Bugun 28 may, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

"Real" Mbappeni qanday qilib ro‘yxatdan o‘tkazadi?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Mbappening "Real"ga o‘tishi madridliklar hisobxonasida bir qator moliyaviy tushunmovchiliklarni keltirib chiqaradi. Ushbu holatlar xususida so‘z yuritamiz. 

Marca yozadi: Kilian Mbappe allaqachon "Real" bilan 2029 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolagan. AS gazetasi, jurnalistlar Ramon Alvares (Madridga yaqin manba) va Santi Una kelishuv allaqachon tuzilganini tasdiqladi.

Moliya haqida nima deyish mumkin?

Mbappe Madridda soliqlardan keyin yiliga 15 milliondan 20 milliongacha oladi. So‘nggi yangiliklarning asosiy tafsiloti hatto "Real" va Kilian o‘rtasidagi kelishuv fakti emas, balki moliyaviy tafsilotlar bo‘ldi.

● Marca Mbappening Madriddagi maoshi soliqlar + ma’lum ochkolar (gollar, kuboklar va h.k.) uchun bonuslardan keyin yiliga 15-20 million yevro bo‘lishini xabar qildi. Imzo bonusi atigi 50 million yevroni tashkil etadi, uning uchun to‘lovlar shartnoma yillariga bo‘linadi.

● Ramon Alvares tasdiqladi va tafsilotlarni qo‘shib qo‘ydi: Ispaniya poytaxtida birinchi mavsumda Mbappe 15 million yevro, ikkinchisida - 16,5 million, uchinchisida - 18 million, to‘rtinchi va beshinchi mavsumlarda esa 20 million oladi.

Avvalroq Mario Kortegana va Fabrisio Romano “Real Madrid”ning bu safargi taklifi 2022 yildagidan ancha past ekanligini aytishgandi. O‘shanda madridliklar 26 million yevro maosh va 130 million yevro bonus sifatida taklif qilgandi.

Hozir fransuz "PSJ"da yiliga 72 million yevro maosh oladi, "Real"da bu summa yiliga 30-40 million yevroni tashkil qiladi (to‘lovlardan tashqari 15-20 million yevro).

Maoshi shunchalik katta qisqartirilgan taqdirda ham Mbappe eng ko‘p maosh oladigan madridlik o‘yinchi bo‘ladi, ammo Madridda bu odatiy hol.

"Real" safida eng ko‘p maosh oladigan futbolchilar

Feyr-pley La Liga haqida nima deydi?

Madridda ishlar chegaraga to‘g‘ri keladimi? Har mavsumda La Liga barcha oliy divizion va Segunda klublari uchun maosh chegaralarini e’lon qiladi. "Real Madrid" ro‘yxatda birinchi o‘rinni egallab turibdi. Klubning limiti 727 million yevro (ikkinchi o‘rinda "Atletiko" bo‘lib, 296 million yevro sarflanadi), biroq ular maoshlar va transfer amortizasiyasi uchun jami 485 million sarflaydi.

Marca ma’lumotlarini inobatga oladigan bo‘lsak, Mbappe bilan shartnoma imzolash byudjetga 50 million yevro og‘irlik qiladi: soliq to‘lagunga qadar 30 million yevro va soliq to‘lashdan oldin yana 20 million yevro bonus sifatida ish haqiga sarflanadi. Bundan keyin ham "Real Madrid"ning ish haqi fondida 192 million yevro bo‘sh joy qoladi.

Ayrim futbolchilar jamoani tark etishi mumkinligini ham hisobga olish kerak: masalan, Luka Modrich, uning shartnomasi yozda tugaydi, maoshi esa Madridda kuchli 3-o‘rinda.

"Real Madrid" Mbappe bilan shartnomani ro‘yxatdan o‘tkazishda muammoga uchramaydi, ayniqsa bunday yaxshi shartlarda

Qanday qilib "Real" Kilianni bunday yon bosishga ishontirdi?

Romano 2022 yilning kuzida Mbappe va uning onasi Florentino Peresdan o‘sha yilning may oyida Madridga ko‘chib o‘tishdan bosh tortgani uchun kechirim so‘raganini yozgan edi. O‘shanda ham tomonlar o‘rtasidagi aloqalar tiklangan va fransiyalik futbolchining 2023 yoki 2024 yillarda "Real"ga o‘tishi mumkin bo‘lgan harakatlar rejasi ishlab chiqilayotgan edi.

Marca xabariga ko‘ra, Mbappe "Real" uchun zarurat bo‘lib qolgan va shunchaki nishonga aylangan, shu sababli bu safar muzokaralar butunlay boshqacha tarzda olib borilgan. Bu haqda klubga yaqin bo‘lgan jurnalist Xose Feliks Dias batafsil to‘xtalib o‘tdi:

"Ha, Mbappe baribir "Real"ga o‘tishi mumkin, ammo hozir klub unga ishonmayapti va aniq qadamlar talab qilmoqda. Shu jumladan ish haqini qisqartirish. Agar Kilian haqiqatan ham Madridda o‘ynashni xohlayotganini ko‘rsatsa, klub yana unga ergashadi. 2022 yilda u Florentinoga bergan va’dasidan qaytdi, shuning uchun endi u faqat ma’lum harakatlardan keyin ishonchini qozonishi mumkin. Vaziyat o‘zgardi: "Real" Mbappeni qo‘lga kiritishga qarshi emas, lekin har qanday holatda ham o‘z shartlarini qo‘yadi. Futbolchi klubdan yuqori bo‘la olmasligini tushunishi kerak", – dedi jurnalist.

Mbappe hammasini tushunganga o‘xshaydi.

Kiritildi: 22:02, 19.02.2024. O'qildi: 5498 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Jon Terri APL tarixida eng ko'p gol urgan himoyachi hisoblanadi - 39ta gol.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик