Bugun 27 may, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Ikki frontda kurashayotganimiz uchun oson bo‘lmayapti». Abramov g‘alaba, yarimfinalda kimni kutayotgani va Kojo haqida

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / O‘zbekiston kubogi / Uchrashuvlar
Rukn: Intervyular
A A A

O‘zbekiston kubogi 1/4 finali doirasidagi «Dinamo» — «Olimpik» (4:3) o‘yinidan keyin dastlab Samarqand jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov fikrlarini bildirdi.

Pro liga klubi Superliga jamoasini mag‘lub etgani haqida
— Yigitlarni e’tirof etish kerak, ular g‘alaba uchun bor kuchlarini maydonga tashlashdi. Xursand qilmaydigan yagona jihati hozirgi taqvim shunday ko‘rinishdaki, bugun o‘tkazgan qo‘shimcha bo‘limlardan keyin tezroq tiklanishimiz zarur. Pro ligada ketma-ket o‘yinlar sababli bir oy oldingi katta farqni qo‘ldan chiqarib qo‘ydik. Ikki frontda kurashayotganimiz uchun oson bo‘layotgani yo‘q. 4 sentyabrda «Lokomotiv»ga qarshi muhim o‘yin kutib turibdi. Tezroq tiklanish shart.

Atmosfera va muxlislar haqida
— Futbolchilarga rahmat, ikki marta ham hisobda ortda qolib, qo‘shimcha bo‘limlarda kambek qilishga kuch topa oldik. Bugungi o‘yin samarqandlik muxlislarga ham yoqdi deb o‘ylayman, keyingi o‘yinimizda yanada ham ko‘proq muxlis kelishiga umid qilaman. Muxlislarning qo‘llab-quvvatlashisiz bizga qiyin bo‘lardi.

— 120 daqiqalik o‘yinda nisbatan yosh va ko‘p yuguradigan «Olimpik» qanday mag‘lub etildi?
— Takrorlayman, yigitlardan minnatdorman, ular borlarini sarflab, oxirigacha kurashishdi. Birinchi bo‘limda vaziyatlarni ko‘kka sovurgan bo‘lsak-da, keyin foydalana oldik. Zaxiradan maydonga tushgan yangi kuchlar ham katta yordam berishdi va gol urdik.

— «Andijon-SGS» bilan o‘yinda ochko yo‘qotilgach, jamoani o‘yinga ruhan tayyorlash oson kechmagandir?
— Aksincha, kubok bahslari ekani bois osonroq kechdi. Har holda biz deyarli O‘zbekiston olimpiya jamoasiga qarshi to‘p surdik. Andijondagi o‘yinda esa hammasi o‘zimizning aybimiz bilan bo‘ldi, yigitlarni o‘sha bahsga ruhan tayyorlay olmagan ko‘rinamiz, natijada durang bilan qaytdik. Ko‘p narsa jamoaning ruhiy tayyorgarligiga ham bog‘liq.

— Kubok yarimfinalida qaysidir jamoani kutyapsizmi?
— Men hech kimni kutmayapman, bilamanki OKMK bizga raqib bo‘ladi. Yarimfinal o‘yinlaridan keyin buni tekshirishingiz ham mumkin (kuladi).  

— O‘yindan tashqari savol – OCHL guruh bosqichiga bir yo‘la 4 jamoamiz yo‘l oldi. Bu o‘zbek klublari saviyasi oshganini anglatadimi?
— Bu bahsli savol. Albatta, klublarimizni tabriklayman, bu katta muvaffaqiyat. Ammo obyektiv qarasak, yaxshisi guruh bosqichi qanday o‘tishini kutish kerak. Chunki arab chempionatlarida mavsum hali endi boshlandi. Shunga qaramay, bu klublarimizning muxlislarga taqdim etadigan bayramiga soya sola olmaydi. 4 klubimiz OCHL guruh bosqichida o‘ynashi ajoyib. Qolaversa, «Dinamo»da ham OCHLga chiqish uchun imkoniyat paydo bo‘layotgani quvonarli.

— O‘yin qahramoni Kojoning ahvoli qanday?
— Kojo ikkita gol kiritdi, jamoani qutqardi va o‘z vazifasini bajardi. Joel uchrashuv oxirida jarohat oldi shekilli, maydonni tark etishga majbur bo‘ldi. Tiklanish jarayonida uning holati ma’lum bo‘ladi, — deydi Vadim Karlenovich.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 07:47, 01.09.2023. O'qildi: 2269 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик