Bugun 16 may, 2026 yil, shanba.

  • La-liga
      • 15.05.2026 00:30
      • Real Madrid
      • 2:0
      • Real Ovyedo
      • 17.05.2026 22:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletiko
      • -:-
      • Jirona
      • 17.05.2026 22:00
      • Osasuna
      • -:-
      • Espanyol
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Selta
      • 17.05.2026 22:00
      • Elche
      • -:-
      • Xetafe
      • 17.05.2026 22:00
      • Levante
      • -:-
      • Malyorka
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Valensiya
      • 17.05.2026 22:00
      • Sevilya
      • -:-
      • Real Madrid
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Alaves
  • APL
      • 16.05.2026 00:00
      • Aston Villa
      • 4:2
      • Liverpul
      • 17.05.2026 16:30
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 17.05.2026 19:00
      • Everton
      • -:-
      • Sanderlend
      • 17.05.2026 19:00
      • Brentford
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 17.05.2026 19:00
      • Lids
      • -:-
      • Brayton
      • 17.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Fulhem
      • 17.05.2026 21:30
      • Nyukasl
      • -:-
      • Vest Xem
  • «A» Seriya
      • 17.05.2026 15:00
      • Komo
      • -:-
      • Parma
      • 17.05.2026 15:00
      • Jenoa
      • -:-
      • Milan
      • 17.05.2026 15:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Fiorentina
      • 17.05.2026 15:00
      • Piza
      • -:-
      • Napoli
      • 17.05.2026 15:00
      • Roma
      • -:-
      • Lasio
      • 17.05.2026 18:00
      • Inter
      • -:-
      • Verona
      • 17.05.2026 21:00
      • Atalanta
      • -:-
      • Bolonya
      • 17.05.2026 23:45
      • Kalyari
      • -:-
      • Torino
      • 17.05.2026 23:45
      • Sassuolo
      • -:-
      • Lechche
      • 17.05.2026 23:45
      • Udineze
      • -:-
      • Cremonese
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 36 91
2 Real Madrid 36 80
3 Vilyarreal 36 69
4 Atletiko 36 66
5 Betis 36 57
6 Selta 36 50
7 Xetafe 36 48
8 Real Sosyedad 36 45
9 Rayo Valyekano 36 44
10 Atletik Bilbao 36 44
11 Sevilya 36 43
12 Valensiya 36 43
13 Osasuna 36 42
14 Espanyol 36 42
15 Alaves 36 40
16 Jirona 36 40
17 Elche 36 39
18 Malyorka 36 39
19 Levante 36 39
20 Real Ovyedo 36 29

O'tgan o'yinlar.

36-тур Selta 2-3 Levante
36-тур Betis 2-1 Elche
36-тур Osasuna 1-2 Atletiko
36-тур Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
36-тур Vilyarreal 2-3 Sevilya
36-тур Alaves 1-0 Barselona
36-тур Xetafe 3-1 Malyorka
36-тур Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
36-тур Jirona 1-1 Real Sosyedad
36-тур Real Madrid 2-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

17/05/26 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05/26 Sevilya - Real Madrid
17/05/26 Real Sosyedad - Valensiya
17/05/26 Levante - Malyorka
17/05/26 Elche - Xetafe
17/05/26 Atletik Bilbao - Selta
17/05/26 Osasuna - Espanyol
17/05/26 Atletiko - Jirona
17/05/26 Real Ovyedo - Alaves
18/05/26 Barselona - Betis

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Xitoy futbol loyihasi nega «uxladi»?

Baho:
+ | -
OSIYO / Milliy chempionatlar / Xitoy Super Ligasi
Rukn: Yangiliklar
A A A

yoxud futbolsevar Si Szinpinning uch orzusi haqida

So‘nggi vaqtlar Saudiya Arabistoni klublari sarflayotgan milliardlar futbol olamining asosiy muhokama mavzusiga aylandi. Ayrimlar bu vaqtinchalik jarayon ekanligi, yaqin o‘tmishda Xitoyda kuzatilgan voqea saudlar bilan ham yuz berishini bashorat qilishmoqda. Xo‘sh, katta transferlar bilan Sharqiy Osiyoda kuchli «shovqin» ko‘targan xitoyliklarga nima bo‘ldi? Aslida bu «shovqin»dan maqsad nima edi-yu, nega barchasi birdan to‘xtab qoldi?

«APL xavotirga tushishi kerak. Xitoyliklarda barchani ortda qoldirish uchun katta moliyaviy resurs bor». Arsen Venger 2016 yilning 4 fevralida bergan intervyusida aynan shunday jumlalar bor edi: «Xitoy Yevropaning barcha ligalarini ortda qoldirish uchun yetarli moliyaviy kuchga ega». Vengerning ushbu so‘zlari aytilgunga qadar Pau­linyo, Robinyo, Demba Ba, Asamoa Gyan, Ramires, Jervinyo, Jekson Martines va Freddi Gua­rin kabi Yevropada ko‘zga ko‘ringan futbolchilar allaqachon «sariq o‘lka»ga yo‘l olgan edilar. Intervyudan bir kun o‘tib esa, «Jiangsu Sunin» klubi Aleks Teysheyra transferi uchun «Shaxtyor» (Donesk)ga 50 mln. yevro to‘ladi. Fransiyalik mutaxassis haq bo‘lib chiqdi: aynan o‘sha yilgi qishki transferlar oynasida Xitoy ligasi xaridlarga sarflangan mablag‘ hisobi bo‘yicha chindan ham, Yevropaning barcha chempionatlarini ortda qoldirdi. Aslida Xitoy kabi iqtisodiy tomondan taraqqiy etgan mamlakatlarda futbol ham rivojlanishi tabiiy jarayon. Ammo evolyusion rivojlanish o‘rniga revolyusion sakrashning o‘ziga yarasha sabablari bor edi. 

Tushunarli bo‘lishi uchun barchasini uzoqdan boshlaymiz. O‘tgan asrning o‘rtalarida Tayvan oroli bilan yuzaga kelgan siyosiy sabablarga ko‘ra, xitoylik sportchilar deyarli 30 yil davomida Olimpiada o‘yinlarida qatnasholmadilar. Faqat 1980 yildan keyin Xitoy MOQ va FIFAga qaytdi va dzyugo tiji loyihasini ishlab chiqishga tushdi. Unga muvofiq, hukumat mamlakat bo‘ylab barcha sport turlarini ommalashtirish va rivojlantirish ustida jiddiy ishlashi, Olimpiada o‘yinlaridagi g‘alabalar evaziga o‘z suverenitetini mustahkamlashi kerak edi (1956-1976 yillar oralig‘ida jahon hamjamiyati tomonidan Tayvan oroli hududida joylashgan mamlakat Xitoy Respublikasi sifatida tan olingan va unga Olimpiadada qatnashish huquqi berilgan. Biz bilgan Xitoy Xalq Respublikasi esa deyarli biror mamlakat tomonidan tan olinmagan). 

XXR raisi - Si Szinpin orzulari... Uzoq tayyorgarlik va kurashlardan so‘ng Xitoy 2008 yilgi Olimpiada mezbonligini qo‘lga kiritadi. Musobaqa yuqori saviyada o‘tadi, oltin medallar soni bo‘yicha xitoylik sportchilar 1-o‘rinni egallashadi. Ammo futbolsevar Si Szinpin bu natijalardan hali ko‘ngli to‘lmaganini ma’lum qiladi va o‘zining uch orzusi haqida gapiradi:

- Xitoy termasining jahon chempionatiga chiqishi

- Xitoyning jahon chempionatiga mezbonlik qilishi

- Xitoy termasining jahon chempionatida g‘olib bo‘lishi.

O‘z tarixida mundialga bir marta (2002 yil) borgan Xitoy futboli oldida yana bir katta missiya turgandi. Hukumat loyihasiga ko‘ra, barcha investorlarga Xitoy futbol klublarini moliyalashtirish tavsiya qilinadi va buning evaziga kompaniyalarga soliq imtiyozlari taqdim etilishi aytiladi. Natijada multimillioner korporasiyalar futbolga katta sarmoya bilan kirib keladi. 

- Alibaba (AliExpress va Taobao elektron tijorat platformalari egasi) «Guanjou Evergrand» klubining 50 foiz aksiyasini sotib oladi. Bu jamoa tarkibida Robinyo, Paulinyo va Jekson Martines o‘ynashadi.

- Greenland (Xitoyning yirik qurilish kompaniyasi, jahonning 500ta eng yirik guruhlaridan biri) «Shanxay Shenxua»ni sotib oladi. Keyinroq Demba Ba, Freddi Guarin, Karlos Teves va Stefan al Shaaravi shu klubda to‘p surishadi.

- Suning (yirik xo‘jalik texnikalari do‘koni) «Jiangsu Sunin»ni to‘liq xarid qilib, Aleks Teysheyra, Ramires va Jo kabi futbolchilarni olib keladi.

- China Fortune Land Development (qurilish kompaniyasi, faqat rahbarining boyligi 4 mlrd. dollarga baholangan) «Xebey» egasiga aylanadi, tarkibni Jervinyo, Ezekyel Lavessi, Xavyer Maskerano va Ernanes bilan to‘ldiradi.

- SIPG (Shanxay xalqaro porti) «Shanxay SIPG» klubini xarid qilib, unga o‘z nomini beradi. Oskar, Xalk, Marko Arnautovich, Asamoa Gyan va hamyurtimiz Odil Ahmedov shu jamoada to‘planishadi.

Umuman, 2010 yildan e’tiboran jahon futbolidagi eng kuchli mutaxassislar Xitoydan taklif ola boshlashadi. Xorijdan nafaqat nomdor futbolchi yoki murabbiylar, balki bolalar sektorining eng kuchli mutaxassislari, massajchilar va hattoki, vitaminologlar ham jalb etiladilar. Eng asosiy maqsadlardan biri - 2050 yilgacha Xitoy termasining jahon chempionatida g‘olib chiqishini ta’minlash. Umuman, maqsadlar ro‘yxati juda keng bo‘lgan:

- 2020 yilgacha - 20 mingta futbol maktabi va 70 mingta maydoncha qurish, ularda 30-50 mln. o‘quvchining shug‘ullanishi

- 2030 yilgacha - 50 mingta maktab qurish, Xitoy termasini Osiyoning eng kuchli jamoalaridan biriga aylantirish

- 2050-yilgacha - Xitoy milliy jamoasini FIFA reytingida kuchli 20talikka olib chiqish va albatta, jahon chempionati oltin medali!

2012 yili Xitoy futboli faxri - «Guanjou» akademiyasi ochildi. Ushbu dargoh qurilishiga 185 mln. dollar sarflangan. Gap jahondagi eng katta futbol akademiyasi haqida ketmoqda: «Real» tizimida ishlagan ispaniyalik 24 nafar murabbiy 2577 nafar tarbiyalanuvchi bilan shug‘ullanadi. Asosiysi, katta xaridlar samara berib, xitoyliklar OCHLda ketma-ket zafarli yurishlarni amalga oshirishadi. Xususan, 2016-2017 yillar Xitoy futboli eng yuqori nuqtasiga ko‘tariladi. Loyiha natijasini ko‘rgan ko‘plab nisbatan yosh iqtidorlar ham sekin-asta Xitoyga yuzlanishadi: Yannik Karrasko, Stefan al Shaaravi, Taliska, Aksel Vitsel va hokazo. Ammo umidlar o‘zini oqlamaydi. Hukumatning yaxshi niyat bilan amalga tatbiq etgan har biri ishi aks ta’sir ko‘rsata boshlaydi.

Inqiroz sabablari: legionerlar uchun limit, o‘zgaruvchan reglament va rasmiyatchilikka aylangan futbol. Hammasi tushunarsiz limit siyosatidan boshlangan edi. Xitoy chempionati reglamentiga ko‘ra, jamoalar 4 nafar xorijlik va 1 nafar osiyolik futbolchini ro‘yxatdan o‘tkaza olardi. Natijada osiyolik futbolchi pozisiyasi uchun kurash juda jiddiy tus oladi, mahalliylar transfer bahosi ham keskin oshib ketadi. 35 yoshida «Shanxay Shenxua» safiga qo‘shilgan avstraliyalik Tim Keyxill barchasini keskin qoralagandi: «Odamlar bu yerga avvalgidek futbol uchun kelishmayapti. Xitoyda pul hukmron. Bu mamlakatga yordam beradi, lekin futbolchilar faoliyatiga emas. O‘ta ketgan ahmoqlik, yaqin orada Xitoyning o‘zida ham 100 millionlik transferlar amalga oshirilsa, aslo ajablanmang». Boz ustiga, xitoyliklar har yili liga reglamentiga o‘zgartirish kiritishga odatlanishadi. Mamlakat futbol federasiyasi rahbariyati esa 2017 yildan klublar oldiga yangi talablar qo‘ya boshlaydi: «4+1» shaklidagi legionerlar limitidan tashqari, qaydnomada 23 yoshdan kichik kamida ikki futbolchi bo‘lishi, ulardan biri asosiy tarkibdan joy olishi zarurligi ta’kidlanadi. 

Keyingi limit - klublar xarajatini cheklash. Qolaversa, transferlar uchun 100 foiz soliq joriy etiladi. Agar jamoa yangi legio­ner uchun 7 million dollardan ko‘proq sarflasa, yoshlar futbolini rivojlantirish jamg‘armasiga ham shuncha mablag‘ ajratishi kerak edi. Yangi tizim ish bermadi. Xorijliklar oqimi keskin kamaydi, borlari ham norozi kayfiyatda edilar. 23 yoshdan kichik futbolchilar o‘yinning 2-daqiqasidayoq almashtirilgan holatlar kuzatildi. Futbol shunchaki, rasmiyatchilikka aylandi-qoldi. 2019 yil oxirida qoidalar yana o‘zgartirildi. Endi jamoalarga maosh chegarasi belgilandi - 142 million yevro. Yangi legionerlar limitiga ko‘ra, turli qit’alardan 5 nafargacha futbolchi xarid qilish mumkin edi, lekin ulardan 4 nafari asosiy tarkibda o‘ynay olardi. Barchasi in­qirozga qarab ketayotgandi. Buni o‘sha vaqtda Xitoy futbol federasiyasi prezidenti Chen Syuan ham ta’kidlashga ulgurdi: «Agar vaqtida chora ko‘rmasak, ko‘plab klublar tanazzulga yuz tutishidan qo‘rqaman». Ammo juda kech bo‘lgandi. 2020 yilning bahorida «Tyanjin» bankrot holatini tan oldi. Klub 2019 yil oxiridan buyon yangi homiy qidirishga tushdi, biroq uni hech kim tekinga ham olmadi - 145 million dollarga teng qarz (100 million dollarlik aktiv) bor edi. Yangi soliq cheklovlari esa Yevropa hamda Janubiy Amerika yulduzlarining qochishlari bilan tugadi: Xalk va Romulo Braziliyaga, Stefan al Shaaravi va Grasiano Pelle Italiyaga, Yannik Karrasko Ispaniyaga, Salomon Rondon Rossiyaga... Sandro Vagner va Obafemi Martins esa butsalarini mixga ilishdi. Shu tariqa Xitoy chempionati tom ma’noda superyulduzlar ligasiga aylanolmadi. Yo‘q, mamlakatga xuddi Saudiyada bo‘layotgani kabi «Oltin to‘p» sohiblari kelishmadi. Xitoyliklar hatto vaqtida jamoasiz qolgan Garet Beyl, Frank Riberi yoki Radamel Falkao darajasidagi futbolchilarni ham transfer qilolmadilar. Yosh iqtidorlardan esa faqat Oskarni eslash mumkin. Ayni payt Xitoy chempionati OFK koeffisiyentlar jadvalida 7-o‘rinni egallab turibdi (Saudiya Arabistoni, Janubiy Koreya, Yaponiya, Eron, Qatar va O‘zbekistondan keyin). Hozircha yangi loyihalar ham yo‘q. Shunday qilib sershovqin Xitoy futbolidan faqat «uning vayronalari qoldi», xolos. Saudiya-chi? «Chin yurti» eplolmagan ishni arab diyori uddalarmikan?! Buni endi vaqt ko‘rsatadi...

Manba: Интерфутбол газетаси
Kiritildi: 22:49, 14.09.2023. O'qildi: 2700 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol qiroli Pele professional faoliyati davomida 1200dan ortiq gol urgan bo'lsada, ularning 757tasini rasmiy o'yinlarda nishonlagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 15
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик