Bugun 10 sentyabr, 2025 yil, chorshanba.

  • JCh saralash. KONMEBOL
      • 09.09.2025 05:00
      • Kolumbiya
      • -:-
      • Boliviya
      • 09.09.2025 05:00
      • Urugvay
      • -:-
      • Peru
      • 09.09.2025 05:00
      • Braziliya
      • -:-
      • Chili
      • 09.09.2025 05:00
      • Paragvay
      • -:-
      • Ekvador
      • 09.09.2025 05:00
      • Argentina
      • -:-
      • Venesuela
      • 10.09.2025 04:00
      • Ekvador
      • 1:0
      • Argentina
      • 10.09.2025 04:30
      • Boliviya
      • 1:0
      • Braziliya
      • 10.09.2025 04:30
      • Venesuela
      • 3:6
      • Kolumbiya
      • 10.09.2025 04:30
      • Peru
      • 0:1
      • Paragvay
      • 10.09.2025 04:30
      • Chili
      • 0:0
      • Urugvay
  • Superliga
      • 10.09.2025 19:00
      • Nasaf
      • -:-
      • Buxoro
      • 11.09.2025 18:30
      • Mash’al
      • -:-
      • Sho‘rtan
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 20 43
2 Neftchi 20 42
3 Dinamo 20 38
4 OKMK 20 37
5 Paxtakor 20 36
6 Bunyodkor 20 35
7 Navbahor 20 32
8 Qizilqum 20 26
9 Surxon 20 23
10 So‘g‘diyona 20 21
11 Andijon 20 21
12 Xorazm 20 19
13 Qo‘qon-1912 20 18
14 Mash’al 20 18
15 Buxoro 20 17
16 Sho‘rtan 20 11

O'tgan o'yinlar.

20-тур Sho‘rtan 3-3 Navbahor
20-тур So‘g‘diyona 1-1 Dinamo
20-тур Neftchi 3-0 Mash’al
20-тур Buxoro 1-0 Qo‘qon-1912
20-тур Andijon 2-6 Paxtakor
20-тур Qizilqum 1-1 Bunyodkor
20-тур Surxon 1-2 Nasaf
20-тур OKMK 3-1 Xorazm

Navbatdagi o'yinlar.

10/09/25 Nasaf - Buxoro
11/09/25 Mash’al - Sho‘rtan
12/09/25 So‘g‘diyona - OKMK
12/09/25 Dinamo - Andijon
12/09/25 Navbahor - Surxon
13/09/25 Qo‘qon-1912 - Qizilqum
13/09/25 Paxtakor - Neftchi
14/09/25 Bunyodkor - Xorazm

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 3814 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 1600 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ana bo‘lmasa! Fabrisio Romano "buyurtma postlar"da gumonlanmoqda

Baho:
+ | -
YEVROPA / Klublar / Yangiliklar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Munozaralar markazida jahon futbolining asosiy insayderi Fabrisio Romano turibdi: italiyalik jurnalist "buyurtma postlar" joylashtirishda gumon qilinmoqda. Allaqachon tergov ishlari olib borilmoqda.

Mish-mishlar narxi 6000 dollargacha bo‘lishi mumkin. Romano agentligi klublar bilan bevosita bog‘langan

Hikoyaning ildizlari mart oyining boshlariga borib taqaladi: ijtimoiy tarmoqlarda Norvegiyaning ba’zi top-klublari (jumladan, "Volerenga") Fabrisio Romano bilan bog‘liq bo‘lgan Memmo agentligi bilan bog‘lanib, futbolchilarni reklama qilishni taklif qilgani haqida ma’lumot paydo bo‘ldi.

Narxlar ro‘yxati kichik, ammo yaxshigina ko‘rsatkich yuzaga kelgan:

Ya’ni, "Romanodan shaxsiy salom" postlari: $196.

Ijtimoiy tarmoqdagi post: $1100.

Videoda tilga olingan futbolchilar uchun: taxminan 6000$.

Ijtimoiy tarmoqlarda mijozlar bilan yozishmalarning shunaqa skrinshoti tarqatilmoqda:

"Ushbu so‘rov to‘g‘ridan-to‘g‘ri Fabrisioning telefoniga tushadi, shuning uchun siz unga o‘zingiz e’lon qilmoqchi bo‘lgan transfer ma’lumotlarini ham, video e’lonlarni ham kiritishingiz mumkin. Narxi 11 600 krona ($ 1 097) atrofida bo‘ladi.

Bu shov-shuv paytida Norvegiyaning Idrettspolitikk nashri Fabrisio bilan bog‘lanib, u agentlikdan futbolchilarni reklama qilish uchun foydalanayaptimi, deb so‘radi. Romano izoh berishdan bosh tortdi.

"Volerenga" klubining marketing bo‘limi boshlig‘i Mehran Amundsen-Ansari insayderdan hafsalasi pir bo‘ldi: "Futboldagi yetti yil davomida men ko‘plab g‘alati takliflarni oldim, ammo bu pullik mish-mishlar taklifidan hayratga tushdim va bu dunyodagi eng mashhur jurnalistlardan biri. Mutlaqo bema’nilik, shundan keyin men uni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishni to‘xtatdim", – dedi Ansari.

Ba’zi futbolchilar allaqachon gumon qilinmoqda: "Kopengagen"dan Bardejji va Mudrik

Mavzu tafsilotlar bilan to‘lib ketgan. Hozirgi janjallardan biri kopengagenlik 18 yoshli Runi Bardejji bilan bog‘liq shartnoma bo‘ldi. 2023 yilda yarim himoyachi muntazam ravishda maydonga tushdi, Chempionlar ligasida "Manchester Yunayted"ga gol urdi va gigantlarning qiziqishini uyg‘otdi (insayderlar "Barselona", "Chelsi" va shunchaki "Manchester Yunayted" haqida gapirishdi). Biroq 2024 yilda u kutilmaganda o‘ynashni to‘xtatdi: o‘yinlarning yarmidan ko‘pini (etti o‘yindan to‘rttasini) zaxirada o‘tkazdi. Fevral oyi oxirida Romanoning akkauntida Bardejji haqidagi post paydo bo‘ldi: "Evropadagi asosiy iste’dodlardan biri bilan g‘alati vaziyat yuzaga keldi. Yilning birinchi o‘yinlarida 10 ta gol urgan to‘purardan o‘yin amaliyotini olib qo‘yishdi. Gap shundaki, Bardejji yangi uzoq muddatli shartnoma imzolamoqchi emas: yozdan boshlab uning shartnomasida 18 oy qoladi, ba’zi top-klublar uning holatini hozirdanoq kuzatib borishmoqda", – degandi Romano.

Keyinchalik klub Romanodan olingan ma’lumotni qat’iyan rad etdi va Daniya OAV vaziyat bo‘yicha o‘z tekshiruvlarini boshladilar. Aynan o‘sha paytda insayder o‘yinchilar haqidagi mish-mishlarni e’lon qilgani uchun pul olayotgani haqida birinchi xabarlar paydo bo‘ldi.

Daniyalik jurnalist va Tipsbladet muharriri Bager Togersen Romanoga ochiqchasiga hujum qildi: "Fabrisio Romano tez-tez o‘yinchilarning agentlaridan ma’lumot oladi va ularga doim xizmat qiladi. Bu yerda futbolchi klubga bosim o‘tkazmoqchidek ko‘rinadi. Bu jurnalistika emas, balki klublar va agentlar reklama uchun pul to‘laydigan biznes. Jurnalistikaga o‘xshagan narsa aslida sof iqtisodiy tamoyillarga asoslangan", – dedi Bager.

Qo‘shimchasiga, Romano anchadan beri "Chelsi"dagi Mixail Mudrikning karyerasini ko‘targanlikda gumon qilinadi. Italiyalik jurnalist tvitterda ukrainalik yarim himoyachining London klubiga o‘tishi haqida rasman e’lon qilinganidan so‘ng 32 (!) tagacha post joylagan. Hamma tvitlar faqat Mixailga bag‘ishlanmagan: ba’zida ular "Chelsi" tarkibining odatiy anonslari bilan to‘ldirilardi, ammo baribir boshqa klublarga bo‘lgan e’tibordan farq qiladi. Italiyalik mutaxassis hatto 2023 yilning oktyabrida Mudrikning Maltaga urgan goliga ham munosabat bildirgan.

Mudrik uchun yozilgan postlarning ichidagi unga aloqador bo‘lmagan tvitlar qatoriga quyidagilar kiradi: jamoadoshlarining "Chelsi" uchun birinchi golga munosabati, Maurisio Pochettinoning unga sovg‘a qilgan kitobi, so‘nggi o‘yinlardagi statistika va Mudrik qanday yaxshilanishi kerakligi haqida bosh murabbiy bilan suhbat. Shubhalar bir oy oldin kuchaydi: 28 fevral kuni The Athletic nashri Mudrikning "Arsenal"ga o‘tmaganidan hafsalasi pir bo‘lgani va "Chelsi" bilan shartnoma imzolashga majbur bo‘lgani haqida xabar bergan edi. Ertasi kuni Fabrisio Romano raddiya e’lon qildi:

"Mixail Mudrik hech narsaga imzo chekishga majburlanmagan va buni esdan chiqarmaslik kerak, shuning uchun u londonliklarning klubiga o‘tishga rozi bo‘ldi. Albatta, Mudrik "Arsenal"ga o‘tishni xohlardi, qay darajada ekani ma’lum edi, ammo endi u butun e’tiborini "Chelsi"ga qaratgan. Uning yozdagi boshqa rejalari haqida bilmayman", – degandi Romano.

Kiritildi: 11:52, 22.03.2024. O'qildi: 2043 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 12
2 Насаф Husayn Norchayev 11
3 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 10
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 9
5 Бунёдкор Luis Kachorri 8
6 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 8
7 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 6
8 Машъал Humoyun Murtazoyev 6
9 Сурхон Rustam Turdimurodov 6
10 ОКМК Xurshid G‘iyosov 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.