Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 17 43
2 Real Madrid 17 39
3 Vilyarreal 15 35
4 Atletiko 17 34
5 Espanyol 16 30
6 Betis 16 25
7 Atletik Bilbao 17 23
8 Selta 16 22
9 Sevilya 16 20
10 Xetafe 16 20
11 Elche 16 19
12 Alaves 16 18
13 Rayo Valyekano 16 18
14 Malyorka 16 17
15 Real Sosyedad 16 16
16 Osasuna 16 15
17 Valensiya 16 15
18 Jirona 16 15
19 Real Ovyedo 16 10
20 Levante 15 9

O'tgan o'yinlar.

19-тур Barselona 3-1 Atletiko
19-тур Atletik Bilbao 0-3 Real Madrid

Navbatdagi o'yinlar.

14/12/25 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Qaytadan kashf etilgan qahramon

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

O‘tgan mavsum Madridning «Atletiko»si uchun o‘ta omadsiz kechdi.

Jamoa ichki musobaqalarda barqaror to‘p sura olmadi, YECHLdagi ishtiroki yanada yomonroq bo‘ldi - «Portu» ustidan erishilgan g‘alaba mavsumdagi yagona muvaffaqiyatga aylandi va «Atletiko» oxirgi 5 yil ichida ilk bor yevromavsum bahoridan chetda qoldi. Vaholanki, qur’a «matraschilar»ga anchayin o‘rtamiyona raqiblar - «Portu», «Bayer» va «Bryugge»ni hadya etgandi. Jamoa o‘yinidagi jiddiy pasayish tufayli Diyego Simeonening keyingi faoliyati shubha ostida qola boshladi. Tez orada bosh murabbiy raqiblar uning jamoasiga qarshi qanday o‘ynash kerakligini tushunib yetganliklarini tan oldi. Vaziyatni o‘nglash uchun don Diyego ixtiyorida ikkita variantdan birini tanlash - jamoani tark etish yoki o‘yin uslubini tubdan o‘zgartirish talab etilardi. Murabbiy ikkinchi yo‘lni ma’qul qo‘rdi. Ya’ni, himoyaviy o‘yin uslubidan voz kechib, shogirdlarini hujumkor o‘yinga moslay boshladi. Natijada «Atletiko» mavsumning ikkinchi davrasida tamoman o‘zgacha futbolni namoyish eta boshladi, o‘yinlari shiddatli, mazmunli, eng muhimi, sermahsul ko‘rinish oldi. Murabbiyga ko‘maklashish maqsadida Madridga qaytgan Antuan Grizmann esa yangilangan jamoa­ning qahramonlari safidan joy oldi.

Ha, Antuan anchayin murakkab davrni boshdan kechirib, jiddiy sinovdan o‘tdi. Hammasi u 2019 yil yozida «Barselona»ning 120 mln. yevrolik taklifiga rozilik bildirganidan keyin boshlandi. Chunki u «Atletiko»dan ketmaslikka va’da bergandi. Biroq qimmat bahoda Barselonaga yo‘l olgani hujumchining yangi jamoaga moslashib olishiga imkon bermadi. Qo‘shimchasiga, OAVda kataloniyaliklar Grizmanni risoladagidek kutib olmaganliklari haqidagi xabarlar ko‘payib ketdi. Natijada Antuan ilk mavsumni ancha sust o‘tkazdi: 35ta o‘yinda 9ta gol. Vaholanki, «Real Sosyedad»dagi davridan keyin birorta mavsumda bunchalik past ko‘rsatkichni qayd etmagandi.

Keyingi mavsumni Grizmann nisbatan yaxshiroq o‘tkazdi - Li Liganing 36ta uchrashuvida 13ta gol. 2021|22 yillar mavsumini ham hujumchi «Barsa» tarkibida boshladi, lekin amaldagi shartnomaga ko‘ra, u ijara asosida «Atletiko»ga o‘tishi mumkinligi ham zikr etilgandi. Antuan Madridga qaytishni afzal ko‘rdi. Biroq Madridda ham jiddiy tanqidga duch keldi, muxlislar uni xoin sifatida qabul qilishdi. Futbolchi aybini yuvishga uringan bo‘lsada, chempionatni atigi 3ta gol bilan yakunladi.

O‘tgan mavsum esa nafaqat fransiyalik to‘purar, balki butun jamoa uchun ham o‘ta og‘ir boshlandi. YECHLda jamoa bor-yo‘g‘i 1ta gol urdi, La Ligada esa samarasiz oraliqlar bo‘lib turdi. Lekin Antuan xuddi ustozi kabi ijobiy o‘zgarishlardan umidini uzmadi - mavsumni 15ta gol va 16ta samarali uzatma bilan yakunladi. Shuningdek, samarali harakatlar bo‘yicha La Liganing eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etildi. Agar uni «Barsa»dan arzonroq bahoda qaytarib olishni mo‘ljallagan Simeone Antuanning o‘yin amaliyotini cheklamaganida, natija yanada yuqori bo‘lishi mumkin edi.

Grizmann yana «Atletiko»ning zarbdor quroli, bu safar La Ligada 13ta gol urgan Alvaro Morata bilan birgalikda. Biroq fransiyalik to‘purar hisobida 16ta, ispaniyalik jamoadoshida esa atigi 2ta assist bor.

O‘tgan mavsumda Antuan gol}pas tizimida eng yuqori sermahsullikka erishdi. Bungacha snayper qatorasiga 5ta mavsumda 15tadan ko‘proq gol urgan bo‘lsada, bunday natijaga erisha olmagandi. Joriy mavsumda u 9ta gol bilan La Liga to‘purarlari ro‘yxatida Jud Bellingem (13), Artyom Dovbik (10) va Borxa Mayoral (10)lardan keyingi o‘rinda bormoqda. Bu 2013|14 yillar mavsumidan keyingi eng yaxshi ko‘rsatkich. Antuan hozir «matraschilar»ning oldingi chiziqdagi eng muhim o‘yinchisi. Aynan 2023 yilning o‘zida darvozaga zarba yo‘llash bilan yakunlangan 227ta, gol bilan nihoyasiga yetgan 39ta hujumlarda ishtirok etdi. Bu ham ligadagi eng yuqori ko‘rsatkich. Shuningdek, darvozaga aniq zarba yo‘llash bobida ham u «Atletiko» yetakchisi (30,2 foiz). Qo‘shimchasiga, Antuan - o‘tgan mavsumning La Ligadagi eng yaxshi assistenti.

Grizmanning yuksak salohiyati nafaqat hujumning yakuniy bosqichida, balki maydonning barcha hududlarida namoyon bo‘ladi. O‘yin jarayonida ortga chekinib, to‘pni raqibdan tortib olishda jamoadoshlariga yordam beradi. Joriy mavsumda Antuan jamoaga hujumga o‘tish imkoniyatini bergan 71ta uzatmani amalga oshirdi. Tabiiyki, bu borada ham u bilan tenglasha oladigan o‘yinchi yo‘q. O‘tgan mavsumda u 81 marta golli vaziyatni yaratib bergan va assistlar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etgandi. To‘g‘ri, joriy mavsumda Antuan hozircha yagona samarali uzatmani amalga oshirdi. Lekin oldinda qiziqarli uchrashuvlar ko‘p.

Sermahsullik bobida «matraschilar» 32ta gol bilan 4-o‘rinda borishmoqda, oldinda faqat yetakchilar «Real» va «Jirona» (38) hamda «Atletik» (33) bor. Mazkur sermahsullikning asosiy ijodkori Antuan, albatta. Jamoadoshlariga nisbatan ko‘proq yelib-yuguradigan fidoyi futbolchi barcha hududlarda samarali o‘ynaydi, aynan uning harakatlari tufayli jamoa hujumkor o‘yinni namoyish etmoqda.

«Oltin to‘p» da’vogarlari ro‘yxatida Antuanning 21-o‘rinda qayd etilgani madridlik muxlisu-mutaxassislarning e’tiroziga sabab bo‘ldi. Ko‘pchilikning fikricha, «matraschilar» vakili ancha yuqori o‘rindan joy olishga loyiq o‘yinchi. Agar u sermahsul faoliyatini davom ettirsa va Fransiya terma jamoasi navbatdagi Yevroda g‘olib chiqsa, u nufuzli sovrin uchun yetakchi nomzodga aylanadi. Albatta, individual sovrinlar tanlovida adolatsiz qarorlar ham uchrab turadi. Antuan uchun muhimi «Oltin to‘p» emas, uning asosiy maqsadi - azaliy raqib tarkibiga o‘tish bilan yo‘l qo‘ygan xatosi uchun o‘z muxlislaridan uzr so‘rash va «Atletiko»ning sadoqatli o‘yinchisi maqomini qo‘lga kiritish.

MUHAMMADSODIQ tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 19:30, 24.12.2023. O'qildi: 2932 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Torres faoliyatini darvozabon sifatida boshlagan. O'yinlarning birida u barmog'ini sindirib olgach, onasi o'g'liga darvozabonlikni taqiqlagan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 17
2 Барселона Ferran Torres 11
3 Мальорка Vedat Muriki 9
4 Барселона Robert Levandovski 8
5 Атлетико Xulian Alvares 7
6 Вильярреал Alberto Moleyro 6
7 Эльче Rafa Mir 6
8 Барселона Rafinya 6
9 Леванте Karl Etta-Eyong 6
10 Бетис Kucho Ernandes 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.