Bugun 3 iyun, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Breaking news: «Metallurg» tarkibini 3 legioner va Malayziyada o‘ynagan o‘zbek futbolchisi bilan jiddiy kuchaytirdi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / PFL klublari / Metallurg
Rukn: Yangiliklar
A A A

Mamlakat XXXIII milliy chempionati arafasida Bekobodning "Metallurg" jamoasi o‘z tarkibini kuchaytirishga jiddiy e’tibor qaratmoqda. Qishki transfer oynasi ochilishi hamono klub rahbariyati to‘rt nafar futbolchi bilan kelishuvga erishdi. Ulardan uch nafari xorijlik, bir nafari esa O‘zbekiston futbolchisidir.

Superliga-2023 mavsumi yakunida "Metallurg" jamoasi bilan shartnoma muddatini yana uch yilga uzaytirgan bosh murabbiy Vesko Steshevich ikki nafar hamyurtini Bekobod klubida o‘ynashga ko‘ndirdi. Ularning har ikkalasi hujumkor futbolchilar ekanligi e’tiborga molik. O‘tgan mavsumni Litvaning "Jalgiris" (Vilnyus) jamoasida o‘tkazgan Marko Milichkovich markaziy hujumchi ampluasida ko‘proq maydonga tushadi. Chernogoriyaning "Arsenal" klubidan kelayotgan Boban Jorjevich esa ko‘proq hujum ortida o‘ynaydi. Jamoaning hujumlarini tashkil etish va imkon tug‘ilishi hamon boshlangan kombinasiyani yakunlashni xush ko‘radigan Boban "Metallurg"ning oldingi chizig‘ini kuchaytirishi kutilyapti.

"Metallurg", shuningdek, o‘zbek futbol ishqibozlariga yaxshi tanish bo‘lgan yarim himoyachi Sirojiddin Qo‘ziyev bilan ham kelishuvga erishdi. "Nasaf", "Mash’al", "Neftchi" klublarida o‘ynagan Sirojiddin Qo‘ziyev o‘tgan yili Malayziyaga yo‘l olgan va "Kuching" jamoasiga o‘tgandi. U mazkur klub bilan birgalikda Malayziya chempionatida kumush medalga sazovor bo‘ldi. Keyingi yildan e’tiboran esa yana Superligaga qaytishga qaror qilgan Qo‘ziyev "Metallurg"dan tushgan taklifga rozilik bildirdi.

Bekobodliklarning himoya chizig‘ida esa tajribali Davronjon Ergashev paydo bo‘layapti. "Bunyodkor" bilan shartnomasi tugab, erkin agentga aylangan tojikistonlik futbolchi ham faoliyatini "Metallurg" bilan bog‘lashga qaror qildi. Shuning barobarida bekobodliklar legioner o‘yinchilar limitidan to‘liq foydalanib bo‘lishganini ham qayd etish lozim.

Yangi o‘yinchilar haqida ma’lumotlar

Boban Jorjevich – 26 yoshda, 1997 yilning 20 fevral sanasida tug‘ilgan.
Tug‘ilgan joyi – Chernogoriya, Xerseg-Novi shahri
Bo‘yi – 188 sm
Vazni – 78 kg
Ampluasi – hujumkor yarim himoyachi

Boban universal o‘yinchi. Yarim himoya markazida jamoa hujumlarini tashkil etish barobarida, hujumlarni yakunlashni xush ko‘radi. Buni uning statistikasida ham ko‘rish mumkin. Futbolchilik faoliyatini “Igalo” jamoasida boshlagan. Birinchi professional jamoasi esa 2019 yili Chernogoriyaning "Grbal" jamoasi bo‘ldi. Keyinchalik o‘z vatanida – "Mornar", "Arsenal" jamoalarida to‘p surdi. 57 ta o‘yinda raqiblar darvozasiga 21 ta gol kiritdi. 8 marta sariq kartochka bilan jazolangan. O‘tgan mavsum xalqaro maydonda - UYEFA Konferensiyalar kubogida 2 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 1 ta gol kiritdi.

Marko Milichkovich – 25 yoshda, 1999 yilning 31 may sanasida tug‘ilgan.
Tug‘ilgan joyi – Chernogoriya, Podgorisa shahri
Bo‘yi – 179 sm
Vazni – 74 kg
Ampluasi – hujumchi

Markoning Bekobodga Litvaning "Jalgiris" (Vilnyus) klubidan kelayapti. Boltiqbo‘yi jamoasiga Marko 2022 yil "Petrovas" futbol klubidan o‘tgandi. Futbolchilik faoliyatini u 17 yoshida Chernogoriyaning "Titograd" jamoasida boshlagan. Keyinchalik "Mladost", "Otrand Olimpik", "Feronikeli" (Albaniya) jamoalarida o‘ynadi.

Chernogoriya U19 (3 o‘yin), U21 (4 o‘yin, 1 gol) terma jamoalariga jalb etilgan. Professional futbolchilik faoliyatida 179 ta uchrashuvda maydonga tushgan, 29 ta gol urgan, 7 marta ogohlantirilgan. Xalqaro maydonda 23 ta o‘yinga to‘p surgan. Litva chempioni, mamlakat kubogi va Superkubogi sohibi.

Sirojiddin Qo‘ziyev – 27 yoshda, 1996 yilning 1 sentyabr sanasida tug‘ilgan.
Tug‘ilgan joyi – Qashqadaryo viloyati
Bo‘yi – 180 sm
Vazni – 73 kg
Ampluasi -  yarim himoyachi

O‘tgan yilgi mavsumni legioner sifatida Malayziyada o‘tkazgan Sirojiddin Qo‘ziyev yana Superligaga qaytdi. Bu safar u Toshkent viloyatining "Metallurg" jamoasida o‘ynashni ixtiyor etdi.

Qashqadaryo futboli tarbiyalanuvchisi 19 yoshidayoq viloyat bosh jamoasi "Nasaf"ga jalb etildi. Debyutini 2016 yili amalga oshirdi. Qarshi jamoasi sharafini uch yil himoya etgach, "Mash’al"ga o‘tdi. 2022 yili esa "Neftchi" safida to‘p surdi. O‘tgan mavsumda Farg‘onadan Malayziyaga - "Kuching" jamoasiga legioner sifatida yo‘l oldi.

Bugungacha 80 ta o‘yinda maydonga tushgan Sirojiddin raqiblar darvozasiga 11 ta gol kiritgan, 8 marta ogohlantirilgan. O‘zbekiston hamda Malayziya vise chempioni, O‘zbekiston kubogi va Superkubogi sohibi.

Davron Ergashev – 35 yoshda, 1988 yilning 19 mart sanasida tug‘ilgan.
Tug‘ilgan joyi – Tojikiston Respublikasi
Bo‘yi – 184  sm
Vazni – 72 kg
Ampluasi – himoyachi

To‘rt karra Tojikiston Respublikasi chempioni, OFK Prezident kubogining ikki karra g‘olibi hisoblangan Davron Ergashev "Bunyodkor"dan "Metallurg"ga o‘tishga qaror qildi.

Faoliyatini "Regar" (Tursunzoda) jamoasida boshlagan Davron Ergashev Tojikistonda "Istiqlol" va "Xo‘jand" jamoalrida o‘ynagan. 2013 yildan legionerga aylangan Davron "Jetisu", "Taraz", "Gabala" jamoalarida to‘p surdi. 2020 yildan esa Davron Ergashev "Bunyodkor"da o‘ynab keldi.

Professional futbolchilik faoliyatida Davron Ergashev 275 ta uchrashuvda maydonga tushgan. 13 ta gol kiritgan. 45 ta sariq kartochka ishlagan.

2008 yildan Tojikiston terma jamoasiga jalb etilmoqda. Milliy terma jamoa tarkibida 53 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urgan.

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 08:05, 24.12.2023. O'qildi: 2732 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик