Bugun 3 iyun, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ksaver Shlager: «Katta o‘yinlar uchun motivasiya kerak emas»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

«RB Leypsig» yarim himoyachisi Ksaver Shlager o‘zini odatiy futbolchilardek tutmaydi.

U sokinlikni xush ko‘radi, osoyishtalik, yaxshi suhbat va kitob mutolaasidan o‘zgacha zavqlanadi. Ishonish qiyin, lekin haqiqat shuki, avstriyalik mashg‘ulotlardan ortib, kuniga kamida 1 soatni kitob o‘qishga ajratadi. 26 yoshli futbolchi CHL guruh raundi 2-turidan o‘rin olgan «Manchester Siti» bilan katta o‘yin (1:3) arafasida klub rasmiy saytiga ixcham intervyu berdi. Diqqatga sazovor tomoni, Ksaver bilan suhbat uchun ham noodatiy joy tanlandi - Leypsig markazida joylashgan kitob do‘koni.

- Bilishimizcha, kitob mutolaasiga mukkasidan ketgansiz. Bu «xasta»likmi yoki...?

- Aslida hech qachon o‘zimcha kitob o‘qigan emasman. Shunchaki, onam qistovi bilan har kuni kamida bir bob o‘qishga majbur edim. Ochig‘i, bundan nafratlanardim ham, o‘zimni qo‘yarga joy topolmasdim ba’zan. Qaytaraman, maktab tahsili payti qo‘limga kitob olmaganman deyarli. Keyinroq sportda muvaffaqiyat qozonish uchun hayotingizni tartibga solishingiz muhimligini tushundim. Shuning uchun kitob o‘qishni boshladim va ko‘p o‘tmay, bu yumush menga halovat bag‘ishlayotgani angladim. Masalan, ijtimoiy tarmoqlarga ko‘p vaqt sarflaganimda, ruhiy charchoqni sezardim, kitob o‘qishdan keyin aksincha, qandaydir yengillikni his qildim. 

- «RB Leypsig» o‘yinlari ham sizni yanada tetiklashtirayotgandek... 

- Jamoada infratuzilma, murabbiylar shtabi, muhit, o‘yin sifati - barchasi eng yuqori darajada. Umuman, klub yo‘li shaxsiy falsafamga juda mos keladi. Men uchun hamisha yuqori marralarga intiladigan jamoaning bir qismi bo‘lish muhim. Futbolda imkon qadar ko‘proq g‘alaba qozonish, tinmay olg‘a borishni xohlayman. Shaxsiy yondashuvim shunday.

- Demak, «RB Leypsig» safiga qo‘shilganingizdan g‘oyat mamnunsiz.

- Bu yerdagi birinchi mashg‘ulotdayoq boshqa darajada ishlaganimni yaqqol angladim. Endi jamoada muhim rol bajarish uchun shaxsiy sifatlarni yanada yaxshilashim kerak. Bunday motivasiyaning ahamiyati juda katta.

- Xo‘sh, yanada yaxshi o‘ynashingizga yaqindan yordam bergan jamoadoshingiz bormi?

- O‘tgan mavsum men va Konrad Laymer uchun o‘zgacha o‘tdi. O‘zi ikkimiz har doim birga o‘ynaganmiz, umuman, yoshligimizdan yaqin do‘stlarmiz. To‘g‘ri, «RB Leypsig»da birdaniga o‘ynab ketishda ancha qiynaldik. Muayyan pallada hammasi o‘ylaganimizdek oson emasligini tushundik va bu g‘ayratimizga g‘ayrat, kuchimizga kuch qo‘shdi.

- Klubingiz uchun yangi mavsum starti juda zo‘r bo‘ldi, shundaymi?

- Albatta. Leverkuzendagi ilk o‘yinda kutilgan natijaga erisholmadik, muhimi, shundan so‘ng hammasi o‘z iziga tushdi. Aslida og‘ir mavsumoldi yig‘inlaridan so‘ng birdan natija ko‘rsatish oson emas. Mana, kursga tushib oldik, deylik, Gladbaxda kechgan og‘ir o‘yinda ham g‘alaba qozondik. Umuman, so‘nggi bir necha hafta juda yaxshi o‘tdi.

- «Manchester Siti»ga qarshi jangga shaxsan siz qanday ruhiy tayyorgarlik ko‘rdingiz?

- Katta o‘yinlar arafasida hammasi tabiiy ravishda rivojlanadi. Ya’ni futbolchi bunday pallada alohida motivasiyaga ehtiyoj sezmaydi. Oddiy aytganda, katta o‘yinlar sizni o‘z-o‘zidan quvvatlantiradi, maydon maysasining har bir bo‘lagini maydalab tashlashni xohlaysiz. Maydonga tushar ekansiz, butun dunyoga nechog‘li kuchli ekanligingizni ko‘rsatib qo‘­yishni xohlaysiz.

- Shu kunga qadar faoliya­tingizda kuzatilgan eng muhim voqelikni ayta olasizmi?

- Germaniya kubogida «RB Leypsig» bilan o‘yinlarda qayd etilgan ikki g‘alaba. Hech kim buning quvonchini mendan tortib ololmaydi. Kelajakda esa ko‘proq sovrin yutishni istayman, albatta.

  MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:52, 12.10.2023. O'qildi: 847 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol to'pining og'irligi 460-480 gramm bo'lishi belgilab qo'yilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик