Bugun 13 iyun, 2026 yil, shanba.

  • JAHON CHEMPIONATI
      • 12.06.2026 07:00
      • Janubiy Koreya
      • 2:1
      • Chexiya
      • 12.06.2026 23:59
      • Kanada
      • 1:1
      • Bosniya-Gertsegovina
      • 13.06.2026 06:00
      • AQSh
      • -:-
      • Paragvay
      • 13.06.2026 23:59
      • Qatar
      • -:-
      • Shveysariya
      • 14.06.2026 03:00
      • Braziliya
      • -:-
      • Marokash
      • 14.06.2026 06:00
      • Gaiti
      • -:-
      • Shotlandiya
      • 14.06.2026 09:00
      • Avstraliya
      • -:-
      • Turkiya
      • 14.06.2026 22:00
      • Germaniya
      • -:-
      • Kyurasao
«
»

Turnir jadvali

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 Meksika 1 3
2 Janubiy Koreya 1 3
3 Chexiya 1 0
4 JAR 1 0

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Bosniya-Gertsegovina 1 1
2 Kanada 1 1
3 Qatar 0 0
4 Shveysariya 0 0

C - Guruhi

Jamoa O' O
1 Braziliya 0 0
2 Gaiti 0 0
3 Marokash 0 0
4 Shotlandiya 0 0

D - Guruhi

Jamoa O' O
1 AQSh 0 0
2 Avstraliya 0 0
3 Paragvay 0 0
4 Turkiya 0 0

E - Guruhi

Jamoa O' O
1 Ekvador 0 0
2 Germaniya 0 0
3 Kot-d'Ivuar 0 0
4 Kyurasao 0 0

F - Guruhi

Jamoa O' O
1 Niderlandiya 0 0
2 Shvesiya 0 0
3 Tunis 0 0
4 Yaponiya 0 0

G - Guruhi

Jamoa O' O
1 Belgiya 0 0
2 Eron 0 0
3 Misr 0 0
4 Yangi Zelandiya 0 0

H - Guruhi

Jamoa O' O
1 Ispaniya 0 0
2 Kabo-Verde 0 0
3 Saudiya Arabistoni 0 0
4 Urugvay 0 0

I - Guruhi

Jamoa O' O
1 Fransiya 0 0
2 Iroq 0 0
3 Norvegiya 0 0
4 Senegal 0 0

J - Guruhi

Jamoa O' O
1 Argentina 0 0
2 Avstriya 0 0
3 Iordaniya 0 0
4 Jazoir 0 0

K - Guruhi

Jamoa O' O
1 Kolumbiya 0 0
2 Kongo DR 0 0
3 O‘zbekiston 0 0
4 Portugaliya 0 0

L - Guruhi

Jamoa O' O
1 Angliya 0 0
2 Gana 0 0
3 Panama 0 0
4 Xorvatiya 0 0

O'tgan o'yinlar.

1-тур Meksika 2-0 JAR
1-тур Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
1-тур Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina

Navbatdagi o'yinlar.

13/06/26 AQSh - Paragvay
13/06/26 Qatar - Shveysariya
14/06/26 Braziliya - Marokash
14/06/26 Gaiti - Shotlandiya
14/06/26 Avstraliya - Turkiya
14/06/26 Germaniya - Kyurasao
15/06/26 Niderlandiya - Yaponiya
15/06/26 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06/26 Shvesiya - Tunis
15/06/26 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06/26 Belgiya - Misr
16/06/26 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06/26 Eron - Yangi Zelandiya
16/06/26 Fransiya - Senegal
17/06/26 Iroq - Norvegiya
17/06/26 Argentina - Jazoir
17/06/26 Avstriya - Iordaniya
17/06/26 Portugaliya - Kongo DR
18/06/26 Angliya - Xorvatiya
18/06/26 Gana - Panama
18/06/26 O‘zbekiston - Kolumbiya

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Legionerlarimizdan daraklar: Rustam Ashurmatov - qutqaruvchi rolida!

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Legionerlarimiz / Fikrlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Italiya. Eldor Shomurodov nihoyat, maydonga qaytdi va «Kalyari» 6ta o‘yinga cho‘zilgan g‘alabasiz seriyasiga chek qo‘ydi.

«A» seriya 27-turidan o‘rin olgan «Empoli»ga qarshi safar uchrashuvi masalasini yagona gol hal qildi. Hamyurtimiz esa 87-daqiqada maydonga tushdi. Ma’lumot uchun, Shomurodov 2 oy oldin jarohatlangan edi.

Fransiya. 

«Lans» himoyachisi Abduqodir Husanov 29 fevral kuni tug‘ilgan ayyomini nishonladi. Shu munosabat bilan lensois.com sayti hamyurtimizni alohida qutladi: «2004 yilning 29 fevral kuni O‘zbekiston poytaxti - Toshkentda tug‘ilgan «Lans» futbolchisi Abduqodir Husanov 20 yoshga to‘ldi. Iste’dodli himoyachi Fransiya chempionati ikkinchi qismida o‘zini ko‘rsatib, ko‘proq amaliyotga ega bo‘lishdan tash­qari, joriy yil mart va iyun oylarida o‘tkaziladigan JCH saralash o‘yinlarida O‘zekiston milliy jamoasining muhim ijrochilaridan biriga aylanishi kerak. Hozircha lensois.com nomidan Abduqodirni tug‘ilgan kuni bilan muborakbod etamiz». 3 mart kuni esa Husanov «Lion»ga qarshi safar o‘yini (3:0)ning 87-daqiqasida maydonga tushirildi.

Rossiya. 

«Rubin» RPL 19-turi doirasidagi safar o‘yinida chempionat peshqadami - «Krasnodar»dan ochko tortib oldi (1:1). E’tiborli tomoni, Qozon jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qolgan golga so‘nggi daqiqada Rustam Ashurmatov mualliflik qildi. Shu kuni O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi to‘liq vaqt to‘p surgan bo‘lsa, «Rubin»dagi yana bir vakilimiz Umarali Rahmonaliyev zaxirada qoldi. «Har bir o‘yindan oldin standart vaziyatlar ustida ishlaymiz. Ya’ni bunga tayyor edim. To‘g‘risi, gol sari borgandik. Agar men bo‘lmaganimda ham, gol urardik, baribir», - dedi burchak zarbasidan keyin to‘pni boshi bilan chiroyli tarzda raqib darvozasiga yo‘llagan hamyurtimiz o‘yindan keyin. SSKA aksincha, o‘z maydonida «Orenburg» bilan o‘yinning 90+3-daqiqasida qo‘yib yuborilgan gol tufayli g‘alabani qo‘ldan chiqardi - 1:1. «Armiyachilar» yarim himoyachisi Abbos Fayzullayev ushbu uchrashuvning 73-daqiqasiga qadar maydonda doimgidek faol ko‘rindi.

Eron. 

«Persepolis» Oston O‘runovning debyut o‘yinida «Zob-Ohan» maydonidan 1ta gol va 3 ochko bilan qaytdi. Hamyurtimiz Eron chempionati 18-turidan o‘rin olgan mazkur bahsning 66-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi. «Istiqlol» (Huziston) esa Doston Tursunov to‘liq vaqt to‘p surgan bahsda «Traktorsozi»ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Peshqadam «Istiqlol»ga kelsak, Jaloliddin Masharipov jamoasi «Sepahon»­ni yagona gol evaziga dog‘da qoldirdi. Tehron klubi boshlang‘ich tarkibida maydonga tushgan o‘zbekistonlik yarim himoyachi 77-daqiqada zaxiraga olindi. 

Turkiya.

«Rizespor» Superliga 28-turida «Qaysarispor»dan yaqqol ustun keldi - 3:0. G‘olib jamoa himoyachisi Husniddin Aliqulov to‘liq 90 daqiqa to‘p surgan bo‘lsa, mag‘lub tomon yarim himoyachisi Otabek Shukurov maydondan chetda qoldi. Aziz Turg‘unboyev 90+4-daqiqagacha to‘p surgan bahsda esa «Sivasspor» jamoasi «Qosimposho» darvozasiga yo‘l topolmadi - 0:0. Mashhur Arda Turon bosh­qaruvidagi «Eyupspor» esa kelasi mavsum Superligada qatnashish masalasini deyarli hal qildi. Jahorgir O‘rozovning jamoasi Birinchi liga finishiga 10ta tur qolgan bir pallada eng yaqin ta’qibchisi «Gyuztepe»dan 11 ochko ilgarilab ketdi. To‘g‘ri, hamyurtimiz «Eyupspor»ning so‘nggi o‘yinlarida  hattoki qaydnomaga ham kiritilmayapti.

BAA

Hojimat Erkinovning klubi «Al-Vahda» mamlakat chempionati 15-turida «Al-Jazira»ni qabul qilib, qiyin g‘alabaga erishdi - 3:2. Legionerimiz bunga 90 daqiqalik faolligi bilan munosib hissa qo‘shdi. «Xorfakkan» - «Shabab Al-Ahli» o‘yinida esa ikki hamyurtimiz maydonda o‘zaro to‘qnash keldi. Ya’ni mezbonlar himoyachisi Abdulla Abdullayev va mehmonlar yarim himoyachisi Aziz G‘aniyev boshlang‘ich tarkibdan joy olishdi. Biroq har ikki legionerimiz tanaffusda almashtirildi. «Xorfakkan»ning oldingi o‘yinida gol urgan Aziz Amonov esa 67-daqiqada safga qo‘shildi. «Shabab»ning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan bahsda Aziz G‘aniyev va Aziz Amonov sariq kartochka olishganini ham aytish kerak. 

Qozog‘iston. 

«Qayrat» yangi mavsumni o‘z maydonida «Qiziljar»ga qarshi o‘yin bilan boshladi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Qishda qo‘shni yurt chempionatiga yo‘l olgan Ibrohimxalil Yo‘ldoshev to‘liq 90 daqiqa harakatlanib, «Qayrat» tarkibida ajralib turdi. Amaldagi chempion - «Ordabasi» startda «Shaxtyor» darvozasiga javobsiz 5ta gol urdi. E’tiborli tomoni Shimkent jamoasining boshlang‘ich tarkibiga kirgan hamyurtlarimiz Jasur Yaxshiboyev va Shahboz Umarov bu uchrashuvda o‘z hisoblariga 1tadan gol hamda assist yozdirib qo‘yishdi. Jasur tanaffusda o‘z o‘rnini zaxira vakiliga bo‘shatib bergan bo‘lsa, Shahboz 65-daqiqagacha maydonda bo‘ldi. Yakunda bir bo‘lim harakatlangan Yaxshiboyev uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi sifatida maxsus sovrin oldi. «Qaysar» safiga qo‘shilgan Shohnazar Norbekovgina startda yetarli amaliyotga ega bo‘lmadi. U «Aktobe»ga qarshi kechgan omadsiz uy uchrashuvi (1:3) 80-daqiqasida maydonga tushirildi. 

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:47, 05.03.2024. O'qildi: 1528 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Torres faoliyatini darvozabon sifatida boshlagan. O'yinlarning birida u barmog'ini sindirib olgach, onasi o'g'liga darvozabonlikni taqiqlagan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Мексика Xulian Kinyones 1
2 Мексика Santyago Ximenes 1
3 Босния-Герцеговина Yovo Lukich 1
4 Чехия Ladislav Kreychi 1
5 Жанубий Корея Hvang In-Bom 1
6 Жанубий Корея Oh Hyon-Gyu 1
7 Канада Kayl Larin 1

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик