Bugun 23 sentyabr, 2025 yil, seshanba.

  • La-liga
      • 22.09.2025 00:00
      • Barselona
      • 3:0
      • Xetafe
      • 23.09.2025 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Jirona
      • 23.09.2025 22:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Valensiya
      • 24.09.2025 00:30
      • Sevilya
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 24.09.2025 00:30
      • Levante
      • -:-
      • Real Madrid
      • 24.09.2025 22:00
      • Xetafe
      • -:-
      • Alaves
  • «A» Seriya
      • 22.09.2025 23:45
      • Napoli
      • 3:2
      • Piza
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 5 15
2 Barselona 5 13
3 Vilyarreal 5 10
4 Espanyol 5 10
5 Elche 5 9
6 Betis 6 9
7 Atletik Bilbao 5 9
8 Xetafe 5 9
9 Sevilya 5 7
10 Alaves 5 7
11 Valensiya 5 7
12 Atletiko 5 6
13 Osasuna 5 6
14 Rayo Valyekano 5 5
15 Selta 6 5
16 Levante 5 4
17 Real Ovyedo 5 3
18 Real Sosyedad 5 2
19 Malyorka 5 2
20 Jirona 5 1

O'tgan o'yinlar.

6-тур Selta 1-1 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

23/09/25 Atletik Bilbao - Jirona
23/09/25 Espanyol - Valensiya
24/09/25 Sevilya - Vilyarreal
24/09/25 Levante - Real Madrid
24/09/25 Xetafe - Alaves
25/09/25 Real Sosyedad - Malyorka
25/09/25 Atletiko - Rayo Valyekano
25/09/25 Osasuna - Elche
26/09/25 Real Ovyedo - Barselona

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 4798 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2074 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 23.09.2025

      06:00 Чемпионат Бразилии. "Ботафого" - "Атлетико Минейро".
      08:00 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Форталеза".
      10:00 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Коньяспор".
      12:00 Чемпионат Бразилии. "Ботафого" - "Атлетико Минейро".
      14:00 Чемпионат Бразилии. "Интернасьонал" - "Гремио".
      16:00 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Коньяспор".
      18:00 Д/ф "Куртуа. Возвращение".
      18:45 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      19:55 LIVE Кубок Италии. 1/16 финала. "Кальяри" - "Фрозиноне". Прямая трансляция.
      21:55 LIVE Чемпионат Испании. "Эспаньол" - "Валенсия". Прямая трансляция.
      00:00 "Всё о главном". Глеб Панферов.
      00:25 LIVE Чемпионат Испании. "Севилья" - "Вильярреал". Прямая трансляция.
      02:30 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      03:35 "Непобедимый".
      04:00 Чемпионат Сербии. "Партизан" - "Црвена Звезда".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 23.09.2025

      05:20 Боулинг. BetBoom Кубок КЛБ. Про-тур 6 в Ташкенте, Узбекистан.
      07:30 "Тайны звёзд спорта".
      08:00 Бильярд. Кубок мира. Этап в Ставрополе, Россия. Комбинированная пирамида. Мужчины. Финал.
      10:10 Лёгкая атлетика. Чeмпионат мира в Японии.
      12:45 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 8 на автодроме "Казань Ринг Каньон". SMP GT4. Гонка 1.
      13:50 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 8 на автодроме "Казань Ринг Каньон". SMP TCR. Гонка 1.
      15:05 "Взойди на свой Олимп".
      15:40 Триатлон. Supertri. Этап 3 в Джерси.
      18:35 Гольф. Кубок Лиги Ставок. Финальный этап в Пестово, Россия.
      20:50 "Тайны звёзд спорта".
      21:15 Бильярд. Кубок мира. Этап в Ставрополе, Россия. Комбинированная пирамида. Мужчины. Финал.
      23:35 Лёгкая атлетика. Чeмпионат мира в Японии.
      02:10 "Взойди на свой Олимп".
      02:45 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 8 на автодроме "Казань Ринг Каньон". SMP GT4. Гонка 1.
      03:45 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 8 на автодроме "Казань Ринг Каньон". SMP TCR. Гонка 1.
      04:55 Триатлон. Supertri. Этап 3 в Джерси.
  • MATCH-TV
    • Sana: 23.09.2025

      06:00 Новости.
      06:05 Д/ф "История Джесси Лингарда".
      07:00 Еврофутбол. Обзор.
      08:00 "Тайны звёзд спорта".
      08:30 "Наши иностранцы".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 Специальный репортаж.
      11:25 "Команда мечты".
      12:30 Профессиональный бокс. Алексей Мазур против Тиграна Узляна.
      13:30 Специальный репортаж.
      13:50 Новости.
      13:55 Футбол. МИР Российская Премьер-Лига. Обзор тура.
      15:00 Есть тема! Прямой эфир.
      16:25 "География спорта". Тамбов.
      16:55 Новости.
      17:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      18:00 Смешанные единоборства. UFC Fight Night в Лондоне, Великобритания. Леон Эдвардс против Шона Брэди.
      19:40 Д/ф "История Джесси Лингарда".
      20:45 Все на Матч! Прямой эфир.
      21:25 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. "Broke Boys" (Одинцово) - "Сокол" (Саратов). Прямая трансляция.
      23:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      00:20 LIVE Футбол. Чемпионат Испании. "Леванте" - "Реал Мадрид". Прямая трансляция.
      02:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      03:30 "Что за спорт?". "Экстрим".
      04:00 Самбо. Кубок мира. Финальный этап в Душанбе, Таджикистан. День 1.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 23.09.2025

      05:00 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Ленцерхайде, Швейцария. Женщины. Олимпийский кросс-кантри.
      06:00 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Ленцерхайде, Швейцария. Мужчины. Олимпийский кросс-кантри.
      07:00 Теннис. Кубок Лэйвера в Сан-Франциско, США. День 3.
      09:00 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Англии в Брентвуде, Великобритания. Финал. Сессия 2.
      11:30 Теннис. Кубок Лэйвера в Сан-Франциско, США. День 3.
      12:30 Велоспорт. Тур Словакии. Этап 5.
      13:35 LIVE Велошоссе. Чемпионат мира в Кигали, Руанда. Женщины. U-18. Индивидуальная гонка с раздельным стартом. Прямая трансляция.
      16:15 Велошоссе. Чемпионат мира в Кигали, Руанда. Мужчины. Индивидуальная гонка с раздельным стартом.
      16:50 LIVE Велошоссе. Чемпионат мира в Кигали, Руанда. Мужчины. U-18. Индивидуальная гонка с раздельным стартом. Прямая трансляция.
      20:00 Легкая атлетика. Чемпионат мира в Токио, Япония. Обзор.
      21:00 Теннис. Кубок Лэйвера в Сан-Франциско, США. День 3.
      22:30 Конный спорт. Longines Global Champions Tour. Этап 12 в Нью-Йорке, США.
      00:00 Триатлон. T100 Triathlon World Tour. Этап 6 в Оропеса-дель-Мар, Испания. Обзор.
      01:00 Автоспорт. WEC. "Выносливость за кадром: гонка за совершенством", 8 эп.
      01:30 Мотоспорт. FIM EWC. Тележурнал "Полный доступ".
      02:30 Автоспорт. TCR World Tour. Этап 5 на трассе Бенд Моторспорт Парк, Австралия. Обзор.
      03:00 Теннис. Кубок Лэйвера в Сан-Франциско, США. День 3.
      04:00 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Англии в Брентвуде, Великобритания. Финал. Сессия 2.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Xan Kvan Sonni qurshab olgan sir

Baho:
+ | -
OSIYO / Futbolchilar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Butun futbol olamini lol qoldirib, ke­yin to‘satdan g‘oyib bo‘lgan Shimoliy koreyalik hujumchi tarixi.

Xan Kvan Son 2017 yili Yevropaning kuchli 5ta ligasidan birida gol urgan KXDR futboli birinchi vakili sifatida tilga tushdi. 2019 yili esa «Yuventus» safidan joy olib, hammani yana bir bora hayrat ko‘chasiga yetaklagan futbolchi oradan ko‘p o‘tmay, «Al-Duhayl» (Qatar)da paydo bo‘ldi. Ammo KXDR futbolining katta umidi 2020 yili nazardan butunlay chetga chiqdi. Shu tariqa muxlislarda tabiiy savol tug‘ildi: «Shimoliy koreyalik hujumchi qayerda yo‘qoldi?»

SHIMOLIY KOREYALIK MITTI

Italiyalik sharhlovchi Xan Kvan Sonni bir safar shunday ta’riflagandi - «Shimoliy koreyalik mitti». Chindan ham, bo‘yi nisbatan past notanish yigitcha chaqmoqdek tezligi, kuchli zarbasi va bosh bilan o‘ynash qobiliyati bilan ko‘zga tashlangan edi. Ehtimolki, u bu sifatlari bilan hozir ham yevroarenalarda eng yaxshilar bilan bemalol raqobatlashardi... Pxenyanlik yosh hujumchi Italiyada tezda mutaxassislar va muxlislar e’tiborini o‘ziga qaratdi nafaqat ajib o‘tmishi, balki texnik mahorati bilan ham. Janubiy koreyalik sharhlovchi Xan Jun Xi esa CNN Sport telekanaliga bergan intervyusida Xan Kvan Son o‘yiniga juda to‘g‘ri baho bergandi: «Uning gavdasi katta emas, lekin pozisiya tanlashda benazir bo‘lib, bosh bilan zarba vositasida ko‘p gol uradi». Sogwang (KXDR) nashrida yozilishicha, butun mamlakatda Xan Kvanni Yevropa futbol olami e’tiborini tort­gan istiqbolli hujumchi sifatida maqtashgan. Ammo BMT 2017 yili 6-yadro sinovini o‘tkazgani uchun KXDRga qarshi sanksiyalar qo‘llagani oqibatida futbolchining yevroarenadagi yurishi uzoqqa cho‘zilmaydi. Chunonchi, tashkilotga a’zo barcha mamlakatlar oldiga 2019 yilga qadar o‘z yurisdiksiyalarida ishlayotgan KXDR fuqarolarini ortga qaytarish buyuriladi. Ammo COVID-19 pandemiyasi ortidan KXDR chegaralari butunlay yopiladi va Xan Kvan uchun vatanga qaytish imkoniyati qolmaydi. Hujumchi BMT sanksiyalari ostida 2021 yili Qatardan ham chiqib ketishi kerak edi. Shu-shu istiqbolli futbolchi g‘oyib bo‘ldi. 

PXENYAN

Xan 1998 yili KXDR poytaxti Pxenyanda tug‘ilgan. Uning hayoti haqida ma’lumotlar juda oz, faqat Kim Chen Inning sportga muhabbati o‘laroq, asos solingan Pxenyan xalqaro futbol maktabida tahsil olgani ma’lum. Kim 2012 yili mamlakat boshqaruvini qo‘lga olgach, har tomonlama yopiq KXDRda sport dunyoning qolgan qismiga chiqish imkonini beruvchi noyob oynaga aylanadi. KXDR sporti jumladan, London-2012da ishtirok etadi. Pxenchxan-2018 o‘yinlari ochilish marosimida J.Koreya va KXDR sportchilari hattoki, yagona bayroq ostida o‘tishadi. Shaybali xokkey bo‘yicha ayollar termasi esa yagona Koreya nomidan qatnashadi. Xullas, KXDRning sport uchun ochgan eshigi yopilmaydigandek ko‘ringandi. «Mamlakatda barcha sport turlari ancha mashhur. Koreyaliklar ayniqsa, Olimpiada va futbol turnirlarini qiziqish bilan kuzatib borishadi, - degandi 2016-2018 yillar oralig‘ida KXDR milliy jamoasini boshqargan murabbiy Yorn Andersen. - Bir necha mahalliy telekanallar hafta davomida Yevropa futbolini yozib olgan holda namoyish qilardi. Asosan Bundesliga, La Liga, «A» seriya va APL o‘yinlarini... Menimcha, ularni ko‘pchilik tomosha qilardi». To‘g‘ri, u shuningdek, ish davrida jamoatchilik bilan aloqa o‘rnatishi cheklanganini ham qo‘shib qo‘ygandi. 

Kim Chen In 2013 yili poytaxtda Pxenyan xalqaro futbol maktabiga asos soladi. Asosiy maqsad mahalliy iqtidorlarni toblash va xorijga yuborish, qolaversa, kuchli mutaxassislarni KXDRga jalb etish edi. Deylik, 2014 yili FIFA vakillari Pxenyanga taklif qilingan va ulardan mahalliy klublar ishini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, instruktorlarni tayyorlashda yordam so‘ralgan. Futbol maktabida yosh iqtidorlar uchun eksklyuziv imkoniyatlar va dasturlar yaratilgandi. Oradan atigi bir necha oy o‘tgach, davlat hisobidan 14 nafar tarbiyalanuvchi Ispaniya, 15 nafari esa Italiya klublariga yuborilgan. Xan Kvan Son esa elit dasturning ko‘plab tarbiyalanuvchilari orasida yaqqol ajralib turardi. U qisqa vaqtda KXDRda mislsiz darajada shuhrat qozonadi. Buni YouTube kanalida berilgan videolardan ham fahmlash mumkin. Ekspertlar xulosalariga ko‘ra, Shimoliy Koreyaning yuqori martabali rahbarlari ham futbolchiga mamlakatning xalqaro imidjini o‘zgartirishga qaratilgan tashviqot kampaniyasining bir qismi sifatida qarashgan. Amalda ham Xan Kvan KXDRni sport mamlakatiga aylantirish borasidagi sa’y-harakatlarning eng katta muvaffaqiyati bo‘ladi. U avvaliga iste’dodlarni aniqlash dasturi orqali yoshlar skaut markazi - ISM Academy- (Italiya)ga qabul qilinadi. Ya’ni 2015 yili ambisiyasi baland o‘smir yigitcha yana bir iqtidor Chxe Son Xyok bilan birga Perudja shahriga yo‘l oladi.

YEVROPAGA KO‘CHISH

Koreyalik juftlik ISM Academy bazasida butun dunyodan olib kelingan yosh futbolchilar davrasiga qo‘shiladi. Akademiya o‘z saytida Xanni professional futbol olamiga kirish maqsadini amalga oshirgan yigit sifatida maqtab, uning suratini g‘urur bilan namoyish etadi. Uning do‘sti keyinchalik Italiya quyi ligalarida «Perudjio Kalcho» klubi sharafini himoya qilish bilan cheklangandi. Xan esa «Kalyari» yoshlar tizimi sinovidan muvaffaqiyatli o‘tishidan oldin akademiyada 1 yil shug‘ullanadi. «Esimda, klub direktori Mario Berreta Shimoliy koreyalik yigitni sinab ko‘rishimni tayinlaganida, biroz xafa bo‘lgandim. Chunki oldimizda o‘ta muhim o‘yin bor edi va chalg‘ishni istamasdim, - deya eslaydi «Kalyari» U-19 jamoasining o‘sha vaqtdagi bosh murabbiyi Maks Kansi. - Yigitcha mash­g‘ulotni boshladi va atigi 20 daqiqadan keyin yordamchimga yuzlanib, direktorni chaqirib kelishini tayinladim. U chindan ham, juda zo‘r ko‘rindi». Biroq Kansining qo‘shimcha qilishicha, klubni byurokratik muammolar ancha qiynagan. Deylik, Italiya parlamentida kimdir o‘rtaga qat’iy savol ham tashlagan: «O‘zi Italiya klubining taqiqqa uchragan KXDR vakili bilan shartnoma tuzishi to‘g‘rimi?» Muhimi, «Kalyari» barcha to‘siqlarni yengib o‘tib, transferni amalga oshiradi va bu effekt ham beradi. Chunonchi, 2017 yilning mart oyida klubning yoshlar tarkibiga qo‘shilgan Kvan Son birinchi o‘yindayoq gol uradi. Shundan ko‘p o‘tmay, 2 aprel kuni Xan Yevropaning kuchli 5ta  ligasida gol urgan KXDR futbolining birinchi vakiliga aylanadi. U ingliz yoki italyan tilida bir so‘z ham bilmasdi, G‘arb madaniyatidan mutlaqo bexabar edi, shunga qaramay, moslashishga ko‘p vaqt sarflamaydi. «Kalyari» yoshlar jamoasi sobiq futbolchisi Nikolas Pennington koreysni juda yaxshi futbolchi, biroz uyatchan, lekin odobli yigit sifatida ta’riflaydi: «Esimda, u bilan birinchilardan bo‘lib gaplashgan va moslashuv jarayonida yordam bergandim. Odatda mashg‘ulotlarga birga qatnardik. Juda tarbiyali yigit, ammo KXDR haqida umuman gapirmasdi. Menimcha, yomon gap aytib qo‘yishdan qo‘rqardi. Ba’zi mayda-chuyda narsalar haqida so‘rasam, shunchaki, «Bilmasam» deyishdan nariga o‘tmasdi. Xan faqat goh-gohida Pxenyandagi oilasini eslardi, yaqinlarini rosa sog‘inganini aytardi».

«YUVE»GA KO‘TARILISH VA...

Transfermarkt portali ma’lumoti bo‘yicha aytsak, Kvan Son «Kalyari»dagi davrda 2 marta ijara safariga chiqadi - avvaliga «Perudja», keyin «Yuventus» U-23 jamoasiga boradi. 2020 yilning yanvar oyida esa Turin superklubi koreys yigiti transferini 3,74 million dollarga sotib oladi. Xan uchun «A» seriyada o‘ynashning o‘zi katta natija edi, «Yuventus» safidan joy olishi esa butun KXRDni to‘lqinlantirib yuboradi. «Turin jamoasigacha uzoq yo‘l bosdim, aytishim mumkinki, «A» seriyada tezda gol urganim orzum ushalishini tezlashtirdi. «Yuventus»dek katta jamoa libosini kiygan Shimoliy koreyalik birinchi futbolchiga aylanganim cheksiz g‘urur bag‘ishladi. Axir bu - ertaknamo orzuning ushalishi!» - Xan Kvan Sonning transferdan keyingi gaplari shunday yangragandi. Biroq u mashhur oq-qora chiziqli formada atigi 1 hafta shug‘ullanadi, xolos. Binobarin, «Yuventus» futbolchini o‘sha oydayoq 7,7 million dollar evaziga Qatarning «Al-Duhayl» klubiga sotadi. Hammasi BMT tomonidan KXDRga nisbatan qo‘llanilgan turli-tuman sanksiyalarga borib taqaladi. G‘ayrioddiy iste’dodiga qaramay, Kvan Son ham KXDR fuqarosi sifatida bu sanksiyalarga daxldor edi, baribir. Ammo «Yuventus» va «Al-Duhayl» BMT belgilangan muddat ichida, ya’ni 2020 yilning yanvarida transferni qanday rasmiylashtirgani hamon sirligicha qolmoqda.

QATARGA KO‘CHISH

Iqtidorli yigitni Qatar «Yulduzlar ligasi» yetakchi klubi - «Al-Duhayl» iliq qarshi oladi. Mavsum-2019|2020 o‘rtalarida klub safiga qo‘shilgan Kvan Son finishga qadar 10ta o‘yinda qatnashib, 3ta gol uradi. Yakunda «Al-Duhayl» chempionlikni qo‘lga kiritadi. Biroq bir masala BMT Xavfsizlik kengashiga sira tinchlik bermasdi. Ma’lumotlarga qaraganda, Shimoliy koreyalik hujumchi Qatar klubi bilan birdaniga 5 yillik shartnoma tuzgan va unga muvofiq, mavsum-2023|2024 yakunigacha 4,60 million dollar miqdorida maosh olardi. Xullas, hisob-kitoblarga binoan, Xvan Son 2020 yilning fevral - aprel oralig‘ida jami 296200 dollar olgan. BMT Xavfsizlik kengashini esa futbolchining o‘z vataniga pul jo‘natayotgani yoki yo‘qligi qiziqtirardi. BMT hujjatida hujumchi Qatar banki orqali KXDRga hech qanday pul o‘tkazmaslik majburiyatiga imzo chekkani qayd etilgan. Biroq shubha bor edi, baribir. Italiya parlamenti Kvan Son maoshi Kim Chen In rejimi tomonidan o‘g‘irlanayotgani yuzasidan tergov boshlagach, hammasi yanada chigallashadi. Jumladan, Xan bilan birga Italiyaga yo‘l olgan do‘sti Chxe Son «Fiorentina»da o‘ynash imkoniyatidan mosuvo bo‘ladi.

Xan Kvanning Qatardan Kim Chen In rejimiga pul yuborgan-yubormagani yuzasidan aniq ma’lumot yo‘q. Lekin KXDR hukumati xorijdagi fuqarolarni moddiy yordam ko‘rsatishga majburlashi haqida gap-so‘zlar keng tarqalgan. BMT ekspertlar guruhining 2020 yil mart oyida chop etgan hisobotida qayd qilinishicha, o‘sha vaqt xorijda ishlab, KXDR hukumatiga pul yuborayotganlikda gumon ostiga olingan mamlakat fuqarolari ro‘yxati shakllantirilgan va unga asosan, jumladan, professional sportchilar o‘tkazmalari alohida tekshirilgan. Nima bo‘lganidan qat’iy nazar, bitta aniq fakt shuki, Kvan Son «Al-Duhayl» safida oxirgi marta 2020 yilning 21 avgust kuni «Al-Ahli»ga qarshi kechgan bahsda ko‘rinish beradi (zaxiradan maydonga tushgandi). 21 yoshli Xan o‘sha bahs yakunida «CHEMPIONLAR» yozuvi tushirilgan qizil futbolkada klubdoshlari bilan Qatar «Yulduzlar Ligasi» kubogini boshi uzra baland ko‘taradi va muxlislarga salom yo‘llaydi. Shu-shu iste’dodli hujumchi nazardan g‘oyib bo‘ladi batamom. Xususan, atigi 1 oydan keyin boshlangan yangi mavsumda koreys yigiti «Al-Duhayl»ning na asosiy tarkibi va na zaxira o‘rindig‘ida bor edi. Qolaversa, transfer haqida ham hech qanday xabar chiqmadi. BMT Ekspertlar kengashi yakuniy hisobotida ko‘rsatilishicha, «Al-Duhayl» 2021 yilning boshida Xvan Son bilan tuzilgan shartnomani bekor qilgan va futbolchi Qatardan deportasiya qilingan. Biroq bunga zid dalillar ham yo‘q emas. Deylik, KXDR hukumati o‘sha vaqt xalqaro reyslarni to‘xtatib qo‘ygandi va xorijdagilarning vatanga qaytishlari imkonsiz edi. Janubiy Koreya hukumati bayonotida aytilishicha esa, BMT sanksiyalariga qaramay, 100 mingdan ko‘p Shimoliy koreyalik hozirda chamasi 40ta mamlakat (asosan, Xitoy va Rossiya)da ishlamoqda, yiliga umumiy hisobda 200-300 million dollar topmoqda. Xan Kvan Sonning qayerda ekanligi esa noma’lum. Tabiiyki, KXDR rasmiylari bu borada hech kimga hech qanday tushuntirish yoki ma’lumot bermaydi.

 A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:46, 25.10.2023. O'qildi: 1337 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCH faqat bir marta, 2002 yilda ikki davlat (YAponiya va Janubiy Koreya)da o'tkazilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 5
2 Барселона Ferran Torres 4
3 Мальорка Vedat Muriki 4
4 Леванте Ivan Romero 3
5 Леванте Karl Etta-Eyong 3
6 Барселона Rafinya 3
7 Хетафе Adrian Liso 3
8 Вильярреал Tadjon Byukenen 3
9 Эльче Rafa Mir 3
10 Эспаньол Pere Milya 3

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.