Bugun 3 avgust, 2025 yil, yakshanba.

  • Superliga
      • 02.08.2025 19:00
      • Neftchi
      • 1:2
      • Bunyodkor
      • 02.08.2025 20:00
      • So‘g‘diyona
      • 1:2
      • Nasaf
      • 02.08.2025 21:15
      • Dinamo
      • 2:2
      • Navbahor
      • 03.08.2025 19:00
      • Andijon
      • -:-
      • Qo‘qon-1912
      • 03.08.2025 20:00
      • Sho‘rtan
      • -:-
      • Xorazm
      • 03.08.2025 21:15
      • Surxon
      • -:-
      • Qizilqum
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 16 36
2 Bunyodkor 16 30
3 Neftchi 16 30
4 OKMK 16 30
5 Dinamo 16 30
6 Paxtakor 16 29
7 Navbahor 16 27
8 Surxon 15 18
9 Andijon 15 17
10 Qizilqum 15 17
11 So‘g‘diyona 16 16
12 Mash’al 16 15
13 Xorazm 15 14
14 Buxoro 16 13
15 Qo‘qon-1912 15 12
16 Sho‘rtan 15 9

O'tgan o'yinlar.

16-тур Mash’al 0-1 Paxtakor
16-тур Buxoro 0-2 OKMK
16-тур Neftchi 1-2 Bunyodkor
16-тур So‘g‘diyona 1-2 Nasaf
16-тур Dinamo 2-2 Navbahor

Navbatdagi o'yinlar.

03/08/25 Andijon - Qo‘qon-1912
03/08/25 Sho‘rtan - Xorazm
03/08/25 Surxon - Qizilqum

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 6 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 4 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 03.08.2025

      06:55 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      08:00 Новости футбола.
      08:05 Кубок Испании. 1/2 финала. "Реал Мадрид" - "Реал Сосьедад". Ответный матч.
      10:05 Новости футбола.
      10:10 Чемпионат Бразилии. "Мирасол" - "Васко да Гама".
      12:10 Новости футбола.
      12:15 Чемпионат Сербии.
      14:15 Новости футбола.
      14:20 Чемпионат Бразилии. "Флуминенсе" - "Гремио".
      16:20 Новости футбола.
      16:25 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      17:35 Новости футбола.
      17:40 Чемпионат Бразилии. "Мирасол" - "Васко да Гама".
      19:40 Новости футбола.
      19:45 Чемпионат Сербии.
      21:45 Новости футбола.
      21:50 Чемпионат Бразилии. "Флуминенсе" - "Гремио".
      23:50 Новости футбола.
      23:55 LIVE Чемпионат Бразилии. "Ботафого" - "Крузейро". Прямая трансляция.
      01:55 Новости футбола.
      02:00 "Фабрика грез: Бенфика". Скауты.
      02:25 LIVE Чемпионат Бразилии. "Сеара" - "Фламенго". Прямая трансляция.
      04:25 LIVE Чемпионат Бразилии. "Витория" - "Палмейрас". Прямая трансляция.
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 03.08.2025

      06:25 "Вопреки всему".
      06:55 LIVE Плавание. Чемпионат мира в Сингапуре. День 8. Утренняя сессия. Прямая трансляция.
      08:40 Автоспорт. Дрифт. RDS OPEN. Этап 5 на автодроме "Игора Драйв".
      09:30 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 4 на автодроме "Казань Ринг Каньон". Туринг-лайт. Гонка 2.
      10:00 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 4 на автодроме "Казань Ринг Каньон". SMP TCR. Гонка 2.
      10:30 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 4 на автодроме "Казань Ринг Каньон". Shortcut. Гонка 2.
      10:55 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 4 на автодроме "Казань Ринг Каньон". Спортпрототип CN. Гонка 2.
      11:25 Прыжки в воду. Чемпионат мира в Сингапуре. Мужчины. Вышка. 1/2 финала.
      13:35 "Культовые".
      14:05 LIVE Прыжки в воду. Чемпионат мира в Сингапуре. Вышка. Мужчины. Финал. Прямая трансляция.
      15:55 LIVE Плавание. Чемпионат мира в Сингапуре. День 8. Вечерняя сессия. Прямая трансляция.
      18:15 Д/с "Сила воды".
      18:45 "Формула-1. Гаснут огни".
      19:10 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 4 на автодроме "Казань Ринг Каньон". Туринг-лайт. Гонка 2.
      19:40 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 4 на автодроме "Казань Ринг Каньон". SMP TCR. Гонка 2.
      20:10 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 4 на автодроме "Казань Ринг Каньон". Shortcut. Гонка 2.
      20:35 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 4 на автодроме "Казань Ринг Каньон". Спортпрототип CN. Гонка 2.
      21:05 "Вопреки всему".
      21:35 Плавание. Чемпионат мира в Сингапуре. День 8. Утренняя сессия.
      23:30 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 4 на автодроме "Казань Ринг Каньон".
      00:00 Прыжки в воду. Чемпионат мира в Сингапуре. Мужчины. Вышка. 1/2 финала.
      02:05 "Культовые".
      02:35 Плавание. Чемпионат мира в Сингапуре. День 8. Вечерняя сессия.
  • MATCH-TV
    • Sana: 03.08.2025

      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:05 Новости.
      11:10 "Век нашего спорта. Николай Дроздецкий".
      11:55 LIVE Регби. Pari Чемпионат России. "Енисей-СТМ" (Красноярск) - "Динамо" (Москва). Прямая трансляция.
      14:00 Новости.
      14:05 LIVE Прыжки в воду. Чемпионат мира в Сингапуре. Мужчины. Вышка. Прямая трансляция.
      15:55 LIVE Плавание. Чемпионат мира в Сингапуре. День 8. Вечерняя сессия. Прямая трансляция.
      18:15 Новости.
      18:20 Все на Матч! Прямой эфир.
      19:00 LIVE Футбол. МИР Российская Премьер-Лига. 3-й тур. "Зенит" (Санкт-Петербург) - ЦСКА (Москва). Прямая трансляция.
      22:00 После футбола с Георгием Черданцевым.
      23:30 Смешанные единоборства. UFC Fight Night в Лас-Вегасе, США. Амир Альбази против Тацуро Таиры.
      01:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      03:00 Пляжный футбол. Московский международный кубок. Финал.
      04:30 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 4 на автодроме "Казань Ринг Каньон".
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 03.08.2025

      05:00 Велоспорт. Женщины. "Тур де Франс". Этап 8.
      07:00 Мотоспорт. Мотокросс. Чемпионат мира. Этап 14 в Локете, Чехия. Класс MX2. Гонка 1.
      07:30 Мотоспорт. Мотокросс. Чемпионат мира. Этап 14 в Локете, Чехия. Класс MXGP. Гонка 1.
      08:00 Мотоспорт. Мотокросс. Чемпионат мира. Этап 14 в Локете, Чехия. Класс MX2. Гонка 2.
      08:30 Мотоспорт. Мотокросс. Чемпионат мира. Этап 14 в Локете, Чехия. Класс MXGP. Гонка 2.
      09:00 Снукер. Shanghai Masters в Китае. 1/2 финала.
      11:00 LIVE Снукер. Shanghai Masters в Китае. Финал. Прямая трансляция.
      14:00 Велоспорт. Гонка "Классика Сан-Себастьяна" в Испании. Обзор.
      14:50 LIVE Автоспорт. Суперкубок "Порше". Этап 6 на трассе Хунгароринг, Венгрия. Гонка. Прямая трансляция.
      16:00 LIVE BMX. Чемпионат мира в Копенгагене, Дания. День 2. Прямая трансляция.
      17:00 Велоспорт. Женщины. "Тур де Франс". Этап 8.
      18:00 LIVE Велоспорт. Женщины. "Тур де Франс". Этап 9. Прямая трансляция.
      22:30 Автоспорт. Суперкубок "Порше". Этап 6 на трассе Хунгароринг, Венгрия. Гонка.
      23:15 Снукер. Shanghai Masters в Китае. Финал.
      01:00 Велоспорт. Женщины. "Тур де Франс". Этап 9.
      03:00 Снукер. Shanghai Masters в Китае. Финал.
      04:30 Велоспорт. Женщины. "Тур де Франс". Этап 9.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Superliga: Kimda qanday natija? Yoxud statistikalar gapirganda…

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / Statistika
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

O‘zbekiston Superligasining ikkinchi tur bahslari o‘z yakuniga yetdi. Ushbu turda ko‘plab kutilmagan natijalar qayd etildi. Shuningdek, bu turda bir nechta o‘yinlarda durang natijalar qayd etildi.

Keling! 2-turda bo‘lib o‘tgan o‘yinlarning statistikalari haqida batafsil to‘xtalib o‘tamiz:

Birinchi o‘yin Bekobodda “Metallurg” va “So‘g‘diyona” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Ikki jamoa ham ushbu o‘yin ikki xil natija bilan yetib kelgan edi. “So‘g‘diyona” o‘z uyida “Neftchi”dan yengilgan bo‘lsa, “Metallurg” mehmonda “Lokomotiv” bilan durang o‘ynagan edi.

“Metallurg” va “So‘g‘diyona” o‘rtasidagi o‘yin nisbatan teng kuchlar ostida o‘tdi. O‘yinda bekobodliklar 51 foiz to‘pga egalik qilgan holda 77 bor hujum uyushtirdi. Biroq, uyushtirilgan hujumlarning 46tasigi xavflilik tusini oldi xolos.

“So‘g‘diyona” esa 49 foiz to‘pga egalik qilib, 76 bor hujum uyushtirdi. Jizzaxliklar tomonidan uyushtirilgan hujumlarning 46tasi esa xavfli tarzda tashkil qilindi.

Mezbonlar o‘yin davomida “So‘g‘diyona” darvozasi tomon umumiy 7 bor zarba berdi. Lekin berilgan zarbalarning ikkitasigina darvoza tomon aniq bordi xolos. Jizzaxliklar o‘yin davomida “Metallurg” darvozasi tomon 8 bor zarba berdi. Lekin ushbu jamoa ham atigi 2ta aniq zarba berdi.

Jamoalar o‘yin davomida umumiy 10 bor burchak to‘pini amalga oshirishdi. Bekobodliklar 6 bor burchak to‘pini amalga oshirishgan bo‘lsa, jizzaxliklar 4 bor burchak to‘pini amalga oshirishdi.

Ushbu o‘yinda ikki jamoaning ham darvozaboni sifatli harakat qildi. Chunki jamoalar tomonidan yo‘llangan ikkitadan aniq zarbani darvozabonlar qaytarishga erishdi.

Ikki jamoaga ham ochko zarurligi sababli futbolchilar biroz emosiyaga berilishdi. Shu sababli bosh hakam “Metallurg” futbolchilariga 3ta, “So‘g‘diyona” futbolchilariga esa 2ta sariq kartochka ko‘rsatdi.

Ko‘rib turganingizdek, “Metallurg” va “So‘g‘diyona” haqli tarzda 0:0 hisobida durang o‘ynagan. Buni yuqorida aytib o‘tganimizdek, statistikalar ham aytib turibdi.

Ikkinchi o‘yin Toshkentda “Paxtakor” va “Nasaf” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Superligada bir necha yillardan beri raqobat qilayotgan ushbu jamoalar yangi mavsumning ikkinchi turidayoq to‘qnash kelishdi.

Mutaxassislar va muxlislar ushbu o‘yinda “Nasaf”ning imkoniyatlarini yuqori baholagan edi. Biroq, “Paxtakor” ham hali kuchsizlanmaganini isbotlab qo‘ydi.

O‘yinda “Paxtakor” 55 foiz to‘pga egalik qilgan holda biroz ustunlikka erishdi. Buni darvoza tomon berilgan zarbalardan ham ko‘rishimiz mumkin.

“Sherlar” ushbu o‘yinda qarshiliklar darvozasi tomon 15 bor zarba berdi. Ushbu yo‘llangan zarbalarning 6tasi darvoza sohasi tomon aniq bo‘ldi xolos. “Nasaf” esa yo‘llagan 8ta zarbasidan 4tasi darvozaga aniq bordi. Lekin ikki jamoa futbolchilari tomonidan yo‘llangan aniq zarbalarning barchasi darvozabonlar tomonidan qaytarildi.

“Paxtakor” o‘yin davomida 4 bor burchak to‘pini amalga oshirgan bo‘lsa, “Nasaf” 2 bor burchak to‘pini amalga oshirdi.

Yangi mavsum oldidan “Paxtakor” mutaxassislar tomonidan kuchsizlanib qolgani aytilgan edi. Biroq, ushbu o‘yinda “sherlar” hali ham kuchli jamoa ekani ma’lum bo‘ldi. Chunki, Toshkent jamoasi o‘yin davomida 91ta hujum uyushtirdi. Ushbu hujumlarning 61tasi xavfli bo‘ldi. “Nasaf” esa 88ta hujum uyushtirgan bo‘lib, 48tasida xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan xolos.

Ko‘rib turganingdek, o‘yinda “Paxtakor” nisbatan ustunlik qilgan. Biroq, “Nasaf”ning tartibli himoyalanishi sababli jamoalar 0:0 hisobida durangga imzo chekishdi.

Uchinchi o‘yinda “Olimpik” va “Lokomotiv” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Olimpiyachilarimiz birinchi turda “Nasaf”dan yengilgan bo‘lsa, “Loko” “Metallurg” bilan durang o‘ynagan. Shu sababli ikki jamoa uchun ham ochko muhim edi.

O‘yinda “Olimpik” ko‘proq to‘pga egalik qilgan bo‘lsa ham “temiryo‘lchilar” nisbatan ustunlikka erishdi. Ushbu bahsda “Olimpik” 51 foiz to‘pga egalik qilib, raqibining darvozasi tomon 4 bor zarba berdi. Lekin Kapadze shogirdlari ikkita aniq zarba berishga erishdi xolos.

“Temiryo‘lchilar” o‘yin davomida raqibi tomon 6 bor zarba bergan bo‘lsa, shundan 4tasi darvoza sohasi tomon aniq bordi. Lekin yo‘llangan aniq zarbalarning barchasi darvozabonlar tomonidan qaytarildi.

O‘yinda “Olimpik” 2 bor burchak to‘piga murojaat qilgan bo‘lsa, “Loko” 4 bor ushbu nuqtadan zarba berdi.

“Olimpik” jamoasi yangi mavsumda nisbatan qo‘polroq harakat qilyapti. Chunki olimpiyachilarimiz “Nasaf” va “Lokomotiv”ga qarshi o‘yinlarda qizil kartochka oldi. Bundan tashqari, “Olimpik” va “Loko” o‘yinida ham olimpiyachilarimiz bosh hakam tomonidan 3 bor sariq kartochkaga ham loyiq ko‘rildi. Shuningdek, ushbu o‘yinda “Lokomotiv” futbolchilari ham 4 bor sariq kartochka olishdi.

Ushbu bahsda “Olimpik” bir kishi kam bo‘lishiga qaramasdan 89 bor hujum uyushtirishga erishdi. Ushbu uyushtirilgan hujumlarning 64tasi xavfli tarzda tashkil qilindi. “Lokomotiv” esa ushbu bahsda 76 bor hujum uyushtirgan bo‘lib, shundan 59tasida xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan.

E’tiborli jihati, Pro ligadan qaytgan “Lokomotiv” ushbu o‘yinda minimal hisobda (1:0) g‘alaba qozondi. Va ochkolarini 4taga yetkazib oldi.

Keyingi bahs Namanganda “Navbahor” va OKMK jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Qiziqarli jihati ushbu o‘yinda ham durang natija qayd etildi. Biroq, ushbu o‘yin qolganlaridan farqli holatda 1:1 hisobida yakunlandi.

Kutilganidek, o‘yinda “Navbahor” nisbatan ustunlikka erishib, 56 foiz to‘pga egalik qilgan holda olmaliqliklar darvozasi tomon 11 bor zarba berdi. Lekin yo‘llangan zarbalarning 7tasi darvoza sohasi tomon aniq bordi.

OKMK ushbu o‘yinda namanganliklar darvozasi tomon 5 bor zarba berishga erishgan bo‘lsa, shundan ikkitasigina O‘tkir Yusupov darvozasi tomon aniq bordi xolos.

E’tiborli jihati, ushbu o‘yinda OKMK jamoasi posboni juda ham ajoyib tarzda harakat qildi va 6ta zarbani qaytarishga erishdi. O‘tkir Yusupov esa 1ta seyf qilishga erishdi.

Ushbu bahsda albatta jiddiy qarama-qarshiliklar kuzatilishi aniq edi. Shu sababli bosh hakam ikki jamoaning umumiy 7 nafar futbolchisiga sariq kartochka ko‘rsatishga majbur bo‘ldi. Shuningdek, ushbu bahsda jamoalar 9 bor burchak to‘piga ham murojaat qildi (“Navbahor” — 5, OKMK — 4).

O‘yinda “Navbahor” 86ta hujum uyushtirishga erishdi. Shundan 53tasidan xavflilik darajasi yuqori bo‘ldi. Olmaliqliklar esa 79ta hujum uyushtirdi. Uyushtirilgan hujumlarning 35tasi esa xavfli tarzda tashkil qilindi.

Gollarga boy bo‘lgan navbatdagi o‘yin Andijondagi “Bobur” arenada bo‘lib o‘tdi. Ushbu bahsda “Andijon” jamoasi “Bunyodkor”ni 5:1 hisobida taslim qildi.

O‘yinda “Andijon” 54 foiz to‘pga egalik qilgan holda “qaldirg‘ochlar darvozasi tomon 13 bor zarba berdi. Ushbu zarbalarning 7tasi esa aniq chiqdi. “Bunyodkor” esa andijonliklar darvozasi tomon 6 bor zarba bergan bo‘lsa, shundan to‘rttasigina aniq bordi xolos.

“Andijon” ushbu o‘yinda “Bunyodkor”ni o‘z jarima maydonchasi ichiga qamab qo‘ydi. Buni amalga oshirilgan burchak to‘plaridan ko‘rish mumkin. Andijonliklar o‘yin davomida umumiy 11 bor burchak to‘pini amalga oshirgan . “Qaldirg‘ochlar” esa bir bor ushbu nuqtadan to‘pni o‘yinga kiritishdi xolos.

Bahsda “Andijon” umumiy bor hujum uyushtirgan bo‘lsa, shundan 39tasi xavfli chiqdi. “Bunyodkor” esa 55 bor hujum uyushtirdi. Biroq, uyushtirilgan hujumlarning 28tasida xavflilik darajasi yuqori bo‘ldi.

Keyingi bahs Samarqandda “Dinamo” va “Nasaf” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Ushbu bahs ikki jamoa uchun ham og‘ir bo‘ldi. Biroq, yakunda farg‘onaliklar 1:2 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘yinda “Dinamo” 55 foiz to‘pga egalik qilgan holda “Neftchi” darvozasi tomon 11 bor zarba berdi. Lekin yo‘llangan zarbalarning 4tasi darvoza tomon aniq bordi.

“Neftchi ushbu bahsda raqibi tomon 7 bor zarba bergan bo‘lsa, shundan ikkitasigina aniq bo‘ldi xolos. Lekin farg‘onaliklar aniq yo‘llangan zarbalarning bittasini golga aylantirishgan holda g‘alabani ilib ketdi.

Ushbu bahsda “Neftchi” posboni yaxshi harakat qildi. Chunki Quvvatov darvozasi tomon yo‘llangan zarbalarning to‘rtalasini ham qaytarishga erishdi.

Abramov jamoasi ushbu bahsda “Neftchi” darvozasi tomon 104 bor hujum uyushtirdi. Uyushtirilgan hujumlarning 74tasida xavflilik darajasi yuqori bo‘ldi. “Neftchi” esa o‘yin davomida 90ta hujum uyushtirdi. Shundan 69tasi samarqandliklar darvozasi yonida xavf tug‘dirdi xolos.

Ikkinchi turning oxirgi bahsi bugun “Qizilqum” va “Surxon” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Unda navoiyliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Ushbu o‘yinda “Surxon” jamoasi 59 foiz to‘pga egalik qilgan bo‘lishiga qaramasdan, “Qizilqum” surxondaryoliklar darvozasi tomon 9 bor zarba berishga erishdi. “Surxon” esa navoiyliklar darvozasiga 5 bor zarba berdi.

Lekin aniqlik borasida tenglik qayd etildi (3-3). “Qizilqum” darvozaboni 2ta seyfni amalga oshirgan bo‘lsa, “Surxon” posboni bir to‘pni qaytarishga erishdi.

O‘yinda “Qizilqum” 101ta hujum uyushtirdi. Uyushtirilgan hujumlarning 49tasi xavfli chiqdi. “Surxon” esa 111ta hujum uyushtirgan bo‘lsa, shundan 62tasida xavflilik darajasi yuqori bo‘ldi.

Ko‘rib turganingdek, ushbu turda nisbatan kamroq gol urildi. Shu sababli ko‘plab o‘yinlarda jamoalar ochko yo‘qotgan holda, durang natija qayd etishdi. Bundan foydalangan “Qizilqum” va “Neftchi” jamoalari g‘alaba qozonib, 6 ochko bilan peshqadamga aylanib olishdi.

Uchinchi tur juftliklari va o‘yin sanalari bilan bilan tanishing:

14 mart:

“Lokomotiv” — “Paxtakor"

15 mart:

“Neftchi” — “Metallurg”

“So‘g‘diyona” — “Olimpik"

16 mart:

“Surxon” — “Andijon”

“Nasaf” — “Qizilqum”

17 mart”:

OKMK — “Dinamo”

“Bunyodkor” — “Navbahor”

Manba: std.uz
Kiritildi: 08:01, 12.03.2024. O'qildi: 1838 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCH faqat bir marta, 2002 yilda ikki davlat (YAponiya va Janubiy Koreya)da o'tkazilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 11
2 Насаф Husayn Norchayev 9
3 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 9
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 8
5 Бунёдкор Luis Kachorri 8
6 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 7
7 ОКМК Xurshid G‘iyosov 6
8 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 5
9 Нефтчи Zoran Marushich 5
10 Машъал Humoyun Murtazoyev 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.