Bugun 26 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Roberto Badjo: «VAR hujumchilar hurmatini oshirdi»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Mashhurlar / Iqtiboslar
Rukn: Intervyular
A A A

Roberto Badjo - yopiq personaj.

Italiyalik afsona butsalarini mixga ilganidan so‘ng chamasi 2,5 yil mamlakat futbol federasiyasida ishladi, keyin Argentinaga ko‘chib o‘tdi, hozir esa Vichensa yaqinidagi shaharchada osuda hayot kechirmoqda. Badjoda 1989 yili, 22 yoshida uylangan turmush o‘rtog‘i Andreinadan 3 nafar farzandi bor - Valentina, Mattia va Leonardo. «Sehrli dumcha» TVda ko‘rinish bermaydi, katta intervyularga xushi yo‘q. Lekin yaqinda istisno tariqasida Sportweek jurnalining intervyu haqidagi iltimosini rad etmadi.

- Roberto, futboldan ketganingizga ham 20 yilcha bo‘ldi. Oxirgi marta 2004 yilning 16 may kuni «Breshiya» libosida «Milan»ga qarshi bahsda maydonga tushgandingiz «San Siro» arenasida. Hozirda o‘zingizni qanday his qilyapsiz?

- Futbolda qolganlarga mutlaqo hasadim yo‘q. Umuman, butun faoliyatimda nafaqat futbol fokuslari, balki har kunlik mashaqqatli mashg‘ulotlar va og‘ir yuklamalardan ham zavqlanganman.

- Xo‘sh, zamonaviy futbol yoqyaptimi?

- Murabbiylar ochiq o‘yinga urg‘u berishmoqda, VAR tufayli endi hujumchilarga ko‘proq hurmat bilan qarashmoqda. Bizning davrda esa ko‘p narsa hakamlikka bog‘liq edi: hattoki, «oyoqsiz qolish» hech gap emasdi. 

- Bugun qaysi jihat yoqmayapti?

- Chetda turib, muhokama qilish yaramaydi. Bundan tashqari, hozir futbol mutlaqo o‘zgargan. Deylik, kelajak umidlari sifatida tan olingan yoshlar yo‘li ham futboldan faqat pul ishlashni o‘ylaydiganlar manfaati bilan chambarchas bog‘liqligidan afsusdaman. Federasiya shtabida ishlagan vaqt nimalarnidir o‘zgartirishga urindim, lekin bundan naf yo‘qligini tezda angladim.

- «Napoli» skudettosi haqida nima deysiz?

- Mutlaqo munosib g‘alaba. Neapolliklar butun mavsum ajoyib o‘ynashdi, raqobatchilardan yaqqol ustun ko‘rinishdi va Kvarasxeliyadek yangi yulduzni kashf etishdi. Yana Osimxen va Kim Min Chje o‘yinlari ham yoqdi. «Napoli» prezidenti de Laurentis va murabbiy Spallettiga ofarin, ular eski tarkib o‘rnida kuchli jamoa shakllantirish uddasidan chiqishdi.

- Yangi «Napoli»da Maradona davriga xos nimadir sezildimi?

- Ha - futbol quvonchi! Lekin o‘tgan asrning 80-yillari oxiridagi «Napoli» faqat Maradonadan iborat emasdi. Don Diyego ortida Kareka, de Napoli, Karnevale kabi kuchli chempionlar guruhi o‘ynaganini unutmaslik kerak.

- Transferlar yangiliklarini kuzatib borasizmi? Italiyada qaysi klublar kuchaydi?

- Ko‘p emas, 2ta o‘zgarishdan hayron qoldim. Tonalining «Nyukasl»ga ketishini kutmagandim - bu «Milan» uchun katta yo‘qotish. «Inter» esa Frattezi timsolida kuchli ijrochiga ega bo‘ldi. Uni doi­miy ravishda kuzataman, chunki o‘yini ancha jonli.

- Yangi mavsumdan nima kutyapsiz? Skudetto uchun qaysi klub favorit?

- Milan klublari tarkibi nisbatan yangilandi, ammo bunday holatda o‘yinni yo‘lga qo‘yish uchun vaqt kerak, baribir. «Napoli» tabiiyki, o‘z maqomini tasdiqlashga urinadi, «Yuventus» esa bor e’tiborni chempionatga qaratish imkoniga ega. Bu klublarning dastlabki turlarda qanday natija ko‘rsatishi muhim. Deylik, avvalgisida «Napoli» yorqin startdan ham qo‘shimcha kuch olgandi.

- Murabbiylarga qaratilgan qandaydir maslahatlaringiz bormi?

- Qo‘ysangizchi, maslahat berish menga emas. Italiyada murabbiy 2-3ta omadsiz o‘yindan keyin ishdan ayrilish xavfida qoladi hamisha. Shuning uchun hali ham taktikalar ko‘p, lekin ularning amaliyoti kam.

- Iste’dodlar uchun imkoniyat qanday?

- Yomon emas, faqat agar murabbiy vaziyatni to‘g‘ri baholay olmasa, bunga klub aralashishi shart.

- Zamonaviy yulduzlardan qay biri kuchliroq taassurot uyg‘otmoqda?

- Shaxsan menga Mbappe ma’qulroq, u gol urish uchun qo­yilmaqom texnika, kuch va ming­lab yechimlarga ega. Asosiysi, bulardan effektli foydalanib, gollar uradi.

- Badjo Saudiya Arabistonida o‘ynash taklifini qabul qilarmidi?

- Aniq javob berishim qiyin. Vaqtida Ispaniya va ayniqsa, Yaponiyadan zo‘r takliflar tushgan, lekin har bir yirik turnirda qatnashish umidida terma jamoadan uzoqlashishni xohlamadim. Deylik, Yaponiyani faqat JCH-2002 ma’nosidagina orzu qildim.

- Keyin Trappattoni sizni tarkibga kiritishga va’da berdi, lekin...

- Ha, bu yerda bir ish bor edi... Ammo hozir Saudiyaga talpinayotganlarni muhokama qilolmayman. Binobarin, bu ham hayotiy tajriba sanaladi. Har kim o‘z holati bo‘yicha tanlaydi, shunday ekan, u yerga ketayotganlarni ayblash o‘rinli emas.

- «Fiorentina»ga o‘tgach, 6 oylik maoshdan voz kechganingiz rostmi?

- Ha. Chunki jarohat ortidan o‘ynolmadim, jamoaga hech qanday naf keltirolmadim. Esimda, bosh direktor qo‘ng‘iroq qilib, maoshdan to‘planib qolgan pulni olib ketishimni so‘radi, men esa bunday qilolmasdim.

- Ayni payt o‘yinlarni nechog‘li tez-tez kuzatasiz?

- Faqat o‘zimga qiziq tuyulganlarini ko‘raman. Ilgari «skuadra adzurra» o‘yinlarini kun sanab kutardim, hech nima qaysidir bahsni o‘tkazib yuborishimga sabab bo‘lolmasdi. Hozir esa men uchun bunday o‘yinlar kam.

- JCH-94 davomida Arrigo Sakki bilan sira kelisholmagan ekansiz...

- Ha, negadir hamisha bosh aybdor bo‘lib qolardim. Sakki bir teginish usulida o‘ynashni talab qilardi, men esa o‘sha payt buning mohiyatini tushunmaganman. Arrigo - innovator, u futbolni o‘zgartirdi. Lekin o‘sha vaqt o‘zimni ba’zi masalalarda savol qo‘­yishga haqli bilgandim...

- Yevro-96ga olib bormagani uchun Sakkini hali ham kechirmaganingiz rostmi?

- Bunga faqat u aybdor emas. Eng alamlisi, 3ta mundialda qatnashdim, ammo Yevropa chempionati armon bo‘lib qoldi!

- Qiziq, «Oltin to‘p»ni qayerda saqlayapsiz?

- U hozir shu yerda - mehmonxonada. Lekin vaqti-vaqti bilan sovrinni qayergadir yashirib qo‘yaman.

- JCH-94 finalida Braziliya termasi darvozasiga tepilgan unutilmas penalti azobidan qutuldingizmi?

- Buni unutish mumkin emas. Axir bolaligimdan jahon chempioni bo‘lish orzuda ul­g‘ayganman, amalda esa shunday imkoniyatni shunchaki, ko‘kka sovurdim. Bunaqasi tasavvurga ham sig‘maydi. Agar o‘shanda gol urganimda, butun Italiya quvonchga to‘lardi, biroq hammasi boshqacha bo‘ldi...

- Final kuni, maydondan chiqib ketayotganda sizni Maldini quchoqlab olgandi. Nima haqda gaplashgandinglar?

- Odatiy tasalli so‘zlari. Paolo ajoyib sherik edi, unga hamon hurmatim baland. Endi yillar davomida uchramasligimiz mumkin, lekin o‘sha vaqt­dagi do‘stona munosabat hali ham ahamiyatini yo‘qotmagan. Boshqa yigitlar bilan aloqalar ham xuddi shunday...

- Aytishlaricha, dramatik lahzalar odamni kuchliroq qiladi...

- Ehtimol, bugun gapingizga qo‘shilarman. Faqat bugun. Ammo agar o‘sha vaqt yoki ke­yingi oylar kimdir menga shunday deganida, uni tepib tashlarmidim... To‘g‘ri, vaqt o‘tishi bilan ikki yo‘ldan birini tanlaysiz - yig‘lashni davom ettirish yoki yangi bosqich sari intilish. Shu ma’noda aytsam, o‘sha drama - o‘sish nuqtasi.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 22:01, 25.09.2023. O'qildi: 1662 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Lionel Messi Argentina terma jamoasi safida debyut o'yinida maydonga tushganidan so'ng 44 soniya o'tib qizil kartochka olib maydonni tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик