Bugun 1 may, 2026 yil, juma.

  • «A» Seriya
      • 01.05.2026 23:45
      • Piza
      • -:-
      • Lechche
      • 02.05.2026 18:00
      • Udineze
      • -:-
      • Torino
      • 02.05.2026 21:00
      • Komo
      • -:-
      • Napoli
      • 02.05.2026 23:45
      • Atalanta
      • -:-
      • Jenoa
  • APL
      • 02.05.2026 00:00
      • Lids
      • -:-
      • Byornli
      • 02.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Sanderlend
      • 02.05.2026 19:00
      • Brentford
      • -:-
      • Vest Xem
      • 02.05.2026 19:00
      • Nyukasl
      • -:-
      • Brayton
      • 02.05.2026 21:30
      • Arsenal
      • -:-
      • Fulhem
  • La-liga
      • 02.05.2026 00:00
      • Jirona
      • -:-
      • Malyorka
      • 02.05.2026 17:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Levante
      • 02.05.2026 19:15
      • Valensiya
      • -:-
      • Atletiko
      • 02.05.2026 21:30
      • Alaves
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 03.05.2026 00:00
      • Osasuna
      • -:-
      • Barselona
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 10 27
2 Paxtakor 10 25
3 Bunyodkor 10 19
4 Navbahor 10 19
5 Buxoro 10 17
6 OKMK 10 15
7 Lokomotiv 10 14
8 Nasaf 10 13
9 Qizilqum 10 13
10 Xorazm 10 13
11 Andijon 10 13
12 Surxon 10 11
13 So‘g‘diyona 10 9
14 Dinamo 10 8
15 Qo‘qon-1912 10 8
16 Mash’al 10 0

O'tgan o'yinlar.

10-тур Mash’al 0-1 Buxoro
10-тур OKMK 2-1 Lokomotiv
10-тур Andijon 2-1 Dinamo
10-тур So‘g‘diyona 5-2 Surxon
10-тур Paxtakor 2-2 Nasaf
10-тур Qizilqum 0-0 Xorazm
10-тур Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
10-тур Bunyodkor 2-1 Navbahor

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi murabbiylar kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

Bugun O‘FA rahbariyati terma jamoalarning murabbiylari tomonidan amalga oshirilgan ishlar hisoboti va kelgusi musobaqalarga tayyorgarlik rejalari bilan tanishdi. Yig‘ilish davomida har bir yosh toifasidagi murabbiylar o‘z ishiga zamonaviy, rejali va bugungi kun jahon futboli talablarga mos ravishda yondashishi kerakligi ta’kidlandi. Murabbiylar shtabida doimiy ravishda tahlilchilar, seleksionerlar va to‘liq tibbiy tarkib bo‘lishi talab qilindi.

«2023 yil futbolimiz uchun muvaffaqqiyatli bo‘ldi, tashkiliy ishlarimiz ko‘ngildagidek bajarilgan bo‘lsada, endilikda tahliliy jihatga yanada ko‘proq e’tibor berishimiz zarur. Eng quyi bo‘g‘indan boshlab, har bir jamoalarimizning kuchli va kuchsiz jihatlarini doimiy ravishda tahlil qilib borishimiz shart», dedi O‘FA birinchi vise prezidenti Ravshan Irmatov.

O‘zbekiston U-17 terma jamoasining Jahon chempionatidagi ishtiroki ijobiy baholanib, har bir uchrashuv chuqur tahlil qilindi. O‘z navbatida, o‘smirlar terma jamoalariga o‘yinchilar yetishtirib berishda alohida tizim yo‘lga qo‘yish, bu borada akademiyalarning faoliyatidagi uzviy zanjirni mustahkamlash yuzasidan takliflar bildirildi. Futzal milliy terma jamoasi yangi bosh murabbiyi Xose Venansio bo‘lajak Mundialga ko‘rilayotgan tayyorgarlik borasida ma’lumot berdi.

Ma’lumki, mamlakatimiz 2024 yil mart oyida 20 yoshgacha qizlar o‘rtasidagi Osiyo kubogi, sentyabr-oktyabr oylarida esa futzal bo‘yicha Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Bundan tashqari, sentyabr-oktyabr oylarida O‘zbekiston o‘smirlar va yoshlar terma jamoalari Osiyo kubogi saralash bosqichida ishtirok etadi. Ushbu turnirlarga bosqichma-bosqich munosib tayyorgarlik ko‘rish muhimligi alohida ta’kidlandi.

Yig‘ilishda, shuningdek, bolalar-o‘smirlar va ayollar futbolini rivojlantirish, seleksiya jarayonini yanada kuchaytirish, turnirlarga futbolchilarni nafaqat jismonan, balki kuchli texnik-taktik tayyorlab borish masalalari ham muhokama etildi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 22:57, 11.12.2023. O'qildi: 930 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 7
2 Пахтакор Doston Hamdamov 6
3 Сурхон Chinedu Stefan 6
4 Нефтчи Stipe Perisa 5
5 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 5
6 ОКМК Nodirbek Abdurazzoqov 4
7 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 4
8 Нефтчи Zoran Marushich 4
9 Бухоро Sherzod Esanov 4
10 Пахтакор Flamarion 4

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик