Bugun 20 yanvar, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 20 49
2 Real Madrid 20 48
3 Vilyarreal 19 41
4 Atletiko 20 41
5 Espanyol 20 34
6 Betis 20 32
7 Selta 20 32
8 Elche 20 24
9 Real Sosyedad 20 24
10 Atletik Bilbao 20 24
11 Jirona 20 24
12 Osasuna 20 22
13 Rayo Valyekano 20 22
14 Sevilya 20 21
15 Malyorka 20 21
16 Xetafe 20 21
17 Valensiya 20 20
18 Alaves 20 19
19 Levante 19 14
20 Real Ovyedo 20 13

O'tgan o'yinlar.

20-тур Espanyol 0-2 Jirona
20-тур Real Madrid 2-0 Levante
20-тур Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
20-тур Osasuna 3-2 Real Ovyedo
20-тур Betis 2-0 Vilyarreal
20-тур Xetafe 0-1 Valensiya
20-тур Atletiko 1-0 Alaves
20-тур Selta 3-0 Rayo Valyekano
20-тур Real Sosyedad 2-1 Barselona
20-тур Elche 2-2 Sevilya

Navbatdagi o'yinlar.

14/12/25 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

16 yoshli Yamal bir qancha rekordlarni yangilagani haqida bilarmidingiz?

Baho:
+2 | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

«Barsa»ning «Juvenil A» libosida o‘ynashdan tortib, Xavi jamoasidagi asosiy nomlardan biriga aylanishgacha Lamin Yamal bir necha oy davomida o‘z ustida qattiq ishladi.

16 yoshli ajoyib o‘yinchi nafaqat «Barselona»ning asosiy tarkibiga muntazam kirib oldi, balki o‘zining o‘yinlari ortidan Ispaniya terma jamoasiga jalb etildi.

Darhaqiqat, Yamal juma kuni Yevro-2024 saralashida Gruziya ustidan 7:1 hisobida g‘alaba qozonilgan bahsda Ispaniya terma jamoasi safida debyut qildi. Bu bilan u «qizil furiya»ni butun xalqaro maydonda namoyon etgan eng yosh futbolchiga aylandi, biroq bu bilan cheklanmadi. Yamal uchrashuvning ikkinchi bo‘limida gol urib, Ispaniya terma jamoasi tarixida gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi. Ikkala rekord ham Gaviga tegishli edi.

Yamal tomonidan yangilangan rekordlar ro‘yxati quyidagicha: 

«Barselona»dagi eng yosh debyutant: «Real Betis»ga qarshi 15 yoshu 290 kunligida maydonga tushgan Yamal Martines Alamanini (16 yoshu 280 kun) ortda qoldirdi.

«Barsa B»dagi eng yosh debyutant: 15 yoshu 297 kunligida u «Eldense»ga qarshi bahsda maydonga tushdi va Alexandro Grimaldoni (15 yoshu 349 kun) ortda qoldirdi.

La Liganing eng yosh chempioni: 15 yoshu 305 kunligida u Mark Munyesaning(«Espanyol») rekordini ortda qoldirdi (17 yoshu 51 kun).

21-asrdagi La Ligada maydonga tushgan eng yosh futbolchi: 16 yoshu 38 kunligida u «Kadis»ga qarshi maydonga tushdi va Fabris Olinganing rekordini yangiladi (16 yoshu 112 kun).

21-asrda La Ligada golli uzatma qayd etgan eng yosh o‘yinchi: 16 yoshu 45 kunligida. Yamal «Vilyarreal»ga qarshi o‘yinda Xuanmi Ximenesdan (16 yoshu 311 kun) o‘zib ketdi.

Ispaniya terma jamoasi uchun eng yosh debyutant: 16 yoshu 57 kunligida u Gruziyaga qarshi uchrashuvda Gavidan o‘zib ketdi (17 yoshu 62 kun).

Ispaniya terma jamoasida eng yosh gol muallifi: Gruziyaga qarshi o‘yinda 16 yoshu 57 kunligida Gavidan (17 yoshu 304 kun) o‘zib ketdi.

Yevropa chempionati saralashida gol urgan eng yosh futbolchi: 16 yoshu 57 kun. Gruziyaga qarshi o‘yinda Garet Beylning natijasini ortda qoldirdi (17 yoshu 83 kun).

Yamal orzular bilan yashaydi

Ispaniya terma jamoasidagi ajoyib debyutidan so‘ng gapirar ekan, Yamal o‘zini tushida yashayotgandek his qilganini aytdi.

«Men hozir orzuim bilan yashayapman, juda xursandman va menga ishonch bildirgani uchun jamoadoshlarim va murabbiyga va bu yo‘lda menga yordam bergan barchaga minnatdorchilik bildiraman», - deya xitob qildi futbolchi.

Ko‘plab rekordlarni yangilagan Yamal kelgusi haftalar va oylarda yana bir nechta rekordlarni buzishi mumkin.

Kiritildi: 14:43, 09.09.2023. O'qildi: 2460 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 19
2 Мальорка Vedat Muriki 14
3 Барселона Ferran Torres 11
4 Барселона Robert Levandovski 9
5 Вильярреал Alberto Moleyro 8
6 Бетис Kucho Ernandes 8
7 Осасуна Ante Budimir 8
8 Барселона Rafinya 7
9 Сельта Borxa Iglesias 7
10 Барселона Lamin Yamal 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.