Bugun 1 yanvar, 2026 yil, payshanba.

  • APL
      • 31.12.2025 00:30
      • Byornli
      • 1:3
      • Nyukasl
      • 31.12.2025 00:30
      • Chelsi
      • 2:2
      • Bornmut
      • 31.12.2025 00:30
      • Nottingem Forest
      • 0:2
      • Everton
      • 31.12.2025 00:30
      • Vest Xem
      • 2:2
      • Brayton
      • 31.12.2025 01:15
      • Arsenal
      • 4:1
      • Aston Villa
      • 31.12.2025 01:15
      • Man. Yunayted
      • 1:1
      • Vulverhempton
      • 01.01.2026 22:30
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Fulhem
      • 01.01.2026 22:30
      • Liverpul
      • -:-
      • Lids
      • 02.01.2026 01:00
      • Brentford
      • -:-
      • Tottenhem
      • 02.01.2026 01:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Manchester Siti
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 19 45
2 Manchester Siti 18 40
3 Aston Villa 19 39
4 Liverpul 18 32
5 Chelsi 19 30
6 Man. Yunayted 19 30
7 Sanderlend 18 28
8 Everton 19 28
9 Brentford 18 26
10 Nyukasl 19 26
11 Kristal Pelas 18 26
12 Fulhem 18 26
13 Tottenhem 18 25
14 Brayton 19 25
15 Bornmut 19 23
16 Lids 18 20
17 Nottingem Forest 19 18
18 Vest Xem 19 14
19 Byornli 19 12
20 Vulverhempton 19 3

O'tgan o'yinlar.

19-тур Byornli 1-3 Nyukasl
19-тур Chelsi 2-2 Bornmut
19-тур Nottingem Forest 0-2 Everton
19-тур Vest Xem 2-2 Brayton
19-тур Arsenal 4-1 Aston Villa
19-тур Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/26 Kristal Pelas - Fulhem
01/01/26 Liverpul - Lids
02/01/26 Brentford - Tottenhem
02/01/26 Sanderlend - Manchester Siti

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

"Paxtakor" sotuvga qo‘yildi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / PFL klublari / Paxtakor
Rukn: Yangiliklar
A A A

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 24 martdagi PQ-102-son qaroriga asosan futbol klublari xususiylashtirilishi belgilangan.

Osiyo Futbol Konfederasiyasi tomonidan futbol klublarining bir davlat tashkiloti tasarrufida bo‘lishi sog‘lom raqobat muhitini yaratishga to‘sqinlik qilishi bildirilgan. Bugungi kunda, futbol klublari davlat tashkilotlari va davlat ishtirokidagi korxonalar tasarrufida qolib, umumiy benefisiar sifatida davlat bo‘lib qolmoqda.

O‘z navbatida, ushbu holat xalqaro prinsiplarga muvofiq hisoblanmaydi. Shunga ko‘ra, dastlab jozibadorligi yuqori bo‘lgan futbol klublarini xususiylashtirgan holda xususiy sektorning ulushini bosqichma-bosqich oshirish rejalashtirilgan.

Shunga ko‘ra, tegishli xususiylashtirish dasturlariga muvofiq, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi o‘rinlarda – Davaktiv agentligi) “Paxtakor futbol klubi” MCHJning 100 foiz davlat ulushini (keyingi o‘rinlarda – Aktiv/Jamiyat) bo‘yicha ommaviy savdo jarayonlari boshlanganligini e’lon qiladi.

Davlat aktividan kelgusida foydalanish va sotib olishga qo‘yiladigan talablar:

  • Futbol klubining faoliyatini saqlab qolish, rivojlantirish va xalqaro darajaga olib chiqish;
  • Futbol klubi balansidagi barcha sport ob’ektlaridan, shu jumladan futbol maydonidan faqatgina sport faoliyati yo‘nalishlarida foydalanish;
  • “Paxtakor” futbol klubi akademiyasi faoliyatini saqlab qolish va rivojlantirish.

Talabgorlarning sotib olish bo‘yicha takliflari quyidagi havola orqali “E-auksion” elektron savdo platformasida qabul qilinadi:

Ommaviy savdoda qatnashish uchun havola

Jamiyat to‘g‘risida ma’lumot:

“Paxtakor” futbol klubi – O‘zbekistonda 1956 yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan professional futbol klubi hisoblanadi.

Jamiyatning yuridik manzili: Toshkent shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 98A-uy.

Veb sahifasi: www.pakhtakor.uz

Aktivni sotish ikki bosqichda o‘tkaziladi.

Bunda:

birinchi bosqichda – talabgorlar oldindan malakalanadi (saralanadi), jumladan, savdolarda qatnashish uchun talab qilingan hujjatlarning to‘liqligi, zakalat puli kelib tushganligi, davlat aktividan kelgusida foydalanish yo‘nalishlariga qo‘yilgan talabga nisbatan talabgor tomonidan taklif etilgan biznes konsepsiyasi loyihasining maqbul yoki maqbul emasligi, talabgor va ular bilan bog‘liq bo‘lgan shaxslardan hech biri Yevropa Ittifoqi va AQSHning, shuningdek yirik xalqaro moliya institutlarining sanksiyalari ro‘yxatiga kiritilmaganligi, shuningdek kelajakda bunday ro‘yxatlarga kirish ehtimolining pastligi ko‘rib chiqiladi;

ikkinchi bosqichda– talabgorning tijorat takliflari (sotib olish narxi va to‘lovni amalga oshirish muddati), zakalat puli miqdori (narx taklifining kamida 5 foizini tashkil etishi) hamda to‘lov qobiliyati baholanadi.

Savdoning birinchi bosqichida ishtirok etish uchun talabgorlar tomonidan 2024 yil 15 fevral kuni soat 18:00 (Toshkent vaqti bilan)ga qadar o‘zbek yoki rus yoxud ingliz tillarida (talabgorning ixtiyoriga ko‘ra) mazkur e’lonning 1-ilovasi (jismoniy shaxslar 1a-ilovasi)dagi ariza namunasi to‘ldirilib (imzolangan holda), quyidagi hujjatlarning skaner qilingan shakli (kodlangan holda) “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali taqdim etiladi:

a) yuridik shaxslar uchun:

  • yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tganligini tasdiqlovchi guvohnoma va uning ustavi nusxalari (talabgor tomonidan tasdiqlangan holda);
  • hujjatlar topshirilgan sanaga talabgor, uning ta’sischisi va/yoki benefisiarining to‘liq ro‘yxati (agar to‘lovga ta’sischi va/yoki benefisiarning mablag‘i jalb etilishi ko‘zda tutilayotgan bo‘lsa, talabgorning ustav kapitalidagi tegishli ulushlarini va miqdorini ko‘rsatgan holda);
  • davlat aktividan kelgusida foydalanish yo‘nalishlariga qo‘yilgan talabdan kelib chiqqan holda undan foydalanishning biznes konsepsiyasi loyihasi;
  • talabgor savdoda ishtirok etishi uchun sotib olishni rejalashtirgan davlat aktivi bo‘yicha talabgorning o‘zi taklif etadigan qiymatdan kamida 5 foizi miqdorida zakalat puli "Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish" AJning quyida keltirilgan maxsus hisob-raqamiga o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi to‘lov hujjati nusxasi.

b) jismoniy shaxslar uchun:

  • soliq to‘lovchining identifikasiya raqami (O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari uchun), pasport (ID karta) nusxasi;
  • davlat aktividan kelgusida foydalanish yo‘nalishlariga qo‘yilgan talabdan kelib chiqqan holda undan foydalanishning biznes konsepsiyasi loyihasi;
  • talabgor savdoda ishtirok etishi uchun sotib olishni rejalashtirgan davlat aktivi bo‘yicha talabgorning o‘zi taklif etadigan qiymatdan kamida 5 foizi miqdorida zakalat puli mablag‘larini "Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish" AJning quyida keltirilgan maxsus hisob-raqamiga o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi to‘lov hujjati nusxasi.

Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish davlat komissiyasi tomonidan savdoning birinchi bosqich yakunlari bo‘yicha qarori qabul qilingan kundan boshlab, 3 ish kuni mobaynida jarayonning birinchi bosqichi natijalari bo‘yicha ikkinchi bosqichga o‘tgan talabgorlar to‘g‘risida Davaktiv agentligi tomonidan o‘zining rasmiy veb sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi kanallar orqali e’lon beriladi hamda birinchi bosqichda ishtirok etgan barcha talabgorlarga rasmiy xabarnoma yuboriladi.

Savdoning ikkinchi bosqichiga o‘tgan talabgorlar to‘g‘risida Davaktiv agentligi tomonidan o‘zining rasmiy veb saytida e’lon chop etilgan kundan boshlab 5 ish kuni ichida savdoning ikkinchi bosqichida qatnashish uchun mazkur e’lonning 2-ilovasi (jismoniy shaxslar 2a-ilovasi)dagi ariza namunasi to‘ldirilib (tasdiqlangan holda) E-auksion” elektron savdo platformasi orqali takliflar taqdim etiladi.

Takliflar quyida talab etiladigan hujjatlarning skaner qilingan varianti (kodlangan holda) “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali yuboriladi:

  • davlat aktivini sotib olishga talabgorning narx taklifi;
  • davlat aktivini sotib olish to‘lovlarini amalga oshirishning muddatlari bo‘yicha taklif;
  • talabgorning oxirgi 3 yillik moliyaviy hisoboti (buxgalteriya hisobotining 1 va 2-shakllari) nusxasi (rezidentlar uchun hisobot qabul qilinganligi to‘g‘risidagi soliq organlarining tasdig‘i hamda moddiy va nomoddiy aktivlarga hisoblangan amortizasiya va aktivlarni qayta baholash ko‘rsatkichlari bilan birga).

Bunda:

  • talabgor tomonidan o‘z moliyaviy hisobotlari bo‘yicha to‘lov qobiliyati yetarli bo‘lmasa, ta’sischisi yoki benefisiarining oxirgi 3 yillik moliyaviy hisoboti (buxgalteriya hisobotining 1 va 2-shakllari) nusxasini (rezidentlar uchun hisobot qabul qilinganligi to‘g‘risidagi soliq organlarining tasdig‘i hamda moddiy va nomoddiy aktivlarga hisoblangan amortizasiya va aktivlarni qayta baholash ko‘rsatkichlari bilan birga) taqdim etishi mumkin. Bunday hollarda ta’sischi yoki benefisiarning talabgor manfaati uchun to‘lovlarni amalga oshirish yuzasidan tasdiq xati ilova qilinishi shart;
  • talabgorning to‘lov qobiliyatining yetarliligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar (depozit sertifikati, bank kafolati). Bu hujjatlar talabgor tomonidan o‘zining moliyaviy hisobotlari bo‘yicha to‘lov qobiliyati yetarli bo‘lmagan hollarda taqdim etiladi.

Alohida shartlar:

  1. Futbol klubi faoliyatini rivojlantirish va xalqaro amaliyotni joriy etish yuzasidan eng maqbul strategiya loyihasi tanlab olinadi;
  2. Aktiv bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotilganda dastlabki to‘lov summasi 35 foizdan kam bo‘lgan hollarda qolgan summaga Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida yillik foizlar hisoblanadi;
  3. Aktivni sotib olish bo‘yicha birinchi bosqichda bitta taklif kelib tushgan hollarda, savdolar o‘tkazilmagan deb e’tirof etiladi;
  4. Talabgor davlat aktivini sotib olish to‘lovini bir oydan ko‘p muddatlarda amalga oshirishni taklif etganda, uning narx taklifi ushbu muddatlarni inobatga olgan holda, belgilangan tartibda joriy qiymatga keltirib baholanadi;
  5. Savdo yakunlari bo‘yicha savdo g‘olibi bilan Davaktiv agentligi tomonidan xabarnoma yuborilgandan keyin belgilangan tartibda oldi-sotdi shartnomasi rasmiylashtiriladi (fors-major holatlari bundan mustasno) va savdolarga qatnashish uchun to‘langan zakalat puli davlat aktivi xarid to‘lovining bir qismi sifatida qabul qilinadi;
  6. Aktiv savdolari yakunlari bo‘yicha g‘olib tomonidan to‘lanadigan xarid qiymatiga chegirma qo‘llanilmaydi;
  7. Savdolar yakunlari bo‘yicha savdo g‘olibi tomonidan oldi-sotdi shartnomasini tuzish rad etilsa yoki undan voz kechilsa, u tomonidan to‘langan zakalat puli miqdori qaytarilmaydi;
  8. Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish davlat komissiyasi yoki Ishchi organ o‘z xohishiga ko‘ra hech qanday majburiyatni o‘z zimmasiga olmagan holda, har qanday vaqtda savdoni to‘xtatishi hamda savdo jarayonida talabgorlardan qo‘shimcha va/yoki aniqlashtiruvchi ma’lumotlar so‘rashi mumkin.
Kiritildi: 11:29, 17.01.2024. O'qildi: 2560 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 19
2 Брентфорд Igor Tiago 11
3 Борнмут Antuan Semenyo 9
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 8
5 Брайтон Denni Uelbek 8
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 8
7 Астон Вилла Morgan Rodjers 7
8 Манчестер Сити Filip Foden 7
9 Тоттенхэм Risharlison 7
10 Ньюкасл Nik Voltemade 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.