Bugun 1 yanvar, 2026 yil, payshanba.

  • APL
      • 31.12.2025 00:30
      • Byornli
      • 1:3
      • Nyukasl
      • 31.12.2025 00:30
      • Chelsi
      • 2:2
      • Bornmut
      • 31.12.2025 00:30
      • Nottingem Forest
      • 0:2
      • Everton
      • 31.12.2025 00:30
      • Vest Xem
      • 2:2
      • Brayton
      • 31.12.2025 01:15
      • Arsenal
      • 4:1
      • Aston Villa
      • 31.12.2025 01:15
      • Man. Yunayted
      • 1:1
      • Vulverhempton
      • 01.01.2026 22:30
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Fulhem
      • 01.01.2026 22:30
      • Liverpul
      • -:-
      • Lids
      • 02.01.2026 01:00
      • Brentford
      • -:-
      • Tottenhem
      • 02.01.2026 01:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Manchester Siti
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 19 45
2 Manchester Siti 18 40
3 Aston Villa 19 39
4 Liverpul 18 32
5 Chelsi 19 30
6 Man. Yunayted 19 30
7 Sanderlend 18 28
8 Everton 19 28
9 Brentford 18 26
10 Nyukasl 19 26
11 Kristal Pelas 18 26
12 Fulhem 18 26
13 Tottenhem 18 25
14 Brayton 19 25
15 Bornmut 19 23
16 Lids 18 20
17 Nottingem Forest 19 18
18 Vest Xem 19 14
19 Byornli 19 12
20 Vulverhempton 19 3

O'tgan o'yinlar.

19-тур Byornli 1-3 Nyukasl
19-тур Chelsi 2-2 Bornmut
19-тур Nottingem Forest 0-2 Everton
19-тур Vest Xem 2-2 Brayton
19-тур Arsenal 4-1 Aston Villa
19-тур Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/26 Kristal Pelas - Fulhem
01/01/26 Liverpul - Lids
02/01/26 Brentford - Tottenhem
02/01/26 Sanderlend - Manchester Siti

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Jahongir Ortiqxo‘jayev: «Milliardlab harajat qilish – futbol o‘zgardi, degani emas...»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / PFL klublari / Paxtakor
Rukn: Intervyular
A A A

Tadbirkor, Toshkent shahrining sobiq hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev «Lolazor» podkastidagi ishtirokida jamoatchilik diqqat markazidagi bir qator masalalarga izoh va munosabat bildirdi.

Jumladan, «Paxtakor» prezidenti futbolga oid savollarga javob berarkan, unda klubni rivojlantirmoqchi bo‘lgani, shu bilan birga, klub va stadionni xususiylashtirish uchun 100 dollar ham to‘lamoqchi emasligini aytdi.

- O‘zbekiston terma jamoa­sining OK-2023 nimchorak final bosqichi doirasidagi Tailandga qarshi bahsi haqida qanday fikrdasiz?

- Hozirgisi biz kutmagan Tailand bo‘lib chiqdi. Ular haqiqatdan ham jiddiy tayyorlangan. Avvalgi Tailand emas ular, futboli rivojlangan. Avstraliya bilan esa juda yaxshi o‘yin bo‘ldi. Lekin o‘yinlarimizda kamchiliklar bor, avvalgilardan o‘zgarish yo‘q. To‘g‘ri, temp bor, yoshlar yetishib chiqyapti, lekin yangi o‘yin uslubi yo‘q, «o‘zbekona o‘yin» hamon mavjud. Niyat qilamiz, O‘zbekiston chempion bo‘lsin (intervyu Qatar bilan o‘yindan oldin olingan). Har doim niyatimizni yuqori qilamiz, lekin faktlar hamma narsani ko‘rsatib turibdi.

- 2019 yili futbolga qiziqmasligingizni aytdingiz. Lekin mana, bir yil bo‘lyapti «Paxtakor» bilan yaqindan ishlashni boshladingiz. Buni qanday tushuntirasiz?

- «Paxtakor»ni avval bir kompaniya boshqarardi, shahar hokimiyatining bosh og‘rig‘i yo‘q edi. U kompaniya jamoani topshirgach, klub hokimiyatga qoldi. Men boshida hech narsaga tushunmadim. O‘zim yoshligimda futbolga rosa qiziqqanman, keyinchalik ishlarim ko‘payib ketib, qiziqmay qolganman. Lekin, shu davrda oyliklar yo‘q, Shota Arveladze ketadigan vaziyat bo‘lib qoldi. Bir kuni stadionga borib, o‘yinni ko‘rib, o‘sha yerdagi rahbarlar bilan ko‘rishib, gaplashdim. Ular vaziyatni aytishib, «siz klubning prezidentisiz» deb qolishdi. O‘zim esa prezident ekanligimni bilmas ekanman. «Yo‘g‘e?» desam, «Ha, shunaday» deb, vaziyatni tushuntirishdi. Keyin oyliklarini o‘tkazib berdik. Undan ko‘ra qiladigan ishlari ko‘p hokimiyatni. Ochig‘i, o‘zim pul o‘tkazgani hijolat bo‘lardim, «Paxtakor»ga falonchi pul o‘tkazdi desa, xijolat bo‘lardim. Ishxonamdagilarga iltimos qilardim, «yordam beringlar», «pul o‘tkazinglar» deb. Keyin bilsam ular olayotgan oyligidan soliq to‘lamas ekan, so‘ng oyliklarini ochiqlashlarini aytdim. Ochiqlagandan so‘ng hamma joyda shov-shuv bo‘lib ketdi. Jamoani tashlab ketmaysiz-ku, shu bois o‘tgan yili ham davom ettirdim.

Kuz faslida 5-6 nafar yoshi katta futbolchilar jamoada «sabotaj» qilishdi. Ular chempion bo‘laverib charchab ketishganda (kuladi). O‘yinni «tashlab» yuborishdi. Keyin yoshlarni chaqirdim. Va shu joyda Abbos (Fayzullayev) haqida bir haqiqat: bir kuni Qibrayga borgandim. Bolalarni kuzata turib Abbosga ko‘zim tushdi - harakatlari, intilishlari o‘ta yuqori darajada - uni yarim soatcha kuzatdim. Darrov jamoaning o‘sha paytdagi bosh murabbiyi Piter Xyuistra bilan gaplashdim, Abbosni asosiy jamoa­ga olishini aytdim. U esa: «Yo‘q, bo‘lmaydi, uning jussasi kichkina, kattalarning oyog‘i ostida qolib ketadi», deb ko‘nmadi. Iltimos qilsam ham bo‘lmadi. Keyin stolga musht tushirib, «Olasan!» dedim. Va keyingi o‘yindan asta-asta asosiy jamoa o‘yinlarida maydonga tushdi... Keyin Diyor (Xolmatov) va Azmiddinov (Shahzod)larni chiqishtirmayotgandi, Aziz Turg‘unboyevni sal chetlashtirib qo‘yishgandi, ularni ham majburan qo‘shtirdim. Mana, qarang hozir qanday o‘yin ko‘rsatishyapti ular. Jamoadagi ayrim «qariyalar»ning «sabotaj»idan keyin «bo‘ldi, charchadim futbol bilan boshqa shug‘ullanmayman, o‘zimni ishimni qilib yuraman», dedim. Shundan so‘ng 200 nafarga yaqin muxlis uyimga keldi. Ular uyimga kelib, o‘tirib oldi desam ham xato bo‘lmaydi. Shunday muxlislar bor ekanki, dodlab yig‘laydigan, hayoti futbolda o‘tgan. Keyin aytdim, «men aralashaman, faqat nima desam shu bo‘ladi», dedim. Avval hech ichki ishlariga aralashmasdim. Rozi bo‘lishdi. Keyin esa Maksim Shaskixni chaqirdim, kechasi 23:30da! Yana Diyor Xolmatovni chaqirdim. «Diyor, sen keyingi o‘yinda jamoa sardori bo‘lasan» dedim. Oyoqlari titrab ketdi, yosh yigitcha o‘zi. «Hamma chempionlikdan to‘yib ketganlar oilasi bilan tribunada o‘tirishsin, yoshlarni o‘ynashini ko‘rishsin, so‘kish eshitsa ham, shular eshitsin», dedim.

Uch kundan so‘ng o‘yin bo‘ldi, Diyor jamoa sardori, Hojimat Erkinov, Shahzod Azmiddinov va yana ikkinchi jamoadan futbolchilarni chaqirdim. O‘sha o‘yinda (20 oktyabr kungi «Turon»ga qarshi o‘yin) 3:0ga yutishdi. Navbatdagi o‘yinni 1:0ga - 3ta o‘yinni ketma-ket yutishdi. Keyin o‘sha yoshi kattalarni olib chiqib, «Ko‘rdinglarmi, senlarsiz ham eplaymiz, senlar xoinlik qildilaring», dedim. Va o‘ziga kelgan faxriylarimiz, oxirgi o‘yinlarda yaxshi o‘ynab chempion bo‘lishdi. Shundan so‘ng futbolga qiziqib ketdim.

- «Paxtakor»ni sotib olishdan maqsadingiz?

- Faqat «Paxtakor» emas, prezidentimiz qarorlari bilan ko‘p klublar xususiylashtirilishi kerak. Shu joya bir narsani aytishim kerak: davlatdan xususiyga o‘tishi - futbol o‘zgaradi, degani emas. Milliardlab xarajat qilish - futbol o‘zgardi, degani emas. Agar pul bilan hal bo‘lganida, bugun Saudiya eng zo‘r terma jamoa bo‘lardi. Yoki «Ulsan Xyunday» klubini olaylik: birgina Hyundai kompaniyasi 200 milliard «oborot» qiladi. Pul bilan bo‘lganida, ular bo‘lgan bo‘lardi. Futbolimizni kardinal o‘zgartirmasak, u o‘zgarmaydi. «Paxtakor»ni 100 dollarga bersa, sotib olmayman. Tekinga bersa olaman. Stadioniga ham gap shu! Men futbol federasiyasi rahbari Abdusalom aka Azizov bilan ham ko‘p gaplashdim, nima qilsa bo‘ladi, degan ma’noda. Boshqalarni bilmadimu, mening taklifim shunday: mayli, stadionni olishim mumkin, lekin pulga emas, chunki o‘zi stadionga 70-80 milliard pul tikib bo‘ldim. Umuman 200 milliard­ga yaqin pulim ketdi va buni qaytarib ololmayman. Yana pulga sotib olamanmi stadionni? Nima qilaman uni?

- Bu borada qanday rejalaringiz bor edi?

- Birinchi taklifim: futbolni o‘zgartirishimiz kerak. Ikkinchisi: muxlislarni futbolga chaqirishimiz kerak. Toshkent - mening kindik qonim to‘kilgan joy. «Paxtakor»da 12 yoshimdan chipta olib, sotib yurgan odamman. Boshqaga emas, aynan menga qadrli bu joy! Yoshligim shu yerlarda o‘tgan. «Paxtakor»ning nomi bor, uni yo‘qotib bo‘lmaydi. Nima qilmoqchi edim? Bilasiz, Qibrayda klub bazasi bor va men u yerga 100-120 o‘rinli mehmonxona qurmoqchi edim. To‘rtta maydoni bor, ikkitasini o‘zgartirmoqchi edim. Chilonzorda akademiya bor, maydoni sun’iy, bolalarning oyoqlari shilinib ketyapti - chim ekib bermoqchi edim. «Paxtakor» stadionini esa yangilab, ostiga do‘kon, kafelar ochib, atrofini bog‘ qilib, odamlar kechki payt ham kafega kelsin, ham hech bo‘lmasa biror shou qilib, bir amallab stadionga olib chiqib olamiz. Ko‘ngilochar joy bo‘lsinki, odamlar ichkariga kirishsin, ya’ni ularni chaqirish kerak.

Bolalarni esa 14, 15, 18, 20 yashar bolalarni olib kelib, Qibrayga mehmonxonaga tiqib, ota-onasi bilan kelishib: «Go‘shti menga, suyagi sizga», «3 oyda 1 marta uyingizga boradi», «alkogol ichish yo‘q», «kechasi yurish yo‘q»... qabilida 3 yil mana shunday chillaxona deydimi, «kazarma» rejimida boqmoqchi edim.

Keyin «Paxtakor»da o‘ynatib, ma’lum darajaga yetkazilgach, sotardik, masalan. Shundan harajatlarimni ehtimolki qoplardim. Lekin xohlasang uyingga bor, xohlagan payting kel, mashg‘ulotga ha xohlagan payting kel - bu bilan biz futbolni ko‘tara olmaymiz. Qattiq rejimda mashq qiladigan bolalarni yoshligidan yetishtirib, viloyatlardan, o‘zimizdan yig‘ib kelib, zo‘r akademiya qilmas ekanmiz, biz futbolni katta pul bilan rivojlantirolmaymiz. Mana, kuni-kecha bir o‘yinchini (Muhammadali O‘rinboyev) O‘zbekiston tarixida birinchi marta Angliya Premyer-ligasi ijaraga berdik. Men uni O‘zbekistonda yoki «Paxtakor»da olib qolish niyatim yo‘q. U va unga o‘xshagan bolalarni rivojlantirib, yiliga 5-10 nafarini chet elga olib chiqish niyatim bor. Chet elda o‘ynasa, xohlagan vaqtda terma jamoaga chaqirsa, yetib keladi-ku. Faraz qiling, 11 nafar o‘yinchingizning 11tasi Angliya, Fransiya, Portugaliyada o‘ynayapti. Mening niyatim shu edi.

Lekin bu borada ijtimoiy tarmoqlarda aylangan gaplardan keyin, to‘g‘risini aytaman, menga kerakmas futboliyam, jonimga tegdi, menga kerakmidi shu, degan fikr­ga bordim va hozir ham shu fikr­daman.

Manba: @XushnudbekXudoyberdiyev Youtube kanali

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 09:31, 18.02.2024. O'qildi: 2939 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol qiroli Pele professional faoliyati davomida 1200dan ortiq gol urgan bo'lsada, ularning 757tasini rasmiy o'yinlarda nishonlagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 19
2 Брентфорд Igor Tiago 11
3 Борнмут Antuan Semenyo 9
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 8
5 Брайтон Denni Uelbek 8
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 8
7 Астон Вилла Morgan Rodjers 7
8 Манчестер Сити Filip Foden 7
9 Тоттенхэм Risharlison 7
10 Ньюкасл Nik Voltemade 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.