Bugun 26 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ravshan Haydarov: «Saudiya Arabistoniga «syurpriz»larimiz bor»

Baho:
+1 | -
OSIYO / Qit’a chempionatlari / Yoshlar (U23) OCh
Rukn: Intervyular
A A A

26 aprel sanasida O‘zbekiston U23 jamoasi chorak final bahsida Saudiya Arabistoni bilan uchrashuv o‘tkazadi. Ushbu o‘yin oldidan “Daryo” Xitoyda bo‘lib o‘tgan U23 hamda 2023 yilda O‘zbekistondagi U20 musobaqalarida O‘zbekiston jamoasi bilan chempionlikni nishonlagan Ravshan Haydarov bilan suhbat olib bordi.

“Jamoa yildan yilga o‘sdi, orada rotasiyalar ham qilindi. Ushbu jamoa avvalgi musobaqalarda ishtirok etdi. Legionerga aylanishdi. Ushbu jamoa yetilib, pishib keldi. Xursand qiladigani, hozir ikki bir xil tarkibga ega jamoamiz bor. Guruh bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tildi. Nafaqat ochkolar yig‘ildi, balki o‘yin uslublarni turnir davomida tajribadan o‘tkazildi”.

Ravshan Haydarov O‘zbekistonning bugungi kunda darvozasi daxlsiz saqlanayotgani nafaqat himoyachilarning balki butun jamoa xizmati ekanligiga alohida to‘xtaldi.

“Bizga raqiblik qilgan jamoalarni kuchsiz deb aytmagan bo‘lar edim. Buning asosiy sababi bizning jamoamizning o‘yinida muvozanat yuzaga kelgan. Markaziy himoyada konstruktiv, oldingi chiziqda agressiv futbolchilarimiz bor. Balans bor jamoada. Bu juda quvonarli. Hamma jamoa kuchli. Bugungi natijalarimiz aynan o‘zimizning o‘yinimizni topganimizdan dalolat”.

Bugungi kunda O‘zbekiston terma jamoasida har bir futbolchi o‘yinni kuchaytirish xususiyatiga ega. Ravshan Haydarov ikkita teng tarkibning mavjudligi bosh murabbiyga asosiy tarkibni tanlashga qiyinchilik emas balki imkoniyat taqdim etishini alohida e’tirof etdi.

“Bu shirin tashvishlar. Guruh bosqichi o‘yinlarida Kapadze har bir futbolchiga o‘yin imkonini berdi va rotasiyalar olib bordi. Bu nafaqat maydonda balki ichki muhitga ham ijobiy ta’sir qiladi. Sababi futbolchining har biri unga ham imkoniyat taqdim etilishini his qilgan holda jangovar holatda o‘tiradi. Bosh tarkibni tanlash bu bosh murabbiyning bashorati”.

O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi guruh bosqichining ikkinchi turida chorak final bosqichi masalasini hal qildi va uchinchi o‘yin oldidan keyingi bosqichdagi raqibini tanlash imkoni bor edi. Ravshan Haydarov raqib tanlamasdan o‘z o‘yinini namoyish qilayotgan Kapadzening qarori to‘g‘ri ekanligini aytib o‘tdi.

“Agar Olimpiadaga chiqish yoki Osiyo chempioni bo‘lish maqsadi bor ekan biz raqib tanlamasligimiz kerak. Futbolchilar uchun ham bunday yondashuv motivasiya beradi. Eng asosiysi, biz milliy termaga raqobatbardosh futbolchilarni tarbiyalab berishimiz kerak. Bizda tizim ishlashni boshladi. Futbolga bo‘layotgan e’tibor, sharoitda qaysidir o‘yinga qarashimiz kerak emas. Biz qanday raqib bo‘lishidan qat’iy nazar g‘alaba uchun maydonga tushish kerak”.

O‘zbekiston termasi ertangi o‘yinda qanday o‘yin ko‘rsatishi borasida ham Ravshan Haydarov alohida to‘xtaldi.

“Bu futbolchilar stressli holatga tushgan. Masalan, Saudiya bilan Toshkentdagi o‘yinda. O‘ylaymanki, ertangi o‘yinda rejalar tuzilgan va bolalar bu rejalarni amalga oshirishga tayyor. Jamoa har qanday holatga tayyor. Ertangi o‘yinda Saudiya uchun kutilmagan variantlar bor”, — deydi Ravshan Haydarov.

Yoshlar termasi bilan ishlayotgan murabbiy ertangi o‘yin oldidan terma jamoaga omad tiladi.

Eslatib o‘tamiz, Osiyo Kubogi U23 doirasidan o‘rin olgan Saudiya Arabistoni — O‘zbekiston bahsi 26 aprel kuni 19:00 da start oladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 22:42, 25.04.2024. O'qildi: 4655 marta. Fikrlar: 12 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик