Bugun 5 iyun, 2026 yil, juma.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ota-o‘g‘il – bir qayiqda

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Fikrlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

«Portu» o‘zining YECHLdagi so‘nggi yetti ishtirokidan oltitasida pley-off bosqichiga chiqqan, ikki marta chorak finalgacha yetib borgandi.

Joriy mavsumda ham Serjiu Konseysau jamoasi qit’aning eng sara sakkiz klubi safidan joy olish imkoniyatiga ega bo‘lgandi. Fevralda «Portu» o‘z maydonida «Arsenal»ni 1:0 hisobida mahv etgach, Londondagi javob uchrashuvi oson bo‘lmasligi oldindan ma’lum bo‘ldi. Ana shu minimal ustunlik birinchi navbatda «Portu» bosh murabbiyini qoniqtirmagani aniq. Chunki Serjiu nafaqat jamoa uchun, balki uning tarkibida to‘p surayotgan suyukli o‘g‘loni - 21 yoshli Fransishku uchun ham qayg‘uradi. Uning 12 mart sanasidagi alamli mag‘lubiyatdan keyingi holatini eslash ham qayg‘uli.

Fransishku 8 yoshli paytida, otasi Belgiya, Quvayt va Gresiya maydonlaridagi sarguzashtlardan qaytib kelganida futbol sirlarini o‘rgana boshladi. Keyinchalik Serjiu butsalarini mixga ildi, uning vorisi esa «Belenensesh» akademiyasiga qabul qilishdi. Tez orada bolakayning iqtidori yuzaga chiqib, «Sporting» uni o‘z tizimiga jalb etdi. Lissabonda u Nunu Mendesh, Eduardu Kuarejma va Joelson Fernandesh kabi bo‘lajak yulduzlar yonida shug‘ullandi. Mendesh hozir «PSJ»da, Kuarejma bilan Fernandesh esa «Sporting»dalar.

«Fransishku juda jasur bolakay. U to‘p bilan muomalada qaltis harakatlarni ham dadillik bilan amalga oshiradi. Bunday dadillikni ayrim murabbiylar xush ko‘rmaydilar va taqiqlaydilar. Baxtimizga, Fransishku o‘yinni yaxshi his etadi, zarur paytda to‘pni qulayroq vaziyatdagi sherigidan qizg‘anmaydi. U muvozanatni yo‘qotmagan holda harakat yo‘nalishini o‘zgartira oladi, hujumda ham, himoyada ham o‘ta tajovuzkor o‘ynaydi», - degandi futbolchining «Sporting»dagi ilk murabbiylaridan biri bo‘lgan Joau PlantYE.

Fransishku «Sporting» akademiyasida 6 yil, otasi «Portu»dan chorlov olgunga qadar shug‘ullandi. Keyin, tabiiyki, ota izidan borishga qaror qildi. Shu tariqa yosh iqtidor 2018/19 yillar mavsumida «Portu»ning 17 yoshlilar jamoasida sermahsul o‘yin ko‘rsatdi va barchaning e’tiborini o‘ziga qaratdi. Mitti chapaqay asosan hujum chizig‘ining o‘ng qanotida to‘p surar va raqib himoyachilarini osonlik bilan ortda qoldirardi.

«Fransishku Messiga o‘xshaydi. O‘smir saviyali futbolchi uchun zarur bo‘lgan barcha xislatlarga ega. Shu jihatdan Messini eslatadi», - «Portu»ning sobiq futbolchisi Eduardu Luish kichik Konseysauga shunday ta’rif bergandi. Biroq katta Konseysauga bu qiyoslash yoqmadi: «Menimcha, bu yaxshi emas. Buyuk futbolchilarga o‘xshatish o‘sib kelayotgan bolaga salbiy ta’sir etishi mumkin. Fransishku futboldan zavq olishi lozim. Albatta, o‘z orzusiga intilishi kerak, buni xotirjam va evi bilan amalga oshirishi kerak. Bir-ikkita muvaffaqiyatli aldamchi harakatlar bilan yetuklikka erishib bo‘lmaydi. Fransishku ayniqsa, hujumdan himoyaga qaytish ustida ko‘p ishlashi kerak».

2021 yil fevralida kichik Konseysau «Portu»ning asosiy tarkibida ilk marta maydonga tushdi. «Boavishta»ga qarshi bahsning (2:2) 77-daqiqasida zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Fransishku 2 marta o‘zini ko‘rsatdi. Avvaliga jamoasiga penalti ishlab berdi, jamoadoshi uni golga aylantirdi. O‘yinning so‘nggi daqiqalarida esa, gol bilan yakunlangan kombinasiyada ishtirok etdi. Raqib darvozaboni uning zarbasini qaytardi, qaytgan to‘pni Evanilson darvozaga joylab qo‘ydi. Golni Serjio o‘g‘li bilan nishonlaganida, quvonchdan ko‘zlariga yosh keldi. Biroq afsuski, shunday betakror syujetni hakam yo‘qqa chiqardi - VAR tekshiruvidan keyin gol bekor qilindi.

2022 yil yanvarida yanada ehtirosli voqea ro‘y berdi. «Eshtoril» maydonida 0:2 hisobida imkoniyatni boy berayotgan «Portu» Mexdi Taremi va Luis Diasning aniq zarbalari evaziga muvozanatni tikladi. 87-daqiqada Serjiu zaxiradagi o‘g‘lini jangga tashladi. Fransishku esa 2 daqiqadan keyin o‘zining chempionatdagi ilk golini urib, jamoasiga qimmatli 3 ochkoni hadya etdi. Tabiiyki, goldan keyin yigitcha to‘ppa-to‘g‘ri otasi tomon yugurdi. O‘sha lahzada bu yorug‘ dunyoda Serjiudan baxtliroq inson yo‘q edi. Futbolchi esa otasini emas, ustozini quchoqlaganini ta’kidladi: «Golni murabbiyim va jamoadoshlarim bilan nishonladik. Chempionlikka erishish uchun biz doimo shunaqa ko‘tarinki kayfiyatda to‘p surishni istaymiz». Otaning izohi esa quyidagicha: «Fransishku o‘z vazifasini ado etdi. U g‘alaba keltirgan golni urdi. Men uni va qolgan barcha o‘yinchilarni samimiy quchib tabrikladim. Ular bor kuch-mahoratlarini sarflab, maydonda qat’iyat bilan to‘p surishdi. Maqsadimiz aniq , har bir uchrashuvda g‘alaba qozonish».

2021/22 yillar mavsumi «Portu»ning chempionligi bilan nihoyasiga yetdi. Fransishku chempionatda 25 marta maydonga tushib, 2ta gol va 2ta assistni o‘z hisobiga yozib qo‘ydi. Lekin ikkinchi tomondan, u hammasi bo‘lib 464 daqiqani maydonda o‘tkazdi. Ya’ni, kichik Konseysau asosiy tarkib o‘yinchisi maqomiga erisha olmadi va 5 mln. yevroga «Ayaks»ga sotib yuborildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, «Portu»ning prezidenti va murabbiyi Fransishkuning ketishiga qarshi edilar. Futbolchi esa tezroq taraqqiy etishiga otasining jamoasida o‘ynayotgani xalal beryapti, deb hisoblab, yakunda «Ayaks» taklifini qabul qildi. «Portu» muxlislari navqiron iqtidorni sotib yuborgan klub prezidenti Pintu da Koshtani tanqid ostiga olishdi. Niderlandiyadagi mavsum Fransishku uchun ham omadsiz bo‘ldi - 28ta o‘yin, bitta gol, 3ta assist. Umumiy o‘yin amaliyoti - 776 daqiqa.

2023 yil yozida kichik Konseysau «Portu»ga qaytdi. Endi u ijaraga berilgan, shartnomasida tovon puli ko‘rsatilgandi. O‘zgarish ekspertlarni o‘ylantirib qo‘ydi: mavsumni omadsiz o‘tkazgan futbolchining nima keragi bor? «U bizga tekinga berildi. Bunday saviyadagi futbolchini tekinga olishning iloji yo‘q bo‘lsada, biz buni uddaladik. Fransishku biz uchun bebaho o‘yinchi bo‘lishi mumkin. qolaversa, uning raqobatchisi jarohatga moyil o‘yinchi. Buni ko‘pchilik tushunmaydi», - dedi Serjiu o‘g‘lini himoya qilib.

Joriy mavsumda kichik Konseysau barcha turnirlarda 31ta uchrashuv o‘tkazib, 5ta gol va 6ta assistning muallifi bo‘ldi, maydonda jami 1776 daqiqa to‘p surdi. Otasi va o‘zi o‘rtasidagi munosabatlar xususida quyidagicha fikr bildirdi: «Murabbiy va futbolchining rolini ota bilan o‘g‘il rolidan farqlashni yaxshi bilamiz. Hamkorlikda muvaffaqiyat qozonish uchun bor kuch-imkoniyatimizni safarbar etyapmiz. Barcha masalalarda muloqot qilamiz. Uyda ko‘proq oila a’zolarimiz, do‘stlarimiz va yaqinlarimiz haqida suhbatlashamiz. Shu zaylda charchoqlar unutiladi. Kelajak rejalarim xususida shuni aytishim mumkinki, menga ko‘proq Ispaniya va Italiya chempionatlari yoqadi. Lekin hozir butun fikr-zikrim «Portu»ga qaratilgan».

S.RAHMONOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:55, 03.04.2024. O'qildi: 1222 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Shu paytgacha 16ta davlat JCHni o'zida qabul qilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик