Bugun 27 aprel, 2026 yil, dushanba.

  • La-liga
      • 26.04.2026 00:00
      • Atletiko
      • 3:2
      • Atletik Bilbao
      • 26.04.2026 17:00
      • Rayo Valyekano
      • 3:3
      • Real Sosyedad
      • 26.04.2026 19:15
      • Real Ovyedo
      • 1:2
      • Elche
      • 26.04.2026 21:30
      • Osasuna
      • 2:1
      • Sevilya
      • 27.04.2026 00:00
      • Vilyarreal
      • 2:1
      • Selta
      • 28.04.2026 00:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Levante
  • «A» Seriya
      • 26.04.2026 15:30
      • Fiorentina
      • 0:0
      • Sassuolo
      • 26.04.2026 18:00
      • Jenoa
      • 0:2
      • Komo
      • 26.04.2026 21:00
      • Torino
      • 2:2
      • Inter
      • 26.04.2026 23:45
      • Milan
      • 0:0
      • Yuventus
      • 27.04.2026 21:30
      • Kalyari
      • -:-
      • Atalanta
      • 27.04.2026 23:45
      • Lasio
      • -:-
      • Udineze
  • APL
      • 28.04.2026 00:00
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Brentford
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 33 85
2 Real Madrid 33 74
3 Vilyarreal 33 65
4 Atletiko 33 60
5 Betis 33 50
6 Selta 33 44
7 Xetafe 33 44
8 Real Sosyedad 33 43
9 Osasuna 33 42
10 Atletik Bilbao 33 41
11 Rayo Valyekano 33 39
12 Valensiya 33 39
13 Elche 33 38
14 Espanyol 32 38
15 Jirona 33 38
16 Alaves 33 36
17 Malyorka 33 35
18 Sevilya 33 34
19 Levante 32 32
20 Real Ovyedo 33 28

O'tgan o'yinlar.

33-тур Atletik Bilbao 1-0 Osasuna
33-тур Malyorka 1-1 Valensiya
33-тур Real Madrid 2-1 Alaves
33-тур Jirona 2-3 Betis
33-тур Elche 3-2 Atletiko
33-тур Real Sosyedad 0-1 Xetafe
33-тур Barselona 1-0 Selta
33-тур Levante 2-0 Sevilya
33-тур Rayo Valyekano 1-0 Espanyol
33-тур Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal

Navbatdagi o'yinlar.

28/04/26 Espanyol - Levante

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Feynoord»ning gol mashinasi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Niderlandiya Erediviziyasi
Rukn: Yangiliklar
A A A

Top-5ga kirmagan chempionatlarda ham yuqori saviyali va istiqbolli futbolchilar bor.

Ulardan biri Santyago Ximenesdir. O‘tgan mavsumda «Feyenoord» forvardi Meksika chempionatidagi natijalarni hisobga olgan holda barcha musobaqalarda 50 o‘yinda 28ta gol urdi. Joriy kampaniyada esa 22 yoshli hujumchi 28 uchrashuvda ishtirok etib, 26ta golni urib qo‘ydi. Meksikalik iqtidor butun dunyo u haqida bilishi uchun navbatdagi qadamini tashlashi kerak, ya’ni top-klubga o‘tish. Va bu borgan sari haqiqatga aylanadiganga o‘xshamoqda.

Taxminan bir oy oldin funksioner Morris Panyello Ximenesning otasi, sobiq futbolchi o‘g‘lining manfaatlarini himoya qilsa-da, u deyarli 18 oydan beri ular bilan maslahatchi sifatida ishlayotganini aytdi. Panyello, shuningdek, bir nechta top-klublar vakillari Ximenesni avvalgi transfer oynalarida ham sotib olishni istashganini aytdi. «Biz «Atletiko» bilan muzokara olib borganmiz. Shuningdek, «Inter», «Milan», «Lasio» va «Napoli» bilan ham gaplashdik. Menimcha, u «Inter» va «Yuventus» uchun ideal bo‘lishi mumkin. Ular uning uchun eng yaxshi variant bo‘ladi. Turli klublarga unga ishonishni maslahat berdim, uning qiymati 12 oydan kamroq vaqt ichida 10 million yevrodan 40 million yevroga ko‘tarildi. Hozirda unga eng yaqin bo‘lib turganlar - «Real» va «Tottenxem»dir».

Uning kelajagi haqidagi suhbatlar tinimsiz davom etmoqda. Agar futbolchi yuqori saviyada o‘ynasa, bu normal holat. Ximenes Eredivizionni Luis Suaresdan keyin hech kim qilmagan tarzda parchalamoqda. Urugvaylik futbolchi bir kalendar yilida chempionatda 30ta gol urgandi. 2023 yilda esa 33ta golni rasmiylashtirdi. 2022 yilning yozida Meksikaning «Kruz Asul» jamoasidan «Feyenoord»ga atigi 6 million yevroga tushgan futbolchi uchun yomon emas.

Murabbiy Arne Slotning talablarini, ayniqsa, himoyaviy nuqtai nazardan tushunish uchun unga biroz vaqt kerak bo‘ldi. Gollar ham darhol kelmadi. 2022/23 yilgi mavsumning birinchi yarmida Santyago Erediviziyada bor yo‘g‘i ikki marta gol urdi. Avvaliga u rotasiya o‘yinchisi edi, chunki Slot hujumda boshqa hujumchini afzal ko‘rdi. Ammo meksikalik futbolchining katta salohiyati bor edi, masalan, Yevropa ligasida «Lasio»ga qarshi o‘yinda u 27 daqiqada dubl qayd etgan.

Mavsum davomida Ximenes o‘zini ishonchli his qila boshladi. Slot ham unga tobora ko‘proq ishona boshladi. Santyago fevral oyida «Feyenoord»ning asosiy hujumchisiga aylandi va jamoaning chempionlik g‘alabasida muhim rol o‘ynadi va ketma-ket 9ta o‘yinda gol urdi. Futbolchining yaxshi formasi mantiqan uni JCH-2022 uchun milliy terma jamoaga kira olmaganidan so‘ng Meksika tarkibiga kiritilishiga olib keldi.

Santyago faoliyatini yarim himoyachi sifatida boshlagan. Dastlab biroz uyatchan va noqulay hisoblangan bo‘lsa-da, u xavfli to‘purarga aylandi, yoshlar darajasida 4 mavsumda 100ta gol urdi. Santyago 16 yoshida professional debyut qilgan. Dastlab u «Feyenoord»ning taklifiga ishonmadi, shubha qildi. Ammo otasi Niderlandiya uning rivojlanishi uchun ideal joy bo‘lishiga ishongan va vaqt ko‘rsatganidek, u haq edi.

Ximenesning o‘yinida hali ham kamchiliklar bor, bu yosh futbolchi uchun tushunarli. Slot hali ham himoyada undan ko‘proq narsani talab qiladi. Murabbiyning fikricha, Santyago ba’zida konsentrasiyani yo‘qotadi, bu esa o‘z navbatida pressing uchun to‘g‘ri pozisiyani tanlashga to‘sqinlik qiladi. Mutaxassisning fikricha, to‘g‘ri bosim o‘tkazilsa, meksikalik o‘z faoliyatini yanada yaxshilashi mumkin.

«Dunyoning narigi tomoniga o‘tganingizda, moslashish uchun doim vaqt kerak bo‘ladi, - dedi «Feyenoord»ning sobiq hujumchisi Dirk Kuyt. - Ammo u juda tez moslashdi va boshida har bir o‘yinda qatnashmaganida xafa bo‘lmadi. U murabbiyni diqqat bilan tinglab, o‘zidan murabbiy uni qanday bo‘lishini xohlayotganini so‘radi. To‘pga ega bo‘lgan o‘yinchilar odatda nima qilishni bilishadi, lekin u to‘pni yo‘qotib qo‘yganda ham jamoa uchun juda muhim bo‘lib qoladi. Bu vaqt davomida u juda yaxshi rivojlandi va uni yaxshilashi mumkin bo‘lgan ko‘p narsa bor».

Ximenes allaqachon «Fe­yenoord»ning asosiy zarba beruvchi kuchi hisoblanadi. Klub afsonasi Jovanni van Bronkxorst ta’kidlaganidek, usiz asosiy tarkibda butunlay boshqa jamoa paydo bo‘ladi va meksikalikning gollari odatiy holga aylanib bormoqda. Bu mavsumda Santyago allaqachon 2ta xet-trik va Erediviziyada 3ta dubl qayd etdi. E’tiborlisi, u Chempionlar ligasida ham «Lasio»ga qarshi o‘yinda 2ta gol urdi.

Muxlislar Yevropaning boy klublaridan biri «Feyenoord»ga Rotterdam rad eta olmaydigan taklif bilan chiqsa, Ximenes shu oyda sotilishi mumkinligidan xavotirda. Niderlandlarning maqsadi eng yaxshi futbolchisini hech bo‘lmaganda mavsum oxirigacha saqlab qolish. Biroq, ayniqsa, hozir sermahsul hujumchilarga talab qanchalik yuqori ekanligini hisobga olsak, futbolda hech narsa kafolatlanmaydi.

A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:50, 24.01.2024. O'qildi: 1589 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 21
3 Барселона Lamin Yamal 16
4 Осасуна Ante Budimir 16
5 Барселона Ferran Torres 14
6 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 14
7 Реал Мадрид Vinisius Junior 13
8 Атлетико Aleksandr Serlot 12
9 Барселона Robert Levandovski 12
10 Алавес Lukas Boye 12

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик