Bugun 16 fevral, 2026 yil, dushanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 24 60
2 Barselona 23 58
3 Vilyarreal 23 45
4 Atletiko 24 45
5 Betis 24 41
6 Espanyol 24 35
7 Selta 24 34
8 Real Sosyedad 24 31
9 Atletik Bilbao 24 31
10 Osasuna 24 30
11 Xetafe 24 29
12 Sevilya 24 26
13 Alaves 24 26
14 Valensiya 24 26
15 Jirona 23 26
16 Elche 24 25
17 Rayo Valyekano 23 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 23 18
20 Real Ovyedo 23 16

O'tgan o'yinlar.

24-тур Elche 0-0 Osasuna
24-тур Espanyol 0-0 Selta
24-тур Rayo Valyekano 0-0 Atletiko
24-тур Sevilya 0-0 Alaves
24-тур Real Madrid 0-0 Real Sosyedad
24-тур Real Ovyedo 0-0 Atletik Bilbao
24-тур Xetafe 0-0 Vilyarreal
24-тур Levante 0-0 Valensiya
24-тур Malyorka 0-0 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Din Xenderson: «Yunayted»da o‘ynash orzu edi...»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

Darvozabon Din Xenderson «qizil iblislar»ning ashaddiy muxlisi sifatida ulg‘aydi va 14 yoshida klub akademiyasiga qabul qilindi.

 Bir qator jamoalarda ijara muddatini o‘tash asnosida qo‘shimcha tajriba to‘plagan iqtidorli kiper 2020 yilning sentyabrida sabri va mehnatiga yarasha taqdirlandi - «Luton»ga qarshi bahsda nihoyat, «MYU» darvozasini qo‘riqladi. Din shu tariqa sevimli jamoasining jami 29ta rasmiy o‘yinida qatnashdi va asosiysi, «Old Trafford»dagi davrda Angliya milliy jamoasiga chaqirildi. Biroq shunday iste’dod yozgi transferlar muddatining oxirgi kunlari «MYU» bilan xayrlashib, «Kristal Pelas» safiga qo‘shildi. 26 yoshli kiper Janubiy Londonga yo‘l olishdan oldin MY TV kanali mehmoni bo‘ldi va «Yunayted»dagi faoliyatini g‘urur bilan esladi, muxlislarga samimiy minnatdorchilik bildirdi.

- Din, bolaligingizdan «MYU» tizimidasiz. Ayting­chi, bu klub siz uchun nimani anglatadi va xayrlashish og‘ir emasmi?

- «MYU»ning faoliyatimda tutgan o‘rnini ta’riflashga ojizman - bu hayotim mazmuni. 14 yoshda «qizil iblislar» safida o‘ynash orzucini ro‘yobga chiqarish uchun kelgandim va shukrki, buni uddaladim. Shunday ekan, qayerga borsam ham, sevimli klubim sha’nini himoya qilaman, unga nisbatan muhabbatimni yuragim tubida saqlayman.

- Demak, «Yunayted»dan ketayotganingizga qaramay, klub bilan aloqani hech qachon uzmaysiz, shundaymi?

- Ha, shubhasiz. Bolaligimdan shu jamoa muxlisiman. «MYU» tizimida butun bosqichlarni bosib o‘tdim va klubni hamon vujudim bilan yaxshi ko‘raman. Albatta, «Old Trafford»da vaqti-vaqti bilan ko‘tarilish va pasayishlarni boshdan kechirdim. Muhimi, bu yerdan ajoyib xotiralar bilan ketyapman. 

- Aslida siz kabi akademiya tarbiyalanuvchilari «Yunayted»da hamisha alohida o‘rin tutishgan. «Old Trafford»dagi davrdan qanchalik faxrlanasiz?

- Aql bovar qilmas darajada! 14 yoshda taklif olish, Uayt­xavendek mo‘’jaz joydan Manchesterga kelish, qolaversa, akademiyaga Markus Reshford va Skott Maktominey kabilar bilan birga qo‘shilish... Klub bizga muvaffaqiyatga erishish uchun ajoyib platforma taqdim etdi. Shunday ekan, akademiyadagi har bir insondan bag‘oyat minnatdorman. Bu yerda yillar davomida menga katta yordam berishdi, qo‘llab-quvvatlashdi va to‘g‘ri yo‘nalishga undashdi.

- Yaqinlaringiz shuncha vaqt davomida «Yunayted» tizimida qolishingizga qanday munosabat bildirishdi?

- Tabiiyki, ular mudom qo‘llab-quvvatlashdi. 14 yoshda uydan ketishga chog‘langanimda bo‘lgan jiddiy suhbatni yaxshi eslayman. Binobarin, onam-otam uchun mendan ayrilish juda qiyin edi, lekin ular oxir-oqibat, ketishimga ruxsat berishdi, shu bilan orzum amalga oshishiga sharoit yaratishdi. Yaqinlarimning doimiy g‘amxo‘rliklarini aslo unutmayman. Deylik, har hafta bazaga qatnash uchun 3 soatlik yo‘lni bosib o‘tardim, bunda ota-onam hamisha hamrohim bo‘lishardi.

- Qallig‘ingiz ham bu yo‘lda hamisha yoningizda turganini bilamiz...

- U ko‘chish jomadonlarini ko‘rganida, rosa asabiylashadi, lekin oxir-oqibat, ortimdan yuradi, baribir. Mana, yaqinda o‘g‘ilchali bo‘ldik, shuning uchun hozir unga ancha qiyin. Lekin bilaman, meni aslo yolg‘iz qoldirmaydi, barchasini birga yengib o‘tamiz.

- Akademiyadagi davrdan buyon siz uchun alohida qayg‘urgan biror kishi yoki bo‘limni ayta olasizmi?

- Akademiyada har bir xodimning o‘z roli bor va hamma o‘ziga tegishli yo‘nalishlarda yordam berdi. To‘g‘ri, Jek Robinson, Alan Fettis va Kevin Vulfdan iborat darvozabonlar shtabini alohida e’tirof etishim kerak. Shuningdek, hozir asosiy jamoa­da ishlayotgan Rich Xartis va Kreyg Mousondan ham minnatdorman. Aynan ularning ko‘maklari bilan akademiyada ham, asosiy jamoada ham o‘ziga yarasha muvaffaqiyatlarga erishdim, o‘z o‘rnimni topdim. Bundan faxrlanishim kerakligini ham bilaman.

- Albatta, bolalikdan orzu qilgan sevimli jamoangizning bir qismiga aylanganingiz rost. Avvalo, nimalarni eslaysiz...

- Fakt shuki, jamoa libosini kiyib, «Old Trafford»da maydonga tushdim, yevroarenalarni ko‘rdim, eng muhimi, APLda o‘ynash orzum amalga oshdi. Yana Angliya va Liga kubogida qatnashdim. Bolaligimda aynan shularni ko‘zlaganman. To‘g‘ri, hozir ketishga to‘g‘ri kelayotgani biroz achinarli...

- Shuningdek, bu yerda bir qator muhim lahzalar aro suzdingiz. Kelajakda «Yunayted»ga bog‘liq qaysi vaziyatlarni ko‘proq o‘ylaysiz?

- Ortga nazar solib aytsam, birinchi marta asosiy jamoa libosida maydonga tushganimni hech qachon unutmayman. Qisqasi, «Luton»ga qarshi kechgan kubok o‘yini xotiramga abadiy muhrlangan. Umuman, debyut har kim uchun o‘ziga xos lahza hisoblanadi. Esimda, o‘sha uchrashuvdan keyin naq bir hafta davomida to‘lqinlanib yurganman, ijobiy ma’noda o‘zimga kelolmaganman.

- Endi faoliyatingizda yangi sahifa ochilmoqda. Xo‘sh, ushbu bobni bitishga qanchalik tayyorsiz?

- Tabiatan juda g‘ayratli yigitman va «Kristall Pelas» variantini ham oldinga tashlangan qadam sifatida ko‘r­yapman. O‘ylaymanki, potensialimni maksimal darajada oshirish uchun eng maqbul variant yuzaga keldi. To‘g‘ri, «MYU»dan ketish ba’zan alam uyg‘otishi mumkin, asosan ishonch va ichki tuyg‘u tufayli. Ammo haqiqat shuki, faoliyatimga nazar tashlab, potensia­limni hali to‘liq namoyon etmaganimni tushunaman. Har holda, hali o‘z so‘zimni baralla aytishni xohlayman. Chunonchi, chindan ham, ko‘zlagan eng yuqori darajaga ko‘tarilganimcha yo‘q. Yangi jamoada aynan shuni isbotlashni xohlayman. Ko‘ramiz, tanlagan yo‘lim meni qayergacha olib borarkin...?

- «Yunayted» muxlislariga xayrlashuv so‘zlaringiz bo‘lsa, marhamat...

- Avvalo, barchaga chin yurakdan katta rahmat! Har qanday holatda bu klubni yaxshi ko‘raman, uni qo‘llab-quvvatlashda davom etaman. Aytganimdek, yaqinda o‘g‘ilchali bo‘ldik va u kelajakda «qizil»ni tanlaydi, shubhasiz! Hammasi uchun yana bir marta rahmat va muxlislarga eng yaxshi tilaklarni yo‘llab qolaman.

- Tabiatan juda g‘ayratli yigitman va «Kristall Pelas» variantini ham oldinga tashlangan qadam sifatida ko‘ryapman. O‘ylaymanki, potensialimni maksimal darajada oshirish uchun eng maqbul variant yuzaga keldi. To‘g‘ri, «MYU»dan ketish ba’zan alam uyg‘otishi mumkin, asosan ishonch va ichki tuyg‘u tufayli. Ammo haqiqat shuki, faoliyatimga nazar tashlab, hali potensialimni to‘liq namoyon etmaganimni tushunaman. Har holda, hali o‘z so‘zimni baralla aytishni xohlayman.

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 09:15, 17.09.2023. O'qildi: 1789 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Torres faoliyatini darvozabon sifatida boshlagan. O'yinlarning birida u barmog'ini sindirib olgach, onasi o'g'liga darvozabonlikni taqiqlagan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 11
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Барселона Rafinya 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.