Bugun 14 noyabr, 2025 yil, juma.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 12 31
2 Barselona 12 28
3 Vilyarreal 12 26
4 Atletiko 12 25
5 Betis 12 20
6 Espanyol 12 18
7 Atletik Bilbao 12 17
8 Xetafe 12 17
9 Sevilya 12 16
10 Alaves 12 15
11 Elche 12 15
12 Rayo Valyekano 12 15
13 Selta 12 13
14 Real Sosyedad 12 13
15 Malyorka 12 12
16 Osasuna 12 11
17 Valensiya 12 10
18 Jirona 12 10
19 Levante 12 9
20 Real Ovyedo 12 8

O'tgan o'yinlar.

12-тур Elche 1-1 Real Sosyedad
12-тур Jirona 1-0 Alaves
12-тур Sevilya 1-0 Osasuna
12-тур Atletiko 3-1 Levante
12-тур Espanyol 0-2 Vilyarreal
12-тур Atletik Bilbao 1-0 Real Ovyedo
12-тур Rayo Valyekano 0-0 Real Madrid
12-тур Malyorka 1-0 Xetafe
12-тур Valensiya 1-1 Betis
12-тур Selta 2-4 Barselona

Navbatdagi o'yinlar.

22/11/25 Valensiya - Levante
22/11/25 Alaves - Selta
22/11/25 Barselona - Atletik Bilbao
22/11/25 Osasuna - Real Sosyedad
23/11/25 Vilyarreal - Malyorka
23/11/25 Real Ovyedo - Rayo Valyekano
23/11/25 Betis - Jirona
23/11/25 Xetafe - Atletiko
24/11/25 Elche - Real Madrid
25/11/25 Espanyol - Sevilya

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 10040 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 3105 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 14.11.2025

      06:00 Чемпионат Бразилии. "Интернасьонал" - "Баия".
      08:00 Чемпионат Турции. "Антальяспор" - "Бешикташ".
      10:00 Чемпионат Бразилии. "Сан-Паулу" - "Ред Булл Брагантино".
      12:00 Д/ф "Джеррард. Прирождённый лидер".
      13:10 Д/ф "Куртуа. Возвращение".
      14:00 Чемпионат Турции. "Фенербахче" - "Кайсериспор".
      16:00 Чемпионат Бразилии. "Крузейро" - "Флуминенсе".
      18:00 Чемпионат Турции. "Антальяспор" - "Бешикташ".
      20:00 Чемпионат Бразилии. "Мирасол" - "Палмейрас".
      22:00 Чемпионат Турции. "Трабзонспор" - "Аланьяспор".
      00:00 Чемпионат Бразилии. "Интернасьонал" - "Баия".
      02:00 Д/ф "Неймар. Номер один в Бразилии".
      02:50 Д/ф "Манчестер Юнайтед". Вперёд к славе".
      04:00 Чемпионат Бразилии. "Сан-Паулу" - "Ред Булл Брагантино".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 14.11.2025

      05:25 "Непобедимый".
      05:55 LIVE Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Юниорки. Группы. Прямая трансляция.
      07:50 LIVE Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Группы. Прямая трансляция.
      10:20 LIVE Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Финалы в отдельных видах. Прямая трансляция.
      15:00 "10 лет в спорте". "2024/2025".
      15:25 "Вы это видели".
      16:15 LIVE Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Гала-концерт. Прямая трансляция.
      17:30 "Эволюция спорта".
      17:55 Тяжёлая атлетика. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Женщины. Свыше 87 кг.
      19:15 Тяжёлая атлетика. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Мужчины. До 102 кг.
      20:25 "Непобедимый".
      20:55 LIVE Дзюдо. Мировой тур. Гран-при Загреба в Хорватии. День 1. Прямая трансляция.
      23:30 LIVE Бильярд. BetBoom Кубок мира в Москве. Прямая трансляция.
      01:05 Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Финалы в отдельных видах.
      03:15 "Эволюция спорта".
      03:40 Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Финалы в отдельных видах.
      04:55 Тяжёлая атлетика. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Женщины. Свыше 87 кг.
  • MATCH-TV
    • Sana: 14.11.2025

      05:50 Новости.
      05:55 LIVE Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Юниорки. Группы. Прямая трансляция.
      07:50 LIVE Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Группы. Прямая трансляция.
      10:20 LIVE Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Финалы в отдельных видах. Прямая трансляция.
      15:00 "Небесная грация".
      15:20 Все на Матч! Прямой эфир.
      16:15 LIVE Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Прямая трансляция.
      17:30 LIVE Смешанные единоборства. ONE FC "Friday Fights 133" в Бангкоке, Таиланд. Прямая трансляция.
      21:30 Смешанные единоборства. UFC. Ислам Махачев. Лучшее.
      23:30 LIVE Бильярд. BetBoom Кубок мира в Москве. Прямая трансляция.
      01:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      02:30 "Вы это видели".
      03:30 "Формула-1. Гаснут огни".
      04:00 Театрализованное спортивно-гимнастическое шоу Светланы Хоркиной "Спортрота".
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 14.11.2025

      05:30 Снукер. Гран-при Сианя в Китае. Финал. Сессия 2.
      08:00 Зал славы. Олимпиада 2020 в Токио.
      09:00 Горнолыжный спорт. Чемпионат мира в Зальбах-Хинтерглемме, Австрия. Мужчины. Гигантский слалом. 2-я попытка.
      10:00 Автоспорт. WEC. Этап 6. "Lone Star Le Mans" на Трассе Америк, США. Лучшие моменты.
      12:30 Снукер. Гран-при Сианя в Китае. Финал. Сессия 2.
      15:00 Зал славы. Олимпиада 2024 в Париже.
      16:00 Автоспорт. WEC. Этап 6. "Lone Star Le Mans" на Трассе Америк, США. Лучшие моменты.
      18:30 Снукер. Гран-при Сианя в Китае. Финал. Сессия 2.
      21:30 Зал славы. Олимпиада 2020 в Токио.
      22:30 Олимпийский канал. "Монументы", 1 эп.
      23:00 Горнолыжный спорт. Чемпионат мира в Зальбах-Хинтерглемме, Австрия. Мужчины. Гигантский слалом. 2-я попытка.
      00:00 Автоспорт. WEC. Этап 6. "Lone Star Le Mans" на Трассе Америк, США. Лучшие моменты.
      02:00 Снукер. Гран-при Сианя в Китае. Финал. Сессия 2.
      04:00 Автоспорт. WEC. Этап 7. "6 часов Фудзи" в Ояме, Япония. Лучшие моменты.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Mustafo Bayramov: «Meni Namanganda barcha taniydi va hurmat qiladi»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / PFL klublari / Navbahor
Rukn: Intervyular
A A A

Jahon futbolida o‘z faoliyatini faqatgina bir klubda o‘tkazgan sodiq futbolchilar ham bor. Shunday o‘yinchilar qatoriga Italiyaning “Milan” jamoasi sobiq himoyachisi Paolo Maldini, Angliyaning “Liverpul” klubi sobiq yarim himoyachisi Stiven Jerrard, “Roma” (Italiya) klubi sobiq hujumchisi Franchesko Tottilarni kiritish mumkin.

Mamlakatimizda ham shunday futbolchilar topiladi. Bular qatorida ayni paytda Namanganning “Navbahor” jamoasida texnik direktor sifatida faoliyat yuritayotgan Mustafo Bayramov ham bor. Yaqinda yubiley – 60 yoshli tavallud ayyomini nishonlagan mazkur mutaxassis 40 yildan ziyod vaqt davomida faqatgina bir klub, ya’ni “Navbahor”da faoliyat yuritmoqda. Ushbu jamoada oldin futbolchi, keyin esa murabbiy, endilikda esa texnik direktor sifatida ishlayotgan Mustafo Jeferovich ta’kidlash joizki, ancha kamtar va kamsuqum inson.

Biz yaqinda “Navbahor”ning sadoqatli hamda fidoyi vakili bilan suhbat uyushtirib, uning fikrlarini yozib oldik.

O‘tgan mavsum borasidagi fikrlar

— “Navbahor” o‘tgan mavsumda o‘z tarixida 10-marta bronza medalini qo‘lga kiritdi, Osiyo Chempionlar ligasi (OCHL)da ilk marta ishtirok etganligiga qaramay, 1/8 finalga yo‘l oldi. Albatta. buni ham yaxshi natija deyish mumkin. Ammo biroz omad kelmaganligi bois, jamoa chempionlik unvonini qo‘lga kirita olmadi. Bunga esa “lochinlar”ning 3 ta front, ya’ni, Superliga, O‘zbekiston kubogi va Osiyo Chempionlar ligasi (OCHL) musobaqalarida ishtirok etganligi, futbolchilarning jarohatlari, diskvalifikasiyalar, aviaparvozlarning charchatib qo‘yganligi sabab bo‘ldi.

Biroq, ta’kidlash joizki, o‘tgan mavsumda “Navbahor” oltin medalni qo‘lga kiritishi uchun barcha, ya’ni, Namangan viloyati hokimi, viloyat futbol assosiasiyasi prezidenti Shavkatjon Shokirjanovich Abdurazzoqov, “Navbahor” PFK vise-prezidenti Otabek Arifovich Samatov boshchiligidagi klub rahbariyati, ishchi-xodimlari, jamoa murabbiylar shtabi va futbolchilar harakat qilishdi. Ammo, nailoj, Allohning aytgani bo‘lar ekan.

Lekin kezi kelganida viloyatimiz rahbari Shavkatjon Abdurazzoqov hamda klub vise-prezidenti Otabek Samatovlarning bir paytlari futbol o‘ynashgani,futbolni teran tushunadigan shaxslar ekanligi, so‘nggi yillarda “Navbahor” uchun barcha sharoitlarni yaratib berishayotgani, jamoaning so‘nggi yillardagi muvaffaqiyatlarida ulkan hissalari borligini ham ta’kidlash joiz.

Jumladan, Shavkatjon Shokirjanovichning “Navbahor” ishtirokidagi o‘yinlar arafasida jamoa a’zolari bilan uchrashib, yigitlarga motivasiya berib, ruhlantirishi, Otabek Arifovichning esa “Navbahor” uchun o‘zgacha jon kuydirishi, futbolchilarning muammolari bilan qiziqib, ularga yaxshi sharoitlar yaratib berishga harakat qilishini aytish joiz.           

Xudo xohlasa, yangi mavsumda “Navbahor” uzoq kutilgan chempionlik unvonini qo‘lga kiritadi, degan umiddaman. O‘zim uchun qadrdon jamoaning chempionligini yana bir marotaba (“Navbahor” 1996 yili chempion bo‘lgan) ko‘rish niyatidaman.

O‘tgan mavsumdagi yorqin va alamli o‘yinlar

—  Albatta, o‘tgan mavsumda “Navbahor”ning yorqin o‘yinlari ko‘p bo‘ldi. Bunday bahslar sirasiga OCHL “pley-off” bosqichi doirasidagi safarda “Al-Vakra” (Doxa, Qatar,1:0), ushbu turnirning guruh bosqichi doirasidagi safarda “Al-Hilol” (Ar-Riyod, Saudiya Arabistoni, 1:1) va Superliganing “Bunyodkor” (11-tur,5:1) jamoalariga qarshi kechgan o‘yinlarini kiritish mumkin. Ar-Riyoddagi uchrashuvda yigitlar tarkibida Neymar, Mitrovich, Malkom singari jahon futboli yulduzlari bo‘lgan “Al-Hilol”ga qarshi cho‘chimay, mardona o‘ynashdi. Hattoki, ancha vaqt davomida 1:0 hisobida ham oldinda borishdi. Lekin hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda mezbonlar hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘lishdi. Ammo mazkur o‘yindan so‘ng, “Navbahor”ni butun dunyo tanidi, e’tirof etdi.

Eng alamli o‘yin sifatida esa Superliganing Namangandagi “Nasaf” (22-tur, 0:1) bilan bo‘lgan bellashuvini keltirish mumkin. O‘sha o‘yindagi mag‘lubiyat jamoamizni chempionlik kurashidan chiqardi.   

OCHL nimchorak final qur’asi haqida

— Qur’a natijasiga ko‘ra, jamoamizga “Al-Ittihod” raqib bo‘ldi.  To‘g‘ri, Saudiyaning ushbu klubi yaxshi shakllangan jamoa.SHuningdek, “Al-Ittihod” tarkibidan jahon futboli yulduzlari o‘rin olgan. Ammo bundan cho‘chimaslik kerak. Chunki yulduzli tarkibga ega jamoani ham yengsa bo‘ladi. Bunga misol tariqasida 1996 yili, Osiyo kubok egalari kubogi doirasidagi, Namanganda Eronning “Istiqlol” (Tehron) jamoasiga qarshi kechgan bahsni keltirish mumkin. O‘shanda tehronliklar safida ko‘plab Eron terma jamoasi yetakchilari, mazkur mamlakat futboli yulduzlari o‘ynashardi. Shunga qaramay, o‘z maydonimizda “Istiqlol”ni yirik – 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratishga muvaffaq bo‘lganmiz va Namangan ahliga bayram tuhfa etganmiz.

Jamoamiz“Al-Ittihod”ga qarshi kechadigan nimchorak final bahslarida ham ijobiy natijalarni qayd etgan holda, chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritib, namanganliklarga quvonch ulashadi, degan umiddaman.

“Navbahor”ga sadoqati, havas qilgan futbolchisi va jamoaning fidoyi muxlislari to‘g‘risida  

— “Navbahor”da 1980 yildan buyon avval futbolchi, keyin murabbiy, hozirgi kunda esa texnik direktor sifatida faoliyat yurityapman. Bir so‘z bilan aytganda, butun faoliyatim mazkur klubga sadoqat bilan o‘tmoqda.

Bolaligimda Germaniya terma jamoasi va “Bavariya” klubi himoyachisi Frans Bekkenbauerning o‘yinlariga havas qilardim. Shuning uchun ham himoyachi ampluasini tanladim hamda shu pozisiyada faoliyatimning yakunigacha to‘p surdim.

 O‘zingizga ma’lum, futbolchilik faoliyatim davomida faqatgina bir jamoa – “Navbahor” sharafini himoya qilganman. Ushbu klub safida 17 yil to‘p surib, 6 mavsum davomida, ya’ni 1989 – 1994 yillarda jamoa sardori bo‘lganman.

Futbolchilik davrimda “Navbahor” bilan O‘zbekiston chempionligi (1996), O‘zbekiston kubogi (1992, 1995), bronza medallari (1993, 1994, 1995) ni qo‘lga kiritganman.  

Fursatdan foydalanib, shuni ta’kidlamoqchimanki, futbolchilik davrimda menga “Paxtakor” (Toshkent), “Neftchi” (Farg‘ona) va “Tavriya” (Simferopol) jamoalaridan ancha yaxshi takliflar bo‘lgan.

Mazkur klublarning rahbarlari menga jamoalarida o‘ynashim uchun avtomobil hamda kvartira taklif etishgan. Ammo rahmatli otam “Daraxt bir joyda ko‘karadi, bir kun hammasi yaxshi bo‘ladi, seni keyinchalik hamma hurmat qiladi, o‘shanda mening gaplarimni eslaysan”, degandilar.

Haqiqatanam dadamning gaplari to‘g‘ri chiqdi. “Navbahor”ni yaxshi ko‘raman, meni Namanganda barcha taniydi va hurmat qiladi. Bundan esa judayam xursandman.

Namanganda futbolni sevishadi. Ta’kidlaganimdek, 1991 yili “Navbahor” sobiq ittifoq chempionatining 1-ligasida ishtirok etganida ham jamoa sardori bo‘lganman. O‘sha yilgi mavsumda Namangandagi o‘yinlarda stadion tomoshabinlar bilan to‘lardi, uchrashuvlarga 40-50 ming nafar ishqiboz tashrif buyurardi. Biz ham ularning ishonchlarini oqlab, o‘z maydonimizdagi o‘yinlarda “Zenit” (Sankt-Peterburg), “Qayrat” (Olma-Ota) va “Neftchi” (Boku) singari taniqli jamoalarni mag‘lubiyatga uchratganmiz. Namanganda faqatgina “Rotor” (Volgograd)ga yutqazganmiz, xolos.

“Navbahor”ni 1991 yili muxlislar hattoki, safardagi bellashuvlariga ham tashrif buyurib, qo‘llab-quvvatlab turishgan.

Masalan, Sankt-Peterburgdagi “Zenit”ga qarshi kechgan o‘yinga Namangandan 300 nafar ishqiboz borgan. Shuningdek, “Daugava” va “Fakel” jamoalari bilan bo‘lgan bahslarni bevosita stadionda tomosha qilish uchun Riga hamda Voronej shaharlariga ham ko‘plab muxlislar borishgandi va ularning qo‘llab-quvvatlashlaridan biz – futbolchilar ishtiyoq hamda ruh olardik.

Ta’kidlash joizki, “Navbahor” muxlislari men uchun jahonda yagona.    Jamoamiz sobiq ittifoq Birinchi ligasida qatnashganida men sardor sifatida har safargi o‘yindan oldin jamoadoshlarimga ishqibozlarni xursand qilish uchun maydonga tushishimizni ta’kidlardim. Aynan shuning uchun bo‘lsa kerak, o‘sha mavsumda sobiq ittifoq Birinchi ligasi debyutanti bo‘lishiga qaramay, “Navbahor” 9-o‘rinni egallagandi. Albatta, bunda qayd etganimdek, muxlislarning ham qo‘llab-quvvatlashlari muhim rol o‘ynagan.

Bir so‘z bilan aytganda, futbolchilik faoliyatim davomida va ayni paytda ham muxlislar doimo qo‘llab-quvvatlashgani uchun ulardan bir umr minnatdorman.

O‘z navbatida “Navbahor”ning o‘sha paytdagi mashg‘ulotlariga 3000 nafar muxlis tashrif buyurganligini ham ta’kidlash joiz.  

Murabbiylari hamda murabbiylik faoliyati

— Futbolchilik faoliyatim davomida ko‘plab murabbiylarning qo‘l ostida o‘ynaganman. Millionlar o‘yinidagi ilk saboqlarni Pavel Konstantinovich Kim va Anvar Izzetovich Suleymanovlardan o‘rganganman.

“Navbahor”dagi faoliyatim davomida esa Gennadiy Nedelkin, Igor Volchok, Usmon Asqaraliyev, Baxtiyor Boboyev hamda Viktor Jalilovlar menga ustozlik qilishdi va ulardan ko‘p narsa o‘rgandim hamda bu keyinchalik murabbiylik faoliyatim davomida ko‘p marotaba asqotdi.

1997 yildan boshlab, murabbiylik faoliyatimni boshladim. Dastlab “Navbahor”ning o‘rinbosarlar tarkibini boshqarib, mazkur jamoa bilan 3 marta 3-o‘rinni qo‘lga kiritdim, shuningdek, 3 marta “Navbahor”ni oliy ligada olib qolishga muvaffaq bo‘ldim.

Umuman olganda, murabbiylik faoliyatimda qutqaruvchi vazifasini ham bajarishga ham to‘g‘ri kelgan (kuladi).

Murabbiylik faoliyatim davomida Viktor Jalilov, Gennadiy Nedelkin, Rahim Qurbonmamedov, Usmon Asqaraliyev, Baxtiyor Ashurmatov, Andrey Kanchelskis, Deyan Jurjevich va No‘’mon Hasanov singari mutaxassislar birga faoliyat olib bordim. Ayni paytda esa Samvel Babayan birga ishlayapman.

Navbahor” klubi va terma jamoadagi faoliyati, jamoadoshlari

— “Navbahor”dagi 17 yillik futbolchilik faoliyatim davomida 600 ga yaqin uchrashuvda maydonga tushib, garchi himoyachi bo‘lsamda, har mavsumda kamida 5 tadan to‘p kiritganman, 1995 yili esa 10 ta gol urdim va oliy ligadagi himoyachilar orasida eng yaxshi natijaga erishdim.

Gollarimni asosan standart vaziyatlardan keyin, ya’ni burchak hamda jarima zarbalaridan keyin, ko‘proq boshim bilan urardim. Boisi, bo‘yim 1,85 sm. edi. Shuning uchun havolatib uzatilgan to‘plarga ko‘proq ega chiqardim, umuman olganda,  “ikkinchi qavat”da yaxshi o‘yin namoyish etardim.

Ta’kidlaganimdek, jamoamiz 1991 yili sobiq ittifoq 1-ligasida ishtirok etgandi. O‘shanda namanganliklar tarkibida barcha uchrashuvlarda maydonga tushib, 4 ta gol urganman.

Futbolchilik faoliyatim davomida 1982 yili Tanzaniyadagi musobaqada ishtirok etganmiz, o‘shanda “Navbahor” mazkur mamlakatdagi turnirda  5 ta o‘yin o‘tkazib, ularning  4 tasida g‘alaba qozondi va  1 ta uchrashuvda durang qayd etgandi.

1989 yilda Liviya hamda Bangladesh mamlakatlaridagi musobaqalarda ishtirok etib, 1-o‘rinni egallagandik.

1990 yili esa Polshaga borib, mazkur mamlakatning mashhur klublaridan biri – “Lex” (Poznan) bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazganmiz.

Futbolchilik faoliyatim davomida darvozabonlardan Anatoliy Tananakin, Dmitriy Bashkevich, Saydullo Jabborov, Oleg Sirovashko, Anvar Jabborov, himoyachilardan esa Igor Belov, Igor Bliznyuk, Aleksandr Pasko, Aleksandr Ivanov va Farhod Magometovlar bilan yelkama-elka o‘ynaganmiz.

Shuningdek, sobiq jamoadoshlarimdan Tolib Boboyev, Saydullo Tursunov, Fevzi Davletov, Eduard Mamotov, Marat Dilmuhammedov, Dmitriy Batinkov, Aleksey Vinnikov, Tohir Madrahimov, Anvar Asadullayev, Dilshod Aliyev, Akmal Telyakov, Zafar Musaboyev hamda Maksim Shaskixlarning o‘yinlari menda yaxshi taassurot qoldirgan.    

Futbolchilik faoliyatim davomida sobiq ittifoq davridagi o‘yinchilardan “Rotor”dagi Aleksandr Ledyaxov, “Tekstilshik”dagi Sergey Natalushko, hamyurtlarimizdan esa Igor Shkvirin, Azamat Abduraimov, Oleg Sinelobov, Bahodir Rahmonov, Rustam Do‘rmonovlarga qarshi to‘p surish menga qiyinchilik tug‘dirgan.

Shuningdek, sobiq ittifoq davrida O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida 7 yil, ya’ni 1982-1989 yillari to‘p surdim, uning tarkibida sobiq ittifoq xalqlari Spartakiadasi, xalqaro musobaqada qatnashib, xalqaro turnirda 3-o‘rinni olganman, O‘zbekiston termasining sardori bo‘lganman.

“Vodiy derbisi” bahslari to‘g‘risida

– Katta va o‘rta yoshli muxlislar avvalgi “vodiy derbisi” o‘yinlarini yaxshi eslashadi. O‘sha paytlardagi bahslar haqiqiy derbiga mos ravishda o‘tardi. Bunday bellashuvlarga futbolchilarni ruhlantirish shart emasdi. Ayniqsa, “Neftchi”ga qarshi kechadigan o‘yinlar o‘zgacha ruhda kechardi. “Andijon” ham “chaqilmas yong‘oq” edi. Biroq o‘sha davrlarda o‘z maydonimizda andijonliklarga umuman yutqazmaganmiz. Men ham futbolchilik davrimda ko‘plab “vodiy derbisi” bahslarida maydonga tushganman. Qisqasi, o‘shandagi derbi o‘yinlari boshqacha kechgandi va bunday bahslarni sog‘inch bilan eslayman.

Yangi mavsumga tayyorgarlik borasida

— Jamoamiz yangi mavsumga tayyorgarlikni birinchi bosqichini Turkiyaning Antaliya shahrida olib borib, mazkur o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasida bir qator nazorat bahslari ham o‘tkazdi.   

Tayyorgarlikning ikkinchi bosqichi esa 9 fevraldan Namanganda davom ettirilmoqda.         

Xudo xohlasa, yangi mavsumda jamoamiz sovrindorlar safidan o‘rin olish uchun kurash olib boradi.

Bo‘lajak mavsumda “Navbahor”ning imkoniyatlarini yuqori baholayman. Jamoamizning chempion bo‘lganligiga 27 yil bo‘ldi. Shu bois, bu yil oltin medalni qo‘lga kiritishiga umid qilaman.       

Muxlislarga tilaklar

– Yuqorida aytib o‘tganimdek, “Navbahor” muxlislari men uchun dunyoda yagona. Futbolda har xil holatlar yuz berib turadi. Shunday paytlarda ham ulardan jamoamizni munosib tarzda qo‘llab-quvvatlab turishlari, sabrli bo‘lishlarini so‘rayman. Ahil bo‘lsak, hammasi yaxshi bo‘ladi. Baxtimizga ishqibozlar hamisha sog‘-salomat bo‘lishsin.

Yangi mavsumda muxlislar bilan birgalikda uzoq kutilgan chempionlik unvonini birgalikda nishonlash nasib etsin, ilohim!

Ma’lumot uchun

Mustafo Bayramov – 1964 yil, 7 yanvarda Namangan shahrida tug‘ilgan.
Futbol bilan 10 yoshidan shug‘ullanishni boshlagan.
Birinchi murabbiylari: Pavel Kim, Anvar Suleymanov.
Ampluasi: himoyachi.
Oilali, 2 farzandning otasi, 5 nabiraning buvasi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati. 

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 15:35, 10.02.2024. O'qildi: 2640 marta. Fikrlar: 6 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Anxel di Mariyaning umumiy transferlariga barchadan eng ko'p - jami 132.6 million funt sterling sarflangan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 13
2 Барселона Robert Levandovski 7
3 Атлетико Xulian Alvares 7
4 Леванте Karl Etta-Eyong 6
5 Мальорка Vedat Muriki 6
6 Барселона Ferran Torres 5
7 Бетис Kucho Ernandes 5
8 Сельта Borxa Iglesias 5
9 Реал Мадрид Vinisius Junior 5
10 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.