Bugun 2 iyun, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

YECHL tarixidagi eng sovrindor murabbiylar

Baho:
+-1 | -1
YEVROPA / UYEFA chempionlar ligasi / Murabbiylar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Transfermarkt portali CHL tarixiga nazar solib, turnirning bosh sovrini - «shalpangquloq» kubokni qayta-qayta boshlari uzra baland ko‘tarishgan eng sovrindor murabbiylarni yana bir bora alohida e’tirof etdi. Siyosat ayvonida katta sakkizlik sammitiga qaysi mamlakatlar kirishi ko‘pchilikka ma’lum. Shuningdek, CHLga doir bunday sammit ham o‘ta yorqin ishtirokchilardan tarkib topgan, albatta.

4-8-o‘rinlar: Ottmar Xits­-feld - 2ta kubok. Germaniyalik mutaxassis «Borussiya» D. va «Bavariya» boshqaruvida CHL taxtiga 1 martadan ko‘tarildi. To‘g‘ri, janob Xitsfeld oxirgi marta «shalpangquloq» yutganida (2001 yil), hozirgi ayrim yulduzlar hali tug‘ilishmagandi ham.

4-8-o‘rinlar: Visente del Boske - 2ta kubok. «Real» hayotida chuqur iz qoldirgan ispaniyalik mutaxassis. «Janob kartoshka» laqabi bilan tanilgan Visente bobo CHLdagi har ikki g‘alabasini «Madrid» bilan nishonladi. U oxirgi zafarini Xitsfeldga nisbatan 1 yil keyin (2002) rasmiylashtirgan edi.

4-8-o‘rinlar: Aleks Fergyuson - 2ta kubok. «MYU»ning afsonaviy murabbiyi bisotida ham 2ta nufuzli kubok bor. Shotlandiyalik mutaxassis «qizil iblislar»ni oxirgi marta 2008 yili CHL shohsupasiga boshlagandi. Jamoa shundan buyon «shalpangquloq»dan uzoqda...

4-8-o‘rinlar: Joze Mou-rinyo - 2ta kubok. Portugaliyalik mutaxassis «Chelsi» va «Inter» kabi mega-klublarni boshqardi, lekin CHLda nisbatan kamtar sanalgan «Portu» hamda «Inter» bilan bir martadan g‘alaba kuyini chaldi. «Benazir»ning oxirgi sovrini 2010 yilga to‘g‘ri kelgandi.

4-8-o‘rinlar: Yupp Xaynkes - 2ta kubok. Germaniyalik yana bir mutaxassis. Lekin Yupp bobo Xitsfelddan farqli ravishda xorij klubi bilan ham cho‘qqiga chiqdi. Aniqroq aytsak, dastlab «Real»da «shalpanquloq» kubokka yetishgan Xaynkes keyinchalik «Bavariya» boshqaruvida ushbu zafarli yo‘lini yana bir bora takrorladi 2013 yili.

2-3-o‘rinlar: Zayniddin Zidan - 3ta kubok. Futbolchi rolida «Real» tarixidan joy olgan buyuk Zizu keyinchalik murabbiy sifatida ham «Qirollik klubi» hayotida katta ish bajardi. Ya’ni o‘z shogirdlarini naq 3 marta CHL taxti sari yetakladi. Zidanning oxirgi g‘alabasi 2018 yili qayd etildi.

2-3-o‘rinlar: Xosep Gvardiola - 3ta kubok. 3ta jamoa bilan CHL kubogini o‘ziga bo‘ysindirgan murabbiy. Pep bu ishni avvaliga «Barselona», keyin «Bavariya» bilan amalga oshirdi. O‘tgan yili esa «Manchester Siti»ni ham axiyri birinchi raqamli yevrokubokda g‘alaba sari yetakladi. 

1-o‘rin: Karlo Anchelotti - 5ta kubok. Italiyalik metr «Milan» va «Real»da CHLning ikki karradan g‘olibiga aylandi. Turnirda oxirgi marta 2022 yili zafar quchgan don Karlo hozir «Madrid» bilan o‘ziga xos «xet-trik»ni ko‘zlayotgani aniq. Ammo oson emas, axir chorak finalda Anchelottidan eng yaqin ta’­qibchisi - Xosep Gvardiolaning dahshatli «Manchester Siti»sini yo‘ldan chetga chiqarib tashlash talab etiladi.

A.ABDUVALIXO‘JAYEV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 20:33, 12.04.2024. O'qildi: 4123 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик