O‘zbekiston Superligasining 20-turida “Bunyodkor” 29 sentyabr, juma kuni “Surxon” bilan bahs olib bordi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida darvozalar ishg‘ol etilmadi. Ikkinchi bo‘limda esa “Surxon” hisobni ochdi. 85-daqiqada Boburjon Asqarov raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Ushbu gol mehmonlarga g‘alaba keltirdi.
“Surxon” ushbu g‘alabadan so‘ng ochkolari sonini 30 taga yetkazib, 6-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Bunyodkor” esa 26 ochko bilan 8-pog‘onadan joy oldi.