Bugun 9 iyun, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Jim Retkliff: «MYU»ni o‘z joyiga qaytarish vaqti keldi...»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Angliya Premyer-ligasi
Rukn: Yangiliklar
A A A

Xabaringiz bor, britaniyalik milliarder Jim Retkliff «MYU» aksiyalaridan 25 foizini sotib olishi bilan klub hayotida katta ahamiyat kasb etadigan Direktorlar kengashiga kirdi.

Taniqli sarmoyador endi birdan keng qamrovda harakat boshlamoqchi. Ser Retkliff jumladan, «MYU» klubi rasmiy telekanaliga bergan intervyusida «qizil iblislar»ni avvalgi darajaga olib chiqish yo‘lida bor imkoniyati va kuchini aslo ayamasligini alohida urg‘uladi. Binobarin, u bolaligidan «MYU»ga orzudagi jamoa sifatida qaragan.

Yangi ishi bo‘yicha

- Hozir ta’riflanmas ajoyib tuyg‘u ichidaman. Ochig‘i, «MYU» oilasiga kirganim shunchaki, fantastika. Haligacha bunga ishonolmayapman, meni bir chimchilab qo‘ysangiz ham mayli... Barchasi bolalik orzusi ro‘yobiga o‘xshaydi. Bosh­qacha ifoda etganda, aqlga sig‘mas lahza! Albatta, «MYU»ni eng yuksaklikka qayta ko‘tarish missiyasida ishtirok etishimdan alohida faxrlanaman. Aqlimni tanibmanki, ota-onam ham hamisha «Yunayted»ga muxlislik qilishgan. Hozir faqat bir jihatdan nadomat chekishim mumkin - ular bugun oramizda yo‘q, afsus, «MYU» boshqaruv tizimiga qo‘shilganimni ko‘rishmadi...

Shaxsiy manfaat masalasi

- Ishoning, ushbu sarmoyalashning moddiy jihatlariga umuman qiziqmayman. Zero, kimyo­viy moddalar, neft va gaz yo‘nalishida yetarlicha daromadga egaman. Oddiy aytganda, «MYU» aksiyalarini futbol ortidan ham pul topish uchun xarid qilmadim. Avvalo, jamoani yana eng yuqori cho‘qqiga ko‘tarish, uni g‘olib sifatida ko‘rishdan manfaatdorman. Axir «MYU» uchun muvaffaqiyatsiz davr boshlanganiga naq 11 yil bo‘ldi. Demoqchimanki, klubni o‘ziga tegishli haqqoniy joyiga qaytarish vaqti keldi allaqachon. Eslasangiz, Aleks Fergyuson kelishidan oldin ham xuddi shunday davr kuzatilgan edi jamoa hayotida.

Eng asosiy maqsadlar

- Ayni holatda oldimizda ikki muhim vazifa turibdi. Ulardan biri uzoq muddatga mo‘ljallangan. Ya’ni klubni o‘zimiz xohlagan joyga olib chiqish missiyasini asta-sekin, qat’iy reja bo‘yicha amalga oshirishimiz kerak. Lekin qisqa muddatga qaratilgan mas’uliyatli vazifa ham bor - klubdan hozirgi ko‘rinishida maksimal darajada foydalanib, kelasi mavsum Chempionlar Ligasida o‘ynashini ta’minlashimiz zarur. Buni uddalasak, juda zo‘r bo‘lardi, albatta. Hammasi juda oddiy. O‘ylaymanki, ko‘pchilik bizni faqat o‘yinlarda g‘alaba qozonish, APL va Chempionlar Ligasida bosh kubok uchun kurashish qiziqtirishini yaxshi tushunib turibdi. Ehtimol, biroz tarafkashlik qilayotgandirman, lekin «MYU» yer yuzidagi eng katta, eng buyuk va eng mashhur futbol klubi ekanligiga aminman. Faqat hammasini shoshilmasdan, puxta reja asosida to‘g‘ri va ehtiyotkorlik bilan amalga oshirishimiz talab etiladi. Qisqasi, loyihamiz bir lahzalik o‘zgarish sanalmaydi, balki kamida 2-3 mavsumni o‘z ichiga olgan rivojlanish strategiyasidir. Shu o‘rinda jamoa muxlislaridan biroz sabr qilishlari, yaxshi kunlar uzoqda emasligiga ishonishlarini so‘ramoqchiman.

Qatar shayxiga munosabati

- Shayx Jassimni nazarda tutyapsizmi? To‘g‘risi, klubda hech kim u bilan biror marta ko‘rishmagan. Jumladan, Gleyzerlar ham shayx bilan uchrashishmagan.

«Yunayted»ga bog‘liq asosiy xotira

- Eng asosiysi xotirami? Shubhasiz, avvalo, YECHL-1998/1999 finalini tilga olaman. Sehrli g‘alaba! O‘sha finalni stadionda 11 yoshli o‘g‘lim bilan birga tomosha qilgandim. «Bavariya»ga qarshi uchrashuvning oxirgi 3 daqiqasi miyamga abadiy muhrlangan. Bunaqasini unutish mumkin ham emas. Xotiramda mangu qoladigan ajoyib lahza - bunga boshqa ta’rif ortiqcha!

Berradaning o‘tishi

- «Manchester Siti» bilan Omar Berrada masalasida do‘stona aloqa o‘rnatdik. Aytishim kerak, hammasini tezda tinch yo‘l bilan hal qildik. Binobarin, «Siti» vakillari Omar «MYU» chorlovini nima uchun qabul qilishni istayotgani mohiyatini tushunishdi va unga qarshilik ko‘rsatishmadi.

Eshvort bilan bog‘liq vaziyat

- Menimcha, Den Eshvort mukammal sport direktori, jahon futbolidagi eng yaxshilaridan biridir. O‘ylaymanki, u «MYU»ning yangi loyihasi uchun juda munosib nomzod! Ehtimol, futbolda eng kerakli lavozimni egallashni xohlagan kishiga bunday munosabatda bo‘lish mumkin emas. Bu - biroz ahmoqlik, bema’nilik. Har holda, o‘z ishini qoyilmaqom darajada uddalaydigan ajo­yib mutaxassisning naq 1,5 bekor o‘tirishi aqlga sig‘maydi.

«Manchester Siti» va «Liverpul»ga nigoh

- Yashirishga hojat yo‘q, bu ikki klub «MYU» uchun raqobatchi, boshqacha aytganda, dushman hisoblanadi. Menga hech narsa ularni shohsupadan yiqitishdan ko‘ra ko‘proq zavq bag‘ishlamaydi! Ammo tan olishimiz kerak, hozirgi holatda «Siti» va «Liverpul»dan ko‘p narsalarni o‘rganishimiz mumkin. Har ikkisi puxta shakllantirilgan tashkilotga aylanib ulgurdi va tizimida ajoyib shaxslar bor, havas qilsa arziydigan ish muhiti hukmron. Garchi raqib sanalsada, har ikki jamoaga ham katta hurmat bilan qarayman. Lekin takror aytaman, «Siti» va «Liverpul» biz uchun dushman maqomida qolaveradi.

Gleyzerlar ishi

- Joel va Avraam bilan yaxshi munosabatdamiz. O‘rtamizda ishonchli aloqa shakllangan. Muhimi, ularga ham endi sport komponenti bilan shug‘ullanayotganimiz ma’qul.

Futbolchilar va xodimlarni jalb etish ahamiyati

- Menimcha, zamonaviy futbolda eng muhimi - kadrlar tanlash. Shubhasiz, «MYU» bu masalada juda ko‘p pul sarflagan, ammo boshqa ilg‘or klublar kabi yaxshi samara ko‘rmagan. Endi kadrlar siyosatini ham tartibga solish maqsadga muvofiq, albatta.

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:49, 07.03.2024. O'qildi: 2088 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик