Bugun 3 iyun, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

O‘zPFL yoshni kichraytirish bilan bog‘liq masalani prokuraturaga oshirdi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / https://stadion.uz/uz/news/sections/uzfootball/uzpfl/players
Rukn: Yangiliklar
A A A

2023 yilgi mavsumda 296 nafar futbolchi ilk professional shartnomasini tuzgandi. Liga keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlari departamenti bilan hamkorlikda mazkur futbolchilar ma’lumotlarini o‘rganishga kirishdi.

O‘rganishlar natijasida 3 nafar futbolchining hujjatlarida tug‘ilgan yili yuzasidan tafovut borligi aniqlangandi. Mazkur futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazgan Superliganing ikki klubi hamda futbolchilarning o‘zi bu haqda rasman ogohlantirildi. Liga futbolchilarga muddat taqdim etib, barcha masala qonun doirasida hal etilishi lozimligini tushuntirdi.

Mazkur 3 futbolchidan 2 nafari o‘z aybiga iqror bo‘lib, masalani qonun doirasida hal etdi. "Bunyodkor" klubining U19 jamoasi safida ro‘yxatdan o‘tgan futbolchi esa Liga tomonidan berilgan muddat ichida ishni hal qilmadi. Ayni vaqtda futbolchi "Bunyodkor" bilan birga emas. Shunga qaramay, uning boshqa klub safida ehtimoliy ro‘yxatdan o‘tishi inobatga olinib, Liga Samarqand viloyati prokuraturasiga rasmiy murojaat yo‘lladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 dekabrdagi «O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5887-son Farmonida mamlakatda futbolni rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan muammolar sifatida xalqaro va milliy darajadagi futbol musobaqalarida qatnashuvchi sportchilarning biologik yoshini sun’iy kichraytirish kabi salbiy holatlarning mavjudligi qayd etilib, bunday holatlar oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilangan.

Futbolchilar va ayniqsa ularning ota-onalari bu kabi illat yaxshilikka olib kelmasligini tushunib yetishi kerak. Bugunga kelib Liga Adliya vazirligi bilan mazkur muammoga muntazam ravishda yechim izlab kelayotgani sir emas. So‘nggi to‘rt yilda Liga ilk professional shartnomasini imzolagan futbolchilar ro‘yxatini rasman e’lon qiladi va keyinchalik ularni o‘rganish ishlarini olib boradi. Har yili kamida 2-3 nafar futbolchi bilan bog‘liq yuqoridagi holat qayd etiladi va ular keyinchalik ham noto‘g‘ri yo‘nalishda davom etishining oldi olinadi.

Liga o‘rganishlar xulosasiga ko‘ra futbolchilar ism-sharifini rasman ochiqlamaydi va ularning karyerasi masalasida qayg‘uradi. Futbolchining ota-onasi bilan tushuntirish ishlari olib boriladi. Shunga qaramay vaziyat hal etilmasa, Liga tegishli organlarga rasmiy murojaatnoma yo‘llaydi. Endilikda Liga vaziyatni kuzatishda davom etadi va u o‘nglangach, futbolchi bilan bog‘liq ish O‘FA tegishli qo‘mitasiga oshiriladi. Zero, barcha uchun bir bo‘lgan talab ijrosi o‘z vaqtida ta’minlanmasa, Liga bu ishni o‘zi istamagan ko‘rinishda bo‘lsada oxiriga yetkazadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 10:59, 06.03.2024. O'qildi: 1349 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик