrohimovich 47-o'lchamdagi oyoq kiyim kiyadi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 10
2 Насаф Husayn Norchayev 8
3 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 7
4 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 7
5 Бунёдкор Luis Kachorri 6
6 ОКМК Xurshid G‘iyosov 6
7 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 6
8 Машъал Humoyun Murtazoyev 5
9 Бунёдкор Temurxo‘ja Abduxoliqov 5
10 Сурхон Muhammadali Abdurahmonov 4

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.