Bugun 8 iyun, 2026 yil, dushanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Tartib-intizom qo‘mitasi qarorlari: «Navbahor» jarimaga tortildi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda soʻnggi turlar doirasida boʻlib oʻtgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar koʻrib chiqildi.

Superliga

“Navbahor lochinlari” — OKMK

Superliganing 18-turi doirasidagi “Navbahor lochinlari” — OKMK uchrashuvining 79-daqiqasida “Navbahor lochinlari” muxlislari tomonidan futbolchilar tomonga turli buyumlar uloqtirilgani hamda uloqtirilgan idishlardan biri OKMK klubi futbolchisining boshiga teggani qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, “Navbahor Lochinlari” futbol klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

Pro liga

“Yunired” — “Gʻijduvon”

Pro liganing 15-turi doirasidagi “Yunired” — “Gʻijduvon” uchrashuvining 83-daqiqasida “Gʻijduvon” jamoasi futbolchisi Shavkat Rahmatov bosh hakam shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Shavkat Rahmatovga (Gʻijduvon) nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

Pro liganining 14-turi doirasidagi “Aral” — “Lokomotiv” hamda 16-turi doirasidagi “Dinamo plyus” — “Lokomotiv” uchrashuv komissarlaridan bildirgi kelib tushgan. Unga koʻra, “Superliga va Pro liga reglamenti”ning 16.30-bandida uchrashuv vaqtida futbol klubi rasmiylari orasidan faqatgina bosh murabbiyga texnik zonada futbolchilarga koʻrsatma berish uchun ruxsat etilgan boʻlsa-da, mazkur tartib “Lokomotiv” jamoasi murabbiyi Mirko Yelichich tomonidan buzilgani qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Mirko Yelichichga (Lokomotiv) nisbatan 1 ta oʻyinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

Birinchi liga

“Qumqoʻrgʻon-1977” — “Sementchi”

Birinchi liganing 14-turi doirasidagi “Qumqoʻrgʻon-1977” — “Sementchi” uchrashuvi yakunlangandan soʻng, “Sementchi” jamoasi futbolchisi Yursunali Topvoldiyev yordamchi hakam shaʼniga haqoratli soʻzlar qoʻllagani hamda jismoniy kuch ishlatishga harakat qilgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Yursunali Topvoldiyevga (Sementchi) nisbatan 4 ta oʻyinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Bunyodkor farm” — “Shahrixonchi”

Birinchi liganing 14-turi doirasidagi “Bunyodkor farm” — “Shahrixonchi” uchrashuvining 65-daqiqasida “Shahrixonchi” jamoasi murabbiyi Tursunboy Xusanov bosh hakam shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Tursunboy Xusanovga (Shahrixonchi) nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

U-19 chempionati

“Metallurg U-19” — “Paxtakor U-19”

U-19 chempionatining 15-turi doirasidagi “Metallurg U-19” — “Paxtakor U-19” uchrashuvi yakunlangandan soʻng, “Paxtakor U-19” jamoasi futbolchisi Bobur Abdujabborov bosh hakam shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan. Shuningdek, “Paxtakor U-19”ning yana bir futbolchisi Muhammadiyor Marifaliyev bosh hakamning futbolkasini tortib, futbolchiga xos boʻlmagan xatti-harakat qilgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Bobur Abdujabborovga nisbatan 3 ta oʻyinga, Muhammadiyor Marifaliyevga nisbatan esa 4 ta oʻyinga chetlashtirish intizom chorasi qoʻllanildi.

“Shoʻrtan U-19” — “Gʻijduvon U-19”

U-19 chempionatining 14-turi doirasidagi “Shoʻrtan U-19” — “Gʻijduvon U-19” uchrashuvining 66-daqiqasida “Shoʻrtan U-19” jamoasi futbolchisi Oybek Jonibekov toʻp uchun kurashish vaqtida oyogʻining tag qismi bilan raqib oʻyinchisining oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan. Uchrashuvning 90-daqiqasida “Gʻijduvon U-19” jamoasi futbolchisi Sharifjon Abdumoʻminov toʻpsiz vaziyatda raqib oʻyinchisining son qismini bosib olgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Oybek Jonibekovga (Shoʻrtan U-19) va Sharifjon Abdumoʻminovga (Gʻijduvon) nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish intizom chorasi qoʻllanildi.

“Xorazm U-19” — “Qizilqum U-19”

U-19 chempionatining 16-turi doirasidagi “Xorazm U-19” — “Qizilqum U-19” uchrashuvining 77-daqiqasida “Xorazm U-19” jamoasi futbolchisi Bunyodbek Matrasulov uchrashuv toʻxtatilgan vaqtda qasddan oyogʻi bilan raqib oʻyinchisini bosh qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan. Uchrashuvning 77-daqiqasida “Xorazm U-19” jamoasi futbolchisi Ilyosbek Rahimov uchrashuv toʻxtatilgan vaqtda raqib oʻyinchisini qasddan turtib yuborgani qayd etilgan. “Qizilqum U-19” jamoasi futbolchilari Samandar Rahimov, Akmaljon Davronov va Ramazon Robbimov uchrashuv toʻxtatilgan vaqtda raqibga nisbatan tajovuzkor qasddan harakatlar qilishgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra:

Bunyodbek Matrasulovga (Xorazm U-19) nisbatan 10 ta;

Ilyosbek Rahimovga (Xorazm U-19) nisbatan 3 ta;

Samandar Rahimovga (Qizilqum U-19) nisbatan 5 ta;

Ramazon Robbimovga (Qizilqum U-19) nisbatan 3 ta;

Akmaljon Davronovga (Qizilqum U-19) nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish intizom chorasi qoʻllanildi.

“Soʻgʻdiyona U-19” — “Neftchi U-19”

U-19 chempionatining 14-turi doirasidagi “Soʻgʻdiyona U-19” — “Neftchi U-19” uchrashuvining 38-daqiqasida “Soʻgʻdiyona” futbol klubi texnik direktori Anvar Almatov yordamchi hakamning shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Anvar Almatovga (Soʻgʻdiyona U-19) nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Lokomotiv U-19” — “Surxon U-19”

U-19 chempionatining 14-turi doirasidagi “Lokomotiv U-19” — “Surxon U-19” uchrashuvining 63-daqiqasida “Lokomotiv U-19” jamoasi futbolchisi Kamronbek Ergashev toʻp uchun kurashish vaqtida oyogʻining tag qismi bilan raqib oʻyinchisining oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Kamronbek Ergashevga (Lokomotiv U-19) nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

Ayollar oliy ligasi 

“Metallurg W” — “Soʻgʻdiyona W”

Ayollar oliy ligasining 18-turi doirasidagi “Metallurg W” — “Soʻgʻdiyona W” uchrashuvining 87-daqiqasida “Metallurg W” jamoasi futbolchisi Nozima Qosimbekova bosh hakam shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Nozima Qosimbekovaga (Metallurg W) nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish intizom chorasi qoʻllanildi.

Ayollar birinchi ligasi 

“Aral W” — “Xorazm W” 

Ayollar birinchi ligasining 8-turi doirasidagi “Aral W” — “Xorazm W” uchrashuvining 73-daqiqasida “Xorazm W” jamoasi futbolchisi Barchinoy Eshmuratova raqib oʻyinchisining yuz qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Barchinoy Eshmuratovaga (Xorazm W) nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish intizom chorasi qoʻllanildi.

“Dinamo W” — “Andijanka W”

Ayollar birinchi ligasining 8-turi doirasidagi “Dinamo W” — “Andijanka W” uchrashuvi yakunlangandan soʻng “Dinamo W” jamoasi futbolchisi Aziza Useinova bosh hakam shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Aziza Useinovaga (Dinamo W) nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish intizom chorasi qoʻllanildi.

Barcha murabbiy, futbolchi, hakam va rasmiylarni har qanday vaziyatda ehtiroslarga berilmasdan, professional boʻlishga chaqiramiz. Sizlar oʻsib kelayotgan yoshlar uchun namuna ekanliklaringizni yana bir bor eslatib oʻtamiz!

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 21:41, 13.09.2023. O'qildi: 2596 marta. Fikrlar: 8 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик