Bugun 22 fevral, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 11 11 40
2 AQSh 11 12 9 32
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Fransiya 8 9 6 23
6 Germaniya 7 9 8 24
7 Shveysariya 6 8 6 20
8 Shvesiya 6 6 4 16
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 25 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 24 48
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Espanyol 25 35
7 Selta 24 34
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Rayo Valyekano 24 26
15 Alaves 24 26
16 Valensiya 24 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 24 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 0-0 Elche
25-тур Betis 0-0 Rayo Valyekano
25-тур Atletiko 0-0 Espanyol
25-тур Osasuna 0-0 Real Madrid
25-тур Real Sosyedad 0-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Superliga: Kimda qanday natija? Yoxud statistikalar gapirganda…

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / Statistika
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Bugun O‘zbekiston Superligasida 4-tur uchrashuvlari yakunlandi. Ushbu turda bir nechta kutilmagan natijalar qayd etildi. Xususan «Neftchi» mag‘lubiyatga uchradi, «Navbahor» esa yan durang o‘ynadi.

Xabaringiz bor, har tur yakunlanganidan keyin statistiklar bo‘yicha ma’lumot berib bormoqdamiz. Keling! 4-turda qayd etilgan statistiklarga ham to‘xtalib o‘tsak.

Dastlabki o‘yin, «Dinamo» ham «Metallurg» jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Ushbu bahsda samarqandliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Ushbu o‘yinda Abramov shogirdlari ustunlikka erishib, 61 foiz to‘pga egalik qilgan holda «Metallurg» darvozasi tomon 9 bor zarba yo‘lladi. Ushbu yo‘llangan zarbalardan 4tasi darvoza sohasiga aniq yetib bodi.

«Metallurg» ham o‘yinda darvoza tomon 9 bor zarba yo‘lladi. Yo‘llangan zarbalardan 5tasi esa darvoza sohasiga aniq bordi.

Ushbu bahsda jamoalar burcha to‘piga ko‘proq murojaat qilishdi. Samarqandliklar 6 bor, «Metallurg» esa 8 bor burchak zarbasini amalga oshirdi.

«Dinamo» o‘yinda 86 bor hujum uyushtirdi, biroq uyushtirilgan hujumlarning 47tasida xavflilik darajasi yuqori bo‘ldi xolos. «Metallurg» esa 70ta hujum uyushtirdi. Shundan 36tasi xavfli bo‘ldi xolos.

Ikkinchi bahs Olmaliqda OKMK va «Bunyodkor» jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Ushbu o‘yinda OKMK kichik 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘yinda OKMK faol o‘yin ko‘rsatdi va 59 foiz to‘pga egalik qildi. Shu sababli Qosimov shogirdlari «qaldirg‘ochlar» darvozasi tomon 19 bor zarba yo‘lladi. Yo‘llangan zarbalarning 9tasi esa darvoza sohasiga aniq bordi.

«Bunyodkor» bu bahsda juda ham yomon o‘yin ko‘rsatdi. Buni amalga oshirilgan zarbalardan ham ko‘rish mumkin (3 zarba. Bitta aniq zarba).

OKMKning ustunligi sababli «qaldirg‘ochlar» qo‘pol harakat qilishdi. Shu sababli bosh hakam «Bunyodkor»ning bir nafar futbolchisiga qizil, 3 nafar futbolchisiga sariq kartochka ko‘rsatdi. OKMK futbolchilari esa 2 bor sariq kartochka bilan siylandi.

Olmaliqliklar katta ustunlikka erishib, 75 bor hujum uyushtirishdi. Ushbu hujumlarning 47tasi esa xavfli bo‘ldi. «Bunyodkor» esa 72ta hujum uyushtirdi. Lekin «qaldirg‘ochlar»ning 28ta hujumi xavfli bo‘ldi xolos.

Uchinchi bahs «Qizilqum» va «Lokomotiv» jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Ushbu o‘yinda jamoalar 0:0 hisobida nursiz durang qayd etishdi.

«Loko» nisbatan ko‘proq to‘pga egalik qilib (53), navoiyliklar darvozasi tomon 6 bor zarba berdi. Shundan 3tasi darvoza sohasi tomon aniq bordi. «Qizilqum» esa «temiryo‘lchilar» darvozasi tomon 1 bor zarba berdi. Achinarlisi ushbu yagona zarba ham noaniq amalga oshirildi.

Ushbu bahsda «Loko» 115 bor hujum uyushtirdi. Shundan 64tasi xavfli bo‘ldi. «Qizilqum» esa 114ta hujum uyushtirdi. Uyushtirilgan hujumlarning 56tasida xavflilik darajasi yuqori bo‘ldi.

Keyingi bahs «Paxtakor» va «So‘g‘diyona» jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Ushbu bahsda jizzaxliklar 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘yinda «Paxtakor» nisbatan ustunlik qilib, 60 foiz to‘pga egalik qildi va jizzaxliklar darvozasi tomon 17 bor zarba berdi. Yo‘llangan zarbalarning 5 tasi darvoza tomon aniq bordi xolos. «So‘g‘diyona» esa «sherlar» darvozasi tomon 8ta zarba berdi. Shundan 7tasi aniq yo‘llandi.

Ushbu bahsda ham jamoalar ko‘plab burchak zarbalarini amalga oshirishdi. «Paxtakor» 9 bor, «So‘g‘diyona» esa 3 bor burchak to‘pini o‘yinga kiritdi.

«Paxtakor» jizzaxliklar darvozasi tomon 76 bor hujum uyushtirdi. Shundan 57tasi xavfli chiqdi. «So‘g‘diyona» esa 68ta hujum uyushtirdi. Shundan 34tasida xavflilik darajasi yuqori bo‘ldi.

Navbatdagi o‘yin «Andijon» hamda «Nasaf» jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Ushbu bahsda jamoalar 1:1 hisobida durang o‘ynadi.

O‘yinda «Nasaf» ustunlik qildi va 52 foiz to‘pga egalik qilgan holda 13ta zarba berdi. Yo‘llangan zarbalarning atigi 3tasi darvoza sohasiga aniq bordi. «Andijon» esa qarshilik darvozasi tomon 8ta zarba berdi. Shundan 2tasi esa aniq bordi.

Ushbu bahs «Andijon» «Nasaf» darvozasiga 83ta yurish qildi. Uyushtirilgan hujumlarning 53tasi esa xavfli bo‘ldi. Berdiyev shogirdlari esa andijonliklar darvozasi tomon 95 bor yurish qilishdi. Lekin uyushtirilgan hujumlarning 58tasida xavflilik darajasi yuqori bo‘ldi xolos.

OLIMPIK 1:0 NEFTCHI | SUPERLIGA 4-TUR - YouTube

3 turdan keyin peshqadam bo‘lib turgan «Neftchi» ushbu turda «Olimpik mehmoni bo‘ldi. Lekin farg‘onaliklar kutilmaganda olimpiyachilarimizdan kichik 1:0 hisobida yengildi.

O‘yinda «olimpiyachilar» 54 foiz to‘pga egalik qilib, 8 bor farg‘onaliklar darvozasi tomon zarba berdi. Yo‘llangan zarbalarning 3tasi esa darvozaga aniq bordi. Levchenko shogirdlari 11 bor «Olimpik» darvozasiga zarba berdi. Shundan 3tasi darvoza sohasiga aniq bordi.

Ushbu jamoalar ham ko‘proq burchak zarbasiga murojaat qilishdi. «olimpiyachilar» 5 bor, «Neftchi» esa 3 bor burchak to‘pini amalga oshirdi.

Bu jamoalar ham nisbatan ko‘proq hujum uyushtirishdi. «Olimpik» farg‘onaliklar darvozasi tomon 135 bor yurish qildi. Shundan 64tasi esa xavfli chiqdi. «Neftchi» futbolchilari esa olimpiyachilarimizning darvozasiga 148 bor hujum uyushtirishdi. Uyushtirilgan hujumlarning 97 tasida xavflilik darajasi yuqori bo‘ldi.

OLIMPIK 1:0 NEFTCHI | SUPERLIGA 4-TUR - YouTube

Turni yakunlab beruvchi bahs Namanganda «Navbahor» va «Surxon» jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Ushbu bahsda kutilmagan voqealar yuz berdi. Sababi surxondaryoliklar dastlab ikkita gol urgan holda hisobda oldinga chiqib oldi. Lekin Babayan shogirdlari o‘zlariga keldi va hisobni tenglashtirishdi.

O‘yinda «Navbahor» 61 foiz to‘pga egalik qilgan holda 18 bor «Surxon» darvozasi tomon zarba berdi. Shundan 8 tasi aniq chiqdi. «Surxon» esa 6 bor namanganliklar darvozasi tomon zarba berdi. Yo‘llangan zarbalarning 4tasi esa darvoza sohasi tomon aniq bordi.

«Navbahor» o‘yinda 9 bor burchak zarbasiga murojaat qildi. «Surxon» esa 3 bor burchak to‘pini o‘yinga kiritdi.

Namanganliklar hisobda ortda qolayotganliklari uchun ko‘proq hujumga borishdi va 103 bor surxondaryoliklar darvozasi tomon yurish qilishdi. Uyushtirilgan hujumlarning 59tasi esa xavfli chiqdi. «Surxon» esa 90 bor «Navbahor» darvozasi tomon hujum uyushtirdi. Shundan 40tasida xavflilik darajasi yuqori bo‘ldi.

Ko‘rib turganingdek, 4-turda bir nechta kutilmagan bahslar bo‘lib o‘tdi. «Neftchi» mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Biroq, farg‘onaliklar mag‘lub bo‘lishganiga qaramasdan 9 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamligicha qoldi.

Manba: std.uz
Kiritildi: 23:51, 31.03.2024. O'qildi: 1948 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Braziliya — futbol bo'yicha barcha JCHlarida ishtirok etgan yagona davlat.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.