Bugun 18 dekabr, 2025 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 17 43
2 Real Madrid 17 39
3 Vilyarreal 15 35
4 Atletiko 17 34
5 Espanyol 16 30
6 Betis 16 25
7 Atletik Bilbao 17 23
8 Selta 16 22
9 Sevilya 16 20
10 Xetafe 16 20
11 Elche 16 19
12 Alaves 16 18
13 Rayo Valyekano 16 18
14 Malyorka 16 17
15 Real Sosyedad 16 16
16 Osasuna 16 15
17 Valensiya 16 15
18 Jirona 16 15
19 Real Ovyedo 16 10
20 Levante 15 9

O'tgan o'yinlar.

19-тур Barselona 3-1 Atletiko
19-тур Atletik Bilbao 0-3 Real Madrid

Navbatdagi o'yinlar.

14/12/25 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Murabbiyxo‘r «qovog‘ari»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Iste’folar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Italiyalik Janfranko Zola, Klaudio Ranyeri va Valter Massarilar, RPL orqali ko‘pchilikka tanish bo‘lgan Slaven Bilich va Xavi Grasiya, ingliz murabbiylik sexi faxriysi Roy Xojson jasur «Luton» ustozi Rob Edvards.

Aytingchi, mazkur murabbiylarda qanday umumiylik bor? Albatta, «Uotford»! Bir juft mag‘lubiyat iste’foga sabab bo‘la olmasligini tan olmaydigan klub.

Yaqinda «Uotford»ning navbatdagi mag‘lubiyatidan keyin klub Valerian Ismael bilan hamkorlikni to‘xtatdi. Dahshatli ko‘rinishdagi fransuzning faoliyati nisbatan uzoqqa, martgacha cho‘zildi. Lekin u ham taqdirga tan berdi. Adolat yuzasidan aytganda, iste’fo «pishib» qolgandi: mavsumni binoyidek boshlagan «qovog‘arilar» birinchi  davradan keyin «pley-off» hududidan atigi 2 ochkoga ortda edilar. Biroq bu yog‘iga to‘satdan sochilib ketishdi va autsayderlar guruhiga yaqinlashib qolishdi.

Posso oilasining obro‘si va murabbiylar maktabi

«Uotford»dagi murabbiylar qo‘nimsizligi 2012 yilda, klubga Posso oilasi kelganidan keyin boshlandi. Yangi sohib ishni Shon Daych o‘rniga Janfranko Zolani tayinlash bilan boshladi va ... keldi-ketdilar davriga asos soldi.

  •  12 yilga yetmagan davr ichida sabrsiz italiyaliklar 20 nafar (vaqtinchalik bajaruvchilardan tashqari) murabbiyni almashtirishdi. Bu «Vest Xem» tarixidagi murabbiylari sonidan (19) ham ko‘proq;
  •  2019 yil sentyabridan hozirgacha «qovog‘arilar»ni 11 nafar murabbiy boshqardi;
  •  Roy Xojson «Pelas»ni tark etgunga qadar, APL murabbiylarining 1/4 qismi Xartfordshir klubida ishlab ketishga ulgurdi. Roydan tashqari, Kris Uaylder («Sheffild»), Marko Silva («Fulxem»), Rob Edvards («Luton») va Shon Daychlar («Everton») «Uotford» maktabidan o‘tishdi;
  •  2020/21 yillar mavsumida («Uotford» APLda o‘ynardi) 3 nafar murabbiy ishladi: Xisko Munyos, Klaudio Ranyeri, Roy Xojson. Biroq jamoa Chempionshipga tushib ketdi;
  •  Agar jamoani 4ta o‘yinda boshqarganidan keyin salomatligi yomonlashgani tufayli ketib qolgan ispaniyalik Oskar Garsiyani hisobga olmasak, Posso davrida Kris Uaylder va Rob Edvards eng oz ishlagan (11tadan uchrashuv) murabbiylar bo‘lishdi. Janfranko Zola (75) va Xavi Grasiya (66) eng ko‘p o‘yin o‘tkazishdi. Grasiya jumladan, Angliya Kubogi turnirida «qovog‘arilar»ni finalga olib chiqib, hal qiluvchi bahs­da «Manchester Siti»ni yenga olmagandi.

Hazil-mutoyibalar  manbai

Murabbiylarni almashtirish bobida «Uotford» Angliya chempion ekanligini tasdiqlaydigan yoki inkor etadigan ma’lumotni topa olmadik. Lekin hech bo‘lmaganda XXI asrda murabbiylar qo‘nimsizligi bo‘yicha 1-o‘rinda ekanligi aniq. Klubning bema’ni odati allaqachon muxlislar o‘rtasida hazil-mutoyiba manbaiga aylangan. Misol uchun, yaqinda bo‘lib o‘tgan shouda Troy Dinidan u to‘p surgan davrdagi 15 nafar murabbiylar nomini so‘rashdi. Buni qarangki, Troy barcha ustozlari nomini bexato aytib berdi!

«Keldi-ketdi»lardan boshi chiqmay qolgan «Uotford»ni kinoyali hazil-huzullardan tashqari, jiddiy tanqid ostiga olayotgan ekspertlar ham yo‘q emas. Bundan 2 yil avval, navbatdagi murabbiy iste’fosidan keyin Xarri Rednapp shunday degandi: «Menimcha, hamma illat «Uotford»ning murabbiylarga 100 foiz ishonmasligida. Bu ularning 1 yil ichidagi 4-murabbiyi - klub doimo norozi. U faqat murabbiyni iste’foga chiqarishni biladi».

2018 yilda Gari Lineker tviterda Marko Silvaning asossiz ravishda lavozimidan chetlatilganini ta’kidlab, «Uotford» uning o‘rniga qandaydir malakasi past mutaxassisni olishini taxmin qilgandi. Bunga klubning rasmiy tviteri Linekerning sharhini joylab, «Aftidan, kimdir juda keksayib qolgan ko‘rinadi», deya javob bergandi.

Tomga ishonamiz

Oxirgi paytda «qovog‘arilar» istagan murabbiyni qo‘qqisdan ko‘chaga chiqarib qo‘yishi mumkinligini bilgan murabbiylar endi bu ishga o‘ylashib qo‘l urishlariga shubha yo‘q.

«Qovog‘arilar» bizning mahalliy jamoamiz. Men o‘z jamoadoshlarim bilan o‘zaro hazillashib, tez orada murabbiylikka bizning o‘yinchilardan birini taklif etishlarini taxmin qilgandim», - deydi havaskorlar jamoasi a’zolaridan biri. Yakunda lavozimidan chetlatigan Valeryen Ismael o‘rnini 34 yoshli Tom Kleverli egalladi. «Uotford» safida 7 yil to‘p surgan yarim himoyachi o‘tgan mavsum yakunida jarohat olgan va futbolchilik faoliyatiga nuqta qo‘ygandi.

Bosh murabbiy lavozimiga tayinlangan Kleverli jumladan, shunday dedi: «Tabiiyki, bu klub men uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Vaqtinchalik bosh murabbiy maqomida qisqa muddatga bo‘lsada, jamoani boshqarish - men va oilam uchun ulkan sharaf! Jamoa muvaffaqiyati uchun bor kuch,mahoratimni ayamasligimni bu yerdagilar yaxshi bilishadi. Men esa qo‘limdan kelganicha harakat qilishga va’da beraman».

Tom Kleverlining debyut uchrashuvida «Uotford» safarda «Birmingem» ustidan zafar quchdi va so‘nggi 5 uchrashuvdagi dastlabki g‘alaba evaziga autsayderlar guruhidan 9 ochkoga uzoqlashib oldi. Albatta, tez orada jamoa yangi bosh murabbiy tasarrufiga o‘tadi. Biroq biz negadir Tomga muvaffaqiyat tilashni istadik.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 07:36, 04.04.2024. O'qildi: 1114 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Jon Terri APL tarixida eng ko'p gol urgan himoyachi hisoblanadi - 39ta gol.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 17
2 Барселона Ferran Torres 11
3 Мальорка Vedat Muriki 9
4 Барселона Robert Levandovski 8
5 Атлетико Xulian Alvares 7
6 Вильярреал Alberto Moleyro 6
7 Эльче Rafa Mir 6
8 Барселона Rafinya 6
9 Леванте Karl Etta-Eyong 6
10 Бетис Kucho Ernandes 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.