Bugun 20 iyul, 2025 yil, yakshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 15 33
2 Neftchi 15 30
3 Dinamo 15 29
4 Bunyodkor 15 27
5 OKMK 15 27
6 Paxtakor 15 26
7 Navbahor 15 26
8 Surxon 15 18
9 Andijon 15 17
10 Qizilqum 15 17
11 So‘g‘diyona 15 16
12 Mash’al 15 15
13 Xorazm 15 14
14 Buxoro 15 13
15 Qo‘qon-1912 15 12
16 Sho‘rtan 15 9

O'tgan o'yinlar.

15-тур Sho‘rtan 1-2 Qizilqum
15-тур So‘g‘diyona 2-1 Qo‘qon-1912
15-тур Surxon 0-0 Buxoro
15-тур Andijon 0-1 Bunyodkor
15-тур Mash’al 0-1 OKMK
15-тур Paxtakor 2-0 Navbahor
15-тур Dinamo 2-2 Nasaf
15-тур Neftchi 2-0 Xorazm

So'rovnoma

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Tata Steel Chess 2024. Nodirbek Abdusattorov muhim o‘yinda mag‘lubiyatga uchradi (videosharh)

Baho:
+-1 | -
SPORT / Sport turlari / shaxmat
Rukn: Yangiliklar
A A A

Niderlandiyaning Veyk an-Zee shahrida shaxmat bo‘yicha Tata Steel Chess 2024 turnirida kecha 12-tur bahslari o‘tkazildi.

Turnirning Masters guruhida ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov bu turda hindistonlik Vidit Santosh Gujrathiga qarshi qora donalarda o‘ynadi.

Mazkur bahsda hamyurtimizni durang natija ham qanoatlantirardi. Ammo Nodirbek o‘yin boshidanoq g‘alaba uchun harakat qildi hamda 11-yurishda tavakkal qilib Filni oldinga surdi (c4 xonasiga). Kompyuter mazkur yurishni noaniq yurish sifatida baholadi va Vidit kichik ustunlikni qo‘lga kiritdi.

Hindistonlik shaxmatchi ketma-ket aniq yurishlar orqali o‘yin oxirigacha mazkur ustunlikni saqlab qoldi. Endshpilda Gujrathi bir Piyoda ustunligiga ega bo‘ldi. Buning oqibatida Nodirbek 75-yurishga kelib mag‘lubiyatni tan oldi.

12-turdan keyin birdaniga 5 nafar shaxmatchida 7,5 ochko mavjud. Abdusattorov qo‘shimcha ko‘rsatkich bo‘yicha 4-o‘ringa tushib qoldi. Vatandoshimiz bugun so‘nggi turda germaniyalik Aleksandr Donchenkoga qarshi oq donalarda o‘ynaydi. O‘yinlar Toshkent vaqti bilan 16:15da boshlanadi.

Manba: stadion.uz

Kiritildi: 09:32, 28.01.2024. O'qildi: 4360 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Agar Eybar va Vilyarreal shaharlari aholisini qo'shib "Kamp Nou"ga joylashtirsa, stadionda yana 20 mingdan ortiq bo'sh joy qoladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 11
2 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 9
3 Бунёдкор Luis Kachorri 8
4 Насаф Husayn Norchayev 8
5 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 7
6 ОКМК Xurshid G‘iyosov 6
7 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 6
8 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 5
9 Нефтчи Zoran Marushich 5
10 Машъал Humoyun Murtazoyev 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.