Bugun 29 sentyabr, 2026 yil, seshanba.

«
»

Aichi-Nagoya-2026

№ Davlat Jami
1 Xitoy 135 53 45 233
2 Yaponiya 41 68 63 172
3 Janubiy Koreya 21 26 44 91
4 O‘zbekiston 12 17 13 42
5 Tailand 10 8 12 30
6 Qozog‘iston 9 13 23 45
7 Bahrayn 9 3 3 15
8 Eron 8 15 10 33
9 KXDR 7 5 5 17
10 Malayziya 6 4 9 19

Turnir jadvali

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 22 51
2 Paxtakor 22 49
3 Navbahor 22 44
4 OKMK 22 35
5 Lokomotiv 22 35
6 Buxoro 22 34
7 Nasaf 22 34
8 Andijon 22 30
9 Dinamo 22 30
10 Qizilqum 22 29
11 So‘g‘diyona 22 28
12 Surxon 22 26
13 Bunyodkor 22 22
14 Xorazm 22 21
15 Qo‘qon-1912 22 20
16 Mash’al 22 4

O'tgan o'yinlar.

22-тур Navbahor 3-2 Dinamo
22-тур Mash’al 1-2 Paxtakor
22-тур Bunyodkor 2-1 Buxoro
22-тур Andijon 1-4 Nasaf
22-тур Surxon 1-0 Qo‘qon-1912
22-тур So‘g‘diyona 1-2 OKMK
22-тур Lokomotiv 0-1 Neftchi
22-тур Xorazm 1-3 Qizilqum

So'rovnoma

  • Joze Mourinyoning "Real"ga qaytishi muvaffaqiyatli bo‘ladimi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 1893 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • Sizningcha, 2026-yil yozida amalga oshirilgan eng ajoyib transfer qaysi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2151 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 29.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 29.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH-TV
    • Sana: 29.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 29.09.2026

      06:00 Велоспорт. Монреаль. Женщины.
      08:00 Олимпийские игры. Зал славы: Афины-2004.
      09:00 Снукер. Второй раунд.
      11:00 LIVE Снукер. Второй раунд. Прямая трансляция.
      14:00 Велоспорт. Монреаль. Женщины.
      15:30 Снукер. Второй раунд.
      16:30 LIVE Снукер. Третий раунд. Прямая трансляция.
      19:30 Маунтинбайк. Женщины. Скоростной спуск. Вистлер. Кубок мира.
      20:15 Маунтинбайк. Мужчины. Скоростной спуск. Вистлер. Кубок мира.
      21:00 Велоспорт. Монреаль. Женщины.
      22:00 Скалолазание. Мужчины и женщины. Лазание на трудность. Финал. Мировая серия. Копер.
      23:00 Снукер. Третий раунд.
      01:00 Автогонки на выносливость. FIA WEC. 6 часов Фудзи. Обзор.
      02:00 Трейлраннинг.
      03:00 Скалолазание. Мужчины и женщины. Лазание на скорость. Финал. Мировая серия. Гуйян.
      03:45 Скалолазание. Мужчины и женщины. Финал. Мировая серия. Гуйян.
      04:30 Снукер. Третий раунд.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Albaniya terma jamoasi media rahbari: "Albaniyada Xebayni diqqat bilan kuzatib borishmoqda"

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / PFL klublari / Andijon
Rukn: Intervyular
A A A

"Andijon" hujumchisi Rubin Xebayga bog‘liq navbatdagi maqolamizni taqdim etamiz. Yaqinda uning sobiq murabbiyi albaniyalik Renato Arapining fikr va mulohazalarini taqdim etgandik va bu safar va’daga vafo tariqasida oldindan rejalashtirganimizdek, Albaniya terma jamoasi media rahbari Fatjon Kadro bilan suhbatni e’tiboringizga havola qilamiz.

Rosti, “Andijon” matbuot xizmati Xebay to‘g‘risida Albaniya terma jamoasi bosh murabbiyi braziliyalik Silvinyo bilan bog‘lanib, suhbatlashish harakatida bo‘ldi. Biroq mutaxassis ta’tilda bo‘lgani sababli buning iloji bo‘lmadi va eng yaxshi variant sifatida biz bevosita hamkasbimiz, Albaniya terma jamoasi media rahbari bilan aloqaga chiqdik. Tabiiyki, uning fikrlari ham qiziqarli edi.

— Suhbatga rozilik bildirganingiz uchun rahmat. Asosiy mavzu Rubin Xebay. Uning O‘zbekiston chempionatida qanday natijalar ko‘rsatganidan xabardor bo‘lsangiz kerak...

— Rubin Xebay Albaniyaning iqtidorli va kelajagi porloq futbolchilaridan biri, albatta. U bir nechta yosh toifasidagi terma jamoalarda o‘ynagan. Biz uni yangiliklar orqali kuzatib boramiz. Tabiiyki, O‘zbekistonda albaniyalik futbolchining bu qadar ajoyib natija ko‘rsatgani biz uchun juda ham faxrli tuyg‘u. Albaniya matbuoti uning ajoyib o‘yinlari haqida davomli tarzda axborotlar berib boryapti va bu yerdagi hamma uning O‘zbekistonda hamda “Andijon” klubidagi natijalaridan xabardor. Ochig‘i, Albaniyada futbol ixlosmandlari mamlakatimiz o‘yinchisini xorijda qanday natijaga erishgan bo‘lsa, bunga bee’tibor qarashmaydi. Jiddiy qarashadi. Sizni ishontirib aytishim mumkinki, albaniyalik ko‘plab muxlislar Rubin Xebayning O‘zbekistondagi ajoyib natijalari va erishgan yutuqlaridan yaxshi xabardor va uni diqqat bilan kuzatib borishmoqda.

— Rubin jami 14 ta gol urdi va “Andijon” klubining eng yaxshi to‘purari bo‘ldi. O‘zbekiston chempionatida esa to‘purarlar orasida ikkinchi o‘rinda qayd etildi. Bundan tashqari, Superliganing va klubning ham eng yaxshi o‘yinchisiga sazovor bo‘ldi. Qolaversa, ramziy terma jamoadan joy oldi. Undan shunday natijalarni kutganmidingiz?

— Xebay doim yuqori potensialga ega futbolchi bo‘lgan. Biz uchun u hamisha kelajagi porloq iqtidor egasi sifatida qaralgan. U Shkoderda tug‘ilgan. Ushbu shahar Xebay kabi juda ko‘plab iqtidor egalarini yetkazib berish bilan mashhur. Bu shahardan yiliga juda ham ko‘plab kuchli futbolchilar yetishib chiqadi, deyishim mumkin. To‘g‘risi, Rubinni bu qadar yuqori darajaga ko‘tarilib borayotganini ko‘rish men uchun katta syurpriz emas. Chunki uning nimalarga qodirligini, qanday natijalar qayd eta olishini avvaldan taxmin qilishim mumkin edi. Aytishim mumkinki, uning imkoniyatlari va hozirgi yoshidan kelib chiqib, oldinda yanada ko‘plab yaxshi natijalarga erisha olishini taxmin qilishim mumkin. Unda buning uchun barcha xislatlar yetarli.

— Sizningcha, bu futbolchi Albaniya terma jamoasiga mos tushadimi? Nima deb o‘ylaysiz, bosh murabbiy Silvinyoning shaxsan o‘zi kuzatyaptimi?

—  To‘g‘risi, bu menga emas, bosh murabbiyga berilishi kerak bo‘lgan savol. Lekin nima bo‘lgan taqdirda ham kafolat berib aytishim mumkinki, albaniyalik xohlagan futbolchi, u mahalliy chempionatda bo‘ladimi yoki dunyoning boshqa istalgan burchagida bo‘ladimi, terma jamoaning texnik mutaxassislari tomonidan doimiy ravishda kuzatib boriladi. Terma jamoa eshiklari qizil va qora rangli libos kiyishga loyiq bo‘lgan barcha albaniyalik uchun ochiq va Xebay ham bundan mustasno emas.
 
— Umuman olganda, Albaniyada Xebay to‘g‘risida yana nima deyishyapti?

— Oldin aytib o‘tganimdek, Albaniya mediasi uning yutuqlari va rivojlanishi to‘g‘risida davomli tarzda ma’lumotlar berib, o‘ziga yarasha ko‘rsatuvlar tayyorlab efirga uzatib kelishyapti. Muxlislarimiz uning O‘zbekistondagi faoliyati haqida yaxshi bilishadi. Albaniya futbolining barcha ishqibozlari Xebayning yurtingizdagi ajoyib natijalari davom etishi, ko‘proq gollar urishi va nasib etsa jamoalari bilan titullar yutishini tilab qolishadi.

— O‘zbek futboli haqida nimalarni bilasiz?
— To‘g‘risini aytishim kerak, o‘zbek futboli to‘g‘risida bizda ko‘p ma’lumot yo‘q. Balki bu masofaning olisligi yoki Xebaygacha birorta o‘yinchi ushbu mamlakatda o‘ynamagani bilan bog‘liqdir. Ammo Rubin O‘zbekistonda o‘ynashni boshlaganidan keyin biz o‘zbek futboli va chempionati haqida ko‘proq ma’lumot olishni, yaxshiroq bilishni boshladik. Shuni aytmoqchimanki, 2010 yilda Albaniya terma jamoasi O‘zbekistonga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida ham o‘ynagan va unda biz 1:0 hisobida g‘alaba qozonganimizni eslayman.

— Qatarda Osiyo Kubogi musobaqasi start oldi. O‘zbekiston terma jamoasining imkoniyati haqida so‘ramoqchiman. Ushbu turnirni kuzatasizmi?

— Biz odatda jahon va Yevropa chempionatlarini kuzatib boramiz. Bizning mamlakatimizda odamlar futbolni juda ham yaxshi ko‘rishadi. Biroq xalqaro miqyosidagi katta musobaqalar, jumladan, Osiyo Kubogi, Afrika millatlar Kubogi va Kopa Amerika kabi turnirlarni ham davomli tarzda kuzatib borishga harakat qilamiz. O‘zbekiston terma jamoasi Srechko Katanes boshchiligida yaxshi natijalarga erishayotgani xususida bilamiz. Ayniqsa, sloveniyalik mutaxassis bizning mamlakatda ham yaxshi tanilgan. Biz Srechko Katanes nomini yaxshi bilamiz. Aytib o‘tishim kerakki, O‘zbekiston Osiyo Kubogida Avstraliya, Suriya va Hindistonga qarshi qiyin guruhdan joy olgan. Biroq jamoa va undagi futbolchilarning darajasidan kelib chiqib aytishim mumkinki, Osiyo Kubogida terma jamoangiz yaxshi natijalarga erishishi mumkin.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 15:02, 14.01.2024. O'qildi: 2004 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

№ Futbolchi Gol
1 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 14
2 Нефтчи Stipe Perisa 12
3 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 11
4 Насаф Bobur Abduxoliqov 9
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 9
6 Бухоро Sherzod Esanov 9
7 Навбаҳор Husayn Norchayev 8
8 Пахтакор Chinedu Stefan 8
9 Пахтакор Doston Hamdamov 8
10 Нефтчи Alisher Odilov 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик