Bugun 7 may, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 35 76
2 Manchester Siti 34 71
3 Man. Yunayted 35 64
4 Liverpul 35 58
5 Aston Villa 35 58
6 Bornmut 35 52
7 Brentford 35 51
8 Brayton 35 50
9 Chelsi 35 48
10 Everton 35 48
11 Fulhem 35 48
12 Sanderlend 35 47
13 Nyukasl 35 45
14 Lids 35 43
15 Kristal Pelas 34 43
16 Nottingem Forest 35 42
17 Tottenhem 35 37
18 Vest Xem 35 36
19 Byornli 35 20
20 Vulverhempton 35 18

O'tgan o'yinlar.

35-тур Lids 3-1 Byornli
35-тур Vulverhempton 1-1 Sanderlend
35-тур Brentford 3-0 Vest Xem
35-тур Nyukasl 3-1 Brayton
35-тур Arsenal 3-0 Fulhem
35-тур Bornmut 3-0 Kristal Pelas
35-тур Man. Yunayted 3-2 Liverpul
35-тур Aston Villa 1-2 Tottenhem
35-тур Chelsi 1-3 Nottingem Forest
35-тур Everton 3-3 Manchester Siti

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

OCHL. «Navbahor»ning 1-turdagi raqibi «Al-Hilol» haqida

Baho:
+ | -
OSIYO / Chempionlar ligasi / Guruh bosqichi
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Xabaringiz bor, «Navbahor» Osiyo Chempionlar ligasi (OCHL) “D” guruhi, 1-turidan o‘rin olgan bahsda safarda Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubiga qarshi maydonga tushadi.

Bo‘lajak raqib to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’tiboringizga havola etamiz.

“Al-Hilol” Saudiya Arabistoni poytaxti – Ar-Riyod shahri sharafini himoya qiladi va jamoa 1957 yil, 15 oktyabrda tashkil topgan.

Dastlab ushbu klub “Al-Olimpiya” (Olimpiya klubi) deb nomlangan va 1958 yil, 3 dekabr kuni o‘sha paytdagi Saudiya Arabistoni qiroli Saud ibn Abdulaziz Al Saudning qaroriga ko‘ra, “Al-Hilol”ga o‘zgartirilgan hamda ushbu so‘z arab tilidan tarjima qilinganida, yarim oy degan ma’noni anglatadi.              

Ta’kidlash joizki, “Al-Hilol” asos solinganidan buyon, 66 ta turli darajadagi sovrinlarni qo‘lga kiritgan va ayni paytga kelib, sovrinlar borasida nafaqat, Saudiya, balki, Osiyoda ham tengsiz klub sanaladi.

Aytish lozimki, jamoa 18 karra (Saudiya Arabistonida eng ko‘p) Saudiya Arabistoni chempioni va 4 karra Osiyo Chempionlar Ligasi (OCHL, 1991/1992 yillar mavsumi, 1999/2000 yillar mavsumi, 2019, 2021 yillar) g‘olibi hisoblanadi.

Bundan tashqari, “Al-Hilol” 2 marta Osiyo Kubok egalari kubogi (1997, 2002 yillar), 2 marta Osiyo superkubogi (1997, 2000 yillar), shuningdek, 2 marta Arab Chempionlari kubogi (1994, 1995 yillar), 1 martadan Arab Kubok egalari kubogi (2001 yil) va Arab superkubogi (2001 yil), 2 marta Fors ko‘rfazi mamlakatlari klublari o‘rtasidagi chempionlar kubogi (1986, 1998 yillar) hamda Saudiya – Misr superkubogi (2001 yil)ni qo‘lga kiritgan.

Kezi kelganida yana shuni ham aytish joizki, “Al-Hilol” Caudiya futbolidagi barcha sovrinlarni qo‘lga kiritgan, Saudiya Arabistoni Premyer ligasining ilk chempioni (1976/1977 yillar mavsumi), Saudiyani boshqargan barcha qirollar davrida “Qirol kubogi”ni qo‘lga kiritgan Saudiyaning ilk jamoasi hisoblanadi (mamlakatning ayni paytdagi qiroli Salmon ibn Abdulaziz Al Saud Saudiya Arabistonining 7-qiroli hisoblanadi).

“Al-Hilol” shuningdek, bir mavsum davomida  “xet-trik”ka erishgan, ya’ni, 3 ta sovrinni qo‘lga kiritgan (chempionlik, kubok va superkubok) dastlabki Saudiya Arabistoni, arab va Osiyo klubi hisoblanadi.

E’tiborlisi, “Al-Hilol” 2009 yilda Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federasiyasi (IFFHS) talqiniga ko‘ra, Osiyoning XX asrdagi eng yaxshi klubi, deb topilgan.

Bo‘lajak raqibimizni o‘tgan mavsumlar davomida bir qator mashhur xorijlik murabbiylar boshqarishganini ham ta’kidlash joiz.

“Al-Hilol”ni shuningdek, jamoamizni “lochinlar” deb atashgani kabi, “Etakchilar” deb atashadi.

Bo‘lajak raqibimiz o‘tgan mavsumda Saudiya Arabistoni Premyer-ligasida “Al-Ittihod” (Jidda) va “Al-Nasr” (Ar-Riyod) klublaridan so‘ng, 3-o‘rinni egallagan, OCHL yo‘llanmasini esa Qirol kubogining 2022/2023 yillar mavsumi sohibi sifatida qo‘lga kiritgandi.

Ayni paytda “Al-Hilol” tarkibida 8 nafar legioner to‘p tepmoqda. Bular: darvozabon – Yassin Bunu (Marokash, 32 yosh), himoyachilar – Kalidu Kulibali (Senegal, 32 yosh), Chan Xyon Su (Janubiy Koreya, 31 yosh), yarim himoyachilar – Ruben Nevesh (Portugaliya, 26 yosh), Sergey Milinkovich – Savich (Serbiya, 28 yosh) va braziliyalik hujumchilar – Neymar (31 yosh), Malkom (26 yosh) hamda Mishael Oliveyra (27 yosh).

Jamoani ayni paytda portugaliyalik murabbiy Jorje Jezush boshqarmoqda. Mazkur mutaxassis “Al-Hilol”da 2018 – 2019 yillarda ham murabbiylik qilgan.   

Bo‘lajak raqibimiz o‘z uy uchrashuvlarini 1987 yilda qurib bitkazilgan, 67 000 (oltmish yetti ming) nafar muxlisga mo‘ljallangan Qirol Fahd nomidagi xalqaro va  1971 yilda ochilgan, o‘z bag‘riga 22 500 (yigirma ikki ming besh yuz) nafar tomoshabinni sig‘dira oladigan Shahzoda Faysal bin Fahd stadionlarida o‘tkazadi.

“Navbahor”ga qarshi kechadigan ertangi o‘yin ham Shahzoda Faysal bin Fahd o‘yingohida bo‘lib o‘tadi.    

Ta’kidlash joizki, o‘tgan oyda start olgan Saudiya Arabistoni Premyer-ligasining joriy mavsum uy o‘yinlarini “Al-Hilol” mazkur stadionda o‘tkazmoqda.

Eslatib o‘tamiz, “Al-Hilol” – “Navbahor” bellashuvi 18 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da start oladi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 07:28, 17.09.2023. O'qildi: 3227 marta. Fikrlar: 6 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol to'pining og'irligi 460-480 gramm bo'lishi belgilab qo'yilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 25
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Брайтон Denni Uelbek 13
7 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
8 Борнмут Eli Junior Krupi 12
9 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 12
10 Ман. Юнайтед Benyamin Sheshko 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик