Bugun 9 may, 2025 yil, juma.

  • «A» Seriya
      • 09.05.2025 23:45
      • Milan
      • -:-
      • Bolonya
      • 10.05.2025 18:00
      • Komo
      • -:-
      • Kalyari
      • 10.05.2025 21:00
      • Lasio
      • -:-
      • Yuventus
      • 10.05.2025 23:45
      • Empoli
      • -:-
      • Parma
  • La-liga
      • 10.05.2025 00:00
      • Las-Palmas
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 10.05.2025 17:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Xetafe
      • 10.05.2025 19:15
      • Selta
      • -:-
      • Sevilya
      • 10.05.2025 21:30
      • Malyorka
      • -:-
      • Valyadolid
      • 10.05.2025 21:30
      • Jirona
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 11.05.2025 00:00
      • Atletiko
      • -:-
      • Real Sosyedad
  • APL
      • 10.05.2025 19:00
      • Fulhem
      • -:-
      • Everton
      • 10.05.2025 19:00
      • Ipsvich
      • -:-
      • Brentford
      • 10.05.2025 19:00
      • Sautgempton
      • -:-
      • Manchester Siti
      • 10.05.2025 19:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Brayton
      • 10.05.2025 21:30
      • Bornmut
      • -:-
      • Aston Villa
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 OKMK 8 19
2 Nasaf 8 18
3 Bunyodkor 8 15
4 Dinamo 7 15
5 Neftchi 7 12
6 Qo‘qon-1912 8 12
7 Navbahor 8 11
8 Surxon 8 10
9 Qizilqum 7 10
10 Mash’al 8 10
11 Paxtakor 8 9
12 Andijon 8 9
13 Xorazm 7 8
14 So‘g‘diyona 8 7
15 Buxoro 8 6
16 Sho‘rtan 8 1

O'tgan o'yinlar.

8-тур Xorazm 1-1 Nasaf
8-тур Bunyodkor 1-2 Qo‘qon-1912
8-тур Buxoro 1-2 Mash’al
8-тур OKMK 4-3 Andijon
8-тур Surxon 2-1 Paxtakor
8-тур Neftchi 2-1 So‘g‘diyona
8-тур Qizilqum 3-2 Navbahor
8-тур Sho‘rtan 1-3 Dinamo

Navbatdagi o'yinlar.

05/04/25 Qizilqum - Xorazm

So'rovnoma

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 09.05.2025

      05:55 Новости футбола.
      06:00 Чемпионат Германии. "РБ Лейпциг" - "Бавария Мюнхен".
      08:00 Новости футбола.
      08:05 Чемпионат Германии. 2-я Бундеслига. "Нюрнберг" - "Эльферсберг".
      09:55 Новости футбола.
      10:00 Чемпионат Германии. "Хайденхайм 1846" - "Бохум".
      11:55 Новости футбола.
      12:00 Д/ф "Джеррард. Прирождённый лидер".
      13:10 Чемпионат Турции. "Фенербахче" - "Бешикташ".
      15:10 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      16:15 Новости футбола.
      16:20 Чемпионат Германии. "Фрайбург" - "Байер 04 Леверкузен".
      18:15 Новости футбола.
      18:20 Чемпионат Германии. "Майнц 05" - "Айнтрахт Франкфурт".
      20:20 Новости футбола.
      20:25 Чемпионат Германии. Перед туром.
      20:55 Светлой памяти павших в борьбе против фашизма. Минута молчания.
      21:00 "Третий тайм". Егор Тесленко.
      21:25 LIVE Чемпионат Германии. 2-я Бундеслига. "Нюрнберг" - "Кёльн". Прямая трансляция.
      23:25 LIVE Чемпионат Германии. "Вольфсбург" - "Хоффенхайм". Прямая трансляция.
      01:30 Чемпионат Германии. Перед туром.
      02:00 Новости футбола.
      02:05 Чемпионат Германии. 2-я Бундеслига. "Нюрнберг" - "Кёльн".
      04:00 Новости футбола.
      04:05 Чемпионат Германии. "Вольфсбург" - "Хоффенхайм".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 09.05.2025

      05:25 Плавание. Чемпионат России в Казани.
      07:35 "Лучшие из лучших".
      08:00 Бокс. Международный турнир памяти К. Короткова в Хабаровске, Россия.
      09:35 "Формула-1. Гаснут огни".
      10:00 Лёгкая атлетика. "Бриллиантовая лига". Этап 2 в Шаосине, Китай.
      12:10 "Век нашего спорта". "1940-1945".
      12:35 Плавание. Чемпионат России в Казани.
      14:30 "Непобедимый".
      14:55 Художественная гимнастика. Альфа-Банк Кубок сильнейших. Этап 1 в Москве.
      16:55 LIVE Дзюдо. "Большой шлем" Казахстан Барысы в Астане. День 1. Прямая трансляция.
      19:30 "Лучшие из лучших".
      19:55 Фестиваль экстремальных видов спорта "Прорыв".
      20:40 "Бессмертный футбол". Специальный репортаж.
      20:55 Светлой памяти павших в борьбе против фашизма. Минута молчания.
      21:00 Художественная гимнастика. Альфа-Банк Кубок сильнейших. Этап 1 в Москве.
      22:55 Бокс. Международный турнир памяти К. Короткова в Хабаровске, Россия.
      00:30 Лыжное двоеборье. Чемпионат мира в Норвегии. Мужчины. Прыжки на лыжах с трамплина. HS 102.
      01:30 Лыжное двоеборье. Чемпионат мира в Норвегии. Мужчины. Гундерсен. 7,5 км.
      02:00 "Непобедимый".
      02:25 Лёгкая атлетика. "Бриллиантовая лига". Этап 2 в Шаосине, Китай.
      04:35 Плавание. Чемпионат России в Казани.
  • MATCH-TV
    • Sana: 09.05.2025

      05:45 Специальный репортаж.
      06:00 Новости.
      06:05 Бадминтон. Чемпионат мира среди смешанных команд в Китае.
      08:00 Д/ф "Король ринга. Николай Королёв".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      12:00 Военный парад на Красной площади в Москве в ознаменование 80-й годовщины Победы в Великой Отечественной войне 1941-1945 гг.
      13:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      14:00 Д/ф "Борзенко: Ринг за колючей проволокой".
      14:55 Новости.
      15:00 Д/ф "Жизнь - подарок!".
      15:45 "Страна героев".
      16:25 "Век нашего спорта". Наталья Ветошникова.
      16:55 "Век нашего спорта". Нина Познанская.
      17:20 "Век нашего спорта". "1940-1945".
      17:45 Новости.
      17:50 Все на Матч! Прямой эфир.
      18:30 LIVE Хоккей. ФОНБЕТ Чемпионат КХЛ. Плей-офф. 1/2 финала. "Локомотив" (Ярославль) - "Салават Юлаев" (Уфа). 7-й матч. Прямая трансляция.
      20:55 Светлой памяти павших в борьбе против фашизма. Минута молчания.
      21:00 LIVE Хоккей. ФОНБЕТ Чемпионат КХЛ. Плей-офф. 1/2 финала. "Локомотив" (Ярославль) - "Салават Юлаев" (Уфа). 7-й матч. Прямая трансляция.
      21:30 LIVE Смешанные единоборства. "Южный рубеж 6" в Краснодаре, Россия. Прямая трансляция.
      23:15 Все на Матч! Прямой эфир.
      23:40 LIVE Футбол. Чемпионат Италии. "Милан" - "Болонья". Прямая трансляция.
      01:45 Все на Матч! Прямой эфир.
      02:35 Автоспорт. Дрифт. RDS GP. Этап 2 на автодроме "ATRON International Circuit".
      03:25 Д/ф "Александр Великий".
      04:15 Баскетбол. Единая лига ВТБ. 1/2 финала. ЦСКА (Москва) - УНИКС (Казань). 2-й матч.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 09.05.2025

      05:30 Велоспорт. "Велошоу".
      06:00 Легкая атлетика. Grand Slam Track в Майами, США. День 1.
      08:00 Велоспорт. Женщины. "Вуэльта". Этап 5.
      09:00 Велоспорт. "Джиро д'Италия" 2024. Лучшие моменты.
      10:00 Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Финал.
      11:30 Велоспорт. Женщины. "Вуэльта". Этап 5.
      12:30 Легкая атлетика. Grand Slam Track в Майами, США. День 1.
      14:00 Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Финал.
      15:00 Велоспорт. "Джиро д'Италия" 2024. Лучшие моменты.
      16:00 LIVE Велоспорт. "Джиро д'Италия". Этап 1. Дуррес - Тирана. Прямая трансляция.
      20:45 Велоспорт. Женщины. "Вуэльта". Этап 6.
      21:45 Скалолазание. Кубок мира. Этап 3 в Бали, Индонезия. Женщины, мужчины. Лазание на трудность. Финалы.
      23:00 Велоспорт. "Джиро д'Италия". Этап 1. Дуррес - Тирана.
      00:00 Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Финал.
      01:00 Велоспорт. Женщины. "Вуэльта". Этап 6.
      02:00 Велоспорт. "Джиро д'Италия". Этап 1. Дуррес - Тирана.
      03:00 Легкая атлетика. Grand Slam Track в Майами, США. День 1.
      04:30 Велоспорт. "Джиро д'Италия". Этап 1. Дуррес - Тирана.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Sergey Yuran: «Qanday karta? Pul qo‘lga tushmasa, hisob emas...»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

1991 yili asosiy yevrokubok turnirida ilk marta guruh bosqichi tizimi amalga tatbiq etildi.

O‘sha vaqt Kiyev «Dinamo»sida porlay boshlagan 22 yoshli hujumchi Sergey Yuran birdan Portugaliya chempioni - «Benfika» safida paydo bo‘ldi. E’tiborlisi, u Lissabon klubidagi dastlabki mavsumida 15ta gol urdi, shundan 7tasi Chempionlar kubogi-1991|1992ga to‘g‘ri keldi. Yuran bu natija bilan turnir bosh to‘purariga aylandi xuddi «Marsel» hujumchisi Jan-Pyer Papen kabi...

- «Benfika»ga o‘tishdan oldin 5ta gol bilan Kubok egalari kubogi turnirining eng yaxshi snayperlaridan biri bo‘lgan edingiz. Shu fakt xorijga yo‘l olishingizni ancha tezlashtirgandir...

- O‘sha vaqt Yevropa klublari potensiali baland iqtidorlarni ancha uzoq kuzatardi. Shunday ekan, «Benfika»ga yo‘l olganimni faqat «Dinamo»da urgan gollarim bilan bog‘lash noto‘g‘ri. Zero, xalqaro maydonda sobiq ittifoq terma jamoasi uchun ham gol ura boshlagandim (Yuran jumladan, Isroil termasiga qarshi kechgan debyut o‘yinida «dubl» qayd etgandi). Esimda, birinchi aniq taklif «Liverpul»dan tushgandi. Bu klubda meni Ian Rash o‘rniga mo‘ljallagandilar, lekin oxirgi lahzada «Benfika» transfer uchun ko‘proq taklif qilgan. Xullas, so‘nggi pallada buyruq olgandim: «Yo‘q, Liverpul emas, Lissabonga uchasan». 

- Portugaliyaga ketishdan 3 yilcha oldin «Dinamo» libosidagi ilk o‘yinlaringizdan birida og‘ir jarohatga yo‘liqqan edingiz. Safga qanday qaytgansiz?

- Bunday jarohatdan keyin to‘liq tiklanish juda qiyin edi. Axir o‘sha davrda bugungi texnologiya va tibbiy xizmat mavjud emasdi. Deyarli 3 oy shifoxonada yotgandim, jarrohlik amaliyotini o‘tagan professor qat’iy ogohlantirgani ham esimda: «To‘pig‘ingdagi ligamentni lavsandan tayyorlangan sun’iysi bilan almashtiramiz. Juda og‘riqli jarayon,  agar chi-day olsang, futbolga qaytishingga imkoniyat tug‘iladi. Aks holda, boshqa yumush haqida o‘ylayver...». Avvaliga chidashim oson bo‘lmadi, lekin ozgina vaqt o‘tishi bilan og‘riqqa moslashdim. Chunki sevimli mashg‘ulotimga qaytish uchun hammasiga tayyor edim.

- «Benfika»dagi birinchi haftalarda ko‘proq nimalardan hayratlangan edingiz?

- O‘zimizda bazaga soat chamasi 11da borardim, ke­yin tushlik, hordiq, mashg‘ulot, sauna, kechki ovqat... Shu tariqa kechqurun soat 19-20 atrofida uyga qaytardim. «Benfik»da esa atigi 1,5 soatlik mashg‘ulot bor edi, shu bilan tamom. Keyin futbolchilar xohlagan yumushlari bilan shug‘ullanishardi. To‘g‘risi, bunday kun tartibiga ko‘nikish uchun 1 oycha vaqt sarfladim. Axir o‘zingizni individual ravishda tayyorlash, sport zaliga borish, jismoniy pasayish va jarohatlar oldini olish masalalarida mustaqil bosh qotirishingiz kerak-ku! Shuningdek, «Benfika»da naq 5 nafar murabbiy borligi men uchun butunlay g‘ayrioddiy holat edi. Chunki «Dinamo»da atigi ikki nafar mutaxassis bilan ishlardik - Lobanovskiy va Puzach. Hattoki, darvozabonlar murabbiyi ham yo‘q edi.   

- Chempionlar kubogi-1991|1992ga shiddat bilan kirishgansiz - Maltaning «Xamrun Spartans» klubiga qarshi ikki o‘yinda 5ta gol. O‘shanda qanday hissiyotlar domiga tushgandingiz?

- Chinakam eyforiya. Ha, raqib Malta klubi, lekin u mamlakat chempioni edi. Ehtimol, maltaliklarga birinchi o‘yindayoq mashhur «Benfika»ni qabul qilishgani bosim yuklagandir. Xullas, raqibning bunday holatidan unumli foydalandim va deyarli barcha vaziyatlarda gol urdim. Sven-YOran Eriksson («Benfika»ning o‘sha vaqtdagi bosh murabbiyi) o‘yindan keyin meni alohida tabrikladi. Har holda, turnirning 1ta o‘yinida 4ta gol urish - katta natija. Bunaqasi har kuni ham kuzatilavermaydi.

- Aytishlaricha, «Benfika»da hamma futbolchilar ham klub safiga qo‘shilishingizdan xursand bo‘lishmagan. Shu to‘g‘rimi?

- Jamoa yetakchilaridan biri hisoblangan portugaliya­lik faxriy Rui Aguash o‘rnini egalladim, shuning uchunmi, ba’zi nizolar yo‘q emasdi. Bir kuni braziliyalik Mozer yuvinish xonasida libosini ho‘llab, menga uloqtirdi. Shunda agar jiddiyroq javob bermasam, meni zaif yigitdek ko‘rishlarini tushundim. Qisqasi, uning yuziga musht tushirdim - o‘z o‘rnida javob. Shu tariqa jamoada joyimni topdim, lekin tarkibga kirish uchun chinakamiga kurashish talab etilardi. Yigitlarning qo‘llab-quvvatlashlarisiz esa nimagadir erishish qiyin edi. O‘sha mojarodan keyin Eriksson meni kechki ovqatga taklif qildi va bor gapni aytdi: «Jamoada nima bo‘layotganini ko‘ryapman, lekin hech kimga yon bosmayman. Agar shu kurashda omon qolsang, Yevropada o‘ynaysan. Aks holda, «Dinamo»ga qaytasan». Muhimi, dush voqeasidan ke­yin jamoada menga nisbatan hurmat shakllangandi. 

- «Benfika»da aynan kimlar bilan do‘stlashgandingiz?

- Jamoa sardori Velozu kechki ovqatga taklif qilib turardi. Paulu Souza bilan esa qo‘shni edim - uning uyiga yaqin hududdan xonadon sotib olgandim. Yana Rui Koshta, Vitor Paneyra va darvozabon Nenu bilan ham yaxshi munosabatda bo‘lganman. Shvesiyalik Tern va Shvars bilan esa doim do‘stona bahslashardik. Xususan, xokkey masalasida kimning termasi kuchliroq ekanligi xususida tortishardik. Biznikilar g‘alaba qozonishganida, ikkisi ustidan rosa miriqib kulardim.

- «Benfika»ga YECHK ikkinchi saralash bosqichida «Arsenal» to‘g‘ri kelgandi...

- O‘yin arafasidagi mashg‘ulotdan so‘ng mehmonxonaga joylashdik. Kechki tamaddi, bir qarasam, ofisiant sharob va pivo olib kelyapti. Shunda o‘yladimki, hammasi rahbariyat vakillariga. Keyin bilsam, futbolchilarga ekan. Shunda tarjimondan so‘radim: «Nima, o‘yin bekor qilindimi?» U hayron bo‘ldi. Yana bosh irg‘adim: «Ana, spirtli ichimliklar tarqatilyaptiku!» Tarjimon tushuntirdi: «Bu bizda normal holat - kechki ovqatda 1-2 stakan mumkin». Men uchun mutlaqo kutilmagan holat. Axir o‘zimizda bunday ish uchun jamoadan haydashlari hech gap emasdi, Portugaliyada esa butunlay boshqacha munosabat. Ammo bunga na men ko‘nika oldim, na Vasiliy Kulkov. Portugaliyadagi 4 yillik faoliyatimda o‘yin oldidan loaqal 1 stakan ham ichmadim. Yo‘q-yo‘q, qo‘rqqanimdan emas, shunchaki, o‘yin arafasida ichish mohiyatini aslo tushunolmadim. 

- «Benfika» esa «Arsenal» to‘sig‘idan Kulkovning goli va sizning 2ta assistingiz evaziga o‘tgandi. 

- Aslida Lissabondagi 1:1dan keyin oson emasdi. Tribunalarida bo‘sh joy qolmagan «Xayberi», muxlislarning fantastik qo‘llab-quvvatlashlari, raqibning terma jamoalar vakillariga to‘la tarkibi... Muhimi, 100-daqiqada oldinga chiqdik, keyin Isayas hisobni 3:1ga yetkazdi. O‘yindan so‘ng «Arsenal» sardori Toni Adams bir qator futbolchilar hamrohligida kiyinish xonamizga kirdi. Shunda Vasiliyga yuzlandim: «Hushyor tur, hozir mushtlashuv boshlanadi». Inglizlar o‘yinning ba’zi vaziyatlari tufayli kelishganini o‘ylagandim. Amalda hammamiz bilan birma-bir qo‘l berib ko‘rishishdi, o‘yin uchun minnatdorchilik bildirishdi va omad tilashdi. Vaholanki, ularni guruh bosqichi yo‘llanmasisiz qoldirgandik. Chinakam olijanoblik! Bundan hayratda qolgandim.

- Guruh bosqichidan o‘rin olgan birinchi o‘yindayoq Kiyev safari... Ortga qanday tuyg‘ular bilan qaytgandingiz?

- «Dinamo»ga qarshi bor kuch bilan o‘ynamaslik xayolimga ham kelmagan. Aksincha, Kiyev va «Respublika» stadioniga qaytish, muxlislar bilan ko‘rishish juda yoqimli edi. Umuman, har doim amaldagi klubim uchun bor kuchimni sarflaganman. Qisqasi, kayfiyat jangovar edi. G‘alaba bilan qaytishni xohlagandim, lekin 0:1 hisobida yengildik. Esimda, Rui Aguashning oyog‘i singandi. Aytgancha, yagona golni ham aynan Aguash xatosi ortidan qo‘yib yubordik. Rui to‘pni darvozabonga oshirdi, Oleg Salenko esa tezlik oldi va uni ilib, gol urib ketdi.

- «Barsa» bilan bahsda 0:0 va «Sparta»ga qarshi uchrashuvlarda ikki marta 1:1. Shundan so‘ng Lissabonda «Dinamo» 5:0 hisobida tor-mor etildi...

- Ha, 5-turga qadar bizda g‘alaba yo‘q edi, shuning uchun o‘sha o‘yinga butunlay boshqacha yondashgandik. Umuman, maydonda to‘liq ustunlik qildik, ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida hisobni 3:0ga yetkazdik, oxirgi 10 daqiqada esa men «dubl» qayd etdim. Keyinroq eshitishimcha, o‘sha payt «Dinamo»ga murabbiylik qilgan mashhur Viktor Kolotov shunchalik ranjiganidan samolyotda hattoki, ko‘z yoshini  to‘xtatolmagan. Bunda ajablanarli tomoni yo‘q - 0:5 «Dinamo» uchun toza sharmandalik hisoblanardi. 

- O‘sha «dubl»dan keyin to‘purarlar poygasida guruh raundida ishtirok etmagan Papen bilan tenglashib oldingiz. «Barsa» bilan so‘nggi tur o‘yinida esa oldinga chiqib olishingiz ham mumkin edi.

- Jamoada ham yigitlar buni tushungan holda, ko‘proq men uchun o‘ynashdi, lekin qiyin edi, baribir. Axir Yevropaning eng yaxshi jamoasi bilan o‘ynaganmiz, boz ustiga, mehmonda. O‘ylaymanki, oddiyroq raqib bo‘lganida, loaqal 1ta gol urishni uddalardim. «Kamp Nou»da esa buning uchun vaziyat ham bo‘lmadi, hisob. «Barsa» to‘liq ustun ko‘rindi, biz yut­qazdik va guruhda 3-o‘rin bilan cheklandik. Yakunda Papen bilan bosh to‘purar maqomini baham ko‘rdim.     

- Sven-YOran Eriksson o‘z biografiyasida banklarga umuman ishonmaganingiz va maoshni naqd pulda olib, ularni matras ostida saqlaganingizni yozgan. Shu rost­mi?

- Xa-xa, ha. Gap shundaki, 1991 yili bank hisob varag‘i nimaligini tushunmaydigan 22 yoshli g‘o‘r yigit edim. Menga maoshimni kartaga o‘tkazib berishlarini aytishdi. Shunda e’tiroz bildirdim: «Qanday karta? Pul qo‘lga tushmasa, hisob emas!» Ammo klub vakillari ish haqini faqat hisob raqami orqali to‘lashlarini bildirishdi. O‘zi biroz yovvoyiroq edim va so‘zimda turib oldim: «Mayli, o‘tkazinglar, bankka borib, naqd pul qilib olaman, baribir». Ular esa hayron bo‘lib tushuntirishga urinishdi: «Nega? Karta beramiz, u doim yoningda bo‘ladi». Oxirgi so‘zim ham esimda: «Yo‘q, naqd pul bilan yuraman, tamom». Axir sobiq ittifoq fuqarosida bank kartalariga ishonch darhol paydo bo‘lishi qiyin edi.

- «Portu»ga o‘tganingizdan keyin nimalar o‘zgardi?

- Asosiysi, muxlislar Vasiliy bilan «Benfika»dan o‘zimizcha ketmaganimizni tezda tushunishdi. Zero, yana 1 yillik shartnomamiz bor edi, ammo yangi murabbiy Artur Jorje bizga jamoada joy yo‘qligini ro‘y-rost aytdi. Shunday ekan, muxlislar men yoki Kulkov emas, balki bizdan voz kechgan rahbariyatdan g‘azablanishdi. Transferdan ko‘p o‘tmay, «Da Luj» stadionida «Benfika» darvozasiga gol urdim. Keyin ikkinchi «sariq» tufayli maydondan chiqib ketayotganimda, jamoa muxlislari meni oshkora  olqishladilar. O‘sha vaqt «Portu»da Bobbi Robsonga yordam bergan Joze Mourinyo esa hayratini yashirmagandi: «Sergey, Portugaliyada ko‘plab legionerlar o‘ynashgan, lekin bunaqasini birinchi marta ko‘ryapman - «Benfika»ning sobiq futbolchisi uning darvozasiga gol uradi va jamoa muxlislari tik turib qarsak chalishadi». Xullas, «benfikachilar» meni hamon yaxshi ko‘rishlarini ko‘rsatgandilar. O‘zim ham ancha yengil tortgandim. Har holda, faoliyatimdagi eng yaxshi mavsumni aynan «Benfika»da o‘tkazgandim...

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 16:30, 24.10.2023. O'qildi: 1225 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 6
2 ОКМК Xurshid G‘iyosov 6
3 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 5
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 4
5 Нефтчи Zoran Marushich 4
6 Бунёдкор Luis Kachorri 4
7 Сурхон Muhammadali Abdurahmonov 3
8 ОКМК Ali Abdurahmonov 3
9 Бухоро Shohruz Norxonov 3
10 Пахтакор Umar Adhamzoda 2

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.