Bugun 17 oktyabr, 2025 yil, juma.

  • Superliga
      • 16.10.2025 19:30
      • Nasaf
      • 3:0
      • Qo‘qon-1912
      • 17.10.2025 17:00
      • Mash’al
      • -:-
      • Xorazm
      • 17.10.2025 18:30
      • Andijon
      • -:-
      • Sho‘rtan
      • 17.10.2025 19:15
      • So‘g‘diyona
      • -:-
      • Surxon
      • 18.10.2025 16:30
      • Navbahor
      • -:-
      • Bunyodkor
      • 18.10.2025 19:15
      • Dinamo
      • -:-
      • Buxoro
  • La-liga
      • 18.10.2025 00:00
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Espanyol
      • 18.10.2025 17:00
      • Sevilya
      • -:-
      • Malyorka
      • 18.10.2025 19:15
      • Barselona
      • -:-
      • Jirona
      • 18.10.2025 21:30
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Betis
      • 19.10.2025 00:00
      • Atletiko
      • -:-
      • Osasuna
  • APL
      • 18.10.2025 16:30
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Chelsi
      • 18.10.2025 19:00
      • Brayton
      • -:-
      • Nyukasl
      • 18.10.2025 19:00
      • Byornli
      • -:-
      • Lids
      • 18.10.2025 19:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Bornmut
      • 18.10.2025 19:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Everton
      • 18.10.2025 19:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 18.10.2025 21:30
      • Fulhem
      • -:-
      • Arsenal
  • «A» Seriya
      • 18.10.2025 18:00
      • Lechche
      • -:-
      • Sassuolo
      • 18.10.2025 18:00
      • Piza
      • -:-
      • Verona
      • 18.10.2025 21:00
      • Torino
      • -:-
      • Napoli
      • 18.10.2025 23:45
      • Roma
      • -:-
      • Inter
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 25 56
2 Neftchi 24 51
3 Paxtakor 24 46
4 Dinamo 23 44
5 OKMK 24 40
6 Bunyodkor 24 40
7 Navbahor 24 37
8 Qizilqum 24 29
9 So‘g‘diyona 24 28
10 Qo‘qon-1912 25 26
11 Andijon 23 25
12 Surxon 24 25
13 Mash’al 24 23
14 Xorazm 24 21
15 Buxoro 24 21
16 Sho‘rtan 24 12

O'tgan o'yinlar.

25-тур Nasaf 3-0 Qo‘qon-1912

Navbatdagi o'yinlar.

17/10/25 Mash’al - Xorazm
17/10/25 Andijon - Sho‘rtan
17/10/25 So‘g‘diyona - Surxon
18/10/25 Navbahor - Bunyodkor
18/10/25 Dinamo - Buxoro
19/10/25 Paxtakor - Qizilqum
19/10/25 Neftchi - OKMK

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 6594 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2645 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 17.10.2025

      05:00 "Непобедимый".
      05:25 LIVE Чемпионат Бразилии. "Флуминенсе" - "Жувентуде". Прямая трансляция.
      07:30 "Всё о главном". Дмитрий Гунько.
      08:00 Чемпионат Бразилии. "Атлетико Минейро" - "Крузейро".
      10:00 Чемпионат Бразилии. "Гремио" - "Сан-Паулу".
      12:00 Чемпионат Бразилии. "Флуминенсе" - "Жувентуде".
      14:00 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Ред Булл Брагантино".
      16:00 Чемпионат Бразилии. "Гремио" - "Сан-Паулу".
      18:00 Чемпионат Бразилии. "Флуминенсе" - "Жувентуде".
      20:00 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Бешикташ".
      22:00 Чемпионат Бразилии. "Гремио" - "Сан-Паулу".
      00:00 Чемпионат Бразилии. "Флуминенсе" - "Жувентуде".
      02:00 Чемпионат Бразилии. "Атлетико Минейро" - "Крузейро".
      04:00 Чемпионат Бразилии. "Ботафого" - "Фламенго".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 17.10.2025

      05:05 Водно-моторный спорт. Формула-1. Гран-при Китая. Гонка.
      06:00 Д/ф "Куртуа. Возвращение", 4 с.
      06:40 Московские экстремальные игры 2025.
      07:30 "Непобедимый".
      08:00 Самбо. Кубок мира. Финальный этап в Душанбе, Таджикистан. День 2.
      09:00 Дзюдо. Fonbet Чемпионат России в Екатеринбурге. День 1.
      10:55 Академическая гребля. Чемпионат мира в Китае.
      13:00 "Формула-1. Гаснут огни".
      13:30 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Финальный этап на автодроме "Крепость Грозная". Туринг-лайт. Гонка 2.
      14:30 Автоспорт. Чемпионат России. Финальный этап на автодроме "Крепость Грозная". SMP Formula 4. Гонка 3.
      15:30 "Команда мечты".
      16:00 Водно-моторный спорт. Формула-1. Гран-при Китая. Спринт. Гонка 1.
      16:25 Водно-моторный спорт. Формула-1. Гран-при Китая. Спринт. Гонка 2.
      16:50 Водно-моторный спорт. Формула-1. Гран-при Китая. Гонка.
      17:45 Д/ф "Роковая партия".
      19:15 "Страна спортивная".
      19:30 "Непобедимый".
      20:00 Дзюдо. Fonbet Чемпионат России в Екатеринбурге. День 2.
      21:40 Боулинг. BetBoom Кубок КЛБ. Про-тур 7 в Краснодаре, Россия.
      23:40 Д/ф "Светлана Журова. Бег к победе".
      00:20 Самбо. Кубок мира. Финальный этап в Душанбе, Таджикистан. День 2.
      01:25 "Команда мечты".
      01:55 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Финальный этап на автодроме "Крепость Грозная". Туринг-лайт. Гонка 2.
      02:55 Автоспорт. Чемпионат России. Финальный этап на автодроме "Крепость Грозная". SMP Formula 4. Гонка 3.
      03:55 LIVE Плавание. Кубок мира. Этап 2 в Вестмонте, США. Прямая трансляция.
  • MATCH-TV
    • Sana: 17.10.2025

      06:00 Новости.
      06:05 Дзюдо. Fonbet Чемпионат России в Екатеринбурге. День 1.
      08:00 "Тайны звёзд спорта".
      08:30 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Финальный этап на автодроме "Крепость Грозная".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 "Небесная грация".
      11:25 "Эволюция спорта".
      12:30 Бокс голыми кулаками. Bare Knuckle FC 70 в Холливуде, США. Луис Паломино против Ховарда Дэвиса.
      13:35 Все на Матч! Прямой эфир.
      14:35 "Лица страны". Дарья Шмелёва.
      14:55 Новости.
      15:00 Есть тема! Прямой эфир.
      16:25 "Век нашего спорта". "1920 - 1925 гг.".
      16:55 "Тайны звёзд спорта".
      17:25 Новости.
      17:30 LIVE Смешанные единоборства. ONE FC "Friday Fights 129" в Бангкоке, Таиланд. Прямая трансляция.
      20:45 LIVE Хоккей. ФОНБЕТ Чемпионат КХЛ. "Торпедо" (Нижний Новгород) - ЦСКА (Москва). Прямая трансляция.
      23:30 LIVE Смешанные единоборства. Ural FC х Ozon в Каспийске, Россия. Прямая трансляция.
      01:45 Все на Матч! Прямой эфир.
      03:00 "Эволюция спорта".
      04:00 Д/ф "Бобби Робсон. Больше, чем тренер".
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 17.10.2025

      06:00 Снукер. Shanghai Masters в Китае. Финал.
      07:30 Велоспорт. Тур Ломбардии в Италии.
      08:30 Велоспорт. Тур Нидерландов. Этап 2. Индивидуальная гонка с раздельным стартом.
      09:30 Снукер. Shanghai Masters в Китае. Финал.
      11:30 Велоспорт. Тур Ломбардии в Италии.
      12:30 Велоспорт. Тур Нидерландов. Этап 2. Индивидуальная гонка с раздельным стартом.
      13:30 Снукер. Shanghai Masters в Китае. Финал.
      15:30 Маунтинбайк. Кубок мира. Финальный этап в Мон-Сент-Анне, Канада. Мужчины. Даунхилл.
      16:00 Велоспорт. Тур Нидерландов. Этап 2. Индивидуальная гонка с раздельным стартом.
      16:50 LIVE Велоспорт. Тур Нидерландов. Этап 3. Прямая трансляция.
      19:00 Маунтинбайк. Кубок мира. Финальный этап в Мон-Сент-Анне, Канада. Женщины. Олимпийский кросс-кантри.
      19:45 Маунтинбайк. Кубок мира. Финальный этап в Мон-Сент-Анне, Канада. Мужчины. Олимпийский кросс-кантри.
      20:30 Снукер. Shanghai Masters в Китае. Финал.
      22:00 Трейлраннинг. Golden Trail World Series. Финал. Ledro Sky Trentino в долине Ледро, Италия. Женщины.
      22:30 Трейлраннинг. Golden Trail World Series. Финал. Ledro Sky Trentino в долине Ледро, Италия. Мужчины.
      23:00 Велоспорт. Тур Нидерландов. Этап 3.
      00:00 Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. Финал.
      02:00 Велоспорт. Тур Нидерландов. Этап 3.
      03:00 Снукер. Shanghai Masters в Китае. Финал.
      04:30 Велоспорт. Тур Нидерландов. Этап 3.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Vunderkindlar: Raymon Kopa sovriniga talabgor

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

2011 yili «PSJ» aksiyalarining 70 foizi qatarlik sarmoyadorlar guruhi tasarrufiga o‘tgandi.

Oradan 10 yil o‘tgach, Liga 1 grandi dunyoning eng qimmatbaho klublari ro‘yxatida yuqori 10talikka kirdi. Devid Bekxem, Zlatan Ibragimovich, Neymar, Kilian Mbappe va Lionel Messining transferi nafaqat Parij klubining o‘zi, balki akademiyasining gurkirab yashnashiga turtki berdi. Hozirda «PSJ» Fransiyadagi yetakchi iqtidor chashmalaridan birining egasidir. Yosh iste’dodlarni tarbiyalash bobida ulkan tajriba to‘plagan Luish Kampushning Parijda ish boshlagani esa, bu borada asosiy muvaffaqiyatlar hali oldinda ekanligini anglatadi.

Boshlanish chizig‘i

Aynan 2011 yili Parij yaqinidagi «Obervilye» akademiyasi 4 yoshli Uorren Zair-Emerini qabul qilgandi. Tabiiyki, bolakay o‘sha pallada o‘z kelajagidan mutlaqo bexabar bo‘lgan, qolaversa, «PSJ»ning qanday kurs bo‘­yicha harakatlanishi ham ma’lum emasdi. Amalda Zair-Emeri 12 yildan keyin CHLda «Bavariya»ga qarshi kechgan bahsda maydonga tushib, nufuzli turnir tarixida «pley-off» bosqichining eng yosh debyutanti (16 yoshu 343 kun)ga aylandi. Kuzda esa 17 yoshga to‘lgan Uorren «PSJ»ning boshlang‘ich tarkibidan joy oldi. Aqlga sig‘mas taraqqiyot! Zair-Emeri hozirning o‘zida Liga 1dagi eng qimmatbaho futbolchilari ro‘yxatida tobora yuqoriga intilmoqda. U hattoki, Lionel Messi va Neymardek megayulduzlarni ham qoyil qoldirishga ulgurdi. Xalqaro tanaffusdan oldin oxirgi 5ta o‘yinda 2ta gol va 4ta samarali uzatma muallifiga aylangan vunderkindga faqat xalqaro e’tirof yetishmayapti - Raymon Kopa yoki Golden Boy sovrini. Lekin bu yaqin yillarda hal bo‘ladigan masaladek.

 

Uorren va «PSJ» -  samimiy muhabbat tarixi

Millionlar o‘yiniga bog‘liq ilk saboqlarni sobiq futbolchi va murabbiy bo‘lmish otasi Frank Emeridan olgan, mash­g‘ulotlar jarayonida hatto o‘zidan kattaroq bolakaylarga namuna ko‘rsatgan Uorren 8 yoshidayoq Parijni zabt etishga chog‘landi. Muhimi, u xuddi Obervilyeda bo‘lgani kabi poytaxtda ham muhitga o‘ta osonlik bilan moslashib, darhol yetakchilikni qo‘lga oldi. Deylik, 14 yoshida U-17, keyingi yili U-19 jamoasi tarkibida maydonga tushib, klub rekordini yangiladi. To‘g‘ri, jussasi kichikligi boismi, Uorren avvaliga biroz qiynaldi, lekin tez orada muskullari quvvatlangach, o‘ng qanotda tayanch yarim himoyachi pozisiyasida ishonchli to‘p sura boshladi. Zair-Emerining tobora yorqinroq o‘yin ko‘rsatishga tushganidan otasi ham biroz lol qolgandi: «O‘g‘limning yuksak iqtidoriga hech qachon shubha bilan qaramagan bo‘lsamda, 15 yoshida U-19 jamoasida o‘zidan ancha katta yigitlardan o‘zib ketgani hayratimni oshirdi. Deylik, tez-tez ajo­yib reydlarni amalga oshirishi bilan nazarga tushdi».

Ne-ne orzu-havaslar bilan poytaxtga yo‘l olgan yosh iqtidorning xursandchiligi muxlislar quvonchi bilan uyg‘unlashib ketganini ko‘rish juda yoqimli. «PSJ» sentyabr oyi­da «Marsel»ni yirik hisobda dog‘da qoldirgach, Uorren o‘z futbolkasini sovg‘a qilish niyatida tribuna tomon yugurdi. Shu payt muxlislar yetakchisi unga megafon uzatib, qo‘shiq kuylab berishini iltimos qildi. «O‘sha lahzada o‘zimni o‘ta mag‘rur his etgandim», - dedi yosh futbolchi keyinchalik. Endi klub rahbariyati ham noyob vunderkind­ni munosib rag‘batlantirish niyatida. Har holda, Uorren uchun uzoq muddatli yangi shart­noma tayyorlanayotgani haqida xabarlar bor. Insayder Fabrisio Romanoning yozishicha, unda xavbekning maoshi ham sezilarli darajada oshiriladi. Boshqa bir ma’lumotga binoan, «PSJ» rahbariyati aynan Zair-Emeri tufayli Jud Bellingemni xarid qilish imkoniyatidan voz kechdi. Chunki klubda Uorren yaqin kelajakda angliyalik iqtidordan o‘zib ketishiga ishonishmoqda. Ayni holatda futbolchi va jamoa o‘rtasida o‘ta ajoyib mutanosiblik bor. «Butun faoliyatimni «PSJ»da o‘tkazishni xohlayman. Ertalab mashg‘ulotga kelaman, tushdan keyin o‘qishga boraman. Kechqurun - o‘yin. Naqadar ajoyib» - Uorren jahon futboli yulduzlari Lionel Messi, Kilian Mbappe va Neymar bilan yonma-yon o‘tgan kunlarni shunday ta’riflagandi. Muhimi, yosh futbolchi bilim olishga sira panja ortidan qaramaydi. Deylik, aytishlaricha, akademiyaga yo‘l olgan payt avtomobil ichida ko‘pincha darsga tayyorlanadi. «Futbolchi maydonda ham, uning tashqarisida ham o‘zini talab darajasida tutishi shart. Shunday ekan, maktab men uchun juda muhim, yakunda bakalavr darajasini olishdan umidvorman», - deydi Uorren bu masalada. Vunderkind chindan ham, o‘zini munosib tutish, nuqsonlarni chetlab o‘tishga urinadi va bor kuchini rivojlanishga sarflaydi. «PSJ» himoyachisi Pres­nel Kimpembe bejiz uni charchash nimaligini bilmaydigan robotga qiyoslamagandi. Chunki Uorren jamoaviy mashg‘ulotdan keyin hamisha qo‘shimcha tarzda shug‘ullanadi. 

 

Zair-Emeri zaif  jihatlardan xoli

Uorrenning «PSJ»dagi yorqin debyutiga tayyorgarlik yig‘inlari va avvalgi mavsumda qayd etgan shiddati yordam bergani tayin. Raqamlarda aytsak, yigitcha o‘smirlar o‘rtasidagi YECHLning har bir o‘yi­nida o‘rtacha hisobda 5 martadan raqib uzatmasini «ilib» olgan, «Gol+pas» tizimida «1+2» natijasiga erishgan va to‘p uzatish aniqligi bo‘yicha 90 foizdan baland ko‘rsatkich qayd etgandi. Qolaversa, may oyida U-17 belgisi ostidagi Yevropa chempionatida porlab, g‘alaba nashidasini surdi. Jumladan, Portugaliya o‘smirlar termasiga qarshi kechgan yarim final bahsida 30 metr uzoqlikdan chiroyli gol urdi. Aytgancha, Uorren 15 yoshidayoq Maurisio Pochettino nazariga tushgan va argentinalik mutaxassis bolakayni «PSJ»ning asosiy jamoasiga jalb qilgandi. To‘g‘ri, debyuti Kristof Galtye davriga to‘g‘ri keldi, ya’ni yigitcha biroz kutishga majbur bo‘ldi. Nihoyat, 16 yoshu 151 kunligida Liga 1 1-turidan o‘rin olgan «Klermon»ga qarshi o‘yinda zaxiradan maydonga tushdi. U shu tariqa «PSJ» tarixida rasmiy uchrashuvda qatnashgan eng yosh futbolchi bo‘ldi. Uorren debyutdan keyin yana 2ta o‘yinda atigi 2 daqiqadan harakatlandi. Adolat yuzasidan aytish kerak, uning ko‘proq va tez-tez maydonga tushishiga asosiy futbolchilarning birin-ketin jarohatlanishgani ham yo‘l ochdi. Oxir-oqibat, yigitcha «Bavariya»ga qarshi kechgan CHL «pley-off» o‘yinida «PSJ»ning boshlang‘ich tarkibiga kirib, o‘ng qanot yarim himoyachisi pozisiyasini egalladi. O‘yin boshlanishi bilan esa maydonda keng hudud bo‘ylab harakatlanib, himoya va hujum chizig‘ini o‘zaro bog‘lab turdi. Uchrashuv ritmiga ozgina moslashib olganidan so‘ng asosiy ustun jihatini ishga solib, to‘p bilan chiroyli reydlar uyushtira boshladi. Avvaliga 17 yoshli bolakayni osongina cho‘chitish, qisib qo‘yish va to‘pni undan olib qo‘yish mumkindek tuyuldi. Amalda Uorren maydonda esankirab qolmadi, asosiy ustunligidan to‘g‘ri foydalandi va oyog‘ida mus­tahkam turdi. Xullas, «Bavariya» vakillari yigitchani to‘xtatish yoki yiqitish oson emasligini tezda tushunishdi. Fransiya U-21 terma jamoasi murabbiyi, mashhur Tyerri Anri e’tirofiga e’tibor qarating: «Uorrenni anchadan buyon kuzatib kelyapman. Fransiya futbolida o‘yinni tushunish bobida bir-biridan o‘zib ketadigan yigitlar juda ko‘p. Lekin Zair-Emeridek jismoniy to‘qnashuvlarga tayyor yosh futbolchi juda kam». 

«PSJ» boshqaruviga Luis Enrikening kelishi iqtidorli futbolchining uzatmalar aniqligi va o‘yinni his etish bobida yanada yaxshilanishiga ijobiy turtki berdi. Chunonchi, Kristof Galtye asosan yigitchaning jismoniy qobiliyatidan unumli foydalanishni ko‘zlagan bo‘lsa, ispaniyalik mutaxassis uslubi bo‘yicha to‘pni olis masofaga aniq uzatish imkoniyati bor joyda yugurish shart emas - bu mutlaqo o‘zgacha futbol. Mana, yangi uslub samarasi - Zair-Emeri assistent rolini ham risoladagidek ado etishga tushdi. Xo‘sh, Enrikening o‘zi qanday fikrda? «Uorren 17 emas, 37 yoshdadek. Bu yerda shunday iqtidorga ega bo‘lish - men uchun ulkan omad. Zair-Emeri akademiyadan chiqqan futbolchilarga mukammal namunadir. Juda kamtar yigit, tinim bilmay ishlaydi, juda aqlli» - ispaniyalik mutaxassisdan ajoyib ta’rif.

 

Navbatdagi bekat - Fransiya milliy jamoasi

Uorren Zair-Emeri noyabr oyidagi FIFA kunlari Fransiya milliy jamoasini ham zabt etdi qaysidir ma’noda. Bunga qadar Tyerri Anri boshqaruvidagi U-21 jamoasida to‘p surgan «PSJ» javohiri 18 noyabr kuni Yevro-2024 saralash bosqichidan o‘rin olgan Gibraltar termasiga qarshi o‘yinda ilk daqiqalardan harakatlana boshladi. Faqat debyut biroz ko‘ngilxiralikka ulandi - Uorren 20-daqiqadayoq jarohatlanib, o‘z o‘rnini zaxira vakiliga bo‘shatib berdi. Asosiysi, u bunga qadar milliy jamoadagi gollari hisobini ochishga ulgurdi. Yakunda fransiyaliklar 14:0 hisobida g‘alaba qozonib, bir qator rekord­larni yangilagan bo‘lsalar, Zair-Emeri ham alohida natijadan quruq qolmadi. Ya’ni oxirgi 109 yil badaliga Fransiya milliy jamoasi safida maydonga tushgan va gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi. U o‘yin vaqti 17 yosh 8 oy 11 kunlik edi. Nima bo‘lishidan qat’iy nazar, Didye Desham endi yarim himoyachini ko‘zdan qochirmaydi aslo. 

S.RAHMONOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:55, 03.12.2023. O'qildi: 1241 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu 15 yoshida yuragidagi muammolar sabab og'ir operasiyani boshidan kechirgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 16
2 Насаф Husayn Norchayev 14
3 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 13
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 10
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 8
6 Бунёдкор Luis Kachorri 8
7 ОКМК Xurshid G‘iyosov 8
8 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 8
9 Машъал Humoyun Murtazoyev 7
10 Бунёдкор Temurxo‘ja Abduxoliqov 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.