Bugun 25 may, 2026 yil, dushanba.

  • La-liga
      • 24.05.2026 00:00
      • Betis
      • 2:1
      • Levante
      • 24.05.2026 00:00
      • Jirona
      • 1:1
      • Elche
      • 24.05.2026 00:00
      • Xetafe
      • 1:0
      • Osasuna
      • 24.05.2026 00:00
      • Malyorka
      • 3:0
      • Real Ovyedo
      • 24.05.2026 00:00
      • Real Madrid
      • 4:2
      • Atletik Bilbao
      • 24.05.2026 00:00
      • Valensiya
      • 3:1
      • Barselona
      • 24.05.2026 00:00
      • Alaves
      • 1:2
      • Rayo Valyekano
      • 24.05.2026 00:00
      • Selta
      • 1:0
      • Sevilya
      • 24.05.2026 00:00
      • Espanyol
      • 1:1
      • Real Sosyedad
      • 25.05.2026 00:00
      • Vilyarreal
      • 5:1
      • Atletiko
  • «A» Seriya
      • 24.05.2026 18:00
      • Parma
      • 1:0
      • Sassuolo
      • 24.05.2026 21:00
      • Napoli
      • 1:0
      • Udineze
      • 24.05.2026 23:45
      • Verona
      • 0:2
      • Roma
      • 24.05.2026 23:45
      • Cremonese
      • 1:4
      • Komo
      • 24.05.2026 23:45
      • Lechche
      • 1:0
      • Jenoa
      • 24.05.2026 23:45
      • Milan
      • 1:2
      • Kalyari
      • 25.05.2026 00:45
      • Torino
      • 2:2
      • Yuventus
  • APL
      • 24.05.2026 20:00
      • Brayton
      • 0:3
      • Man. Yunayted
      • 24.05.2026 20:00
      • Byornli
      • 1:1
      • Vulverhempton
      • 24.05.2026 20:00
      • Kristal Pelas
      • 1:2
      • Arsenal
      • 24.05.2026 20:00
      • Fulhem
      • 2:0
      • Nyukasl
      • 24.05.2026 20:00
      • Liverpul
      • 1:1
      • Brentford
      • 24.05.2026 20:00
      • Manchester Siti
      • 1:2
      • Aston Villa
      • 24.05.2026 20:00
      • Nottingem Forest
      • 1:1
      • Bornmut
      • 24.05.2026 20:00
      • Sanderlend
      • 2:1
      • Chelsi
      • 24.05.2026 20:00
      • Tottenhem
      • 1:0
      • Everton
      • 24.05.2026 20:00
      • Vest Xem
      • 3:0
      • Lids
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

2023 yil - Jarrod Bouyen uchun unutilmas voqealar davri

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Intervyular
A A A

Jarrod Bouen uchun ortda qolgan 2023 yil qanday o‘tdi?

Gollar, sovrinlar, Angliya terma jamoasi va oilada farzandlar tug‘ilishi quvonchi... «MYU» ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozonilgan o‘yinda o‘zining mavsumdagi 13-golini urgan «Vest Xem»­ning 27 yoshli futbolchisi ayni payt juda yaxshi sport formasida.

- Londonda «MYU»ni mag‘lub etish - bu 2023 yilni yaxshi yakunlashning ajo­yib usuli...

- Ha, chindan ham, yoqimli g‘alaba va zo‘r intiho. «Liverpul»ga qarshi o‘yindan so‘ng hafsalamiz pir bo‘lgandi, shuning uchun yangi yil oldidan g‘alaba qozonish asnosida kayfiyatni sozlab olishimiz shart edi. O‘yinda gol urishimiz uchun biroz ko‘proq vaqt ketdi, lekin maydonga tushish arafasida aynan shunday ssenariy haqida o‘ylagandim. O‘zi ikki yaxshi jamoa qarama-qarshiligida birinchi gol ko‘pincha hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Baxtimizga, hisobni biz ochdik va yakunda qimmatli 3 ochko sohibiga aylandik.

- Shaxsan o‘zingiz APLdagi gollaringiz sonini 11taga yetkazib qo‘ydingiz. Umuman, bu siz uchun joriy mavsum hisobidan jami 13-gol...

- O‘yinlar davomida shunchaki, to‘g‘ri pozisiya tanlashga urinaman, hozirgi mahsuldorlikni shunga bog‘lashim mumkin. Umidvormanki, shunday ruhda davom etaman. O‘z tariximni yozish uchun esa vaziyatlardan unumli foydalanish koeffisiyentini yaxshilashim kerak. Hozirda bor harakatim shu yo‘nalishga qaratilgan. Maydonda tinim bilmay yugurmasang, senda imkoniyat yuzaga kelmaydi. Oxirgi golimni olsak, Lukas Paketa to‘pni chiroyli tarzda uzatdi, uning xizmatini e’tirof etish barobarida aytishim kerak, agar hujumchi to‘g‘ri pozisiya tanlay olmasa, bu kabi imkoniyatlardan hech natija chiqmaydi.

- «Vest Xem» bosh murabbiyi «MYU»ga qarshi bahsda taktikani ham o‘zgartirdi: siz o‘ng qanotda harakatlandingiz, Quddus esa markazga qaytdi...

- Agar tarkibda men, Quddus va Lukasga joy berilsa, pozisiya o‘zgartirish borasida umuman muammo sezilmaydi. Chunki juda moslashuvchanmiz. Deylik, agar men chap tomonda to‘p sursam, Quddus va Lukas navbati bilan «hujum uchi» rolini bajarishlari mumkin. E’tiborlisi, «MYU» bilan bahsda aynan tartibni o‘zgartirganimizdan bir necha daqiqa o‘tib gol urdik. Xullas, taktik o‘zgarish samara keltirdi. Umuman, 2ta mukammal gol urganimiz barchasini ko‘rsatib turibdi. Asosiysi, g‘alaba! O‘zi «MYU»dan 3 ochko tortib olishga qurbimiz yetishini bilardik va shunga yarasha dadil o‘ynadik.

- «Bolg‘achilar» Rojdest­vogacha 30 ochko to‘pladilar. Xo‘sh, mavsum borishidan qoniqish hosil qilyapsizmi? 

- Ba’zi o‘yinlar biroz ranjitganini hisobga olmasak, hammasi joyida. Har holda, ayni payt APL turnir jadvali yuqori qismidan joy egallab turibmiz, qolaversa, YEL 1|8 finaliga chiqdik. Shuning­dek, Angliya kubogida ham kurashni davom ettiryapmiz. Shunday ekan, mavsumga yaxshi baho berish kerak. Lekin bundan-da zo‘rroq o‘ynashimiz va yanada yuqoriroqdan joy olishimiz mumkin edi. Faqat ba’zi o‘yinlarda omad yuz o‘girdi yoki o‘zimiz imkoniyatlardan foydalanolmadik. «Yunayted»ga qarshi bahsda esa faol ko‘rindik, o‘yinni har jihatdan kuchaytirdik. 2:0 hisobidagi g‘alaba - shu harakatlar mevasi. Takrorlayman, asosiysi, o‘yinlarda g‘alaba qozonish. Axir g‘alaba muhim sanalgan biznes bilan shug‘ullanmoqdamiz.

- Oxirgi 12 oy hayotingizda ham professional, ham shaxsiy nuqtai nazardan katta iz qoldirdi...

- Hamisha har jihatdan ochiq va halolman. Agar kimdadir menga aytadigan gapi bo‘lsa, xoh tanqid, xoh maqtov - eshitishga tayyorman va barchasini to‘g‘ri qabul qilaman. Ishlar yaxshi ketayotganidagi maqtov va orqaga ketgan vaqt­dagi tanqid darajasi bir xil bo‘lishi kerak. Tabiatan yashirinib yuradigan odam emasman. Shuningdek, har doim oldinga qarashga odatlanganman. Faoliyatim davomida katta muvaffaqiyatsizliklar ham yuz bergan va ko‘pchilikdan yomon gaplarni eshitganman. Hozir shunchaki, futboldan zavqlanyapman, muhimi, jamoamning bir qismiman. Har qanday holatda ham barchaga ochiq bo‘lib qolishni xohlayman.

- Jarrod, bu safar ota sifatida birinchi Rojdest­voni qarshi oldingiz. Oilaviy masalada rejalaringiz qanday? 

- Yo‘q, bu borada reja ketmaydi. Kichkintoylarim hozir atigi 7 oylik! «Yunayted»­ga qarshi o‘yinda ularni maydonga olib tushdim. Shu ma’noda ham, 2023 yil men uchun eng yaxshisi bo‘ldi. Bir necha kun oldin ota sifatida ilk marta tug‘ilgan ayyomimni nishonladim va endi Roj­destvo bayramini qarshi olyapman. Ba’zan futbol va oilani aralashtirishni xohlamasangiz ham, «MYU» kabi jamoalarga qarshi o‘yinlar uyga sehrli o‘yin havosini olib kirishingizni taqozo etadi. Bugun oilam davrasiga baxtiyor qaytishim tayin. Ajoyib kun!

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 07:22, 11.01.2024. O'qildi: 1341 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик