Bugun 16 avgust, 2025 yil, shanba.

  • Superliga
      • 15.08.2025 19:00
      • Paxtakor
      • 2:0
      • So‘g‘diyona
      • 16.08.2025 18:00
      • Navbahor
      • 0:1
      • Neftchi
      • 16.08.2025 19:00
      • Dinamo
      • 1:0
      • OKMK
      • 16.08.2025 20:15
      • Nasaf
      • 2:0
      • Sho‘rtan
      • 17.08.2025 18:00
      • Qo‘qon-1912
      • -:-
      • Surxon
      • 17.08.2025 19:00
      • Mash’al
      • -:-
      • Andijon
      • 17.08.2025 20:15
      • Bunyodkor
      • -:-
      • Buxoro
  • La-liga
      • 15.08.2025 22:00
      • Jirona
      • 1:3
      • Rayo Valyekano
      • 16.08.2025 00:30
      • Vilyarreal
      • 2:0
      • Real Ovyedo
      • 16.08.2025 22:30
      • Malyorka
      • -:-
      • Barselona
      • 17.08.2025 00:30
      • Alaves
      • -:-
      • Levante
      • 17.08.2025 00:30
      • Valensiya
      • -:-
      • Real Sosyedad
      • 17.08.2025 20:00
      • Selta
      • -:-
      • Xetafe
      • 17.08.2025 22:30
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Sevilya
  • APL
      • 16.08.2025 00:00
      • Liverpul
      • 4:2
      • Bornmut
      • 16.08.2025 16:30
      • Aston Villa
      • 0:0
      • Nyukasl
      • 16.08.2025 19:00
      • Brayton
      • 1:1
      • Fulhem
      • 16.08.2025 19:00
      • Sanderlend
      • 3:0
      • Vest Xem
      • 16.08.2025 19:00
      • Tottenhem
      • 3:0
      • Byornli
      • 16.08.2025 21:30
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Manchester Siti
      • 17.08.2025 18:00
      • Chelsi
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 17.08.2025 18:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Brentford
      • 17.08.2025 20:30
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Arsenal
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 19 40
2 Neftchi 19 39
3 Dinamo 19 37
4 OKMK 19 34
5 Paxtakor 19 33
6 Navbahor 19 31
7 Bunyodkor 18 31
8 Surxon 18 23
9 Qizilqum 18 22
10 Andijon 18 21
11 So‘g‘diyona 19 20
12 Xorazm 18 19
13 Qo‘qon-1912 18 15
14 Mash’al 18 15
15 Buxoro 18 14
16 Sho‘rtan 19 10

O'tgan o'yinlar.

19-тур Paxtakor 2-0 So‘g‘diyona
19-тур Navbahor 0-1 Neftchi
19-тур Dinamo 1-0 OKMK
19-тур Nasaf 2-0 Sho‘rtan

Navbatdagi o'yinlar.

17/08/25 Qo‘qon-1912 - Surxon
17/08/25 Mash’al - Andijon
17/08/25 Bunyodkor - Buxoro
18/08/25 Xorazm - Qizilqum

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 1467 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 575 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 16.08.2025

      06:00 Новости футбола.
      06:05 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Сеара".
      08:00 Новости футбола.
      08:05 Чемпионат Бразилии. "Крузейро" - "Сантос".
      10:00 Новости футбола.
      10:05 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Фатих Карагюмрюк".
      12:00 Новости футбола.
      12:05 Чемпионат Бразилии. "Жувентуде" - "Коринтианс".
      14:05 Новости футбола.
      14:10 Чемпионат Турции. "Трабзонспор" - "Коджаэлиспор".
      16:10 Новости футбола.
      16:15 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Фатих Карагюмрюк".
      18:15 Новости футбола.
      18:20 Чемпионат Бразилии. "Форталеза" - "Ботафого".
      20:20 Новости футбола.
      20:25 Д/ф "Марадона. Лучший в истории".
      21:20 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Фатих Карагюмрюк".
      23:25 LIVE Чемпионат Турции. "Гёзтепе" - "Фенербахче". Прямая трансляция.
      01:30 Новости футбола.
      01:35 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Фатих Карагюмрюк".
      03:35 Новости футбола.
      03:40 Д/ф "Манчестер Юнайтед". Вперёд к славе".
      04:55 LIVE Чемпионат Бразилии. "Коринтианс" - "Баия". Прямая трансляция.
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 16.08.2025

      05:15 Борьба. Международный турнир в Венгрии.
      07:30 "Тайны звёзд спорта".
      08:00 Бильярд. BetBoom Суперлига в Москве.
      09:40 Синхронное плавание. Чемпионат мира в Сингапуре. Команды. Техническая программа. Финал.
      11:25 Синхронное плавание. Чемпионат мира в Сингапуре. Женщины. Дуэты. Произвольная программа.
      13:15 Лёгкая атлетика. "Бриллиантовая лига". Этап 11 в Лондоне, Великобритания.
      15:20 LIVE Автоспорт. Чемпионат России. Этап 4 на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 1. Прямая трансляция.
      16:15 "Культовые".
      16:40 "Формула-1. Гаснут огни".
      17:05 "Страна спортивная".
      17:20 LIVE Автоспорт. G-Energy СМП РСКГ Эндуранс. Кубок России. Этап 3 на автодроме "Moscow Raceway". Прямая трансляция.
      23:50 "Тайны звёзд спорта".
      00:20 Синхронное плавание. Чемпионат мира в Сингапуре. Женщины. Дуэты. Произвольная программа.
      02:05 "Культовые".
      02:35 Автоспорт. Чемпионат России. Этап 4 на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 1.
      03:15 Синхронное плавание. Чемпионат мира в Сингапуре. Смешанные дуэты. Техническая программа. Финал.
      04:55 "Что за спорт?". "Экстрим".
  • MATCH-TV
    • Sana: 16.08.2025

      05:00 Д/ф "Пеле. Король футбола".
      06:00 Новости.
      06:05 Бокс. Чемпионат России в Екатеринбурге. Мужчины.
      08:00 Автоспорт. Дрифт. RDS GP. Этап 5 на автодроме "Красное кольцо".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 М/с "Чемпионы".
      11:25 "Формула-1. Гаснут огни".
      11:55 LIVE Бокс. Чемпионат России в Екатеринбурге. Мужчины. Прямая трансляция.
      14:25 LIVE Футбол. Лига Пари. "Уфа" - "Родина" (Москва). Прямая трансляция.
      16:30 Футбол. Fonbet Кубок России. Обзор.
      17:35 Новости.
      17:40 Все на Матч! Прямой эфир.
      18:30 LIVE Футбол. МИР Российская Премьер-Лига. 5-й тур. "Спартак" (Москва) - "Зенит" (Санкт-Петербург). Прямая трансляция.
      21:30 После футбола с Георгием Черданцевым.
      22:25 LIVE Футбол. Чемпионат Испании. "Мальорка" - "Барселона". Прямая трансляция.
      00:25 LIVE Футбол. Чемпионат Испании. "Валенсия" - "Реал Сосьедад". Прямая трансляция.
      02:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      04:00 Автоспорт. Чемпионат России. Этап 4 на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 16.08.2025

      05:15 Велоспорт. Тур Дании. Этап 4.
      06:00 Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. 1/2 финала.
      08:00 Велоспорт. Тур Чехии. Этап 2.
      09:00 Велоспорт. Тур Дании. Этап 4.
      10:00 Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. 1/2 финала.
      11:30 Велоспорт. Тур Чехии. Этап 2.
      12:15 Велоспорт. Тур Дании. Этап 4.
      13:00 Триатлон. T100 Triathlon World Tour. Этап 4 в Лондоне, Великобритания. Обзор.
      14:00 Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. 1/2 финала.
      15:00 LIVE Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. Финал. Прямая трансляция.
      18:00 Мотоспорт. FIM EWC. Этап 3. "8 часов Судзуки" в Японии. Лучшие моменты.
      20:00 Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. Финал.
      21:30 LIVE Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. Финал. Прямая трансляция.
      00:30 Трейлраннинг. Golden Trail World Series. Этап 8. Sierre Zinal Trail в Вале, Швейцария. Обзор.
      01:00 Велоспорт. Тур Дании. Этап 5.
      02:00 Велоспорт. Тур Чехии. Этап 3.
      03:00 Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. Финал.
      04:30 Велоспорт. Тур Дании. Этап 5.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ilyos Zeytullayev: «Oxirgi yillar o‘zbekistonlik futbolchilarga qiziqish ancha ortdi...»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Futbolchilar / Cuhbatlar
Rukn: Intervyular
A A A

Ilyos Zeytullayev Yevropaning kuchli 5ta ligasiga qadam tashlagan o‘zbekistonlik birinchi futbolchi hisoblanadi

Davomi. Boshlanishi gazetamizning 67 (2074)-sonida

Mana, 20 yildan ko‘proq vaqt o‘tib, yana ik-ki nafar vakilimiz top-5ga yuzlandi. Aniqrog‘i, Eldor Shomurodov 3 yildan buyon xuddi Zeytullayev kabi «A» seriyada o‘ynayotgan bo‘lsa, Abduqodir Husanov yaqindagina Fransiya vise-chempioni «Lans» safidan qo‘nim topdi. Yevrofutbol elitasida biz uchun qaldir­g‘och sanalgan Ilyos Zeytullayev yaqinda «RB Sport» nash­riga kattagina intervyu berdi. Sobiq yarim himoyachi suhbat jarayonida ko‘pchilikni qiziqtiradigan ko‘plab masalalarga oydinlik kiritdi. Biz esa shu qiziqarli intervyuning e’tiborga molik qismini hukmingizga havola etishni lozim topdik.

- Ilyos, boshida italyan tilini bilmagansizlar. Turinda qanday yashagansizlar?

- Rosa qiynalganimiz esimda. Onam o‘qituvchi sifatida til o‘rganish jarayonida tez-tez kinoga tushishni maslahat bergandi. Bir baloni tushunmasak ham, ko‘p film ko‘rardik. Qo‘shimchasiga mahalliy sport nashrlarini o‘qishga urinardik. Ma’nosini tushunmasak ham, o‘qib chiqardik. Sergey Kovalenko italyan tilini ancha tez o‘rgandi, men esa xuddi Viktor kabi juda ko‘p ter to‘kkanman. Chamasi 1 yildan keyin ancha-muncha iboralarni tushuna boshladim, gapirishni ham asta-sekin o‘zlashtirdim. Aytgancha, klub biz uchun alohida o‘qituvchi yollagandi.

- Italiyalik o‘smirlar sizlardan qanday sifatlari bilan ajralib turishardi?

- Biz Italiyaga futbol nuqtai nazaridan tashna holatda borgandik. Bunga qadar hammasini faqat televizorda ko‘rgandik. Oddiy aytganda, «Yuventus»da o‘ynash maqsad emas, shunchaki, orzu edi. Tabiiyki, har bir mashg‘ulotda o‘zimizni ko‘rsatish uchun borimizni berganmiz. Italiyaliklar shu masalada boshqacha edilar - mashg‘ulotlarga xotirjam qarardilar, mabodo tarkibga kirolmasalar, buni oddiy qabul qilardilar. Deylik, asosiy jamoa mashg‘ulotiga jalb qilinmasalar ham, xotirjamlikni yo‘qotmasdilar. Men esa aksincha, agar Italiya kubogi doirasidagi o‘yindan oldin Lippi nazaridan chetda qolsam, qattiq siqilardim. O‘ylashimcha, ayni shunday yondashuv ham samarasiz ketmagan. Har holda, Budyanskiy bilan ikkimiz qolganlarga nisbatan birinchi jamoada ko‘proq ishlaganmiz.

- To‘xtang, boshidan asosiy tarkib bilan shug‘ullangansiz-ku...

- Ha. Klubga kelganimizda Karlo Anchelotti bosh murabbiy edi. U bizni darhol mash­g‘ulotlarga jalb etgandi. O‘sha vaqt Zayniddin Zidan hali «Real»ga ketmagandi. Keyin Anchelotti o‘rnini Lippi egalladi. Uning davrida ham asosiy jamoada ko‘p shug‘ullanganmiz. Misol uchun, murabbiy boshidayoq ikki tomonlama nazorat o‘yinida bizni ham amalda sinab ko‘rgandi.

- «Yuventus» asosiy tarkibidagi mashg‘ulotlarda kimlar ko‘proq hayratga solishardi?

- Paolo Montero - urugvaylik himoyachi. U o‘ta agressiv harakatlanishi bilan ajralib turardi. Maydondan tashqarida esa, mutlaqo muloyim yigitga aylanardi. Hech esimdan chiqmaydi, bazaga ketayotgandik, yomg‘ir, ko‘cha loy... Birdan avtomobilida oldimizda to‘xtadi va o‘tirishimizni, manzilimizga olib borib qo‘yishini aytdi. Biroz noqulay bo‘ldi, ko‘nmadik, lekin quymadi, baribir. Qisqasi, Paolo yoshlarga yaxshi munosabatda bo‘lardi, faqat maydonda ochiqchasiga jang taklif qilardi. Katta mavqei va tajribasiga qaramay, odamiylik sifatlarini ko‘rsatardi. Umuman, Alessandro Del Pyero, Zayniddin Zidan va boshqa yulduzlar ham kundalik hayotda oddiy edilar.

- Del Pyero bilan qandaydir esda qolarli voqea­lar kuzatilganmi?

- Aleks mashg‘ulotlarda ko‘p yordam berardi. Hattoki, umumiy mashqlar yakunida ozgina qolib, jarima zarbasi tepish, oyoqni qanday qo‘yish usullarini o‘rgatishdan erinmasdi. Bunda hammasini xotirjam tushuntirardi, ovozini aslo baland ko‘tarmasdi. U «Yuventus» - bir oila» iborasini tez-tez takrorlardi. Oilada esa hamma teng, yoshning ahamiyati yo‘q. Jamoa a’zosimisan, sen bilan to‘g‘ri muomalada bo‘lishadi. «Yuventus» muhiti shunday edi. Zidan o‘zini xotirjam va oddiy tutishidan tash­qari, ancha qiziquvchan edi - uning nimanidir so‘rashi yoki holatimiz bilan qiziqib ko‘rishi biz uchun odatiy hol bo‘lgan.

- Eng g‘alati futbolchi kim edi?

- Davids, albatta. Chindan ham, g‘alatiroq - har doim quloqchin taqib olar va o‘zidan aslo ortmasdi. Edgar faqat yoshlar emas, hammaga nisbatan shunday beparvo yurardi. Xudbinroq, yana gapini boshqalarga o‘tkazishni xush ko‘rardi. Boshqa hech kim haqida bunday deyolmayman.

- Marchello Lippini qanday tavsiflaysiz?

- Jamoa kayfiyatini hamisha yuqori darajada ushlab turardi. «Yuventus» taqvimi har doim juda tig‘iz bo‘lardi, qolaversa, matbuot tinimsiz bosim o‘tkazardi. Deylik, hattoki, durang natijadan ke­yin ham, hamma birdan inqiroz yoki muammolar haqida bong urishga tushardi. Lippi esa har qanday vaziyatda jamoa bosimsiz ishlashini ta’minlashga uringan. Chunki tarkibda katta professionallar yig‘ilishganini yaxshi bilardi. Bunday jamoada eng asosiy omil - psixologiya. Lippi bu haqiqatdan aslo ko‘z yummasdi.

- Italiya kubogida aynan Lippi qo‘l ostida debyut qilgansiz...

- Ha, o‘sha vaqt hatto italyan tilida tuzukroq gapirolmasdim ham. Lekin murabbiy menga atigi 2-3 so‘z aytgan va nima demoqchi ekanligini tushunganman.

- «Yuventus»ning atigi 2ta o‘yinida qatnashgansiz va ikkisi ham kubok doirasida. Nega bunchalik kam?

- Kam? Men bu o‘rinda savolni boshqacha qo‘yardim: «Shunday yulduzli tarkibda 2ta o‘yin o‘tkazishga qanday erishgansiz?» Xullas, «Yuve»-dek megajamoada yarim da-qiqa o‘ynash ham katta gap edi men uchun.

- Bu fikrga qo‘shilish mumkin.

- Hozir ishonish qiyin, lekin fakt shuki, maydonga buyuk yulduzlar bilan birga tushganman. O‘shandan keyin ko‘p xatolarga yo‘l qo‘yganim va asosiy tarkibga o‘rnasholmaganim esa boshqa masala. Ba’zan ishga munosabatni no­o‘rin o‘zgartirdim. Boshidagi ishtiyoqni yo‘qotib qo‘yganim ham rost. Keyin hayotimda o‘zgarishlar ketma-ketligi kuzatildi: Rossiyadan takliflar, pul va hokazo...

- Demak, asosiy tarkibdagi 2ta uchrashuvdan ke­yin yana yoshlar jamoasiga o‘tdingiz.

- Ha. Keyinchalik ham bir necha marta kubok o‘yinlariga jalb etildim, asosiy tarkib mashg‘ulotlarida qatnashdim, ammo boshqa maydonga tushmadim. Joy topish qiyin edi, boz ustiga, o‘sha payt zaxiradan atigi 3 nafar futbolchi tushirilardi. Tarkib esa yulduzlarga to‘la. Davids va Trezege kabi futbolchilar zaxirada o‘tirganlarida, bizga yo‘l bo‘lsin.

- Ayni o‘sha payt sizni Rossiyaga chorlay boshladilar...

- Xato shu nuqtadan boshlandi. Yosh edik, Rossiyada esa pul va real shartnoma va’da qilishdi. Vaqt o‘tishi bilangina o‘sha payt dunyoning eng yaxshi klublaridan biriga tegishli bo‘lganimni teranroq angladim. Ya’ni shoshilmasligim, sabr bilan ishlash yo‘lidan borishim kerak edi. Esimda, «Yuventus» rahbarlaridan biri Luchano Modji oldiga chaqirib, rosa uqtirgandi: «Ilyos, 3 yildan beri «Yuve» tizimidasan. Yaxshi ket­yapsan. Shoshilma, hozir boshqa jamoalar haqida o‘ylashing noto‘g‘ri. Biz bilan shartnoma muddatini uzaytir, seni kuzatishda davom etamiz. Ko‘nsang, ijara safariga yuboramiz va munosib o‘ynasang, ortga qaytaramiz, albatta. Asosiysi, xato qilma». Lekin uning gaplariga quloq tutmadim. Tabiiyki, bu «Yuventus»ga yoqmadi va o‘rtadagi shartnoma muddati uzaytirilmadi.

- O‘sha vaqt sizning yoshingizdagi futbolchilar «Yuventus»da qancha maosh olishardi?

- Turlicha, lekin ko‘p emasdi - bir necha ming yevro. Shuning barobarida bizga kerakli sharoitlar yaratilgandi. Deylik, uy-joy va oziq-ovqat uchun alohida to‘lanardi. Agar o‘zingizni ko‘rsata boshlasangiz, maoshingizni ham oshirishardi.

- Aytgancha, Rossiya terma jamoasida o‘ynash bo‘yicha ham taklif olgan ekansiz...

- Ha, yana jiddiy taklif edi. Lekin bu haqda o‘ylamadim, chunki o‘zim tug‘ilib-ulg‘aygan mamlakat milliy jamoasida o‘ynashni afzal ko‘rdim.

- Faoliyatingizni 2014 yili tugatdingiz. Nima uchun Italiyada qolishga qaror qildingiz?

- 2011 yili hayotim butunlay o‘zgardi, undan ma’no topdim. Keyin turmush o‘rtog‘imni uchratdim. Shunday qilib, asta-sekin faoliyatimga nuqta qo‘ydim va otam izidan borishni, ya’ni murabbiylik qilishni xohladim. Hammasini bolalar futbolidan boshladim, keyinchalik lisenziya oldim va hozir 5-divizion ishtirokchisi «Virtus Kupello» jamoasini boshqaryapman. Tajriba orttiryapman, yuqoriga ko‘tarilishdan umidvorman. Bu juda qi­yinligi, mahalliy murabbiylar juda ko‘pligini bilsamda, o‘z yo‘limdan boraveraman.

- Eldor Shomurodov bilan shaxsan tanishmisiz? Shunday bo‘lsa, unga qandaydir maslahat berdingizmi?

- Eldorning Ranyeridek tajribali murabbiy qo‘l ostidagi jamoaga o‘tganidan xursandman. O‘ylaymanki, bu mutaxassis unga nimalarga qodirligini isbotlashi uchun imkoniyat beradi. Axir Eldor mehnatkash yigit, doimo bor kuchini sarflaydi. O‘ylaymanki, Ranyeri bilan yaxshi til topishadi. Biz tanishmiz, albatta, lekin unchalik yaqin emas. Ajoyib, kamtarin yigit. Yaqinda, ta’til vaqti Toshkentda yo‘llarimiz kesishdi. Darvoqe, o‘g‘lim Eldorga muxlislik qiladi, yana bir o‘zbek futbolchisi Italiyada o‘ynayotganidan faxrlanadi. 

- Sizningcha, Rossiya chempionati bugungi kunda o‘zbek futbolchilari uchun qanchalik jozibali maydon? Xususan, Abbos Fayzullayevning SSKAga o‘tgani haqida qanday fikrdasiz? RPLda yana kimlarnidir kutish mumkinmi?

- Oxirgi yillar o‘zbekistonlik futbolchilarga qiziqish ancha ortdi. Nafaqat o‘zbekistonliklar, balki sobiq ittifoqning boshqa mamlakatlari vakillariga ham. Shaxsiy fikrimcha, MDH mamlakatlari futbolchilari uchun RPLga kirish - imtiyoz.

2001 yili «Sportak­a-demklub» (Moskva)ning 3 nafar futbolchisi - Ilyos Zeytullayev, Viktor Bud­yanskiy va Sergey Kovalenko «Yuventus» bilan shartnoma imzolaydi. Ular Turinda asosan yoshlar jamoasi uchun o‘ynashadi, lekin muntazam asosiy tarkib mashg‘ulotlarida qatnashishadi. Xususan, Ilyos Zeytullayevga «Yuve»ning asosiy jamoa­sida debyut qilish nasib etadi. Hamyurtimiz mashhur Marchelo Lippi qo‘l ostida Italiya kubogi doi­rasidagi 2ta uchrashuvda «Yuventus» sharafini himoya qilgandi.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 15:01, 31.08.2023. O'qildi: 2147 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Aleks Fergyuson APLda jami 27 marta oyning eng yaxshi murabbiyi deb tan olingan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 12
2 Насаф Husayn Norchayev 9
3 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 9
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 8
5 Бунёдкор Luis Kachorri 8
6 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 8
7 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 6
8 ОКМК Xurshid G‘iyosov 6
9 Андижон Rustam Turdimurodov 5
10 Нефтчи Zoran Marushich 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.