Bugun 7 yanvar, 2026 yil, chorshanba.

  • «A» Seriya
      • 06.01.2026 19:00
      • Piza
      • 0:3
      • Komo
      • 06.01.2026 22:00
      • Lechche
      • 0:2
      • Roma
      • 07.01.2026 00:45
      • Sassuolo
      • 0:3
      • Yuventus
      • 07.01.2026 22:30
      • Bolonya
      • -:-
      • Atalanta
      • 07.01.2026 22:30
      • Napoli
      • -:-
      • Verona
      • 08.01.2026 00:45
      • Parma
      • -:-
      • Inter
      • 08.01.2026 00:45
      • Torino
      • -:-
      • Udineze
      • 08.01.2026 00:45
      • Lasio
      • -:-
      • Fiorentina
      • 08.01.2026 22:30
      • Cremonese
      • -:-
      • Kalyari
  • APL
      • 07.01.2026 01:00
      • Vest Xem
      • 1:2
      • Nottingem Forest
      • 08.01.2026 00:30
      • Bornmut
      • -:-
      • Tottenhem
      • 08.01.2026 00:30
      • Brentford
      • -:-
      • Sanderlend
      • 08.01.2026 00:30
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Aston Villa
      • 08.01.2026 00:30
      • Everton
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 08.01.2026 00:30
      • Fulhem
      • -:-
      • Chelsi
      • 08.01.2026 00:30
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Brayton
      • 08.01.2026 01:15
      • Byornli
      • -:-
      • Man. Yunayted
      • 08.01.2026 01:15
      • Nyukasl
      • -:-
      • Lids
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Inter 17 39
2 Milan 17 38
3 Napoli 17 37
4 Yuventus 19 36
5 Roma 19 36
6 Komo 18 33
7 Bolonya 17 26
8 Atalanta 18 25
9 Lasio 18 24
10 Sassuolo 19 23
11 Torino 18 23
12 Udineze 18 22
13 Cremonese 18 21
14 Kalyari 18 18
15 Parma 17 18
16 Lechche 18 17
17 Jenoa 18 15
18 Fiorentina 18 12
19 Verona 17 12
20 Piza 19 12

O'tgan o'yinlar.

19-тур Piza 0-3 Komo
19-тур Lechche 0-2 Roma
19-тур Sassuolo 0-3 Yuventus

Navbatdagi o'yinlar.

14/01/26 Napoli - Parma
15/01/26 Inter - Lechche
15/01/26 Verona - Bolonya
16/01/26 Komo - Milan

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Sarguzashtparast — Santu

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Murabbiylar / Taxminlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Professional futboldagi faoliyatini «Vitoriya» klubida boshlagan Nunu 1996 yilga shu jamoada to‘p surib, keyin Ispaniyaning «Deportivo» klubiga yo‘l oldi.

Yangi jamoadagi 6 mavsumning yarmini u La-Karunyada o‘tkazdi. Keyingi 3 mavsumning 2tasida «Merida» tarkibida, so‘nggisida «Osasuna» safida ijara shartnomasi asosida to‘p surdi. Shundan keyin darvozabon Portugaliyaga qaytib, «Portu» klubi safidan joy oldi va Vitor Bayyaning ishonchli o‘rinbosariga aylandi. Jumladan, Nunu 2004 yilda bo‘lib o‘tgan qit’alararo Kubok turniri doirasidagi «Onse Kaldas» klubiga qarshi bellashuvning over-taymida zaxiradan maydonga tushib, penaltilar seriyasida «Portu»ning g‘alabasini ta’minladi. 

Qisqacha ma’lumot:

Nunu Erlander Simoynsh Eshpiritu Santu - portugaliyalik sobiq futbolchi va murabbiy. Ixtisosi - darvozabon. 5 martadan Portugaliya chempioni unvoni va Portugaliya Kuboklariga sazovor bo‘lgan. Shuningdek, «Portu» tarkibida YECHK turnirida g‘olib chiqqan.

Futbolchilik faoliyati


2005 yilda darvozabonni «Dinamo»ga sotib yuborishdi. Nunu bu jamoada 12 marta maydonga tushdi, 3ta uchrashuvda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi, omadsiz mavsumdan keyin yana Portugaliyaga yo‘l oldi va bu safar «Avesh» klubida to‘p sura boshladi. Jamoa oliy divizionni tark etgach, qadrdon «Portu»ga qayt­di.

Terma jamoadagi faoliyati

Yevro-2008 turniri arafasida Portugaliya yoshlar terma jamoasida o‘ynayotgan Nunu asosiy jamoadan chorlov oldi. Sababi, terma jamoaning asosiy darvozaboni bo‘lgan «Benfika» posboni jarohat olgani tufayli, turnirda ishtirok eta olmasligi ma’lum bo‘lgandi. Biroq shunda ham Nunuga milliy jamoa darvozasini qo‘riqlash nasib etmadi.

Murabbiylik faoliyati

2012 yil, may. Portugaliyaning «Riu Ave» klubi muammolar girdobida. Klub rahbariyati Karlush Britu bilan shartnomani bekor qildi. Sabab - jamoaning qoniqarsiz natijalari. Ayni shu pallada Nunu Eshpiritu Santu uning o‘rnini egalladi. O‘zining ikkinchi mavsumida yangi bosh murabbiy jamoani Portugaliya Kubogi turnirida finalga olib chiqdi. Mazkur murosasiz uchrashuvda Santu shogirdlari minimal hisobda «Benfika»ga imkoniyatni boy berishdi. Keyin Liga Kubogining finalida ham lissabonliklar klubidan 0:2 hisobidagi mag‘lubiyatni qabul qilib olishdi. Mavsumni 11-o‘rinda yakunlagan «Riu Ave» o‘z tarixida birinchi marta YELning 3-saralash bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. 2013/14 yillar mavsumidan keyin jamoani tark etdi.

2014 yilning 4 iyulida Nunu Eshpiritu Santu Ispaniyaning «Valensiya» klubi bilan 1 yillik shartnomaga imzo chekib, jamoa boshqaruvini o‘z zimmasiga oldi. Biroq yanvarda portugaliyalik mutaxassis hamkorlikni yana 3 yilga uzaytirishga rozilik bildirdi. 2014/15 yillar mavsumini «ko‘rshapalaklar» 4-pog‘onada yakunlab, YECHLning pley-off bosqichi yo‘llanmasini naqd qilishdi. Nunu esa 3 marta oyning eng yaxshi murabbiyi sifatida e’tirof etildi. Biroq afsuski, 2015 yilning 29 noyabrida mutasaddilar jamoa natijalarini qoniqarsiz hisoblab, murabbiyni iste’foga chiqarishdi. Vaholanki, o‘shanda jamoa 19 ochko to‘plagan va 19-o‘rinda borayotgan, YECHLda «N» guruhidan chiqish imkoniyatiga ega edi.

2016 yilning 1 iyunida Nunu «Portu»ning bosh murabbiyi etib tayinlandi. Jamoa uning rahbarligida mavsumni 2-o‘rinda yakunladi. 2017 yilning 22 mayida esa tomonlarning o‘zaro kelishuviga asosan hamkorlik nihoyasiga yetdi.

2017 yilning 31 may sanasida Nunu Chempionshipda to‘p suradigan «Vulverxempton» klubi bilan 3 yillik kelishuvni rasmiylashtirdi. Murabbiy 2011/12 yillar mavsumida elitadan tushib ketgan «bo‘rilar»­ni APLga olib chiqdi. Klub rahbariyati esa muddatidan 2 tur avval chempionlikni ta’minlagan Eshpiritu shartnomasi muddatini 2021 yilgacha uzaytirdi. Keyin mutaxassis APLda oyning eng yaxshi murabbiyi unvonini qo‘lga kiritdi. Chunki «bo‘rilar» o‘sha oydagi 4 uchrashuvda 10 ochko jamg‘arib, o‘z darvozalaridan atigi bitta to‘p olib chiqishgandi. Jamoa mavsumni 7-o‘rinda yakunlab, APLdagi eng yaxshi ko‘rsatkichini rasmiylashtirdi. Bundan avval «bo‘rilar» 1979/80 yillar mavsumida 6-pog‘onani band etishgan va 1980/81 yillar mavsumida ilk marta YEL yo‘llanmasini qo‘lga kiritishgandi.

2020 yil iyulida Nunu ikkinchi marta APLda oyning eng yaxshi murabbiyi unvoniga loyiq topildi - bu gal uning shogirdlari 5ta bellashuvni mag‘lubiyatsiz o‘tkazishgandi. Qo‘shimchasiga, «Vulvz» 2019/20 yillar mavsumida ham marraga 7-o‘rinda yetib keldi va qatorasiga ikki marta klub tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etdi. Shuningdek, jamoa YELda chorakfinalgacha yetib kelib, «Sevilya»ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu esa «Vulvz»ning 1971/72 yillar mavsumidagi UYEFA Kubogi finalidan keyingi eng yaxshi ko‘rsatkichi bo‘ldi.

2020 yil 13 sentyabrida klub mutasaddilari portugaliyalik mutaxassisning hamkorlik muddatini 2023 yilga qadar uzaytirdilar. Eshpiritu esa jamoaning 4 o‘yinli g‘alabali seriyasi evaziga oktyabr oyida APLning eng yaxshi murabbiyi bo‘ldi.

2021 yilning 30 iyunida portugaliyalik murabbiy «Tottenxem» boshqaruvini o‘z zimmasiga oldi. Lekin «shporlar» uning rahbarligida 10 uchrashuvda 30 imkoniyatdan 15 ochko olishgach, 1 noyabr sanasida 2023 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma bekor qilindi. O‘shanda jamoa «Chelsi», «MYU» va «Kristal Pelas»ga bir xil yirik (0:3) hisoblarda imkoniyatni boy bergandi.

Nihoyat, 2022 yil iyulida Nunu Eshpiritu Santu Saudiyaning «Al-Ittihod» klubini qabul qilib, debyut mavsumini o‘ziga xos dubl - chempionlik va Superkubok bilan nishonladi. Biroq taajjubki, 2023 yil dekabrida qahramonimiz yana Angliyaga qaytishni lozim topdi. Uning «Nottingem» bilan imzolagan shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan. Hozirda jamoa 29 uchrashuvda 25 ochko to‘plagan holda, turnir jadvalining 17-pog‘onasida bormoqda.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 08:25, 06.04.2024. O'qildi: 1164 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Интер Lautaro Martines 10
2 Милан Kristian Pulishich 8
3 Комо Niko Pas 6
4 Наполи Rasmus Xeylund 6
5 Ювентус Kenan Yildiz 6
6 Комо Anastasios Duvikas 6
7 Милан Rafael Leau 6
8 Интер Xakan Chalxanoglu 6
9 Болонья Rikkardo Orsolini 6
10 Торино Djovanni Simeone 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.