Bugun 8 iyun, 2026 yil, dushanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Evan Fergyuson: «Meni Runiga qiyoslashlari – kuchli motivasiya»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

«Brayton» topilmasi - Evan Fergyuson 29 oktyabr kuni APL 10-turidan o‘rin olgan «Fulxem»ga qarshi o‘yin (1:1)da navbatdagi golini nishonlash asnosida alohida natijaga erishdi.

 Aniqroq aytsak, 19 yoshli hujumchi APLda muayyan yil taqvimida 10ta gol marrasiga yetgan ikkinchi yosh futbolchiga aylandi. Bu boradagi rekord 2005 yili Ueyn Runi tomonidan o‘rnatilganini eslatish kerak. Xullas, hozirda Evanni Angliya milliy jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar sanalgan «Shrek» bilan taqqoslash yana avj oldi. E’tiborlisi, mashhur familiya egasi kimsan Runi bilan tenglashtirilayotganidan xursand. Aytishicha, bunday qiyoslash unga qo‘shimcha motivasiya bag‘ishlaydi.

- Mana, joriy yil hisobidan APLda 10ta gol marrasiga yetdingiz. Chempionat tarixida birgina Ueyn Runi muayyan yilda 10-golini sizdan yoshroq payti nishonlagan...

Ha, yomon emas, chindan ham, yaxshi natija. Ayniqsa, bolaligimda aynan Ueyn Runi o‘yin­larini tomosha qilib, unga o‘xshashga intilganimni hisobga olsak. Xullas, Runi ortidan borayotganimdan xursand­man.

- Demak, sizni Ueynga qiyoslashayotganida ham ma’no bor. Qiziq, bolalikda Runi o‘yinlariga nechog‘li mahliyo bo‘lgansiz?

Ueyn o‘smirlik chog‘iyoq APL jamoasi asosiy tarkibiga kirish asnosida nafaqat men, balki ko‘plab yosh yigitlarga o‘ziga xos namuna ko‘rsatgani - ayni haqiqat. Yashirmayman, unga havas bilan boqqanman. Shubhasiz, Runi katta iqtidor edi. Deylik, yoshligida shiddat bilan o‘ynagani va qanday ishlarni amalga oshirgani hozir aqlga sig‘maydi. Xususan, Runi faoliya­ti haqida olingan hujjatli filmni tomosha qilsangiz, imkonsizdek ishlarni uddalaganini tushunasiz. Bilasizmi, hozir nimalarni nazarda tutyapman? Ko‘pchilik Runi natijalarini takrorlash imkonsiz ekanligini aytadi. Lekin teran o‘ylasak, bunday natijalar futbolning bir qismi. Axir Ueyn 18-19 yoshida APLga yorib kirib, barchasini amalda isbotlagan-ku. Uning faoliyati - yoshlarga haqiqiy ko‘zgu. 

- Siz uchun yaxshi xabar shuki, «Brayton» 2023 yil yakuniga qadar APLda yana 9ta o‘yin o‘tkazadi. Bu Runining 2005 yili 20 yoshiga qadar qayd etgan mahsuldorlik ko‘rsatkichini yaxshilashingiz uchun ajoyib imkoniyatdir... 

- Albatta, Runi rekordini yangilashdan umidvorman. Har holda, bunga harakat qilishim tabiiy. 

- Sentyabr oyida «Nyukasl» darvozasiga 3ta gol urdingiz va shundan ko‘p o‘tmay, jarohatlanib, safdan chiqdingiz. Aks holda, allaqachon Runidan o‘zib ketarmidingiz...

- Bilmadim, lekin tig‘iz pallada chetda qolganimdan qattiq siqildim. Ayniqsa, jarohat xronologiyasini o‘ylasam, o‘zimdan xafa bo‘lib ketaman. Chunki avvaliga arzimas jarohatga yo‘liqdim va tezda qaytib, yana safdan chiqdim. Balki shoshilmaslik kerakmidi? Lekin bu taqdir, undan esa qochib qutulolmaysiz. Muhimi, hozir yaxshi holatdaman.

- «Qarg‘alar»ga qarshi o‘yindagi «xet-trik» obro‘ngizni ancha oshirdi. Ya’ni ko‘plab mutaxassislar sizni maqtashga tushishdi, jumladan, afsonaviy Alan Shirer o‘yiningizga yuqori baho berdi. Irlandiyada esa sizni ancha oldin milliy jamoa kelajagi sifatida ta’riflay boshlagandilar. Bunday maqtovlar qo‘shimcha bosim yuklamayaptimi?

- Yo‘q. Har holda, qandaydir bosimni yaqqol his qilmayapman. Aksincha, Shirer kabi afsonalarning maqtovi yosh futbolchini ruhan tetiklashtiradi. Axir tanqiddan maqtov yaxshi-ku, baribir. Shunday ekan, e’tirof uncha yomon emas, faqat ularga berilib ketmaslik talab etiladi. Zero, barchasi shunchaki, baho. Siz maydonda mahoratingizni ko‘rsatasiz, chetdagilar esa fikr bildirishadi. Xullas, hamma o‘z bahosini beradi, ularni qanday qabul qilish esa har bir futbolchining o‘zigagina bog‘liq. Irlandiyada menga katta umid bog‘layotganlariga kelsak, bundan chinakamiga g‘ururlanaman. Agar mamlakatim bosh jamoasida ishonchni oqlay olsam, bu dunyoda mendan baxtiyorroq odam topilmaydi. Hozir bizda yosh va salohiyatli tarkib bor, umid qilamanki, jamoamiz hali ancha kuchayadi. Bir necha yil ichida Irlandiya futbolining katta turnirlarga qaytishiga ham ishonaman, albatta.

- Evan, «Brayton» joriy mavsum YELda ham ishtirok etyapti. Zich taqvim og‘irlik qilmayaptimi?

- Ha, o‘yinlar orasida tiklanish uchun vaqt kam, lekin yevrokuboklardagi ishtirokdan shunchaki, zavqlanyapman. Qolaversa, futbolchi uchun doimiy bandlik ayni muddao. Binobarin, har bir o‘yin - yangi tajriba. Jamoa shunday tajribalar ortidan shakl­lanib boradi, futbolchilar ham, albatta.

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:45, 16.11.2023. O'qildi: 1047 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик