Bugun 21 may, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 37 82
2 Manchester Siti 37 78
3 Man. Yunayted 37 68
4 Aston Villa 37 62
5 Liverpul 37 59
6 Bornmut 37 56
7 Brayton 37 53
8 Chelsi 37 52
9 Brentford 37 52
10 Sanderlend 37 51
11 Nyukasl 37 49
12 Everton 37 49
13 Fulhem 37 49
14 Lids 37 47
15 Kristal Pelas 37 45
16 Nottingem Forest 37 43
17 Tottenhem 37 38
18 Vest Xem 37 36
19 Byornli 37 21
20 Vulverhempton 37 19

O'tgan o'yinlar.

37-тур Aston Villa 4-2 Liverpul
37-тур Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
37-тур Everton 1-3 Sanderlend
37-тур Brentford 2-2 Kristal Pelas
37-тур Lids 1-0 Brayton
37-тур Vulverhempton 1-1 Fulhem
37-тур Nyukasl 3-1 Vest Xem
37-тур Arsenal 1-0 Byornli
37-тур Bornmut 1-1 Manchester Siti
37-тур Chelsi 2-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Brayton - Man. Yunayted
24/05/26 Tottenhem - Everton
24/05/26 Sanderlend - Chelsi
24/05/26 Nottingem Forest - Bornmut
24/05/26 Manchester Siti - Aston Villa
24/05/26 Liverpul - Brentford
24/05/26 Fulhem - Nyukasl
24/05/26 Kristal Pelas - Arsenal
24/05/26 Byornli - Vulverhempton
24/05/26 Vest Xem - Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Antonio Konte: «Mag‘lubiyat – 36-48 soat davom etadigan motam...»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

Ayni payt ishsiz yurgan Antonio Konte tez orada murabbiylik faoliyatini qayta tiklasa, ajabmas.

Har holda, unga talab yo‘q emas. Rai 2 telekanali mehmoni bo‘lgan italiyalik mutaxassisning o‘zi ham intervyu jarayonida katta chorlovlarga tayyor ekanligiga sha’ma qildi. To‘g‘ri, suhbatda asosan Kontening shaxsiyati xususida gap bordi.

- Antonio, ko‘pincha sizga nisbatan «vahshiy» iborasini qo‘llashadi...

- Tushunarliki, vahshiy bo‘lib tug‘ilmaganman, lekin bolalik yillariyoq menda tabiiy ravishda qat’iy xarakter shakllandi. Deylik, bunda ko‘cha mushtlashuvlari va o‘z-o‘zini himoya qilishga intilish ta’siri bor. Qisqasi, muayyan vaziyatlarga duch kelganingizda, asta-sekin vahshiylashib borasiz. Misol uchun, kimdir ustingizdan hukm­ronlik o‘rnatishni istab qolishi mumkin: «Eshit, endi sening hayoting mening qo‘limda!» Bunday holatda sizdan ozgina qat’iylik ko‘rsatish talab etiladi. Qolaversa, bilasizmi, burj belgisiga ko‘ra, sherman...

- Konte hozir faqat futbol haqida o‘ylaydimi yoki...?

- Odatda ishdan tashqarida futbol haqida o‘ylashni ham, gapirishni ham umuman yoqtirmayman. Aksincha, bo‘sh vaqtni ko‘proq futbol bilan umuman aloqasi yo‘q odamlar davrasida o‘tkazishga moyilman. Jumladan, uyda doimo futbolni chetga surib qo‘yishga harakat qilaman, lekin buning iloji yo‘q. Chunonchi, zamonaviy futbolda murabbiy ishga doir o‘y-xayollarini uyiga sudrab borishga majbur, baribir.

- Umuman, shaxsiy xarakteringizni qanday tavsiflaysiz?

- Hayotda o‘ta to‘g‘ri odamman. Makr-hiylaga moyil insonlarni jinim suymaydi, o‘zim kabi to‘g‘ri kishilarni qadrlayman. Ta’sirchanmanmi? Ehtimol, lekin unchalik emas. O‘zaro munosabatlar yolg‘on ustiga qurilishiga toqat qilolmayman, har doim suhbatdoshim uchun ochiq bo‘lishga intilaman. Kamchiliklarim? Vaqti-vaqti bilan qiziqqonlik qilishim mumkin, yana biroz sabrsizdirman. Umuman, o‘zim va atrofimdagilarga o‘ta talabchanman, chunki mag‘lubiyatni aslo qabul qilolmayman.

- Liderlik fazilatlaringiz haqida nima deya olasiz?

- Haqiqiy yetakchilik ayniqsa, futbol murabbiyi uchun zarur. O‘zim ishlagan barcha jamoalarda hamisha birinchi shaxs bo‘lishga intilganman. Umuman, liderlik tabiatimga ham xos, aynan shuning uchun tug‘ilganman, menimcha.

- O‘zingizga futbolchi sifatida necha ball qo‘yasiz?

- 8.

- Murabbiy sifatidachi?

- 8,5. Hozir 54 yoshdaman. O‘ylaymanki, murabbiylik sohasi uchun hali yoshman va faoliyatimning qolgan qismida o‘z reytingimni oshirish imkoniyati yo‘q emas.

- Futbolchi rolida sizga nima yetishmaganini bilasizmi?

- Iste’dod. Xayriyatki, murabbiylikda bunday iste’dodga egaman. Futbolchilik davrida texnik salohiyatim chakki emasdi, lekin Zidan yoki Del Pyero kabi katta iste’dod sanalmaganman.

- Ba’zan yolg‘iz qolishni istayotganingizni his qila-sizmi?

- Ha, jamoam yutqazganida. Qaytaraman, mag‘lubiyatga toqat qilolmayman, shuning uchun omadsizlik alamini yolg‘iz yutishni afzal ko‘raman. Ba’zan hattoki, siqilganimdan kasal bo‘lib qolaman. Men uchun mag‘lubiyat - 36-48 soat davom etadigan motam. Bunday paytlar o‘zimni izolyasiya­ga olaman, chunki qanday holatga tushishim o‘zimga ma’lum. Ha, mag‘lubiyatlar - vaqtinchalik omadsizlik. Ularni to‘g‘ri qabul qilish uchun esa o‘rinli reaksiya muhim.

- Tarixni qayta yozishga xohishingiz qanday?

- Tarixning bir qismini qayta bitish uchun menda omad va bir chimdim mahorat bor. Lekin barchasini hali tuymadim. Kelajakda tarix yozishda davom etishimga imkon beruvchi vaziyatga tushishni istayman, albatta.

- Hozir qanday orzular og‘ushidasiz?

- Barchasini ichimda saqlayman, chunki ayrimlari hech qachon amalga oshmasligi mumkin.

- Odatda g‘alabadan qancha vaqt xursand yurasiz?

- G‘alaba quvonchi mag‘lubiyat alamiga nisbatan kamroq davom etadi. Muhimi, g‘alabalar aqliy farovonlik bag‘ishlaydi. Oddiy aytganda, kech­qurun xursand holda yotaman va erta uyg‘onib, keyingi o‘yin haqida bosh qotira boshlayman.

- «Yuventus»da o‘ynash/ishlash nimani anglatadi?

- «Yuve» har doim kimlargadir quvonch, boshqalarga alam bag‘ishlaydigan jamoa hisoblangan. Haqiqat shuki, «keksa sinyora»da o‘ynash yoki ishlash hamma uchun emas. Binobarin, bu klubda deyarli butun Italiya sizga qarshi turadi.

- «Yuve» safiga 21 yoshda qo‘shilgansiz...

- O‘sha payt atrofimdagi hammasi bahaybat ko‘ringandi. Ehtimol, birinchi mavsumda ichki qo‘rquvim pand bergandir. Sababi oddiy - yutqazishni xohlamadim va klubda qolish uchun hammaga «o‘tkir tishlarim va tirnoqlarim»ni ko‘rsatdim.

- Murabbiylikda ham har bir klubda ma’lum iz qoldirdingiz...

- Boshqacha aytganda, o‘zim ishlagan barcha jamoalarda bir necha yilga poydevor quydim. Hech qachon «chiqindi» qoldirmaganman.

- Klublardan ketish qanday yuz beradi?

- Qachonki, klubga o‘zimdagi bor narsalarni to‘liq berganim va kuchim tugaganini tushunsamgina ish joyini o‘zgartirishga qaror qilishim mumkin. Agar qaysidir futbolchi transferi yuzasidan fikr so‘rashsa, har doim shaxsiy qarashlarimni boricha aytaman.

- Manchinining Italiya termasidan ketganiga munosabatingiz...

- Tafsilotlarga chuqur kirishni xohlamayman. Manchini Yevropa chempionatida g‘alabani ta’minladi - tarixiy ish. Keyin jamoani jahon chempionatiga olib chiqolmadi - bunisi katta muvaffaqiyatsizlik va barchamiz uchun chuqur yara. To‘g‘risi, agar Manchini o‘rnida bo‘lganimda, o‘sha omadsizlikdan keyin darhol ketardim.

- Saudiya Arabistoni futboliga intilish haqida nima deysiz?

- Agar gazetalarga ishonsangiz, arablar hamma, jumladan, menga ham taklif bilan chiqishdi. Lekin rad etdim. Chunki hali yevrofutbol qozonida qaynashim kerak.

- Mourinyo bilan munosabatingiz qanday?

- U - g‘olib. Avvaliga bir-birimizni tilimizga kelgan achchiq so‘zlar bilan «siyladik», keyin uchrashib, qo‘l berib so‘rashdik. Uning hammasini yuzingizga aytishini qadr­layman, garchi APLda o‘rtamizda noxush holatlar kuzatilgan bo‘lsada. Angliyada bu kabi hujumga hujum bilan javob qaytarishni «aql o‘yinlari» sifatida ta’riflashadi. Qaytaraman, ko‘chada ulg‘ayganimni hech qachon unutmayman va nimadandir yoki kimdandir qo‘rqmayman.

- Rim va Neapol shaharlari haqida...

- Har ikki shaharda ishlash imkoniyatini qo‘ldan chiqarmasdim, avvalo, odamlar ishtiyoqi tufayli. Umid qilamanki, kun kelib menga Rim yoki Neapolda faoliyat yuritish nasib etadi. To‘g‘ri, buning uchun avvalo, muvaffaqiyatga qaratilgan jiddiy yondashuv va loyiha kerak.

- Oxirgi paytlar sizni aynan «Napoli» va «Roma»ga «bog‘lashmoqda»...

- Bilmadim, «Napoli» haqida endi eshitib turibman. de Laurentis bilan tez-tez zavq bilan gaplashib turamiz. Unga hurmatim baland, lekin «Napoli» Garsiyani tanlaganini unutmaslik kerak. Kelajakdami? Qachonligini bilmayman, lekin faoliyatim oxirida aynan ushbu ehtirosli klublardan birini bosh­qarmoqchiman.

- «Tottenxem»dagi faoliyatingizni qanday baholaysiz?

- Bu jamoaga yolg‘iz bordim, mehmonxonada yashadim. Bularning barchasi biroz azobladi. Axir har kuni bitta yo‘nalishda harakatlanardim - ish va mehmonxona.

- Faoliyatingizdagi eng go‘zal g‘alabani ayta olasizmi?

- Eng go‘zal g‘alabam - bu qizim. Farzandli bo‘lganingizdan keyingina odamlarni sevish qandayligini tushuna boshlaysiz.

- Nimadan qo‘rqasiz?

- O‘lim xayoli qo‘rqitadi, tarix qachondir tugashi ham. Qabr toshimga «U hamma narsasini berib ketdi» qabilida yozib qo‘yishlarini istardim.

- Kechirim so‘rashni ham bilasizmi?

- Bu borada oldin qanday bo‘lganimni bilmayman, lekin vaqt o‘tishi bilan kechirim so‘rashni o‘rgandim. Insoniylik nuqtai nazaridan hamma buni bilishi shart. Kechirim so‘rash - sharaf.

- Antonio yengilmasmi?

- Talab darajasida sezgirman, lekin yengilmas emas...

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 22:45, 06.11.2023. O'qildi: 1151 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Faqat 5ta davlat — Meksika, Italiya, Fransiya, Germaniya va Braziliyada JCHga 2 martadan mezbonlik qilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 16
4 Челси Joao Pedro 15
5 Астон Вилла Olli Uotkins 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 14
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик