Bugun 22 fevral, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 11 11 40
2 AQSh 11 12 9 32
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Fransiya 8 9 6 23
6 Germaniya 7 9 8 24
7 Shveysariya 6 8 6 20
8 Shvesiya 6 6 4 16
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 25 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 24 48
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Espanyol 25 35
7 Selta 24 34
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Rayo Valyekano 24 26
15 Alaves 24 26
16 Valensiya 24 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 24 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 0-0 Elche
25-тур Betis 0-0 Rayo Valyekano
25-тур Atletiko 0-0 Espanyol
25-тур Osasuna 0-0 Real Madrid
25-тур Real Sosyedad 0-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Yaqqol hujumchi «Arsenal»ning muammolarini hal qiladimi?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Angliya Premyer-ligasi
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Anchadan beri, ayniqsa, “Arsenal”ning kechagi mag‘lubiyatidan keyin ko‘p gapirilmoqda – “Arsenal”ga yaqqol hujumchi kerak. Jamoa so‘nggi 7 o‘yinda atigi bir marta g‘alaba qozondi, oxirgi 3 o‘yinda deyarli 6 xg yaratib, 61 zarbadan atigi 1 gol urdi. Go‘yoki, yechim o‘rtada.

Ammo men bu fikrga qo‘shilmayman. “Arsenal”ning kuchi aynan oldingi chiziqdagi futbolchilarning hamohang harakatlanishi va navbati bilan xavfli vaziyatlarga chiqib borishidir. Aynan mana shu faktor “Arsenal” raqiblariga qiyinchilik tug‘diradi, jamoaga ustunlik beradi.

O‘tgan mavsumda “Arsenal”da birato‘la 4 futbolchi (Edegor, Martinelli, Saka, Jezus) ham gol, ham assist bo‘yicha 10+ ko‘rsatkich qayd etgan, o‘ziga xos rekord. Hozir mavsumning yarmiga kelib, bu to‘rt futbolchi jami 12 ta gol urgan xolos. Mana shu muammolar boshlangan oxirgi 7 o‘yinda bu to‘rtlik jami 3 gol urdi xolos.

Nazarimda, Artetaning muammolari biror bir tipdagi yaqqol hujumchining tarkibda yo‘qligi emas, hujumdagi yetakchi futbolchilarning formasi bilan ko‘proq bog‘liq. Bu futbolchilar yaxshi o‘ynab turganida, o‘tgan mavsum yoki shu mavsum boshida hech qanday muammo yo‘qdek edi.

Men bu fikrlar bilan “Arsenal” umuman hujumchi olmaslik kerak demoqchi emasman. Vlaxovich, Touni bilan bog‘liq xabarlar ham bejiz emas. Albatta, boshqacha uslubda o‘ynaydigan hujumchi zarar qilmaydi. Ammo ayni mana shu jamoani bir pog‘ona kuchliroq qilmaydi, shunchaki, mana shu hozirgidek holatlarda o‘yinni soddalashtirish, ayrim futbolchilarni ayrim holatlarda almashtirib, ba’zi o‘yinlarda qo‘shimcha ochkolar olib kelish uchungina kerak, menimcha.

Aytmoqchimanki, “Arsenal” jamoasida hujumchi muammosi yo‘q, uning tizimida boshqacha futbol o‘ynaydigan ijrochiga ehtiyojni bo‘rttirib yubormaslik kerak.  

Albatta, yaqqol misol sifatida “Manchester Siti” va Holand birlashuvi, juda ko‘p avvalgi farazlarni yo‘qqa chiqardi, go‘yoki, nihoyat Pep o‘z prinsiplaridan voz kechib, yaqqol hujumchi sotib olishi bilan trebl qayd etdi. Lekin men bu fikrlarga ham qo‘shilmayman. “Siti”ning trebli Holand bilan xronologik bog‘liq xolos, aslida “Manchester Siti” undan avvalgi yillarda ham trebl qilishi mumkin edi, hatto kuchliroq davrlari ham bo‘lgan. O‘z navbatida, o‘tgan mavsumda ham, aytaylik, “Liverpul”ning zo‘r davriga ro‘para kelganida, Holand bilan ham “Siti” Angliyada chempion bo‘lolmasligi ham mumkin edi. Ya’ni futboldagi natijalarni konkret bir faktorga bog‘lash ko‘pincha noo‘rin bo‘ladi, e’tiborga olinadigan jihatlar juda ko‘p.

Bundan tashqari, gap Holand haqida bormoqda. U dunyodagi eng zo‘r hujumchilardan biri, tabiiyki, hatto Pep ham o‘z uslubini unga qarab moslashtirishi ham tabiiy hol. O‘z faoliyati davomida Pep juda ko‘p, bir biriga o‘xshamaydigan jamoalar qurganini ham bilamiz. Arteta uchun esa, bugungi “Arsenal” birinchi va yagona loyihasi. Asosiy tarkibni ayni paytdagi mavjud muammoni yechish orqali o‘zgartirish, bu bilan jamoa kuchayadi deb o‘ylash, biroz riskka ega. Undan ko‘ra, Saka, Martinelli yoki Jezuslarning realizasiya borasida o‘tgan yilgi rejimiga qaytishi ishonarliroq  va ko‘proq asosga ega bo‘lgan faktor bo‘lardi, menimcha.

Yana bir misol – “Liverpul”. Saloh bor ekan, jamoaning  markaziy hujumchisi ko‘proq “aldamchi” bo‘lishi, biroz orqaroqda to‘p surishi lozim bo‘ladi. O‘z vaqtida Salohning ham muvaffaqiyatsiz davrlari bo‘lgan, ammo Klopp toki, Saloh tarkibda va uning o‘nglanishiga ishonar ekan, undan baribir asosiy kuch sifatida foydalanishda davom etadi. Doim Salohga erkinlik beriladi, kerak bo‘lganda, u uchun zonalar xosil qilinadi, uning ustunliklariga urg‘u beriladi. Bir omadsiz davrga kelib, boshqa to‘purar olib kelib, Salohning pozisiyasi cheklanishi keyinchalikka Salohdan ham maksimal foydalanishga yo‘l bermasligini Klopp biladi.  

Tuoni, Vlaxovich, hatto Osimhen kabi hujumchilar ham, Saka – Martinelli – Edegorni cheklash, jamoa o‘yinini soddalashtirish uchun yetarli darajada emas, tag‘in bilmadim.

Qahramon Aslanov.

Manba: https://t.me/aslanov_futbol
Kiritildi: 15:25, 09.01.2024. O'qildi: 1697 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Zlatan Ibrohimovich 47-o'lchamdagi oyoq kiyim kiyadi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.