Bugun 6 aprel, 2026 yil, dushanba.

  • La-liga
      • 05.04.2026 00:00
      • Atletiko
      • 1:2
      • Barselona
      • 05.04.2026 17:00
      • Xetafe
      • 2:0
      • Atletik Bilbao
      • 05.04.2026 19:15
      • Valensiya
      • 2:3
      • Selta
      • 05.04.2026 21:30
      • Real Ovyedo
      • 1:0
      • Sevilya
      • 06.04.2026 00:00
      • Alaves
      • 2:2
      • Osasuna
      • 07.04.2026 00:00
      • Jirona
      • -:-
      • Vilyarreal
  • «A» Seriya
      • 05.04.2026 18:00
      • Cremonese
      • 1:2
      • Bolonya
      • 05.04.2026 21:00
      • Piza
      • 0:1
      • Torino
      • 05.04.2026 23:45
      • Inter
      • 5:2
      • Roma
      • 06.04.2026 15:30
      • Udineze
      • -:-
      • Komo
      • 06.04.2026 18:00
      • Lechche
      • -:-
      • Atalanta
      • 06.04.2026 21:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Jenoa
      • 06.04.2026 23:45
      • Napoli
      • -:-
      • Milan
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 30 76
2 Real Madrid 30 69
3 Vilyarreal 29 58
4 Atletiko 30 57
5 Betis 30 45
6 Selta 30 44
7 Real Sosyedad 30 41
8 Xetafe 30 41
9 Osasuna 30 38
10 Espanyol 30 38
11 Atletik Bilbao 30 38
12 Rayo Valyekano 30 35
13 Valensiya 30 35
14 Jirona 29 34
15 Alaves 30 32
16 Malyorka 30 31
17 Sevilya 30 31
18 Elche 30 29
19 Levante 30 26
20 Real Ovyedo 30 24

O'tgan o'yinlar.

30-тур Rayo Valyekano 1-0 Elche
30-тур Real Sosyedad 2-0 Levante
30-тур Malyorka 2-1 Real Madrid
30-тур Betis 0-0 Espanyol
30-тур Atletiko 1-2 Barselona
30-тур Xetafe 2-0 Atletik Bilbao
30-тур Valensiya 2-3 Selta
30-тур Real Ovyedo 1-0 Sevilya
30-тур Alaves 2-2 Osasuna

Navbatdagi o'yinlar.

07/04/26 Jirona - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Muhammad Quddus: «Hikoyamni yozishda davom etsam, bas»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

Muhammad Quddus bugungi kunini Gananing «Strong Tover» klubida o‘ynab yurgan vaqtlardayoq orzu qilgan ekan.

 Mana, afrikalik hujumchi yaqinda «Ayaks»dan APL klubi - «Vest Xem»ga o‘tdi. «Bolg‘achilar» safida 14-raqamli futbolkani olgan Quddus London drujinasi rasmiy saytiga bergan ilk intervyusidayoq alohida ta’kidladi: «Bolaligimda aynan APLda o‘ynash orzusida qattiq shug‘ullanganman. Shu kungacha katta yo‘lni bosib ortdim, ozmi-ko‘p tajriba orttirdim. O‘ylaymanki, o‘ziga yarasha o‘yin uslubiga egaman. Nega aynan «Vest Xem»ni tanladim? Bu bevosita shaxsiy ambisiyalarimga bog‘liq».

- Oldin aso-san markaziy hujumchi roli bilan cheklanardim, ya’ni jarima maydoni ichida ko‘proq harakatlanardim. «Ayaks»da esa markaziy hujumchi uchun pozisiya tanlash naqadar muhimligini teran angladim va buning ustida ko‘p ishladim.

- «Vest Xem Yunayted»ga xush kelibsan, bu yerda bo‘lish qanday ekan?

- Rahmat. Bolaligimdan top-liga, xususan, APLda o‘ynashni o‘ylardim. Shu maqsad sari har kuni olg‘a intildim va mana, bugun nihoyat, «Vest Xem» oilasidaman. Shu bilan hammasi yakuniga yetgani yo‘q, albatta: o‘z hikoyamni yozish uchun olg‘a qadam bosishda davom etishim kerak.

- Faoliyatingni Akkraning «Strong Tover» klubida boshlagansan. Umuman, futbol bo‘ylab sayohatdan ko‘ngling to‘lyaptimi?

- Ganada har bir hududning o‘z ligasi bor, lekin yevrofutbol boshqa daraja, albatta. «Strong Tover» - men tug‘ilib-ulg‘aygan shahar klubi. Aytishim kerak, u mahalliy liganing eng katta va kuchli jamoalaridan biri edi. Umuman, futbol sayohatini maktabda boshladim, keyin «Strong Tover» safiga qabul qilindim va ayni o‘sha payt professional faoliyatga qaratilgan mashg‘ulotlar ancha jiddiylashdi. O‘shanda 10 yoshli bolakay edim.

- Ganalik futbolchilarni butun dunyoda uchratish mumkin. Shunday ekan, mamlakatingda iqtidorli yoshlarni izlayotgan skautlarning katta guruhi ish olib borsa kerak...

- Chamamda 18 yoshda kuchli e’tibor markaziga tushdim, menga katta qiziqish bilan qaray boshlashdi. Binobarin, afrikalik futbolchi 18 yoshga to‘lmasidan oldin Yevropada o‘ynay olmaydi. Aslida 17 yoshdan jamoa bilan xalqaro turnirlarda qatnashish uchun Yevropa bo‘ylab ko‘plab safarlarga chiqa boshlagandik, shunday ekan, qiziqish oldindan yo‘q emasdi.

- 18 yoshda Gana futboli bilan mustahkam aloqa o‘rnatgan Daniyaning «Nordshelann» klubi safiga qo‘shilding. Bunday yoshda yaxshigina ligada o‘sish uchun katta qadam...

- Ha, ayniqsa, afrikalik futbolchi uchun yaxshi qadam. Birdan yuqoriroq darajaga intilganim ham yo‘q, chunki yevrofutbolga moslashish va nozik jihatlarni o‘rganish uchun vaqt talab etilardi. Afrika futboli bilan taqqoslaganda, Yevropada o‘ynash juda foydali tajriba bo‘ldi. Xullas, Daniyada 2 mavsum chiniqqach, keyingi qadamni tashladim - «Ayaks»!

- «Ayaks»da kuchli mutaxassislar qo‘l ostida shug‘ullanding. Ulardan aynan nimalarni o‘zlashtirding?

- Amsterdamga borganimda, klubda Erik ten Xag va Mixael Raysiger birga ishlayotgandilar. Shaxsiy natijalardan ko‘ra, ishlash va takomillashish haqida ko‘proq o‘yladim. Chunonchi, yosh futbolchi uchun tezkor natijalar emas, balki barqaror rivojlanish muhimroq. Yaxshi tomoni, «Ayaks» aynan menga ma’­qul uslubda o‘ynadi. Deylik, klubda o‘yinning texnik va taktik elementlariga ko‘proq e’tibor qaratiladi. Xullas, Niderlandiyada beqiyos tajriba to‘pladim.

- O‘yin uslubing bilan tanishmagan muxlislarga o‘zingni qanday tavsiflaysan?

- Odatda muxlislar qalbiga quvonch olib kirishni xush ko‘raman, har holda, futbolning asosiy mohiyati ham shu. Oddiy aytganda, maydonda chiroyli harakatlarni ko‘proq amalga oshirishni istayman. Shuningdek, yetakchilik qobiliyatim chakki bo‘lmasa kerak, yana jismoniy kuch va samaradorlik borasida ham nolimayman. Londonda faqat jamoaga yordam berish uchun qo‘ldan kelganicha harakat qilaman, albatta. Muxlislar esa hayqirish, gollarni nishonlash va o‘yin-kulgiga tayyor turishlari kerak!

- Ko‘pincha o‘yin davomida maydonning eng kerakli nuqtasida paydo bo‘lasan. Bu fazilat «Ayaks»dagi tizimli mashg‘ulotlar samarasimi?

- Shunday. Amsterdamda maydon bo‘ylab qanday harakatlanishni o‘rgandim, bu borada to‘g‘ri qaror chiqarish muhimligini tushundim. Oldin asosan markaziy hujumchi roli bilan cheklanardim, ya’ni jarima maydoni ichida ko‘proq harakatlanardim. «Ayaks»da esa markaziy hujumchi uchun pozisiya tanlash naqadar muhimligini teran angladim va buning ustida ko‘p ishladim.

- «Vest Xem» texnik direktori Tim Staydten Ams­terdamdagi uchrashuvda klub loyihasi haqida nimalar dediki, bu yerga kelishga rozi bo‘lding?

- U «Vest Xem» loyihasini atroflicha tushuntirdi. Angladimki, barchasi klubni imkon qadar yuqoriga ko‘tarishga qaratilgan. Staydten shuning barobarida jamoa futbolga ishtiyoqi baland yosh iste’dodlarga ehtiyoj sezayotganini aytdi. Qisqasi, barchasi futbolchi sifatida shaxsiy ambisiya va maqsadlarimga mos keldi. Qaytaraman, asosiysi - APLda o‘ynash xohishi. Lekin shu bilan birga menga yanada rivojlanish imkoniyatini bera oladigan klub safiga o‘tishni o‘yladim. Oddiy aytganda, «Vest Xem» loyiha juda yoqdi.

- Yakuniy qarorni oilang bilan maslahatlashgan holda qabul qildingmi yoki...?

- Ha, yaqinlarim har doim meni 100 foiz qo‘llab-quvvatlashadi, kerakli maslahatlar bilan olg‘a undashadi. Albatta, futbolda hammasi o‘zimga bog‘liq, axir maydonga yaqinlarimsiz tushaman. Shunday ekan, qanday o‘ynashni o‘zim hal qilishim kerak. Bunda ko‘pincha ichki tuyg‘uga quloq solaman. Xullas, maydonda ko‘pincha ichki instinkka tayanaman, uning tashqarisida esa yaqinlarim fikrlarini ham inobatga olaman.

- Qaror qabul qilishga qadar «Vest Xem»ga aynan «Ayaks»dan kelgan Edson Alvares bilan gaplashdingmi?

- Ha, uning ta’rifidan ke­yin taklifdan bosh tortishim mumkin emasdi. U o‘z tajribasi va klub haqida to‘liq gapirib berdi va meni yoniga chorladi. Hozir bu yerda ekanligimdan bag‘oyat xursandman!

- Toni Yeboa, aka-uka Ayyu­lar... Ganaliklar APLda yaxshigina iz qoldirishgan. Ularga davomchi bo‘la olasanmi?

- Mikael Essyen, Asamoa Gyan, Salli Muntari, Jon Mensa, aka-uka Ayyular... Bu ro‘yxatni yana davom ettirish mumkin. Ha, ganaliklar APLda o‘z so‘zlarini ayta olishgan. Liga va Gana o‘rtasida katta an’analar borligi ham menga qo‘shimcha kuch bag‘ishlashi kerak.

- JCH-2022da qatnashding, 2ta gol ham urding. Bu sen uchun Gana termasidagi eng yorqin lahzalarmi?

- Ha, hozircha. Tushunarliki, JCH terma jamoa uchun eng katta bosqich hisoblanadi. Tabiiyki, jahon sahnasidagi chiqish faoliyatimning eng muhim voqeligiga aylandi.

- APLda yangi klubingni o‘ta muhim o‘yinlar kutmoqda: uyda «Manchester Siti» va mehmonda «Liverpul» bilan. 

- Bular men uchun biroz kattaroq jamoalar, lekin futbolchi sifatida har bir o‘yinga o‘zgarmas mentalitet bilan yondashaman. Shunday ekan, uchrashuvlarni toifalarga bo‘lmayman va ularni birdek intiqlik bilan kutaman...

- Albatta, futbolda hammasi o‘zimga bog‘liq, axir maydonga yaqinlarimsiz tushaman. Shunday ekan, qanday o‘ynashni o‘zim hal qilishim kerak. Bunda ko‘pincha ichki tuy­g‘uga quloq solaman. Xullas, maydonda ko‘pincha ichki instinkka tayanaman, uning tashqarisida esa yaqinlarim fikrlarini ham inobatga olaman.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 20:25, 05.09.2023. O'qildi: 1446 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 19
3 Осасуна Ante Budimir 15
4 Барселона Lamin Yamal 14
5 Барселона Ferran Torres 12
6 Барселона Robert Levandovski 12
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 12
8 Сельта Borxa Iglesias 11
9 Барселона Rafinya 11
10 Алавес Lukas Boye 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик