Bugun 3 iyun, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

JCH-2026 sari yo‘l boshi – Ashxobod

Baho:
+ | -
OSIYO / Saralash turnirlari / JCh saralash
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

O‘zbekiston milliy jamoasi 13 noyabr kuni JCH-2026 saralash o‘yinlaridan oldingi oxirgi yig‘inga kirishdi.

«Jar» stadionidagi ilk mashg‘ulotda Srechko Katanes tomonidan yig‘inga chaqirilgan 26 nafar futbolchidan 22 nafari qatnashdi. Faqat Umarbek Eshmurodov («Nasaf»), Jaloliddin Masharipov («Panserraikos», Gresiya), Rustam Ashurmatov («Rubin», Rossiya) va Abduqodir Husanov («Lans», Fransiya) turli sababalar bilan birinchi mashg‘ulotda ishtirok etishmadi. Oston O‘runov, Sherzod Nasrullayev va Alibek Davronov esa kuni kecha o‘z klublarida maydonga tushishgani uchun yengil tiklanish mashqlari bilan cheklanishdi.

ASHXOBOD SAFARI

O‘zbekiston terma jamoasi 14 noyabr kuni ham poytaxtda shug‘ullandi va 15-sanada charter reys bilan Turkmanistonga yo‘l oldi. Eslatma, JCH-2026 saralashi ikkinchi bosqichi 1-turidan o‘rin olgan Turkmaniston - O‘zbekiston o‘yini 16 noyabr kuni (bugun) soat 19:00da boshlanadi. Katanes Aytish joiz, tarkibda o‘zgarish ham bor. Ya’ni Srechko Katanes boshchiligidagi murabbiylar shtabi yig‘inga yana 3 nafar futbolchini jalb etdi: OKMK darvozaboni Valijon Rahimov, «Nasaf» himoyachisi Alibek Davronov va «Nav­bahor» bilan xayrlashishga ulgurgan yarim himoyachi Jasur Yaxshiboyev. Bu o‘zgarishlar futbolchilarning hozirgi holati bilan bog‘liq. Deylik, Jaloliddin Masharipov jarohat tufayli Turkmaniston va Eron termalariga qarshi o‘yinlargacha tiklanolmasligi mumkin. «Gresiya chempionati oxirgi o‘yinida Masharipov oyog‘iga zarba berilgandi. Milliy jamoa tibbiy shtabi uning tiklanishiga bir necha kun vaqt berishga qaror qildi. Agar birinchi o‘yingacha ulgurmasa, Jasur Yaxshiboyev pozisiyani yopishi mumkin nomzod sifatida chaqirildi. Umarbek Eshmurodov betobligidan kubok finalida ishtirok etolmadi. Unga ham tiklanish uchun biroz vaqt kerak. Alibek Davronov ushbu pozisiya vakili sifatida jalb etildi. Valijon Rahimov darvozabonlar orasida yanada ko‘proq tanlov bo‘lishi maqsadida qo‘shildi. Ilk mashg‘ulotda ishtirok etolmagan yetakchi futbolchilarimiz terma jamoa ixtiyorini tark etmagan holda, tiklanish jarayonini o‘tashadi», - deya yo izoh berdi o‘zgarishlarga O‘FA matbuot xizmati rahbari Davron Fayziyev.

HAKAMLAR YAPONIYADAN

Turkmaniston - O‘zbekiston uchrashuvida yaponiyalik hakamlar ishlashadi. Bosh hakam - Xiroyuki Kimuraga qanotlarda Kota Vatanabe va Takumi Takagi yordam berishadi. Xiroki Kasaxara zaxira hakami vazifasini bajaradi. Ma’lumot uchun, Kimura joriy yil OCHL doirasidagi «Al-Vakra» - «Navbahor» (0:1) va «Al-Ittihod» - OKMK (3:0) o‘yinlarida ishladi. Ma’lum bo‘lishicha, o‘yin chiptasi bahosi - 30 manat (105348 so‘m). Darvoqe, Turkmaniston - O‘zbekiston o‘yini uchun tanlangan «Ashxobod» stadioni sun’iy maydoni yangilangan FIFA sertifikatiga ega emas. Qoida bo‘yicha sun’iy maydonga beriladigan FIFA Quality sertifikati har 3 yilda yangilanishi kerak. FIFA Quality Pro sertifikatini esa har yili yangilash talab etiladi. Aytishlaricha, O‘FA so‘roviga ko‘ra, Turkmaniston futbol federasiyasi vakillari haligacha FIFA sertifikatini topa olishmayapti. Maydonning hozirgi holatidan kelib chiqsak, u oxirgi 3 yilda FIFAning takroriy inspeksiyasidan o‘tkazilmagani aniq. Tegishli sertifikat taqdim etilmagan taqdirda, uchrashuv komissari o‘yinni boshqa maydonga ko‘chirishni talab qilish huquqiga ega.

O‘zbekiston milliy jamoasi tarkibi

Darvozabonlar: Abduvohid Ne’matov («Nasaf»), Botirali Ergashev (OKMK), O‘tkir Yusupov («Navbahor»), Valijon Rahimov (OKMK).

Himoyachilar: Rustam Ashurmatov («Rubin», Rossiya), Farrux Sayfiyev («Paxtakor»), Husniddin Aliqulov («Rizespor», Turkiya), Hojiakbar Alijonov («Paxtakor»), Umarbek Eshmurodov («Nasaf»), Abdulla Abdullayev («Xorfakkan», BAA), Sherzod Nasrullayev («Nasaf»), Abduqodir Husanov («Lans», Fransiya), Alibek Davronov («Nasaf»).

Yarim himoyachilar: Odil Hamrobekov («Paxtakor»), Aziz G‘aniyev («Shabab Al-Ahli», BAA), Otabek Shukurov («Fotih Karagyumryuk», Turkiya), Aziz Turg‘unboyev («Paxtakor»), Abbos Fayzullayev (SSKA, Rossiya), Jamshid Iskanderov («Navbahor»), Jaloliddin Masharipov («Panserraikos», Gresiya), Oston O‘runov («Navbahor»), Hojimat Erkinov («Paxtakor»).

Hujumchilar: Eldor Shomurodov («Kalyari», Italiya), Igor Sergeev («Patxum Yunayted», Tailand), Bobur Abduxoliqov («Ordabasi», Qozog‘iston), Jasur Yaxshiboyev («Nav­bahor»).

ASOSIY RAQIBDA NIMA GAP?

«E» guruhi favoriti - Eron termasi bosh murabbiyi Amir Galenoi noyabr oyidagi o‘yinlar uchun 30 nafar futbolchi ro‘yxati (kengaytirilgan tarkib)ni e’lon qildi. Tarkibda 14 nafar legioner bor (tarkibning 46 foizi). 7 nafar futbolchi esa Yevropaning top-10 ligasidan chaqirilgan. Taqqoslash uchun, O‘zbekiston termasi qaydnomasida 11 nafar legioner (tarkibning 47 foizi) bor. Forslar 16 noyabr kuni «Ozodi» stadionida Gonkong termasini qabul qilsalar, 2-tur o‘yinida Toshkentda mehmon bo‘lishadi. 

Eron terma jamoasi legionerlari: Mehdi Taremi («Portu», Portugaliya), Sardor Azmun («Roma», Italiya), Muhammad Muhibi («Rostov», Rossiya), Alirizo Jahonbaxsh («Feyenoord», Niderlandiya), Samon Gaddos («Brentford», Angliya), Ehson Hojisafi (AYEK, Gresiya), Ahmad Nurullohi («Al-Vahda», BAA), Majid Hussayni («Qaysarispor», Turkiya), Ali Karimi («Qaysarispor», Turkiya), Karim Ansarifard («Omoniya», Kipr), Said Izzatullohi («Vayle», Daniya), Milod Muhammadi (AYEK, Gresiya), Sodiq Muharrami («Dinamo» Zg., Xorvatiya), Amin Hazbavi («Al-Sadd», Qatar), Omid Ibrohimi («Al-SHamal», Qatar). 
*** 

«E» GURUHI

 

1-TUR. 16 noyabr (payshanba)

19:00 TURKMANISTON - 

O‘ZBEKISTON

19:30 ERON - GONKONG

2-TUR. 21 noyabr (seshanba)

17:00 Gonkong - Turkmaniston

18:00 O‘ZBEKISTON - Eron

3-TUR. 21 mart (payshanba)

Eron - Turkmaniston

Gonkong - O‘ZBEKISTON

4-TUR. 26 mart (seshanba)

Turkmaniston - Eron

O‘ZBEKISTON - Gonkong

5-TUR. 6 iyun (payshanba)

O‘ZBEKISTON - Turkmaniston

Gonkong - Eron

6-TUR. 11 iyun (seshanba)

Eron - O‘ZBEKISTON

Turkmaniston - Gonkong

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 10:02, 16.11.2023. O'qildi: 1514 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol to'pining og'irligi 460-480 gramm bo'lishi belgilab qo'yilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик