Bugun 30 aprel, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 10 27
2 Paxtakor 10 25
3 Bunyodkor 10 19
4 Navbahor 10 19
5 Buxoro 10 17
6 OKMK 10 15
7 Lokomotiv 10 14
8 Nasaf 10 13
9 Qizilqum 10 13
10 Xorazm 10 13
11 Andijon 10 13
12 Surxon 10 11
13 So‘g‘diyona 10 9
14 Dinamo 10 8
15 Qo‘qon-1912 10 8
16 Mash’al 10 0

O'tgan o'yinlar.

10-тур Mash’al 0-1 Buxoro
10-тур OKMK 2-1 Lokomotiv
10-тур Andijon 2-1 Dinamo
10-тур So‘g‘diyona 5-2 Surxon
10-тур Paxtakor 2-2 Nasaf
10-тур Qizilqum 0-0 Xorazm
10-тур Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
10-тур Bunyodkor 2-1 Navbahor

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Luis Suares va Robin van Persi: ularning qaysi biri yaxshiroq edi?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Rekordlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

APLda jami 213 golga mualliflik qilgan, uch bor "Oltin butsa" sovriniga loyiq topilgan Suares va van Persini, turnir tarixidagi eng yaxshi hujumchilardan deyish mumkin. Ushbu juftlik 2010 yillar boshini o‘z jamoalaridagi fantastik o‘yinlari bilan yoritgandi. Bugun bu ikkisining qay biri yaxshiroq bo‘lganini aniqlashga harakat qilib ko‘rmoqchimiz. Quyida bir necha mezonlar asosida hujumchilarni baholaymiz.


Gol urish

APL tarixidagi eng yaxshi hujumchi degan nomni ularga berar ekanmiz, shubhasiz Suares va van Persining gollari soniga e’tibor berishimiz kerak bo‘ladi. Robin van Persi 11 yillik Angliyadagi faoliyati davomida 144 ta golga mualliflik qilgan. Suares esa uch yarim yil ichida 69 ta gol urgan. Shu sabab bu ikkisini taqqoslash murakkab. Biz ularni solishtirish maqsadida maxsus matematik hisoblash – "daqiqasiga ӯrtacha bir gol" usulidan foydalandik. Ya’ni, futbolchilarning maydonda bo‘lgan daqiqasini urgan goliga bo‘lib yuborish. Natijada esa quyidagicha bo‘ldi:
Robin van Persi har 140 daqiqada bir gol urgan. Luis Suares esa har 139 daqiqada bir golga mualliflik qilgan. Ko‘rinib turibdiki, bu borada kichik ustunlik Suares tomonida. Shu sabab bu sohada urugvaylikni g‘olib deb topamiz.

APL sovrinlari

Agarda ushbu futbolchilarning butun karyerasini APLga qarshi qo‘yadigan bo‘lsak, Suares osonlikcha g‘olibga aylanadi. Negaki, u YECHLni yutgan, qolaversa, bir mavsum APLning yil o‘yinchisiga ham aylangan. Ammo bu maqolada biz futbolchilarning APL faoliyatigagina nazar tashlayapmiz. Shu sabab, kuchlar nisbati o‘zgaradi. Luis Suares "Liverpul" bilan Angliya chempioni bo‘la olmagan. Robin van Persi esa "MYU"ga o‘tgach, Fergyusonning so‘nggi mavsumini chempionlik bilan tugatishga yordam bergan. Shu sababli bu borada g‘oliblikni niderlandiyalik hujumchi egallaydi.

X-faktor

Agarda solishtirilayotgan futbolchilarning faoliyatiga nazar tashlasangiz, ma’lum bo‘ladiki, ularda o‘ziga xos nimadir doimo bo‘lgan. Masalan, vaqti kelsa, ularning har ikkisi o‘yin ssenariysini o‘zgartirib yubora olgan. Hech narsadan gol yasash borasida Suares va van Persining qobiliyatlariga shak-shubha bo‘lishi mumkin emas. Agarda ulardan birini tanlashga majbur bo‘lsak, Suares ma’qul ko‘riladi. Negaki, bu borada urugvaylik ustaroq edi.

Umumiy xulosa

Har ikki futbolchi ham Angliya Premyer-ligasi tarixidagi eng yaxshi top-50 ta hujumchilar sirasiga kiradi. Ularning o‘yinlari o‘z vaqtida bizga bir olam zavq bergan. Ammo ulardan birini tanlashga to‘g‘ri kelganida, yuqoridagi hisob-kitoblardan keyin Suaresga ustunlikni berish kerak bo‘ladi. Negaki, Luis Suares nafaqat Angliya, balki butun jahonning eng yaxshi hujumchilaridan biridir. U hatto hozir ham sovrinlar yutishni kanda qilmayapti.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: 90min.com
Kiritildi: 13:03, 15.11.2023. O'qildi: 2733 marta. Fikrlar: 23 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 7
2 Пахтакор Doston Hamdamov 6
3 Сурхон Chinedu Stefan 6
4 Нефтчи Stipe Perisa 5
5 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 5
6 ОКМК Nodirbek Abdurazzoqov 4
7 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 4
8 Нефтчи Zoran Marushich 4
9 Бухоро Sherzod Esanov 4
10 Пахтакор Flamarion 4

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик