Bugun 3 may, 2026 yil, yakshanba.

  • APL
      • 02.05.2026 00:00
      • Lids
      • 3:1
      • Byornli
      • 02.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • 1:1
      • Sanderlend
      • 02.05.2026 19:00
      • Brentford
      • 3:0
      • Vest Xem
      • 02.05.2026 19:00
      • Nyukasl
      • 3:1
      • Brayton
      • 02.05.2026 21:30
      • Arsenal
      • 3:0
      • Fulhem
      • 03.05.2026 18:00
      • Bornmut
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 03.05.2026 19:30
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Liverpul
      • 03.05.2026 23:00
      • Aston Villa
      • -:-
      • Tottenhem
      • 04.05.2026 19:00
      • Chelsi
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 05.05.2026 00:00
      • Everton
      • -:-
      • Manchester Siti
  • La-liga
      • 02.05.2026 00:00
      • Jirona
      • 0:1
      • Malyorka
      • 02.05.2026 17:00
      • Vilyarreal
      • 5:1
      • Levante
      • 02.05.2026 19:15
      • Valensiya
      • 0:2
      • Atletiko
      • 02.05.2026 21:30
      • Alaves
      • 2:4
      • Atletik Bilbao
      • 03.05.2026 00:00
      • Osasuna
      • 1:2
      • Barselona
      • 03.05.2026 17:00
      • Selta
      • -:-
      • Elche
      • 03.05.2026 19:15
      • Xetafe
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 03.05.2026 21:30
      • Betis
      • -:-
      • Real Ovyedo
      • 04.05.2026 00:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Real Madrid
      • 05.05.2026 00:00
      • Sevilya
      • -:-
      • Real Sosyedad
  • «A» Seriya
      • 02.05.2026 18:00
      • Udineze
      • 2:0
      • Torino
      • 02.05.2026 21:00
      • Komo
      • 0:0
      • Napoli
      • 02.05.2026 23:45
      • Atalanta
      • 0:0
      • Jenoa
      • 03.05.2026 15:30
      • Bolonya
      • -:-
      • Kalyari
      • 03.05.2026 18:00
      • Sassuolo
      • -:-
      • Milan
      • 03.05.2026 21:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Verona
      • 03.05.2026 23:45
      • Inter
      • -:-
      • Parma
      • 04.05.2026 21:30
      • Cremonese
      • -:-
      • Lasio
      • 04.05.2026 23:45
      • Roma
      • -:-
      • Fiorentina
  • Superliga
      • 02.05.2026 19:00
      • Dinamo
      • 3:1
      • Mash’al
      • 02.05.2026 19:00
      • Buxoro
      • 2:1
      • So‘g‘diyona
      • 03.05.2026 17:00
      • OKMK
      • -:-
      • Neftchi
      • 03.05.2026 18:00
      • Qo‘qon-1912
      • -:-
      • Bunyodkor
      • 03.05.2026 19:15
      • Surxon
      • -:-
      • Paxtakor
      • 04.05.2026 19:00
      • Xorazm
      • -:-
      • Andijon
      • 04.05.2026 19:00
      • Lokomotiv
      • -:-
      • Qizilqum
      • 04.05.2026 20:00
      • Nasaf
      • -:-
      • Navbahor
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 10 27
2 Paxtakor 10 25
3 Buxoro 11 20
4 Bunyodkor 10 19
5 Navbahor 10 19
6 OKMK 10 15
7 Lokomotiv 10 14
8 Nasaf 10 13
9 Qizilqum 10 13
10 Xorazm 10 13
11 Andijon 10 13
12 Dinamo 11 11
13 Surxon 10 11
14 So‘g‘diyona 11 9
15 Qo‘qon-1912 10 8
16 Mash’al 11 0

O'tgan o'yinlar.

11-тур Dinamo 3-1 Mash’al
11-тур Buxoro 2-1 So‘g‘diyona

Navbatdagi o'yinlar.

03/05/26 OKMK - Neftchi
03/05/26 Qo‘qon-1912 - Bunyodkor
03/05/26 Surxon - Paxtakor
04/05/26 Xorazm - Andijon
04/05/26 Lokomotiv - Qizilqum
04/05/26 Nasaf - Navbahor

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Chelsi»da hali hammasi tugamadi. «Jarlik»dan chiqishga imkon bor

Baho:
+ | -
YEVROPA / Klublar / Yangiliklar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Quyida yangi murabbiy boshchiligidagi «ko‘klar»ning istiqbollarini baholaymiz.

O‘tgan mavsum «Chelsi» uchun falokat bilan yakunlandi. Liga turnir jadvalidagi 12-o‘rin jamoaga katta mablag‘ sarflagan rahbarlar uchun kutilgan natija emas. «Ko‘klar» yoshlarni tartib-intizomga solish va umuman vaziyatni yaxshilash maqsadida Maurisio Pochettinoni olib kelishdi. Umuman olganda, kartina unchalik o‘zgarmadi. Londonliklar o‘tgan mavsumdan beri o‘z pozisiyalarida unchalik stabil emas va hamon turnir jadvalining o‘rtalarida bormoqda.

«Chelsi»ning milliy chempionatdagi g‘alabalari hamon kam – bor-yo‘g‘i 4. APLning joriy mavsumida «ko‘klar» o‘z maydonida atigi bitta o‘yinda g‘alaba qozonishgan, hattoki, «Luton»ga qarshi o‘yin ham eng ajoyib natija emas. Londonliklar hali ham ko‘p ochko yo‘qotishmoqda. O‘tgan mavsum chempionshipga tushib ketishdan zo‘rg‘a qutulgan «Bornmut» va «Nottingem Forest»dan uchralgan mag‘lubiyatlarni tushuntirish qiyin.

O‘tgan mavsumda «Chelsi» ko‘p jihatdan APLning eng yomon jamoalaridan biri edi. Hozir bunday emas. Pochettino yoshlarini dadil bo‘lishga, yuqori pressingga va hujumga o‘rgatadi. Yuqorida tilga olingan «Manchester Siti»ga qarshi o‘yin ko‘rsatib turibdi, aslida jamoaning kuchi qandayligini. «Stemford Bridj» yoshlari Yevropaning, balki dunyoning eng yaxshi jamoasi qarshisida qo‘l qovushtirib o‘tirmadi. «Siti» darvozasiga 4 ta gol urish - bu katta yutuq. Gvardiola jamoasi 3 yildan ortiq vaqt davomida APL doirasidagi bitta o‘yinda bunchalik ko‘p gol o‘tkazib yubormagan. «Ko‘klar» ham o‘z darvozalaridan 4 ta gol o‘tkazib yuborishdi, ammo bunday qiziqarli o‘yinda masalaning bu tomoniga kim ham e’tibor beradi deysiz.

Londonliklar himoyada hamon katta muammolarga duch kelishmoqda. Ajablanarlisi shundaki, «Chelsi»ning markaziy himoyachilari ichida eng barqarori 39 yoshli Tyago Silva bo‘lib, u shu paytgacha APLning barcha o‘yinlarida maydonga tushgan. «Ko‘klar» Premyer-ligadagi eng yosh jamoaga ega va bu yigitlarga nisbatan braziliyalik juda hurmatga sazovor ko‘rinadi. Qolaversa, Silva Premyer-ligadagi eng yaxshi pas beruvchi futbolchilardan biridir. Shu kungacha u 961 ta uzatmani amalga oshirdi, bu esa ligadagi 4-ko‘rsatkichdir. E’tiborlisi, darhol uning ortida London klubining yana bir himoyachisi - 905 ta golli uzatmaga ega Aksel Disasi turibdi.

Bu ma’lumotlar shundan dalolat beradiki, «Chelsi» himoyachilari hujumlar qurishda faol ishtirok etadilar. Nihoyat, London klubining yosh futbolchilari hammadan qo‘rqishni bas qilib, dadilroq harakat qila boshlashdi. «Chelsi» gollar (21) va to‘plar nisbati (61) bo‘yicha Premyer-liga klublari ichida o‘ntalikka kirgan. Pochettino mavsum boshida qiynalgan Nikolas Jeksonni yaxshilashga harakat qildi. Senegallik futbolchi hozirda Premyer-liganing eng yaxshi o‘nta to‘puraridan biri (6 gol) va ligada 3-o‘rinni egallab turibdi (16 ta gol).

Jekson qisqa vaqt ichida juda ko‘p o‘sdi. Yaqin vaqtgacha u to‘qqizta o‘yinda atigi 2 ta gol urgandi. So‘nggi ikki o‘yinda uning hisobida 4 ta gol bor. Senegallik «Tottenxem»ga qarshi o‘yinda xet-trik qayd etgan bo‘lsa, «Manchester Siti»ga qarshi o‘yinda gol urdi va u jasoratli bo‘lgan yagona futbolchi emas edi. Mixail Mudrik asta-sekin jamoaga qo‘shila boshladi. U hali ham jamoaga unchalik katta ta’sir o‘tkazmayapti (Premyer-liganing joriy mavsumida 2 ta gol), lekin u baribir o‘zining tezkorligi bilan jamoaga kerakli kadr bo‘lib kelmoqda, bu esa ba’zida noaniq zarbalar yoki xavfli paslarni yuvib yuboradi. 

«Chelsi» «Manchester Siti»dan 47 million yevroga sotib olgan Koul Palmerni ham alohida ta’kidlashimiz kerak. «Shaharliklar» tarbiyalanuvchisi London klubida xuddi o‘z uyidagidek o‘ynay boshladi. Palmer juda yaxshi ko‘rinmoqda. U «ko‘klar» bilan dastlabki 4 ta o‘yinni golsiz o‘tkazgan, shundan so‘ng «Byornli», «Arsenal», «Tottenxem» va «Manchester Siti»ga gol urgan. Uning o‘z jamoasiga qarshi o‘yinda hisobni tenglashtirish uchun penaltini sovuqqonlik bilan amalga oshirishi ajoyib bo‘ldi. Palmer hamma narsani to‘g‘ri qildi - u treblni qo‘lga kiritdi va o‘zi markaziy figura bo‘lishi uchun boshqa loyihani tanladi.

«Chelsi» hujumda ancha dadilroq bo‘lmoqda. O‘tgan mavsumda «ko‘klar» har bir uchrashuvda o‘rtacha 12,74 marta zarba bergan bo‘lsa, joriy mavsumda bu ko‘rsatkich o‘rtacha 14,42 tani tashkil etdi. Shulardan 4,18 tasi avval nishonga aniq borgan bo‘lsa, hozir bu ko‘rsatkich – 5,08 ta. Londonliklar to‘pga ko‘proq raqib jarima maydonchasida tegishni boshladilar (27.08/35.25). Bundan tashqari, «Chelsi» ko‘proq gol urdi - o‘tgan mavsumdagi 1,00 bilan solishtirganda har bir o‘yinda o‘rtacha 1,75 golga raqamlar o‘sdi, jamoaning kutilgan gollar darajasi esa 90 daqiqada 1,32 dan 2,13 gacha ko‘tarildi. Ketma-ket bir necha mavsum Bundesliganing eng yaxshi to‘purarlaridan biri bo‘lgan Kristofer Nkunku esa hali to‘liq o‘z vazifasiga qaytgani yo‘q.

Barcha muammolarga qaramay, «ko‘klar» tez rivojlanmoqda. Joriy mavsumda ular «katta oltilik» jamoalariga qarshi 4ta o‘yin o‘tkazishdi va hech kimga yutqazishmadi. Londonliklar «Liverpul», «Arsenal» va «Manchester Siti» bilan durang o‘ynagan, «Tottenxem» ustidan g‘alaba qozongan. Bunday bahslarda jamoa xarakteri kuchaydi, mag‘lubiyatning yo‘qligi esa ruhiyatni yanada mustahkamlaydi. Yana bir jihati shundaki, «Chelsi»ga barqarorlik yetishmayapti. Jamoa «Arsenal»dan ochko olib, «Brentford»dan ikkita javobsiz gol o‘tkazib yuborishi mumkin. Ko‘rinib turibdiki, «ko‘klar»ga tajriba yetishmaydi, ammo bu jamoada hozir shijoat ham kam.

«Chelsi»ga o‘tgandan so‘ng Pochettino asosiy vazifalardan biri sifatida jamoada to‘g‘ri mentalitetni shakllantirish kerakligini aytdi. Frenk Lempard klub afsonasi kabi harakat qildi, ammo bunga erisha olmadi. Argentinalik murabbiy yaxshiroq ish qilyapti, lekin hali ko‘p ishlashi kerak. «Ko‘klar» himoyada eng zo‘rlardan emas va darvozabonning o‘yini ko‘pincha xotirjamlikdan yiroqdir. Chempionlar ligasiga qaytish hozir imkonsiz vazifadek ko‘rinadi, ammo londonliklar bu maqsadni yodda tutishlari kerak. Pochettino to‘g‘ri aytadi, bu jamoada katta imkoniyatlar bor, lekin buni amalga oshirish kerak. Aks holda, kechagi kabi «Nyukasl»dan uchralgan yirik hisobdagi mag‘lubiyatlar ko‘payib boraveradi. 

Kiritildi: 11:24, 26.11.2023. O'qildi: 1466 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Agar Eybar va Vilyarreal shaharlari aholisini qo'shib "Kamp Nou"ga joylashtirsa, stadionda yana 20 mingdan ortiq bo'sh joy qoladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 7
2 Пахтакор Doston Hamdamov 6
3 Сурхон Chinedu Stefan 6
4 Нефтчи Stipe Perisa 5
5 Бухоро Sherzod Esanov 5
6 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 5
7 ОКМК Nodirbek Abdurazzoqov 4
8 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 4
9 Нефтчи Zoran Marushich 4
10 Динамо Azizbek Amonov 4

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик