Bugun 31 may, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ulkan jussaga yarasha tanlov

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Kirmang
Rukn: Yangiliklar
A A A

Norvegiyalik «maxluq» - Erling Xolandning gol urishga hirsli ekanligi hammaga ma’lum.

Faoliyatining ilk davrida «RB Zalsburg» va «Borussiya» D. klublari raqiblari darvozabonlari dodini bergan hujumchi endi «Manchester Siti»da ham sevimli ishi bilan mashg‘ul. Erling maydonda «yirtqich»dek o‘ynash barobarida uning chetida hayot zavqini surishni ham o‘rniga qo‘yadi. Deylik, san’at va ayniqsa, modalar dunyosiga aslo befarq emas. Goleador yana qimmatbaho avtomobillarga ham moyil. Axir «Manchester Siti» unga bir haftalik ishi uchun 375 ming funt sterling to‘laydi. Shunday ekan, Erling bemalol eng sara «toychoq»larga millionlab funt sarflash asnosida katta kolleksiya yaratsa bo‘ladi. Alohida aytish kerak, norvegiyalik futbolchi gabariti ulkan mashinalarni ko‘proq qadrlaydi - o‘z jussasiga yarasha tanlov.

Rollce Royce Cullinan

Britaniya kompaniyasi mahsuloti Xoland tomonidan xarid qilingan eng qimmatbaho avtomobil bo‘lib turibdi. Erling qiymati 300 ming funtga teng Rollce Royce Cullinan mashinasidan asosan kundalik ehtiyojlarida foydalanadi. Jumladan, mashg‘ulotlar va o‘yinlarga shu «toychoq»da qatnaydi. Cullinan o‘ta qulay - saloni keng, ravon yuradi, yana vajohatli ko‘rinadi. Qisqasi, hammasi Xolandning o‘ziga xos. Oppoq tusli avtomobil kechasi ham, kunduzi ham ko‘zni qamashtiradi xuddi Erlingning uzun sochlari kabi.

Audi RS 6 Avant

Erling Xoland - Audi markasi «jinni». U ushbu avtomobildan anchadan buyon foydalanmoqda. Deylik, Germaniyadagi faoliyati davomida asosan RS 6 modelida sayrga chiqardi. Qizil rangli Audi RS 6 Avant bozorda 120 ming funt turadi. To‘g‘ri, hujumchi Angliyaga ko‘chib o‘tganidan buyon Audi brendining Carbon Black versiyasidan foydalanyapti. Ushbu ulov dizayn va salonidagi qulayliklar bilan alohida ajralib turadi.

Range Rover Sport

120 ming funtli yana bir «toychoq». O‘zi hech bir yulduzning avtokolleksiyasi RangeRover brendisiz to‘liq bo‘lmaydi. Ushbu mashina ancha yirik va o‘z egasiga qo‘shimcha salobat ta’minlaydi. Sport talqinining o‘ziga xos tomoni shuki, u raqamli LED chiroqlari bilan jihozlangan. Shuningdek, Meridian eshitish tizimi bor. Asosiysi, superkar o‘rindiqlari haqiqiy massaj vazifasini ham o‘taydi. Umuman, to‘liq elektr toki bilan ishlashga moslashgan mashina ichida bemalol uxlab olish ham mumkin.

Mercedes-AMG GLE Coupe

Xoland «Borussiya» D. safida o‘ynagan vaqt ayni shu ulovda ham ko‘p ko‘rinish berardi. Deylik, ma’lum muddat GLE Coupe mashg‘ulotlarga qatnashda futbolchiga beminnat xizmat qilgan. Xoland ba’zan sobiq klubdoshi Jovanni Reyna bilan birga qop-qora «Mers»da «uchgani» haqida ham gap-so‘zlar yo‘q emas. Mashina teridan ishlangan o‘rindiqlarga ega, salonida eng yuqori sharoitlar yaratilgan. Shinalaridan esa ovoz chiqmaydi, hisob. Xullas, 90 ming funtli «toychoq» sokin sayr ixlosmandlariga ayni muddao.

Erling Xoland yana qimmatbaho qo‘l soatlariga oshufta. Norvegiyalik ayniqsa, Rolex brendi oldida o‘zini xarajatdan to‘xtatolmaydi. Katta maoshi esa bunga imkon ham beradi:

Rolex Starbucks - 15 ming funt

Rolex Hulk - 22,5 ming funt

Rolex Smurf - 37,8 ming funt

Rolex Root Beer - 38,6 ming funt

Rolex Daytona Green Dial - 77,2 ming funt

Rolex Daytona Ice Blue - 110,9 ming funt

Patek Philippe Nautilus - 112,5 ming funt

Rolex Daytona Eye of the Tiger - 241,2 ming funt

Audemars Piguet Royal - 241,2 ming funt

Audemars Piguet Jumbo - 281,4 ming funt

Aytgancha, «Real» futbolchilariga BMV avtomobillari

«Real» futbolchilari klub homiysi - BMW kompaniyasidan qimmatbaho avtomobillar olishdi. Madrid jamoasi va Germaniya avtokonserni o‘tgan yili hamkorlik shartnomasini rasmiylashtirgan edi. Ma’lumot uchun, «Qirollik klubi» bunga qadar Audi bilan hamkorlik qilgandi.

- BMW «Real» a’zolariga tanlov uchun i4, i7 iX va XM modellari taqdim etdi. 

Orelyen Tchuameni nisbatan arzon model - i4 eDrive35 avtomobili (57,3 ming)ni tanladi. 

Eder Militao, Fran Garsiya, Eduardo Kamavinga, Lukas Vaskes, Vinisius Junior va bosh murabbiy Karlo Anchelotti bahosi deyarli 80 ming yevroga teng BMW i4 M50 modeli sohibiga aylanishdi. 

Tibo Kurtua, Kepa Arrisabalaga, Jud Bellingem, Dani Sebalyos, Arda Gyuler, Xoselu va Rodrigo eng qimmatbahosi - BMW XM modeli (180 ming yevro)ni olishdi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:55, 30.10.2023. O'qildi: 2367 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик