Bugun 6 may, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 35 76
2 Manchester Siti 34 71
3 Man. Yunayted 35 64
4 Liverpul 35 58
5 Aston Villa 35 58
6 Bornmut 35 52
7 Brentford 35 51
8 Brayton 35 50
9 Chelsi 35 48
10 Everton 35 48
11 Fulhem 35 48
12 Sanderlend 35 47
13 Nyukasl 35 45
14 Lids 35 43
15 Kristal Pelas 34 43
16 Nottingem Forest 35 42
17 Tottenhem 35 37
18 Vest Xem 35 36
19 Byornli 35 20
20 Vulverhempton 35 18

O'tgan o'yinlar.

35-тур Lids 3-1 Byornli
35-тур Vulverhempton 1-1 Sanderlend
35-тур Brentford 3-0 Vest Xem
35-тур Nyukasl 3-1 Brayton
35-тур Arsenal 3-0 Fulhem
35-тур Bornmut 3-0 Kristal Pelas
35-тур Man. Yunayted 3-2 Liverpul
35-тур Aston Villa 1-2 Tottenhem
35-тур Chelsi 1-3 Nottingem Forest
35-тур Everton 3-3 Manchester Siti

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

"Andijon" oldiga yuqori maqsad qo‘ygan" - Hamidjonov "Andijon"ga o‘tishi, OCHL va yangi maqsad haqida

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Futbolchilar / Cuhbatlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Yozgi seleksiya chog‘ida "Andijon" a’zosiga aylangan iqtidorli himoyachi Sunnatillo Hamidjonov jamoa bilan birga Tojikiston yig‘inida faol ishtirok etmoqda.

Uning 4 yil oldin ham "Andijon" sharafini himoya qilganini muxlislar yaxshi eslashadi. Shu bois Hamidjonovning "Burgutlar" safiga qaytganidan ishqibozlar quvonishgani rost.

Kuni kecha Hamidjonov "Andijon" matbuot xizmatiga intervyu berdi.

- Sunnatillo, "Andijon"dagi ilk norasmiy o‘yinni "Istaravshan"ga qarshi o‘tkazdingiz. Yangi jamoangizdagi ilk uchrashuv qanday taassurot qoldirdi?

- Avvalambor, "Andijon" muxlislariga assalomu alaykum! O‘rtoqlik uchrashuvi yaxshi o‘tdi va iliq tassurot qoldirdi. Xudoga shukr, yutib oldik.

- Jamoaning Tojikistondagi yig‘inida qatnashyapsiz, sizni qanday qabul qilishdi?

- Jamoa yig‘iniga qo‘shilganimda, barcha jamoadagilar, futbolchilar, murabbiylar shtabi yaxshi kutib olishdi. Bu yerda hech kim menga begona emas. Oldin birga o‘ynaganmiz va raqib sifatida to‘qnash kelganmiz. 2021 yili "Andijon"da to‘p surganimda ko‘plab futbolchilar bilan birga o‘ynaganmiz. Hammasi ajoyib.

- Ilgari "Andijon"da to‘p surgansiz, o‘sha paytda qanday xotiralar qolgandi va endi qanday o‘zgarishlarni ko‘ryapsiz?

- Ha, ilgari "Andijon" sharafini himoya qilganimda yaxshi xotiralar qolgan. Menda ko‘p xotiralar saqlanib qolgan va bularni hech qachon esdan chiqarmayman. O‘sha paytlar haligacha esimda bor. Muxlislar faol edi, hozirga kelib ular yanada faollashishgan. 4 yil ichida ko‘p o‘zgarishlar bo‘lgan. U paytlarda "Andijon"ni shaxsiy bazasi bo‘lmagan. Hozir esa 2025 yilga kelib o‘zini bazasi qurib bitkazildi. Xudo xohlasa, Tojikiston yig‘inidan so‘ng yangi bazamizga ko‘chib o‘tamiz. Ko‘p narsalar yaxshi tarafga o‘zgargan.

- "Surxon"dan "Andijon"ga o‘tishingiz qanday yuz berdi?

- Birinchi davra tugashiga yaqin nasib qilsa, ikkinchi davrada yanada yaxshi klubda o‘zimni sinamoqchi bo‘lishni reja qilib yurardim. "Andijon" klubi ham rejamning bir qismida bor edi. Chunki "Andijon" OCHLda o‘ynaydi, oldiga yuqori maqsad qo‘ygan. 

- "Burgutlar" oilasi a’zosiga aylandingiz. Hozirda o‘zingizni qanday his qilyapsiz?

- Ha, "Burgular" jamoasiga a’zo bo‘ldim, taassurotlar juda ham yaxshi. O‘zimni nihoyatda erkin his qilyapman. Yuqorida aytib o‘tganimizdek, 2021 yili "Andijon" klubida to‘p surganman. Bu jamoa menga begona emas, juda ham yaqin, yuragimga yaqin jamoa.

- Bu yerda oldingizga qo‘ygan maqsadingiz qanday?

- Oldimga katta maqsad qo‘yganman. OCHL 2 guruh bosqichida yaxshi o‘yinlarimizni ko‘rsatib, Xudo xohlasa, keyingi bosqichlarga chiqib, yaxshi natijalar ko‘rsatib, muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz. Chempionatda ham munosib o‘yinlar ko‘rsatib, ijobiy natijalar bilan ishqibozlarimizni quvontirishga bel bog‘laganmiz.

Manba: "Андижон" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 14:55, 24.07.2025. O'qildi: 951 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Angliyalik futbolchi Kevin Kigan jahon chempionatlari o'tkazilgan yilda unda ishtirok etmasdan «Oltin to'p»ni qo'lga kiritgan yagona futbolchi

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 25
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Брайтон Denni Uelbek 13
7 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
8 Борнмут Eli Junior Krupi 12
9 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 12
10 Ман. Юнайтед Benyamin Sheshko 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик